Texnologiyalari



Download 103,74 Kb.
Sana21.07.2021
Hajmi103,74 Kb.
#124773
Bog'liq
4.O’TAYEVA DILBAR BARATOVNANING


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

MAXSUS SIRTQI BO’LIMI MEXNAT TA;LIM YUNALISHI 3-KURS TALABASI

O’TAYEVA DILBAR BARATOVNANING TEXNOLOGIYA O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

ZAMONAVIY O’QITISHNING PEDOGAGIK,PSIXOLOGIK 

TEXNOLOGIYALARI

Reja: 1.Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari.

2.Muammoli ta'lim texnologiyasi.

3.Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi.

O'qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan, o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan mimosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir.

Bunda, avvalo Y.A. Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi: Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan shug'ullanadi;Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi;

O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi.

An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.

An'anaviy o'qitish asosini, Y.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: ilmiylik;

tabiatga monandlik (o'qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);

uzviylik va tizimlilik;

o'zlashtiruvchanlik (ma'lumdan noma'lumga, soddadan murakkabga); mustahkamlash (takrorlash, takrorlash ...) onglilik va faollik;

nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi; yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik__pedagogikasi, o'qitishning rushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish. An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs Mumtoz an'anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma'ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o'z ichiga oladi (didaxografiya).

Zamonaviy an'anaviy o'qitish esa, o'qitishning texnik vositalarini qo'llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo'ladi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda, o'quvcECshaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimining milliy modeliga alohida e'tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta'lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «shaxs» birinchi o'rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan, o'qitish shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Y.A. Komenskiyning o'qitishning avtoritar texnologiyasi, an'anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.

Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur'atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko'ra ko'proq bo'lgan bu davrda, o'qitishning an'anaviy tizimi (shu jumladan zamonaviy an'anaviy o'qitish) o'z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur'ati oldingilardan ko'ra ancha yuqori bo'lganligi sababli, o'qitishning an'anaviy tizimi, rivojlanishga to'sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining yetarliligi samarali individual va mustaqil o'qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O'qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning o'quvchiga bo'lgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur.

 Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e'tiqodliligi, o’z kasbini sevishi o’qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi, o’qituvchining obro’sini oshiradi. O’quvchilar p’qituvchining o’z bilimlarini bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoyiligini ham taqdirlashadi.

O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri – bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi. "Boshlang’ich ta'lim konsepsiyasi"da boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi quyidagicha ta'riflanadi: "…eng muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga chinakam havas, ishtiyoq uyg’otuvchi, e'tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o’rin tutadi". Bu konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan quyidagi talablar ham keltiriladi: "…O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lishi;

- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi;

- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til uslubi va me'yorini to’la egallagan bo’lishi" zarur.

O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U o’qituvchining sabotli bo’lish, o’z hissiyotini idora qila olishi, bolalarga pedagogik ta'sir o’tkazish vosita va me'yorlarini belgilashi va aniqlashiga yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchigina sinfda mo'tadil psixologik iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi.

3. O’qituvchining kasbiy shakllanishi kollejda ta'lim olish jarayonidan boshlanadi. Kollejning o’quv reja va fanlar bo’yicha dasturlarida bo’lajak o’qituvchilarga shu kasbning siru asrorlarini o’rgatish, nazariy bilimlar berish va ko’nikmalar hosil qilish nazarda tutiladi. Ta'lim jarayonida fanlar bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo’llashga ham imkon beradi. Bunday mashg’ulotlar tanlagan kasbi to’g’ri ekaniga ishonch hissini uyg’otadi.

Bo’lajak o’qituvchining kasbiy shakllanib borishida I kursdan boshlab o’tkaziladigan uzluksiz pedagogik amaliyot alohida ahamiyatga ega. Bu amaliyot I, II-kurslarda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o’qishning birinchi yilidan boshlaboq, talabalarni maktabga o’rgatish, o’qituvchilik kasbidan xabardor qilib borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga yo’llash vazifasini ham o’taydi. Bunday amaliyotlar birinchi kursning o’zidayoq: Tanlagan kasbim to’g’rimi? Shu kasbni egallashga menda imkoniyat va hohish bor edimi? degan savollarga javob qaytarish imkoniyatini beradi. Bunday amaliyot davomida talabalar maktab va sinf jihozi, sinf o’qituvchisining ish tartibi, plan-konspekti, o’quvchilar tarkibi, ularning uy sharoitlari, darslik va o’quv qurollari bilan ta'minlanganligi kabilar bilan tanishadilar. O’qituvchining darslarini kuzatadilar, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda o’qituvchiga yordam beradilar, maktabda kuni uzaytirilgan guruhlari bo’lsa, shu guruh tarbiyachilari ishi bilan tanishib boradilar. Ota-onalar majlislarini tayyorlashda va o’tkazishda o’qituvchiga yordam berishadi. Xulosa qilib aytganda, uzluksiz pedagogik amaliyot talabalarni o’quv-pedagogik amaliyotga tayyorlab boradi.

Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan axamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun, maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi faoliyatining uyg‘unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An‘anaviy ta‘lim-tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo‘lib kelgan. Chunki quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek, tarbiyachi ham kimni tarbiyalamoqchi , nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilishdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta‘lim-tarbiya vazifalarini qo‘yadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

2.Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.



3.Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. 4.Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002. 5.Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006.
Download 103,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish