Reyting tizimi asosida baholash. STEAM bo’yicha o’quvchilarni baholash. Reja: Baholashda hisobga olinadigan omillar.
Reyting tizimi asosida baholash.
STEAM bo’yicha o’quvchilarni baholash.
Tayanch so‘zlar: baholashning differensialligi, baholashda hisobga oladigan omillar, reyting tizimi. 1. Baholashda hisobga olinadigan omillar . Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o‘zaro taqqoslanishi, ya’ni o‘lchanishi lozim bo‘ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkichlar sonlar (“besh”, “to‘rt”, “uch” va hokazo) so‘zlar (“a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o‘zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
1. Mezonga asoslangan baholash
2. Meyorga asoslangan baholash.
Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi.
Meyorga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo‘lib, u baholashdan so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat.
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Meyorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta’lim olish shart-sharoitiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan, baho o‘qituvchi tomonidan xayrixohlik paydo bo‘lishi, o‘qituvchining o‘ta qat‘iyligi sababli ham o‘zgarishi mumkin.
Baholash tamoyillari. Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining poydevori hisoblanadi.
O‘quv maqsadlariga asoslanganlik
Haqiqiylik
Haqqoniylik
Ishonchlilik
Qulaylik
1. O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O‘quv maqsadlarining qo‘yilish darajasiga qarab, baholashning shakli va usullari tanlanadi. Shuningdek, o‘quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
2. Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi ozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
3. Haqqoniylik (ob’yektivlilik). Bir-biridan mustaqil ta’lim beruvchilar bir xil ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‘yicha bir xil baho bergan holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun taalluqlidir.
4. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usulardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq ma‘lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligini qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
5. Qulaylik. Baholash tizimi o‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o‘quv va ishlab chiqarish standartlariga mosbo‘lishi, murakkab bo‘lmasligi, nazorat o‘tkazuvchi va ta’lim ouvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. Baholashni o‘tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Baholash tizimlari. Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo‘llanilib kelinmoqda.
1. Baholashning besh ballik tizimi.
2. Baholashning reyting tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, o‘quvchilarning o‘qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak. T’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir o‘quuvchi uning bilimlari, ko‘nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak.
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim ouvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari davlat o‘quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.