Toksikologiya asoslari doc


Zaharlovchi    moddalarning  toksikologik  ta`siri



Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/62
Sana31.10.2020
Hajmi0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Zaharlovchi    moddalarning  toksikologik  ta`siri.  Sintez  qilingan  har  bir 

zaharlovchi  moddaning  samaraliligi  avvalo  toksikologik  laboratoriyalarda  tajriba 

tariqasida  hayvonlarda  tekshirib  ko’riladi.  Faqat  hayvonlarda  yuqori  zamonaviy 

tekshirishlarga  asoslanib  o’tkazilgan    patofiziologik.biokimyoviy  ,morfologik  klinik 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

 



va  boshqa  tajribalar  asosida      zaharlovchi  moddalarning  ta`sir  qilish  mexanizmini, 

zaharlanishning 

patogenezini, 

ziddi-zaharlar 

bilan 

davolash 



yo’llarini 

va 


zaharlanishni  oldini  olish  masalalarini  o’rganib  chiqadi.  Bundan  tashqari,  bu 

tajribalarda moddaning hayvonlarga ko’rsatadigan maxalliy va umumiy ta`siri, nafas 

yo’llari,  me`da-ichak  yo’li,  shikast  etmagan  teri  va  shilliq  pardalar  orqali  yaxshi 

so’rilish-so’rilmasligi  aniqlanadi  va  shu  tariqa  uning  qay  darajada  zaharliligi 

belgilanadi. 

Zaharlovchi  moddalar  shunday  kimyoviy  birikmaki,  ular  atmosferada  turli 

agregat  holatida  (bug`,  gaz,  aerozol,  suyuq,  tomchi  sifatida)  bo’lib,  tushgan  joyida 

odamlar va hayvonlarni  qobiliyatiga ega bo’ladi.  

 Za har  deb  biror  yo’l  bilan  kam  miqdorda  bo’lsada  organizmga  tushgan  va 

uning  normal  faoliyatini  izdan  chiqaradigan  yoki  o’ldiradigan  yuqori  toksik 

moddalarga aytiladi. 

Zaharlanish  organizmga  zaharli  modda  ta`siri  natijasida  undagi  normal 

fiziologik jarayonlarning buzilib qolishidir. Organizmning zaharlanishi unga tushgan 

zaharli  moddaning  miqdoriga,  organizmning  umumiy  holati  hamda  zaharning 

organizmga qaysi yo’l bilan tushganiga bog`liq 

Z a h a r l i l i k  ya`ni t o k s i k l i k  deb, kimyoviy zaharlovchi moddalarning 

organizm  hayot  faoliyatini  izdan  chiqarib,  zaharlay  olishiga  aytiladi.  Zaharli 

moddaning zaharliligi ularning fizik va kimyovny xossalariga va to’zilishiga bog`liq 

Zaharlar  ta`sirini  belgilab  beradigan  asosiy  omillardan  biri  ularning  qanday 

miqdor  yoki  kontsentratsiyada  organizmga  ta`sir  ko’rsatishidir.  Zahar  degan 

tushunchaning  o’zi  ham  hamisha  moddaning  miqdori,  kontsentratsiyasi  bnlan 

bog`langan 



Miqdor deb, zaharli  moddaning  ma`lum og`irlik birliklarida  ifoda qilinadigan 

miqdoriga aytiladi va mg/kg bilai ifodalanadi. 

Zaharlovchi  moddaning  kontsentratsiyasi  deb  biror  hajm  birligidagi 

mikdoriga  aytiladi.  Kontsentratsiya  —  litr  (mg/l),  (g/l),  (g/m  )  gramm  yoki 

milligrammlarda  ifodalanadi.  Suvning  va  havoning  qay  darajada  zararlanganligi  shu 

tarifda belgilanadi. 

Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to’g`ri keladigan miqdori zaharlanish 

tig`izligi  deb  ataladi.  Bir  metr  kvadratdagi  zaharlovchi  modda  grammlar  bilan 

ifodalanadi  (g/m ). Joylar,  yo’llar  va  texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana 

shunday ifodalanadi. 

  Toksikologiyada  zaharlovchi  moddalarning  zaharlilik  darajasini  belgilash 

uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: 

—  yo’l  qo’ysa  bo’ladigan  kontsentratsiyasi  va  miqdori  —  bunda 

zaharlovchi  modda  uzoq  muddat  ichida  ta`sir  qilsa  ham  kishi  organizmida  hech 

qanday o’zgarish yuzaga kelmaydi; 

— bo’sag`a miqdori yoki kontsentratsiyasi — bunda engil darajadagi klinik 

alomatlar paydo bo’ladi, ish qobiliyati     pasayib ketadi


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat