Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti 5A120701 “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurs magistranti Mamatova E’zoza Musayevnaning



Download 21,08 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi21,08 Kb.
#373758
Bog'liq
Ilmiy rahbar xulosasi


Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti 5A120701 “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurs magistranti Mamatova E’zoza Musayevnaning

O‘zbekiston Respublikasining arab davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarining yangi tendensiyalari (SAP va BAA misolida)” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar


X U L O S A S I
Zamonaviy xalqaro munosabtlarda katta mavqega ega bo‘lgan, dunyoda eng katta tabiiy resurslarga egalik qiluvchi, shunindek, dunyoning qulay geografik hududida joylashgan arab davlatlaridagi siyosiy jarayonlar nafaqat mazkur mintaqa davlatlari uchun balki, butun dunyo davlatlariga ham ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu mintaqa davlatlari bilan tashqi siyosiy aloqalar va hamkorlik masalalari bugungi kun zamonaviy tashqi siyosat konsepsiyasini belgilayotgan O‘zbekiston Respublikasi uchun alohida yondashuv va yo‘nalishni talab qiladi. Arab davlatlari orasida aynan Saudiya Arabistoni Podshohligi va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar eng rivojlangan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bugunga qadar amalga oshirgan tashqi siyosatining muhim jihatlari va kamchiliklarini xolisona o‘rganish bilan bog‘liq ijobiy jarayonlar vatanimiz mustaqilligi va dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlashga bevosita zamin yaratmoqda. Hozir jahonda arab mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy roli kundan-kun tobora ortib bormoqda, bu narsa, tabiiyki, arab dunyosi, uning tarixi va madaniyati, hayoti va o‘ziga xos xususiyatlariga doimiy va uzluksiz ravishda ortib borayotgan qiziqishni ham oziqlantirib turadi. Dunyo davlatlari bu mintaqa davlatlarining xalqaro munosabatlar doirasidagi o’rni va ahamiyatiga alohida urg‘u bergan holda, ular bilan har tomonlama aloqalarni o’rnatishga harakat qiladilar.

Jahon hamjamiyati mamlakatlarining mazkur mintaqalarga bo‘lgan chuqur diqqat-e’tiborini ko‘p jihatdan Fors ko‘rfazi va O‘zbekistonning umumjahon iqtisodiyotining yoqilg‘i-energetik ta’minoti nuqtayi nazaridan geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro va xalqaro munosabatlarning o‘rnatilish, rivojlanish tendensiyalari va yaqin kelajakdagi yangi marralar borasida ilmiy-nazariy tadqiqot olib borish hamda zarur xulosa va takliflarni ishlab chiqish dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi.

Tadqiqotchi E.M.Mamatovaning dissertatsiya ishi dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasining arab davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarining yangi tendensiyalari (SAP va BAA misolida)”ni o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyat kasb etadi. Sababi bugungi kunda Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy, intellektual aloqalarning rivojlanib, o‘sib borishi O‘zbekiston Respublikasi uchun juda muhim, chunki Ko‘rfaz davlatlari o‘z taraqqiyotida moliyaviy jihatdan XXI asrga qadam qo‘ygan, ularning to‘plagan boy tajribasi Markaziy Osiyo respublikalari uchun modernizatsiyalash bosqichida, taraqqiylashgan bozor munosabatlari yo‘liga o‘tishida munosib tajriba sifatida qo‘l kelishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasining Fors ko‘rfazi arab davlatlari – Saudiya Arabistoni Podsholigi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik tendensiyalari, o‘zaro hamkorlikning rivojlanish evolutsiyasi va yaqin kelajakdagi yangi bosqichlar haqida ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz taraqqiyotining ajralmas qismiga aylanib borayotgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi xususida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Zero, Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishi tadqiqot mavzusiga bevosita dahldor bo‘lgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganidek “.... biz O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlangan keng ko‘lamli ishlarni, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat yo‘lini davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va ko‘p qirrali sheriklikni yanada kuchaytirishimiz lozim”.

Tadqiqotchi E.Mamatovaning dissertatsiya ishi dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, magistrlik dissertatsiyasi uch bob va yetti paragrafdan iborat, uning 1-bobida hozirgi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatidagi yangi tendensiyalarning nazariy jihatlari, O‘zbekiston yangi tashqi siyosatida Saudiya Arabistoni va BAA o‘rni va ahamiyati o‘rganilgan. Bunda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining siyosiy tahlili olib borilib, xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni va unda musulmon olami a’zolari bilan hamkorlik masalasi ning ahamiyatining ortib borish jarayonlari ilmiy manbalar va statistic materiallar asosida o‘rganilib, tahliliy tadqiq qilingan. Ushbu bob nazariy-metodologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tadqiqot mavzusini chuqur va atroflicha tushunib etishimizga yordam beradi. Bunda 2016-yilda hukmat almashinuvi jarayonidan keyingi amalga oshirilgan yangi islohotlar, ularda mavjud tashqi siyosatga doir jihatlar va yangi tashqi siyosat konsepsiyasi uchun asos bo‘luvchi xalqaro aloqalardagi o‘zgarishlar va aynan mana shu jarayonda arab davlatlarining siyosiy potensiali hamda ularning ahamiyatini tadqiq etish maqsadlari ustida tahliliy tadqiqot olib borilgan.

Tadqiqot ishining “O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni va BAA bilan hamkorligining rivojlanish bosqichlari” deb nomlanuvchi ikkinchi bobida hozirgi kunda O‘zbekiston yangi tashqi siyosatida Saudiya Arabistoni va BAA o‘rni va ahamiyati, O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni va BAA bilan hamkorligini rivojlanish bosqichlari, o‘zaro hamkorlikning 2016-yilgacha bo‘lgan yo‘nalishlari va 2016-yildan keyingi o‘zgarishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan amalga oshirilgan rasmiy tashrif va qabullarning davlat tashqi siyosati hamda hamkorlik jarayonlarda tutgan muhim o‘rni haqida so‘z boradi. Shuningdek, ikkinchi bobda, asosan, 1991-2021-yillarni qamrab olgan ushbu davrda O‘zbekiston Respublikasining ushbu ikki arab davlati bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi jarayonlarining siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq hamda madaniy-gumanitar jihatlari tahlil qilingan.

Dissertatsiyaning “O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni va BAA bilan hamkorligi istiqbollari” deb nomlangan uchinchi bobida O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo-Fors ko‘rfazi” vektorini bog‘lashdagi amaliy harakatlari, o‘zaro hamkorlikdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari, keyingi yillarda arab davlatlari o‘rtasida shakllangan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlik sohalari hamda hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilingan. Mazkur bob metodologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda so‘nggi yillarda rivojlangan 24 ta hamkorlik yo‘nalishi va kelajakda yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli sohalar keng muxokama qilingan.

Xulosa qismida dissertatsiya ishining yakunlari mujassamlashgan bo‘lib, ularga asoslangan holda bir qancha ilmiy-amaliy taklif va mulohazalar ishlab chiqilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati zamonaviy ilmiy adabiyotlar, internet manbalari bilan boyitilgan.

Shuningdek, dissertatsiya ishi bir qator ju’ziy kamchiliklarga ham ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:


  • tadqiqod ishida ba’zi imlo va jumlalardagi so‘zlar tahrir talab;

  • dissertatsiyaning o‘rganilganlik darajasida ism-familiyalari keltirilgan olimlarining ilmiy ishlarini adabiyotlar ro‘yxatiga kiritish;

Ushbu kamchiliklarga oid tavsiyalar inobatga olinsa ilmiy ishning mazmuni yanada boyigan bo‘lar edi.

Shunday bo‘lsa-da, mazkur fikrlar dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyatini susaytirmaydi. Shuning uchun, “O‘zbekiston Respublikasining arab davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarining yangi tendensiyalari (SAP va BAA misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi zamonaviy ilmiy-uslubiy talablar asosida yozilgan bo‘lib, dissertatsiya ishini tayyorlash jarayonida u o‘zining tirishqoqligi, mas’uliyati va bilimga chanqoqligi bilan chuqur taassurot qoldirdi. Uning mavzuga doir ma’lumotlarni tahlil etishi va shu asosda muayyan xulosalar chiqara olishi alohida tahsinga sazovor.



Mamatova E’zoza Musayevnaning “O‘zbekiston Respublikasining arab davlatlari bilan hamkorlik munosabatlarining yangi tendensiyalari (SAP va BAA misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi tugallangan tadqiqot ishi bo‘lib, u mazkur ishlarga qo‘yiladigan talablarga to‘la mos keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Mamatova E’zoza Musayevna 5A120701 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat ixtisosligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: s.f.d., professor S.A.Jo‘rayev
Download 21,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish