Texnologiya fanida baholash turlari. Texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash mezoni



Download 32,35 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2022
Hajmi32,35 Kb.
#471189
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
baholashdan


Texnologiya fanida baholash turlari. Texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash mezoni
Baholash turlari. Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:
 Boshlang‘ich baholash
 Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash
 Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash
Boshlang‘ich baholash-ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor (operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.
Umumlashtiruvchi baholashni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishihaqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Buuni baholashga tayyorgarlik ko‘rishga olib keladi. Baholashni o‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga,
diqqatni chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o‘zini chetga olishga
hamda ta’lim oluvchini o‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon
beradi. Baholash o‘tkazish sharoitida o‘quvchi o‘zini erkin tutishi va noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak.
Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim
tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga egadir.
Qo‘yilgan baho o‘quv natijasini tushunish va uni
mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir1. Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.
Rejalashtirilmagan baholashni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.
Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
 O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
 keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
 natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
 o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
 yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
 o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
 yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
 ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
 o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
 tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va
ota-onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
 Nazariy bilimlarni;
 amaliy ko‘nikma va malakalarni;
 xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak?
 Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash);
 Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash);
 Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Baholashning asosiy xususiyatlari:
 Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik;
 Muntazam o‘tkazib borish;
 Pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
 Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganda kognitiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanayotganida esa - effektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini baholaganda uning og‘zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim.
O‘quvchilarning yozma ishlarini baholashda texnologik termin va nomlarning to‘g‘ri yozilishini (texnologik savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarilganligini ham nazarda tutish lozim.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart. O‘quvchilarning bilimi besh baho sistema bilan baholanadi.
O‘quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, - materialni izchil, mantiqan bog‘lagan holda xatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to‘g‘ri tadbiq etish, mehnat usullarini to‘g‘ri bajarish, texnikaviy jarayonlar doirasida sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish “5” baho bali bilan baholanadi2.
“4” ball butun o‘quv materiallarini bilish va tushuntirish, uni og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g‘ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan o‘quv mehnat topshiriqlarini bajarishga nisbatan erkin foydalana bilish, barcha ish uslublarini sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan doirada to‘g‘ri bajarish, bunda mehnatni tashkil etishda kamchillikka yo‘l qo‘ymasdan, belgilangan vaqt normasiga muvofiq o‘z vaqtida bajarganligi uchun qo‘yiladi.
“3” ball programmadagi asosiy materialni (bayon qilish) bundan keyingi o‘quv mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan, hajmda bilishi va tushuntirishi, o‘quv materialini bir muncha xato va kamchiliklar bilan o‘qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, olingan ilmiy-texnikaviy bilimlardan, amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida sust foydalanishi
mehnat usullarini yetarli darajada egallamaganligi (natijada buyum sifati pasayib ketadi), mehnatni tashkil etishda oz kamchilik bo‘lgan holda belgilangan vaqt normasini 75 % bajargani uchun qo‘yilmadi.
“2” ball programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada qunt bilan bajarmaslik, olingan bilimlarni ancha xatolarga yo‘l qo‘yib tadbiq qilish, mehnat operasiyalarini ko‘p xatolar bilan boshqarish, mehnatga belgilangai sifat ko‘rsatkichlarining ta‘minlay olmasligi uchun qo‘yiladi.
“1”ball o‘quv jarayonini umuman bilmasligi, berilgan topshiriqdan bo‘yin toblash, asboblardan foydalana bilmaslik va uni ishdan chiqarish xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzish.
Shuni eslatib o‘tish lozim, ball baholar ishi tipovoy normalari bo‘lsa ham, ular aslida umumiy o‘rni normalar bo‘lib, ularni albatta indivduallashtirish kerak. Usta va mehnat o‘qituvchisi ball qo‘yish normalariga ijodiy yondoshishi bu masalaga bir xil qaramasligi lozim. Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchini qo‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hol o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarni, amaliy ishlardagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. O‘qituvchi baholarni izohlar ekan, sinf, guruhini diqqat e‘tiborini berilgan javob yoki bajarilgan topshrigini ijobiy va salbiy tomonlariga qaratilishi, buni barcha o‘quvchilar keyingi o‘quv mehnat faoliyatlarida hisobga olishlari zarur. Baholarni muntazam izohlab berish ularning ta‘limiy rolini oshiradi. Chorak bahosi, o‘rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog‘ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o‘quvchining og‘zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega.
O‘qituvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholashda o‘quvchi javobini tahlil qilib boradi va javoblar yuzasidan o‘z mulohazasini aytadi. O‘quvchi javob berayotganida qanday xato va kamchiliklarni yo‘l qo‘yganini ko‘pincha uning o‘zi sezmaydi. Bunday holda o‘qituvchi o‘quvchining javobini qisqacha tahlil qilib berishi talab etiladi. Shunda o‘qituvchi qo‘ygan bahoning tog‘riligiga o‘quvchida shubha qolmaydi.
O‘quvchi o‘z bilimida qanday yutuq yoki kamchilik borligini, nima uchun uning bali oshirilgani yoki pasaytirilganini anglagandagina qo‘yilgan baho rag‘batlantiruvchi rol o‘ynashi mumkin. O‘quvchi o‘z xatosini to‘la tushungandagina uni to‘g‘irlashga ongli ravishda intiladi. O‘qituvchi o‘quvchi bilimini ball bilan baholar ekan, erishgan yutug‘i uchun rag‘batlantiradi, kamchiliklarini qayd qilib qo’yadi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarini qanday bartaraf etish yo‘llarini, dars tayyorlash vaqtida asosiy e‘tiborni nimalarga qaratishi kerakligini ko‘rsatadi. Bunday asoslash o‘quvchining bundan keyingi faoliyatiga ham ijobiy ta‘sir etadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash o‘quvchilarni tizimli mehnat qilishga, mustaqil ishlashga, bilimlarni egallashdagi mas’uliyatni sezishga o‘rgatadi. Bilimlarni mustahkam, sifatli o‘zlashtirish uchun kurash, harakat qilish, bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga, intizom, qat‘iylik, ishni oxirigacha yetkazishga, o‘qquv topshiriqlirini tizimli va sifatli bajarishga undaydi. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholash ota-ona uchun ham ahamiyatlidir. Chunki ota-ona qo‘yiladigan baholar orqali o‘z bolalarining o‘qishi haqida asosli ma‘lumot olib turadilar.

Download 32,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish