3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlari
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta‘minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni
ta‘minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
yagona tizim
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari,
davlat sug’urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari
Moliya Vazirligining yagona tizimi
2017-yilga qadar Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo’yicha vakolatlari, asosiy vazifalari va funksiyalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan ―O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi Nizom bilan tartibga solinib kelingan.
2017-yil 18-martda ―Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847-sonli Qarori
qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalari faoliyatining quyidagi ustuvor vazifalari hamda yo’nalishlari belgilab berildi:
− iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur‘atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning moliyaviy mutanosibligini ta‘minlashda, davlatning ijtimoiy
majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarishni amalga oshirish;
− iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish
samaradorligini ta‘minlash
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining
daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish;
− moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‗nalishlariga,
ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli
investitsiya dasturlarini moliyalashtirish
− iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta‘minlash
borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llabquvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish
− byudjet tizimidagi byudjet mablag‗laridan maqsadli hamda oqilona
foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish
− O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati
organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va
usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko’paytirish va ulardan
samarali foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
− fuqarolarning pensiya ta‘minoti sohasida davlat siyosatining asosiy
Yo’nalishlarini ishlab chiqish;
− sug’urta tashkilotlarining sug’urta munosabatlari barcha qatnashchilarining
huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona
metodologiyasini shakllantirish
− davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo’linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |