Tinish belgilari imlosi Dars rejasi



Download 50 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi50 Kb.
#15917

Aim.uz

Tinish belgilari imlosi

Dars rejasi:

1. Tinish belgilari haqida ma’lumot.

2. Tinish belgilarining ishlatilishi.

3. Mashqlar bajarish.



Tayanch so’z va iboralar: Punktuatsiya, nuqta, vergulning ishlatilishi, yakka va birikkan holda ishlatilishi, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, qo’shtirnoq.

▲Tinish belgilari yakka yoki birikkan holda ishlatiladi. Bu belgi gap mazmuni va ohangiga muvofuq holda qo’yiladi.

So’roq va undov belgisi birikkan holda kuchli hayajon bilan aytilgan so’roq gaplardan so’ng qo’yiladi: Masalan: -Nimalar deyapsiz, o’zi?! Men bu maqsadda kelganim yo’q-ku?!

Nuqtali vergul o’z ichida vyerguli bo’lgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat bo’lgan qo’shma gaplarda qo’llanadi: Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman; tanam hamma vaqt harakatga keladi (J.J.Russo)

Ikki nuqta quyidagi hollarda qo’yiladi:

uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi yoki ularni oydinlashtiruvchi so’zdan keyin: Bozordagi bor gullardan: atirgul, lola, chinnigul oldim. So’zga chiqdilar: S.Olimov, I.Shokirov, A.Ulug’ov va boshqalar.

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda biror gap boshqa gapni izohlasa, uning sababi yoki natijasini ko’rsatsa: Abror qizni darrov tanidi: u qo’shni mahalladagi do’konda ishlar edi.

tire quyidagi hollarda qo’llanadi:

- ega kesim bilan bog’lamasiz birikkanda: Bu –sening ishing. Tilga ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz.

- zidlik, shart, o’xshashlik mazmuni ifodalangan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Qor yog’di –izlar bosildi. Qo’shning tincg –sen tinch.

- kirish gaplar, ajratilgan bo’laklar o’rtasida: Rufat Risqiyev –mashhur bokschi –musobaqa to’g’risida gapirib berdi.

- uyushiq bo’lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Paxta, oltin, gaz –bular bizning boyligimiz.

- ko’chirma gap bilan muallif gapi orasida: “U bilan internet orqali tanishdim”, -dedi Abror.

Qo’shtirnoq quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:

- ko’chirma gapni ajratib ko’rsatish uchun: “Inson bolalikdan boshlanadi”, -deydi xalqimiz.

- shartli nomni, kinoya manosini bildirgan yoki ko’chma ma’noda qo’llangan so’z yoki birikmalar: “Lochin!”, “Lochin!” “Parvoz”ni eshit! Uning bunday “chiroyli” qilig’idan uyalib ketdim.


38-mashq.

Gaplarni o’qing. Tinish belgilariga tavsif bering va vazifasini izohlang.


1. Aziz kitobxonlar! Hech qachon unutmangki, sizlar Navoiydek ulug’, tabarruk boboga nabira bo’lasizlar (E.V.). 2. “Paxta bizning faxrimiz” degan gap shunchaki shior emas (O.Y.). 3. Darvoqe, o’sha yigit haqida eshitganmisiz? 4. Axir, qizning qo’lida guldek hunari bor-ku! 5. Hech o’ylaysanmi: qishloqda shuncha voqealar bo’lib o’tdi. 6. Eh, bu Yerning nimasini aytasan: xayoldagi jannatning xuddi o’zi (H.G’). 7. Hamid Olimjon: “Jismimiz yo’qolur, o’chmas nomimiz”, - deb bejiz aytmagan.

39-mashq.

Nuqtalar o’rniga tegishli tinish belgilarini qo’yib, gaplarni ko’chiring. Tinish belgilarining qo’yilish sababini tushuntiring.


1. Albatta… go’zallik ham har xil bo’ladi… kechasi qop-qora osmonda olovli iz qoldirib uchgan yulduz ham go’zal, kunduzi guldan-gulga qo’nib yurgan kapalak ham go’zal… (A.Q.) 2. Lekin na chora … bu manhus toj-u taxt… bu saltanat… insonlar ustida hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishonadi…(O.Y.). 3. Biz… Ahror ikkalamiz… allamahalgacha uxlamay…onam haqida….uni xursand qilish haqida gaplashib yotdik… 4. Rus edi, mallaroq di…o’zi ham barvasta… kelishgan yigit edi. 5. U olacha chopon kiygan… beliga qiyiqcha bog’lab olgan… oftobda oqargan do’ppisi daraxt shohiga ilingan edi. 6. Qachongacha bizni aldaysizlar…bo’ldi endi….boshqa ishonmaymiz…

47-topshiriq.

Quyidagilarga javob qaytaring va bajaring.


- Biror narsadan xursand bo’lganingizni hayajon bilan ifodalab gap tuzing, so’ng unda ishlatgan tinish belgilarini sharhlang.

- Ikkinchi gapda birinchisining izohi ifodalangan gapga misol ayting. Bunday holda qanday tinish belgilarini qo’llash o’rinli?

-Uyushiq bo’lakli gap tuzing, undagi tinish belgilarini izohlang.

- Taajjub, kuchli hayajon bilan ifodalangan gap tuzib, unda qo’llangan tinish belgilariga tavsif bering.



40-mashq.

Nuqtalar o’rniga tegishli belgilarini qo’yib, gaplarni ko’chiring. Tire va qo’shtirnoqning qo’yilishini izohlang.


1. Ikki dugona…Lobar bilan Nazira birga to’yga ketishdi. 2. Ahror ovoz egasini tanidi… Xasan naychi edi. 3…Hunari bor hech kimga zor bo’lmas…degan maqol bor. 4. Yaxshidan bog’ qolar…yomondan dog’. 5. Telefon …jiring …etsa… yuragim …shuv…etadigan bo’lgan. 6. …Men qoqio’t, karnaygul, tog’ piyozi…giyohlarni teraman…dedi yo’lovchi.


Aim.uz


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi