Bajardi:Amonov A,Ashuraliyev M,Bozorov E,Eshmuratov S,Hakimova N
MAVZU:Davlat byudjetini boshqarish.
1.Davlat byudjetini boshqarish to’g’risida tushuncha. Boshqarish
obyektlari, subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari
2. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning byudjet tizimini
boshqarishdagi vakolatlari
Reja:
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida
markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi
muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’zini o’zi tartiblovchi va
rivojlantiruvchi tizim (bozorning ―ko’rinmas qo’li) bo’lishiga qaramasdan, hech
qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning
―ko’rinmas qo’li davlatning ―korinadigan qo’li bilan to’ldirilib turilishi kerak.
Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi –
bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi
prinsipi asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e‘tirof etilmoqda.
1. Davlat byudjetini boshqarish to’g’risida tushuncha. Boshqarish
obyektlari, subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari
Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet
munosabatlarini boshqarish;
barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish,
ijro etish jarayonlarini boshqarish;
byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet
Mablag'larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.
Byudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha
funksiyalarini bajaradi, ular orqali
byudjet tizimini boshqarish oldidagi
maqsad va vazifalar amalga oshiriladi.
Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil
etish, muvofiqlashtirish, nazorat va
rag’batlantirish.
Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo’lib byudjet munosabatlari,
byudjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi,
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag’laridan
foydalanish asosidagi xo’jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi.
Byudjet tizimini
boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish,
muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |