Termiz davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2.52 Mb.
bet13/20
Sana18.01.2017
Hajmi2.52 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004


10-mavzu: Bozor infratuzilmasida lizingning o‘rni va ahamiyati.

Reja:

1. Lizingning mazmuni va mohiyati.

2. Lizing turlari va uning klassifikatsiyasi.

3. O‘zbekistonda lizing xizmatlari bozori paydo bo’lishi va rivojlanish istiqbollari.


1. Lizingning mazmuni va mohiyati.
«Lizing» so‘zi inglizcha «lease» so‘zining ruscha transkripsiyasi hisoblanib, «ijara» ma’nosini anglatadi. Tabiiyki, «lizing» so‘zining kelib chiqish sabablari va uning keng tarqalgan «ijara» so‘zidan qanday farq qilishi haqida savol tug‘iladi.

Ma’lumki, «ijara» deganda, mol-mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga berish tushuniladi. Odatda ijaraga beruvchi foydalanilmayotgan xususiy mol-mulkini vaqtinchalik ijaraga berib, xarajatlarni ijara to‘lovlari yordamida qoplab, ma’lum miqdorda foyda oladi. Ijarada doimo ikki yoqlama (ijaraga beruvchi-ijaraga oluvchi) munosabatlarning mavjudligini kuzatish mumkin.

XX asr 90-yillarining birinchi yarmida respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi oqibatida ko‘pgina banklar, kredit muassasalari va korxonalar iqtisodiyotimizda avval qo‘llanilmagan moliyaviy vositalardan foydalana boshladilar. Shunday vositalardan biri, G‘arbda keng tarqalgan hamda yangi investitsiyalarning asosiy manbai hisoblangan   moliyaviy ijara yoki moliyaviy lizingdir. Shunday qilib, «lizing» atamasidan foydalanish, ijaraning yangi-moliyaviy turini farqlash istagidan kelib chiqqan.

Moliyaviy lizing operatsiyasi amalga oshirilganda, mulk egasi va undan foydalanuvchi o‘rtasida moliyaviy vositachi ishtirok etib, ularning kelishuvlarini moliyalashtiradi. Ushbu bitim barcha tomonlar uchun nima sababdan foydali ekanligi quyida ko‘rsatilgan.

Lizing g‘oyalari, qadimda, garchi hali lizing termini mavjud bo‘lmagan davrda ham, lizingga o‘xshash operatsiyalar eramizdan ikki ming yil avval, qadimgi Bobil (Vavilion)da mavjud bo‘lganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu haqidagi ma’lumotlarni mashhur yunon faylasufi Arastuning «Ritorika» asarida ham uchratish mumkin. Uning ta’kidlashicha, boylik biror mulkka egalik qilishdan emas, balki undan foydalanish natijasida vujudga keladi. Ingliz yozuvchisi T. Klark aytishicha, lizing Arastu yashagan davrdan ancha oldin ham ma’lum bo‘lgan.

Lizing bitimlari e.a. IV asrda, ya’ni Arastu yashagan davrdan avval mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu xildagi bitimlar e.a. 2000 yillarda, qadimgi Shumer davlati davrida tuzilgan edi. O‘sha paytlarda qadimgi Shumerning Ur shahrida loydan qilingan qishloq xo‘jaligi mehnat qurollarini, yerni, suv manbalarini, ho‘kizlarni hamda boshqa hayvonlarni ijaraga berishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. 1984 yilda topilgan ushbu ma’lumotlardan ijaraga beruvchi ibodatxona ruhoniylari bilan mahalliy fermerlarning tuzgan o‘zaro kelishuvlari ma’lum bo‘ladi. Ijara munosabatlarining tajribasi Shumer davlatidan ham avvalroq mavjud bûlganligini taxmin qilish mumkin, lekin bu haqdagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan.

Rim huquqida ham mol-mulkka oid munosabatlar majmui mavjud bo‘lib, bunda asosan, mulkka egalik qilmasdan turib, undan foydalanish kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Rim huquqi kodifikatsiyasini amalga oshirgan Imperator Yustinian I (483-565y.), lizing munosabatlarini keng yoritishga harakat qilgan.

Shunday qilib, egalik qilish va mulkchilik to‘g‘risidagi original fikr va g‘oyalar qadimdan mavjud bo‘lgan.

O‘rta asrlarda Venetsiyada tijorat kemalari uchun langarlar ijaraga berilib, safardan keyin, ular yana boshqa foydalanuvchilarga berish maqsadida o‘z egalariga qaytarilgan.

XIX asr o‘rtalarida, AQSH va Buyuk Britaniyadagi temir yo‘llarning tezkor rivojlanishi davrida temir yo‘l vagonlari lizingga berila boshladi. 1877 yili esa, BELL telefon kompaniyasi o‘zining telefon apparatlarini sotish o‘rniga, ijara shartlari asosida o‘rnatib berishga qaror qildi. Bu operatsiya nafaqat aloqa rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Balki o‘sha davrning moliyaviy xizmatlaridan kelayotgan foydadan manfaatdor yangi texnika ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining xususiy mulklarini tashkil etuvchi yangi texnologiyalar himoyasi bilan ham qiziqa boshladilar. Shu sababdan ko‘pchilik oddiy savdo qilishdan ko‘ra, ularga «nau-xau»dan foydalanishning monopoliya huquqini saqlab qolishga imkoniyat yaratuvchi uskunalarni ijaraga berishni yuqori baholadi. «Bell» kabi «Hughes» asboblar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, o‘zining 11-granlik burg‘asini faqatgina ijara asosida yetkazib berish orqali baholar ustidan nazoratni saqlab turdi. Poyafzal ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan uskunalarni ishlab chiqaruvchi «U.S. Shoe Machenery» kompaniyasi mijozlarini faqatgina o‘zining mahsulotlarini sotib olishga bog‘lab qo’yuvchi bitimlardan foydalangan. Lekin, AQSh hukumati antimonopol qonunchiligining qabul qilinishi, bu xil amaliyotga chek qo‘ydi va ishlab chiqaruvchilardan o‘z uskunalarini erkin sotuvga qo‘yilishini talab qildi.

Keyinchalik transport vositalari bilan bog‘liq lizing biznesi keng ko‘lamda rivojlana boshladi. 30-yillarda Genri Ford o‘z avtomobillarini sotish borasida ijaradan samarali foydalandi. Lekin Chikagolik tijorat agenti Zolli Frenk avtomobillar lizingi biznesining «qonuniy otasi» bûlib hisoblanadi, u 40-yillarda birinchi bo‘lib avtomobillarning uzoq muddatli ijarasini taklif qildi.

Asosiy faoliyat turi lizing operatsiyalari hisoblangan birinchi kompaniya 1952-yili San-Fransiskoda tashkil etilgan «United States Leasing Corporation» edi. Genri Shonfeld kompaniyaning asoschisi hisoblanadi. Dastlab u kompaniyani alohida bir lizing operatsiyasi uchun tuzgan edi, keyinchalik u lizing bitimlari istiqbolli ekanligini tushunib, «United States Leasing Corporation» kompaniyasini tashkil etdi. Lizing operatsiyalari AQSh chegaralaridan tashqariga chiqqandan so‘ng, lizing biznesining rivojida muhim o‘rin tutgan «xalqaro lizing» tushunchasi vujudga keldi. Bir necha yildan so‘ng kompaniya boshqa davlatlarda o‘zining filiallarini ocha boshladi (eng avval 1959-yilda Kanadada). Keyinchalik kompaniya «United States Leasing International» deb nomlandi.

AQSh tijorat banklari o‘tgan asrning 60-yillari boshlaridanoq, lizing operatsiyalarida ishtirok eta boshladilar. Lizing biznesining kengayishiga 1971 yili Federal zahira tizimi boshqaruvchilari kengashining qabul qilgan qarori turtki bo‘lib, banklarga avval uskunalarni, keyinchalik esa, ko‘chmas mulkni ijaraga berish maqsadida shû’ba korxonalarni ta’sis etish uchun imkoniyat berildi.

1982-yil lizing aviatsiya texnikasi uchun ahamiyatli bo‘ldi. Shu yili «Mak-Donnel Duglas» korporatsiyasining DS-9-80 samolyotlari Boing-727 bilan raqobatlashib, lizing asosida yangi moliyaviy siyosatni qo‘llash orqali, bozorni egallay oldi. Duglas tomonidan taklif qilingan konsepsiya «fly before buy» deb ataldi («xarid etishdan oldin uchish»).

Shunday qilib, zamonaviy lizing XX asrning 50-yillari boshlarida AQShda vujudga kelib, 60-yillarning boshlarida yevropada tarqala boshladi. Shu munosabat bilan xususiy huquqni muvofiqlashtirish Xalqaro instituti qoshida 1974-yilda xalqaro lizing bo‘yicha muvofiqlashtirilgan qoidalarni ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tashkil etildi. 10 yil mobaynida ushbu yo‘nalishda olib borilgan ishlar natijasida 1988-yil 28-mayda Ottava shahrida (Kanada) «Xalqaro moliyaviy lizing to’g‘risida» Konvensiya qabul qilindi.

Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda lizingning turli xil ta’riflari mavjud. Quyida ulardan ba’zilarini keltiramiz.



Lizing - sotib olish asosida mol-mulkni vaqtinchalik foydalanishga va keyinchalik uzoq muddatli ijaraga berish bilan bog‘liq mol-mulk munosabatlari majmuidir. Lizing sotib olinadigan texnika va asbob-uskunalarni kreditlashning bir turi bo‘lib, an’anaviy bank ssudasi, (kredit)ning muqobil (alternativ) shaklidir. Lizingda asbob-uskunalarni sotib olishda qator masalalar, xususan - ijara, sug‘urta, kafolatlash va boshqalar ko‘zda tutiladi.

Lizing - ijara munosabatlarining bir turi bo‘lib, bunda lizing beruvchi o’z hisobidan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan lizing obyektini xarid qilish maqsadida, u bilan lizing oluvchining topshiriqnomasiga ko‘ra, shartnoma tuzish majburiyatini olishi, lizing oluvchi esa, lizing obyektidan foydalanish evaziga lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishini o‘zida mujassam etuvchi, mol-mulkni sotib olinishini moliyalashtirish bo‘yicha ijara munosabatlari shaklidir.

Lizing - vaqti-vaqti bilan pul to‘lab turish evaziga mol-mulkni ma’lum bir muddatga mijozga berishdir.

Lizing - yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida, vaqtinchalik ishlatish uchun ma’lum to‘lov evaziga mol-mulkni sotib olish maqsadida bo‘sh yoki jalb qilingan investitsiyalarni yo‘naltirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidagi majburiyatlarning bir turidir.



Lizing - ijara muddati mobaynida ijaraga beruvchi mol-mulkka nisbatan huquqlarini saqlab qolgan holda, ijaraga oluvchi uchun ishlab chiqarishda foydalanish maqsadlarida sotib olingan mol-mulk ijarasining turidir.

«Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risida»gi Konvensiyada moliyaviy lizingning ta’rifi quyidagichadir: Moliyaviy lizing kelishuvlarida bir tomon (lizing beruvchi) ikkinchi tomon (lizing oluvchi) tomonidan bildirilgan tasnif va shartlar asosida, uchinchi tomon (mol yetkazib beruvchi) bilan kelishuv (yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv)ga ko‘ra, lizing beruvchi ishlab chiqarish vositalarini yoki boshqa uskunalarni sotib oladi va foydalanuvchi (lizing oluvchi) bilan bitim (lizing kelishuvi) tuzish asosida, unga lizing to‘lovlari to‘lab turish evaziga, uskunalardan foydalanish huquqini beradi.

Shunday qilib, konvensiyaga asosan lizing shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:


  • mijoz lizing uskunalarini yetkazib beruvchilarni mustaqil ravishda aniqlaydi;

  • uskunalar tuzilgan yoki endi tuziladigan va sotuvchiga ma’lum bo‘lgan lizing shartnomasi asosida xarid qilinadi;

  • lizing uskunalarining lizing shartnomasi asosida hisoblangan to‘la yoki katta qismi qiymatining amortizatsiyasini hisobga olgan holda, davriy to‘lovlar amalga oshiriladi.

Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, lizingga berish jarayoni quyidagi shartlarni taqazo etadi: mol-mulkning xarid qilishga sarflangan mablag‘larining qaytarilishi, lizing xizmatlarining to‘lovliligi, lizing operatsiyasining muayyan muddatga mo‘ljallanganligi kabi ishlar jumlasidan. Mamlakatimizda foydalanilgan texnika va uskunalar bozorining rivojlanmaganligi bois, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda yana bir shartni - lizing to‘lovlarining kafolatlanganligini ham qayd etish mumkin.

Qonunchilikda lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi deb belgilanib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, lizing, ijaraga olinayotgan mulkni topshirish, shartnomaning tijorat asosida ekanligi, ijaraga oluvchi mulkka vaqtinchalik egalik qilishi va undan foydalanishi kabi ijaraga xos umumiy xususiyatlar bilan birga, lizingning o‘zigagina xos bo‘lgan shartnoma, uch tomon (lizing beruvchi, lizing oluvchi, sotuvchi) qatnashishi sharti, bilan tuzilgan shartnoma munosabatlari majmui mavjudligi va lizing beruvchi tomonidan lizing predmetini lizingga topshirish maqsadida maxsus sotib olinishi kabi xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari qonunchilikda lizing shartnomasining eng kam muddati 12 oy qilib belgilangan. Ayni vaqtning o‘zida qonunchilikda lizing shartnomasining maksimal muddatlari cheklanmagan.

Qonunchilikda lizing faoliyati, lizing beruvchi o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektini sotib olishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berishi borasidagi investitsiya faoliyatining bir turi deb belgilangan.

Shunday qilib, O‘zbekistonda lizing (moliyaviy ijara), birinchidan, investitsion faoliyatning bir turi sifatida belgilangan bo‘lib, bu hol lizingning iqtisodiy mohiyatini to‘g‘ri aks ettiradi. Zero, lizing kreditlar hisobidan moliyalashtirish va asosiy vositalarni moliyalashtirishning boshqa turlari bilan bir qatorda, korxonalarning kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirishning yana bir uslubi hisoblanadi. Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini moliyalashtirish uchun lizing beruvchilar nafaqat o‘z mablag‘laridan, balki jalb qilingan mablag‘lardan ham foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Moliyaviy lizing - mol-mulkni sotib olish va keyinchalik uni ma’lum to‘lov evaziga vaqtincha egalik qilishga va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq ravishda vujudga keluvchi mulkiy va iqtisodiy munosabatlar majmuidir.

Klassik lizing uch tomon: lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi ishtirok etishini nazarda tutadi. Amalda lizing operatsiyasining mazmuni quyidagidan iborat: Lizing olishni mo‘ljallagan shaxs, o‘zining moliyaviy mablag‘lari yo‘qligi yoki yetishmasligi sababli lizing kompaniyasiga lizing bitimi tuzish maqsadida murojaat etadi. Ushbu bitimga muvofiq, lizing oluvchi o‘zi uchun zarur bo‘lgan mulkka ega bo‘lgan sotuvchini tanlaydi, lizing beruvchi esa uni o‘z mablag‘lari hisobidan sotib oladi va lizing oluvchiga ma’lum bir muddatga lizing shartnomasida belgilangan to‘lov asosida foydalanishga beradi. Shartnoma muddati tugagandan so‘ng, uning shartlaridan kelib chiqqan holda, lizing predmeti lizing beruvchi tomonidan qaytarib olinadi yoki lizing oluvchining mulki bo‘lib hisoblanadi.

Agar lizing munosabatlari majmuini alohida tarkibiy qismlarining muhimliligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqsak, mol-mulkni vaqtinchalik foydalanishga berilishi asosiy o‘rin egallashini e’tirof etish zarur. Mol-mulkning oldi-sotdi masalalari esa ikkinchi darajalidir. Shuning uchun lizing munosabatlari davomida asosiy e’tibor lizing shartnomasining bajarilishiga qaratiladi.

Iqtisodiy jihatdan tahlil etilganda, lizing kredit munosabatlari va investitsiyalarga o‘xshashdir. Zero, kredit munosabatlari uch tamoyilga asoslanadi: muddatlilik (kredit ma’lum muddatga beriladi), mablag‘larning qaytarilishi (belgilangan muddatda qaytarish) va to‘lov (ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga haq olinadi). Biroq, shartnoma ishtirokchilari pul mablag‘lari bilan emas, balki mol-mulk (asosiy kapital) bilan ish yuritadilar. Shu munosabat bilan ayrim hollarda lizingni asosiy vositalarga qo‘yilgan kredit sifatida turkumlaydilar, shakliga ko‘ra esa u investitsion moliyalashtirishga yaqindir.

Lizing shartnomasini amalga oshirish uchun lizing beruvchi o‘zining bo‘sh mablag‘lariga yetarli darajada ega bo‘lishi yoki uning «arzon» pullarni jalb qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim. Bizning mamlakatimiz sharoitida banklar, boshqa kredit muassasalari yoki moliyaviy tuzilmalar ishtirokida tashkil etilgan lizing kompaniyalari shunday ob’ektlar sifatida xizmat qilishlari mumkin.

Lizingning jahonda tan olingan 2 turi - moliyaviy lizing (finance lease) va operatsion lizing (operating lease) mavjud. Bizning mamlakatimizda «operating lease» operativ lizing nomi bilan yuritiladi. Ikki lizing turining farqlanishi asosida asbob-uskunalardan foydalanish muddati hamda lizing mulkining nobud bo‘lishi va buzilishi kabi qaltisliklarning taqsimlanishi yotadi.

Operativ lizingda shartnoma muddati lizing predmetining me’yoriy xizmat qilish muddatidan kamroq bo‘lib, shu sababli lizing to‘lovlari mulk qiymatini qoplamaydi. Bu xatarni kamaytirish maqsadida, lizing beruvchi o‘z mulkining qiymatini qoplash uchun mulkni bir necha bor foydalanishga beradi, ammo bu uskunaga talab bo‘lmaganda, lizing beruvchi mulki qiymatining qoplanmaslik havfi oshib boradi. Shu sababli, teng sharoitlarda operativ lizing to‘lovlari moliyaviy lizing to‘lovlariga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.

Ijaraning uzoq muddatliligi va mulkning to‘la qiymatini yoki ushbu qiymatning katta qismini amortizatsiya qilish moliyaviy lizing uchun xosdir. Shartnoma muddati mobaynida lizing beruvchi lizing to‘lovlari asosida mulk qiymatini qoplaydi va lizing bitimidan foyda ko‘radi.

Lizing keng tarqalishining sababi, oddiy ssuda oldidagi uning qator ustunlik tomonlaridir. Ular qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:



  1. Oddiy, uzoq muddatli kreditdan foydalanib, uskunalar sotib olish uchun korxona o‘z mablag‘lari hisobidan avans shaklida 15% dan kam bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirishi kerak. Lizingda shartnoma mol-mulk (asbob-uskuna)ning to‘la qiymati miqdorida tuziladi. Lizing to‘lovlari esa odatda uskunalar yetkazib berilgandan so‘ng yoki ma’lum bir muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladi.

  2. Kichik va o‘rta korxonalar uchun lizing shartnomasini tuzish kredit olishga nisbatan yengilroq kechadi. Ayrim lizing kompaniyalari lizing oluvchidan hatto hech qanday kafolat talab qilmaydi, chunki uskunalarning o‘zi kafolat vazifasini o‘taydi. Lizing oluvchi lizing shartlarini bajarmagan taqdirda, lizing kompaniyasi mol-mulkini qaytarib oladi.

  3. Lizing bitimlari kreditga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lib, sotib oluvchiga moliyalashtirishning qulay sxemasini ishlab chiqish imkonini beradi. Kredit hamma vaqt belgilangan muddatda va hajmdagi to‘lovlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Lizing to‘lovlari tomonlar kelishuviga binoan, oyma-oy, chorakma-chorak va h.k. bo‘lishi, to‘lov summalari ham bir-biridan farqlanishi mumkin. Lizing to‘lovlari stavkasi qat’iy belgilangan yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Bazi hollarda lizing to‘lovlari lizingga olingan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushumlar orqali qoplanadi yoki korxona lizing beruvchiga xizmat ko‘rsatishi evaziga qoplanishi mumkin. Lizing to‘lovlari ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi va shu orqali lizing oluvchining soliqqa tortiladigan daromadlar bazasini kamaytiradi.

  4. Lizing oluvchi doimiy ravishda o‘zining asbob-uskunalarini yangilab turishi mumkin. Mulkning eskirishidan kelib chiquvchi qaltisliklar to‘laligicha lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi.

  5. Ijaraga olingan mulkni hisobga olish afzalliklari. Lizing kelishuvlaridan kelib chiqadigan o‘z moliyaviy majburiyatlarini nashr etish, shuningdek lizing mol-mulkini hisobga olish va amortizatsiyasi korxonaning balansi bo‘yicha amalga oshirilishi hisoblanadi. Balans tuzilgan sanada majburiyatlar bo‘yicha raqamli axborot Lizevropning lizing bitimlarini hisobga olish bo‘yicha asosiy tamoyillari bo‘lib balansga ilova ko‘rinishida tayyorlanishi mumkin. Bunda quyidagilarni aks ettirish lozim: joriy moliyaviy yildagi lizing to‘lovlarining summasini; shartnoma davridagi ijara to‘lovlarining umumiy summasini va ularning balans tuzilgan sanadagi bahosini. Ko‘pgina mamlakatlarda qonunchilik tomonidan korxonalarning o‘z va qarzga olinadigan mablag‘lari bir-biriga nisbatan aniq mutanosiblikda bo‘lishi belgilangan. Zero, lizing bitimiga binoan, mol-mulk lizing beruvchining balansida hisobga olinadi, ya’ni lizing oluvchi o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini mutanosiblikni buzmasdan kengaytirishi mumkin.

  6. Xalqaro lizing operatsiyalarda lizing oluvchi lizing beruvchi davlatning soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, shu yo‘l orqali to‘lovlar kamayadi, hamda (bu asosan operativ lizingda bo‘ladi) lizing beruvchilar va ularning vakillari tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladi (masalan, texnik xizmat va ijaraga olingan asbob-uskunalarni ta’mirlash, foydalanish uchun maslahatlar, nou-xauning olinishi, ehtiyot qismlarni yetkazib berish va h.k.).

  7. Xalqaro valyuta fondi davlatlarning qarzdorliklarini hisoblaganda lizing shartnomalari qiymatini hisobga olmaydi, ya’ni alohida davlatlar uchun Fond tomonidan o‘rnatiladigan kredit qarzdorligi limitini oshirish ehtimoli mavjud bo‘ladi.

Lizing munosabatlarining asosiy qatnashchilari uchun mavjud afzalliklar:

Lizing oluvchi subyektlar uchun:



  • eskirayotgan texnika, uskuna va jihozlarni eng zamonaviylari bilan almashtirish imkoniyatlari tug‘iladi;

  • bir vaqtning o‘zida mulkni sotib olish va moliyalashtirish masalasi hal etiladi;

  • sotib olinayotgan uskunaning umumiy qiymatini bir paytning o‘zida to‘lash muammosidan ozod bo‘ladi;

  • lizingning operativ turi tadbiq etilganda, mulkka solinadigan soliqdan ozod etiladi;

  • zamonaviy texnologiyani ishlatishdan hosil bo‘ladigan foydaning kelishi tezlashadi;

  • uskuna qiymati, uni «Daromadga qarab buromad» tamoyili asosida ishlatishdan hosil bo‘lgan mablag‘lar hisobiga to‘lanadi;

  • foyda solig‘iga tortiladigan soliq bazasi hisoblanayotganda lizing to‘lovlari ayrib tashlanadi.

Lizing beruvchilar uchun:

  • taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va eski mijozlarni saqlab qolish;

  • yangi mijozlarni jalb etish;

  • o‘zining bo‘sh mablag‘laridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha foyda olish;

  • mijoz to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda zararni kamaytirish. Mulk shaklida investitsiya amalga oshirilganda pul shaklidagi kreditdan farqli o‘laroq, mablag‘larning qaytib kelmaslik qaltisligi kamayadi, chunki lizing beruvchi lizingga topshirilgan mulkka egalik qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Lizingga beriladigan uskunalarning sotuvchisi uchun:

  • mahsulot sotish bozorining kengayishi. Investitsiyalarning cheklangan miqdorda moliyalashtirilishi ko‘p hollarda korxonalarga texnologik bazalarini o‘z vaqtida yangilashlariga imkon bermaydi.

Davlat uchun:

  • investitsiya qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanishni kafolatlash;

  • faol investitsiya siyosatini amalga oshirish;

  • an’anaviy moliyalashga qo‘shimcha ravishda mablag‘larni asosiy fondlarga qo‘yish;

  • kichik va o‘rta tadbirkorlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining rivojlanishini rag‘batlantirish;

  • qo‘shimcha ma’muriy organlarni tashkil etmagan holda, faqat iqtisodiy uslublar bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish;

  • yana bir muhim foydali tomoni uskunalar importi bo‘yicha bir davlat subyektlari tomonidan imzolangan xalqaro lizing shartnomalarining umumiy summasi davlatning tashqi qarzlarini hisoblashda aks ettirilmaydi, bu esa ularga xalqaro moliyaviy institutlarda, masalan, Xalqaro valyuta fondida o‘zining ijobiy kredit reytingini saqlash imkoniyatini beradi.

Lizingning salbiy taraflari:

Lizing sxemasidan asosiy vositalarni yangilashni moliyalashtirishda foydalanib, korxona daromad solig‘i to‘lashda tannarxdan lizing to‘lovini chegirib tashlanishi hisobiga mablag‘larni tejaydi, lekin jalb qilingan qarzning lizing kompaniyasi bank kreditiga o‘z foizlarini qo‘shishi natijasida qimmatlashishi sababli, tashkilot xarajatlari yuqori bo‘lishi mumkin.

Odatda lizing oluvchi uchun lizing qiymati oddiy sotib olish bahosidan yoki bank kreditidan yuqoriroq bo‘ladi. Jalb qilingan mablag‘lar qiymati lizing kompaniyasi uchun korxonaga nisbatan arzonroq bo‘lgan taqdirdagina lizing foydali hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, iste’mol qilinmaydigan har qanday buyumlar, jumladan korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin.

Ta’qiqlangan yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, hamda muomaladan chiqarilgan yoki lizing obyekti sifatida muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk lizing obyekti bo‘lishi mumkin emas.

Qonunda va Fuqarolik Kodeksida keltirilgan lizing obyektining ushbu izohi lizingga xos bo‘lgan yangi xususiyatni - lizing oluvchi lizing obyektidan faqat tadbirkorlik faoliyatida foydalanishi mumkinligini alohida qayd etadi. Lizingning ijaradan asosiy farqi ham, keyinchalik sotib olishdan iborat. Lizingda faqat biznes, tadbirkorlik faoliyati moliyalashtirilib, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari tashkil etiladi, byudjetga soliq ko‘rinishida tushumlar ko‘paytiriladi va mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojlanishiga ko‘maklashiladi.

Lizing obyekti lizing oluvchining krediti(qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni ishlab chiqaruvchiga lizing bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida, uni mablag‘ bilan ta’minlagan taqdirda, bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham ishlab chiqaruvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir.

Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e’tirof etiladi.

Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e’tirof etiladi.

Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi.

Eng ko‘p uchraydigan lizing beruvchilar:


  • Bank yoki uning filiali;

  • Lizing operatsiyalarni amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan lizing kompaniyalari;

  • Lizing shartnomasini moliyaviy ta’minlashdan tashqari xizmat ko‘rsatish, mulkni ta’mirlash, o‘qitish, maslahat va h.k. kabi moliyaviy bo‘lmagan xizmatlarning to‘la majmuini amalga oshiruvchi ixtisoslashgan lizing kompaniyasi.

Lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchilardan tashqari lizing munosabatlarida boshqa kredit tashkilotlari, banklar, sug‘urta va konsalting kompaniyalari, davlat tomonidan boshqariladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlaydagan organlar ham qatnashishi mumkin.

Qonunchilikka muvofiq lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchilar yuridik hamda jismoniy shaxslar bo‘lishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tijorat, jumladan lizing faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar xususiy tadbirkor mavqiega ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, lizing predmeti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan sotib olingan taqdirda, lizing beruvchi va lizing oluvchi sifatida bitta shaxs qatnashishi qonunchilik asosida taqiqlangan. Shunday qilib, masalan, bank lizing beruvchiga kredit berib, so‘ngra ushbu kredit hisobidan sotib olingan mulkni lizingga olishi mumkin emas.
2. Lizing turlari va uning klassifikatsiyasi.
Amaliyotda lizing turlarini aniqlashda quyidagi belgilar asos bo‘ladi:


  • Shartnoma qatnashchilarining soni;

  • Mol-mulkning turi;

  • Bozor sektori;

  • Lizing to‘lovlarining shakli;

  • Majburiyatlar hajmi (xizmat ko‘rsatish hajmi);

  • Mol-mulkdan foydalanish muddati va unga bog‘liq amortizatsiya shartlari.

Lizing operatsiyasining qatnashchilari (subyektlari) soniga qarab shartnomalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Lizing beruvchi va mol-mulk sotuvchisi lizing operatsiyasida bitta shaxs sifatida qatnashuvchi ikkiyoqlama lizing kelishuvlari (yoki bevosita lizing);

  • Mol-mulkni lizingga beruvchi va moliyaviy vositachi sifatida qatnashuvchi lizing kompaniyasi bilan ko‘pyoqlama lizing kelishuvlari (yoki bilvosita lizing). Bunday kelishuvning klassik variantida uch tomon: sotuvchi - lizing beruvchi - lizing oluvchi qatnashadi.

Mol-mulkning turiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi:

  • Ko‘char mulk lizingi (ishlovchi mashinalar va sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalar, hisoblovchi mashina va tashkiliy-texnika, transport vositalari va h.k.);

  • Ko‘chmas mulk shaklidagi lizing (ishlab chiqarish bino va inshootlari).

Lizing operatsiyalari o‘tkaziladigan bozor sektoriga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Ichki lizing, bunda shartnoma qatnashchilari bitta davlat rezidentlaridir;

  • Tashqi (xalqaro) lizing, bunda lizing beruvchi va lizingoluvchilar turli davlatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlaridirlar. Mulk sotuvchisi o‘sha davlatlarning birida yoki boshqa davlatda bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida xalqaro lizing import va eksport lizinglariga bo‘linadi. Bunday turdagi lizing operatsiyalarida lizing oluvchi import lizingida va shunga muvofiq ravishda lizing beruvchi eksport lizingida qatnashadilar. Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun import lizingi xarakterlidir.

Lizing to‘lovlarining shakliga muvofiq lizing quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • To‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladigan pullik lizing;

  • Lizing oluvchi lizing beruvchi bilan ijaraga berilgan uskunalar asosida, ishlab chiqarilgan maxsulot yoki muqobil xizmatlar ko‘rsatish orqali hisoblashadigan kompensatsion to‘lovli (yoki kompensatsion) lizing;

  • To‘lovlarning bir qismi pul ko‘rinishida, qolgan qismi esa tovar va xizmatlar ko‘rinishida amalga oshiriladigan aralash lizing.

Ko‘rsatiladigan xizmatlarning ko‘lami jihatidan lizing sof va to‘la xizmat ko‘rsatiladigan turlarga bo‘linadi.

Sof lizing (net leasing) - ijaraga olingan mulkka ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar lizing oluvchi zimmasiga yuklatiladigan munosabatlardir. Shuning uchun ushbu holatda uskunalarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari lizing to‘lovlari hisobiga kiritilmaydi.

To‘la xizmat ko‘rsatiladigan lizing (wet leasing) - lizing mulkiga texnik xizmat ko‘rsatish, uni ta’mirlash, sug‘urta qilish va boshqa operatsiyalarni bajarish lizing beruvchi zimmasida bo‘lishini nazarda tutadi. Ushbu xizmatlardan tashqari, lizing oluvchining istagiga ko‘ra, lizing beruvchi subekt bir qator xizmat turlari, jumladan - kadrlar tayyorlash, marketing, xom-ashyo yetkazib berish va hokazolar bilan bog‘liq majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.

O‘zbekistonda lizing xizmatlari bozori rivojlanish bosqichida ekanligi hamda lizing obektlariga sifatli texnik xizmatlarni ko‘rsatadigan lizing kompaniyalarining yo‘qligi amalda sof lizingni keng qo‘llanilishini taqozo etadi.

Mol-mulkdan foydalanish muddati va u bilan bog‘liq amortizatsiya shartlari asosida lizing quyidagilarga bo‘linadi:


  • shartnomaning muddati mulk xizmat qilishi me’yoriy muddatiga teng bo‘lib, lizing beruvchiga lizing mulkini to‘la qiymati to‘lanadigan, ya’ni uskuna xizmat muddati mobaynidagi to‘la amortizatsiyasi hisobga olinadigan lizing;

  • shartnoma muddati mulkning xizmat qilish me’yoriy muddatidan kamroq bo‘ladi va lizing mulki qiymatining ma’lum qismi qoplanadi, biroq, uskunalar qiymati to‘la qoplanmaydigan va amortizatsiyalanmaydigan lizing.

Shartnoma muddati va qoplanish darajasi kabi belgilar moliyaviy hamda operativ lizingni bir-biridan farqlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Moliyaviy lizing (finance leasing) - mulkni sotib olib, vaqtinchalik egalik qilishga hamda davomiyligiga ko‘ra, undan foydalanishning to‘la va amortizatsiyasiga yaqinlashuvchi muddatlarga yoki mulk qiymatining katta qismiga teng bo‘lgan bahoda topshirish bo‘yicha operatsiyani o‘zida mujassam etadi. Lizing shartnomasi amal qilayotgan muddat mobaynida lizing beruvchi lizing to‘lovlari vositasida mulkning to‘la qiymatini o‘ziga qaytaribgina qolmay, balki bundan foyda ham oladi. Bunda lizing obyektiga xizmat ko‘rsatish hamda uni sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha majburiyatlar lizing oluvchi zimmasiga yuklatiladi.

Moliyaviy lizingda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:



  • lizing shartnomasi muddati lizing obyektining xizmat muddatidan 80 foizdan ortiq bo‘ladi yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etadi;

  • lizing oluvchi lizing obyektini qat’iy belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega;

  • lizing shartnomasi davridagi to‘lovlarning umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘ladi.

Moliyaviy lizingni tavsiflovchi o‘ziga xos, asosiy belgilar quyidagilardan iborat:

  • munosabatlarning yangi subekti - mol-mulk sotuvchisining mavjudligi;

  • lizing beruvchi mulkni o‘zi foydalanishi uchun emas, balki maxsus lizingga berish uchun sotib oladi;

  • mol-mulkni va uning sotuvchisini mustaqil aniqlash va tanlash huquqi lizing oluvchida bo‘ladi;

  • mulk sotuvchisiga mulkni lizingga berish maqsadida sotib olinayotganligi ma’lum qilinadi;

  • mulk bevosita lizing oluvchiga yetkazilib, unga foydalanish uchun topshiriladi;

  • lizing oluvchi tomonidan mulkning sifati, butligi, kafolatli ta’mirlash haqidagi shikoyatlar bevosita mulk sotuvchisiga yo‘llanadi;

  • mulkni foydalanishga topshirish bo‘yicha oldi-berdi dalolatnomasi imzolangandan keyin mulkning nobud bo‘lishi va shikastlanishi qaltisligi lizing oluvchining zimmasiga o‘tadi.

Moliyaviy lizingning bir nechta o‘z nomlariga ega turlari mavjud.

Klassik moliyaviy lizing uch tomonlama munosabatlar va mulkning to‘la qiymati qoplanishi bilan xarakterlanadi. Lizing oluvchining arizasiga binoan lizing beruvchi uskunani sotib olib, ijaraga berish asosida moliyaviy xarajatlarini qoplaydi va lizing to‘lovlari orqali foyda ko‘radi.

3.1-rasm. Klassik moliyaviy lizing operatsiyalarining o‘tkazish sxemasi




  1. Lizing oluvchi tomonidan talab qilinayotgan lizing obyekti va uning sotuvchisining aniqlanishi.

  2. Lizing kompaniyasiga ariza berish. Lizing beruvchi qarz oluvchining moliyaviy holatini o’rganadi va loyihaning iqtisodiy tahlilini amalga oshiradi.

  3. Lizing shartnomasini imzolash.

  4. Lizing obyektini oldi-sotdi shartnomasini imzolash va uning to’lovini amalga oshirish.

  5. Sotuvchi tomonidan lizing obyektining bevosita lizing oluvchiga yetkazib berilishi.

  6. Tomonlar kelishuvi asosida lizing obyektini sug’urtalash.

  7. Lizing to’lovlarini amalga oshirish.



Qaytariladigan lizing (sale and Leaseback) ikki tomonlama lizing kelishuvining bir turidir. Uning mohiyati quyidagidan iborat: uskunaga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘ yetishmovchiligi sababli, uskunalarini lizing kompaniyasiga sotadi va yana o‘zi ushbu uskunalarni lizing shartnomasi asosida olib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, korxona aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lariga ega bo‘ladi. Shartnoma shunday tuziladiki, unga ko‘ra korxona shartnoma tugashi bilan uskunalarni qayta sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Lizing loyihalari qaytariladigan lizing(lease-back) shaklida ham amalga oshiriladi. Bunda lizing beruvchi kompaniya lizing oluvchi (tashkilot)dan mulkni sotib olib uni qaytadan lizing oluvchi (tashkilot)ga lizing shartnomasi asosida beradi, lizing oluvchi vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larga ega bo‘ladi (3.2-rasm).





3.2-rasm. Qaytariladigan lizing operatsiyasini o‘tkazish sxemasi.
Korxonaning daromadlilik darajasi past bo‘lgan hollarda u jadal amortizatsiya va daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lmagan sharoitda bu turdagi lizing operatsiyasiga murojaat qilish mumkin. Korxona bu operatsiyada ishtirok etadi, lizing kompaniyasi esa soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, korxona lizing kompaniyasi uchun lizing to‘lovlari foizini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

So‘nggi vaqtda uskuna ishlab chiqaruvchilari va lizing kompaniyalari o‘rtasida bitimlarning imzolanishi kuzatilmoqda. Bitimlar asosida lizing kompaniyasi nomidan ishlab chiqaruvchi mijozlarga o‘zining mahsulotini lizing bo‘yicha moliyalashni taklif qiladi. SHunday qilib, lizing kompaniyasi sotuvchining savdo tizimidan foydalanadi, sotuvchi esa o‘z mahsulotini sotish chegaralarini kengaytiradi. Bunday kelishuv «sotuvdagi yordam» nomini olib (sales-aid), odatda ular past qiymatga ega uskunalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bunday sxema bo‘yicha butun korxonalarni ham lizingga topshirish mumkin, bunda sotuvchi va lizing oluvchi bitta yuridik shaxs hisoblanadi.

Bu xildagi lizing operatsiyalari, avvalo moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar uchun qo‘l kelishi mumkin. Bunday korxonalar bir vaqtning o‘zida uskunalarni sotib, moliyaviy mablag‘ga ega bo‘ladilar, hamda lizing shartnomasini tuzib, o‘z uskunalaridan foydalanadilar.



Leveredj (kreditli, ulushli, alohida) lizing (leveraged lease) yoki qo‘shimcha mablag‘larni jalb qiluvchi lizing turi bo‘lib, ko‘p kanalli moliyalashtirishdan iborat bo‘lganligi tufayli lizingning eng murakkab turlaridan hisoblanadi va qiymati katta bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.

Bu turdagi lizingning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda lizing beruvchi uskunani sotib olayotganda uskuna qiymatining to‘la qiymatini emas, balki ma’lum qismini to‘laydi. Uskuna qiymatining qolgan qismini u bir yoki bir nechta kreditorlardan ssuda olib to‘lash hisobiga qoplaydi. Ayni chog‘da, lizing kompaniyasi mulkning to‘la qiymati soliqqa tortilishi bilan bog‘liq barcha imtiyozlardan foydalanishni davom ettiradi.

Milliy moliya-kredit munosabatlariga xos bo‘lmagan ma’lum shartlar asosida lizing beruvchi ssudani olishi ushbu turdagi lizingning yana bir o‘ziga xos xususiyatidan biri bo‘lib hisoblanadi. Kredit lizing beruvchining aktivlariga da’vo qilish huquqisiz beriladi. SHu sababli lizing beruvchi qarz qoplangunga qadar mulkni garov sifatida kreditorlar foydasiga rasmiylashtiradi va ssuda qoplash uchun ularga lizing to‘lovlarining ma’lum qismini olish huquqini beradi.

Ba’zi hollarda lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun Lizing kompaniyalarining mablag‘lari yetishmaganligi sababli ssuda oladilar, ya’ni loyihani qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish yordamida moliyalashtiradilar(3.3-rasm). Hisob-kitoblarga qaraganda, jahondagi 85% dan ko‘proq lizing bitimlari qo‘shimcha mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi. Lizing beruvchi bir yoki bir nechta kreditordan lizingga berilayotgan aktivlarning 80% miqdorini uzoq muddatli ssuda sifatida jalb qiladi. Bu holda lizing to‘lovlari va uskuna ssuda qaytarilishining ta’minoti bo‘ladi.

Shunday qilib, bitim bo‘yicha asosiy qaltislik, kreditorlarga, ya’ni banklar, sug‘urta krmpaniyalari, investitsion fondlar va boshqa moliyaviy tashkilotlarga o‘tib, faqat lizing to‘lovlari va lizingga beriladigan mulk ssuda qaytarilishini kafolati bo‘lib hisoblanadi.

G‘arbda lizing operatsiyalarining 85%dan ortig‘i leveredj lizing asosida amalga oshiriladi. Bizning nazarimizda O‘zbekistonda lizing biznesi rivojlanish bosqichida ekanligi va lizing kompaniyalarida kapital yetishmovchiligi sharoitida, ehtimol leveredj lizing o‘ziga xos ko‘rinishlarda keng tarqalishi mumkin.



Lizing yordamida sotuvni tashkil etish (sales leasing yoki vendor leasing) - mol-mulkni yetkazib beruvchi (sotuvchi) va lizing kompaniyasi o‘rtasida tuziladigan maxsus bitim asosida sotishni anglatadi. Bunday bitimlar turli xil shakllarga ega. Oddiy ko‘rinishda lizing kompaniyasining nomi, manzili, telefoni va lizing shartlari sotuvchilarning reklama materiallarida ko‘rsatiladi, hamda lizing bo‘yicha mulkdan foydalanuvchi bilan bog‘liq barcha masalalarni bevosita lizing kompaniyasi hal etadi. Ammo ko‘pgina holatlarda lizing kompaniyasi va mulkni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kelishuv lizing kompaniyasi nomidan bevosita sotuvchi bilan lizing shartnomasi tuzish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunday hollarda shartnomada vositachi vaqtinchalik to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa yoki bankrotlikka uchrasa, sotuvchining mol-mulkni lizing kompaniyasidan qayta sotib olishi lozimligi belgilab qo‘yiladi.





  1. Talab qilinayotgan lizing obyekti va sotuvchini aniqlash.

  2. Lizing kompaniyasiga arizaning berilishi.

  3. Lizing kompaniyasining bankga qarz so’rab murojaat qilishi.

  4. Qarz (kredit) shartnomasining imzolanishi.

  5. Lizing shartnomasining imzolanishi.

  6. Lizing obyekti uchun to’lovlarni amalga oshirish.

  7. Sotuvchi tomonidan lizing obyektining bevosita lizing oluvchiga yetkazib berilishi.

  8. Tomonlar kelishuviga asosan lizing obyektini sug’urtalash.

  9. Lizing to’lovlarini amalga oshirish.



3.3-rasm. Qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish asosida o‘tkaziladigan lizing operatsiyasining sxemasi
Qo‘shimcha lizing - Sublizing (sub-lease). Ko‘pincha lizing to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki, vositachilar yordamida amalga oshiriladi. Sxema bo‘yicha bu quyidagicha bo‘ladi: odatda, asosiy lizing beruvchi, vositachi, hamda mavjud lizing kompaniyasi orqali uskunalarni lizing oluvchiga ijaraga beradi. Vositachi to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda yoki u bankrotga uchragan taqdirda, lizing to‘lovlari asosiy lizing beruvchiga to‘lanishi lozimligi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Bu kabi bitimlar «sublizing» nomini olgan.

Ushbu sxema lizing oluvchi va lizing beruvchilar turli hududlarda joylashgan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Chunki uskunalarning ishlatilishi ustidan nazorat olib borish, to‘lovlarning o‘z vaqtida bajarilishini kuzatish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish kabi masalalarni hal etish mahalliy lizing kompaniyasi uchun qulayroqdir.

Vositachi ishtirokidagi ko‘pgina lizing operatsiyalari, qo‘shimcha lizing (sublizing) sxemasi asosida amalga oshiriladi (3.4-rasm).

Asosiy lizing beruvchi lizing to‘lovlarini olishda imtiyozli huquqlarga ega bo‘ladi. Shartnoma shartlariga binoan uchinchi shaxs bankrotlikka uchrasa, asosiy lizing to‘lovlari lizing beruvchiga to‘lanadi. Bu xil operatsiyalar sublizing deb yuritiladi. Bundan tashqari, «sublizing» sxemasidan xolding, kontsernlarga kiruvchi tashkilotlarning qayta texnik qurollanishi borasida ham foydalanish mumkin. Ko‘pincha bosh korxonalar o‘zlarining sho‘’ba korxonalarini uskunalar sotib olish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalana olishiga to‘la ishonch hosil qilmasliklari mumkin va shu sababdan, ularni bevosita moliyalashtirishni istamaydilar. Bunda bosh korxona sho‘’ba korxonalarining arizalariga binoan kerakli uskunalarni sotib olib, buyurtmachilarga yetkazib berish maqsadida lizing kompaniyasini tashkil etadi. Kelajakda u lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilib turadi, ularni to‘plab, asosiy lizing beruvchiga yetkazilishini ta’minlaydi, uskunalarning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatadi, kelishuvda belgilangan bo‘lsa, texnik xizmatlar ham ko‘rsatadi.






  1. Lizing obyektining yetkazib berilishi;

  2. Lizing to’lovlarining amalga oshirilishi.

  3. Lizing beruvchi(I)ni ruxsati bilan lizing obyekti Lizing oluvchi(II)ga yetkazib beriladi.


3.4-rasm. Qo‘shimcha lizing sxemasi

Xalqaro miqyosda «dabl-dipping» nomini olgan (double dipping), sublizing kelishuvlarini qo‘llash asosida ikki yoki undan ortiq davlatlarning soliq tizimidagi mavjud imtiyozlar kombinatsiyasiga erishiladi. Masalan, 80-yillar boshlarida shu sxema asosida AQSh uchun Buyuk Britaniyadan samolyotlar olingan edi. Bu shartnomaning samarali bo‘lishi Buyuk Britaniyada lizing beruvchi mulk huquqiga ega bo‘lsa va AQShda esa lizing beruvchi egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, soliq imtiyozlaridan foyda ko‘proq bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ushbu o‘ziga xos tomonlar hisobga olingan holda lizing kelishuvi quyidagicha tashkil etildi.

Buyuk Britaniyadagi lizing kompaniyasi samolyotlarni sotib oladi (mulkdorlik huquqi) va ularni lizing asosida Amerika lizing kompaniyasiga taqdim etadi (egalik qilish huquqi). U esa o‘z navbatida samolyotlarni mahalliy aviakompaniyalarga lizing sharti bilan taklif etadi. Bunday turdagi bitimlar turli davlatlar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Huddi shunday sxema asosida 80-yillarda «Pan America» o‘zining aerobuslarini Frantsiya va AQSh o‘rtasidagi «dabl dip» bo‘yicha moliyalashtirgan.

Ko‘pincha lizing kompaniyalari soliqdan yutish maqsadida o‘z filiallarini imtiyozli soliqqa tortish joylari (offshor hududlar)da ochadilar.



Operativ lizing (operating lease)- uskuna (mulkiy huquqlar) ni me’yoriy xizmat davridan kam muddatga berilishidir. Shu munosabat bilan bir shartnoma bo‘yicha lizing to‘lovlari mulkning to‘la qiymatini qoplay olmaydi. Lizing beruvchi mulkni bir necha marotaba ijaraga berishga majbur bo‘ladi va mulkka talab bo‘lmagan taqdirda, uning lizing obyekti qoldiq qiymatini qoplash bo‘yicha qaltisligi ortib boradi. Shuning uchun operativ lizing stavkasi moliyaviy lizingdagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.

Operativ lizingning o‘ziga xos quyidagi belgilari mavjud:



  • shartnoma muddati mulkni xizmat qilish muddatidan kamroq bo‘lib, oqibatda lizing beruvchi mulk qiymatini bitta shartnoma tushumlaridan qoplay olmaydi;

  • mol-mulk ko‘p marotaba lizingga beriladi;

  • lizingga ariza bo‘yicha olingan mol-mulk emas, balki lizing kompaniyasida mavjud bo‘lgan mulk beriladi. Boshqacha qilib aytganda, lizing kompaniyasi mulkni sotib olar ekan, undan kim foydalanishini aniq bilmaydi. Shu sababli operativ lizingga ixtisoslashgan lizing kompaniyalari lizing mulki - yangi mulk, hamda foydalanishdagi mulk bozorlarining kon’nyukturasini yaxshi bilishlari kerak;

  • lizing bitimi ikki tomonlama xarakterga ega bo‘ladi (lizing beruvchi - lizing oluvchi);

  • texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va sug‘urta qildirish kabi majburiyatlar lizing kompaniyasi zimmasida yotadi;

  • agar mulk kutilmagan holatlar tufayli foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolsa, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;

  • mulkning tasodifan nobud bo‘lishi, yo‘qolishi, buzilishi kabi qaltisliklar lizing beruvchining zimmasida bo‘ladi;

  • operativ lizingda moliyaviy lizingga qaraganda lizing to‘lovlari yuqoriroq bo‘ladi, chunki lizing beruvchi, masalan, qayta lizingga berish uchun mijoz topilmasligi yoki mulkning buzilishi, nobud bo‘lishi bilan bog‘liq qo‘shimcha qaltisliklarni hisobga olishi lozim;

  • shartnoma muddati tugagandan keyin mol-mulk, odatda, lizing beruvchiga qaytariladi. Lizing oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra yangi shartlar asosida shartnoma muddatini uzaytirishi va xatto mulkni sotib olishi mumkin.

Operativ lizing transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.

Operativ lizing bo‘yicha shartnoma munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining maxsus moliyaviy lizingga tegishli 587-599-bandlarining 6-paragrafidan tashqari, «Mol-mulk ijarasi» 34-bob, 535-599 bandlari bilan, hamda 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «Ijara» haqidagi qonun (26.05.2000y. da o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan) bilan tartibga solib turiladi.

Shunday qilib, operativ lizing barchaga ma’lum bo‘lgan ijaradir.

Lizing va kreditni solishtirish uchun quyidagi tamoyillardan foydalaniladi:

Birinchidan, moliyalashning qarzga nisbatan qiymati baholanadi. Ikkita moliyalash usulidan bittasining tanlanishi, birinchisining ikkinchisiga nisbatan iqtisodiy samaradorligini anglatadi.

Ikkinchidan, bu to‘lovlarning moliyaviy ekvivalentlik tamoyili. Bir davrning o‘zida bir xil miqdorda amalga oshirilgan to‘lovlar ekvivalent to‘lovlar deb hisoblanadi.

Lizing va kreditni moliyalashtirishning o‘zaro muvofiqligini belgilab beruvchi ikkita asosiy mezonni ajratish mumkin:


  • Korxona kapitalining tuzilmasi (o‘z mablag‘lari bilan jalb qilingan mablag‘larning nisbati), kreditorga oluvchining kreditni qaytara olish qobiliyatini aniqlashi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Moliyalashtirishning kredit va ijara usullari korxona kapitalini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Loyihaning moliyalashtirilishi uchun muqobil variantlardan birini tanlash, korxonaning kelajakda qarzga mablag‘ jalb qilish uchun bo‘lgan qiziqishini aniqlash asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun moliyalashtirishning 2 usulini solishtirish ijara va kreditning korxona kapital tuzilmasiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o‘rganish asosida bajariladi;

  • Loyihaning moliyalashtirilishi bilan bog‘liq qaltisliklar. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra uzoq muddatli ijara ta’minlangan ssudaga o‘xshashdir. Ammo yuridik nuqtai nazardan egalik qilish huquqi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliyalashtirishning kredit usulida bunday huquq qarz oluvchida, lizing usulida esa ijaraga beruvchida bo‘ladi. Shu sababli bu holda solishtirish bazasi loyihani moliyalashtirishning lizing va kredit usullari bilan bog‘liq qaltisliklarning katta-kichikligi asosida belgilanadi.

Investitsion loyihalarni moliyalash usullaridan birini tanlashda e’tiborga olinadigan asosiy mezon foydadir. Lizing va kredit bo‘yicha muddatli qarzlarning ma’lum bir paytda bir-biriga teng bo‘lgan holda, lizing va kreditni moliyalashtirishga sarflangan pul miqdorlari solishtiriladi, ya’ni ijarani unga ekvivalent bo‘lgan qarz bilan solishtiriladi. Kredit bo‘yicha mavjud qarzlar, lizing qarzlari bilan mos kelgan holda kredit lizingga ekvivalent hisoblanadi. ekvivalent qarzning miqdorini hisoblab, lizing asosida moliyalashtirishning miqdori bilan solishtirish mumkin.

Agar hisob-kitoblar lizing oluvchi uchun ham lizing beruvchi uchun ham noqulay bo‘ladigan bo‘lsa, bu holda moliyalashning boshqa muqobil varianti tanlanishi zarur.

Lizing va ijara munosabatlari o‘rtasida ko‘pgina umumiy xususiyatlar bilan birga ma’lum farqlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:


  1. Lizing munosabatlari lizing beruvchi va lizing oluvchidan tashqari ijarada ishtirok etmaydigan lizing obektining sotuvchisini ham qamrab oladi.

  2. Lizingda lizing oluvchi uchun faol rol ajratiladi, bunday hol ijaraga xos emas. Lizing oluvchiga mol-mulkni va uni ishlab chiqaruvchisi (sotuvchisi)ni tanlash kabi imtiyozli huquqlar beriladi. Bundan tashqari, lizing beruvchi, mulkni maxsus lizingga berilayotganligini sotuvchiga ma’lum qilishi kerak. Ijarada esa mol-mulk sotuvchisi alohida, mustaqil rolga ega emas yoki u ijara munosabatlarida umuman ishtirok etmaydi.

  3. Ijara munosabatlaridan farqli o‘laroq, lizingda lizing oluvchi xaridorga xos bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ega. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Mol-mulk sotuvchi tomonidan uning haqiqiy egasini chetlab o‘tib, bevosita lizing oluvchining joylashgan joyiga yoki shartnomada ko‘rsatilgan joyga yetkazib beriladi va foydalanuvchi tomonidan uning ekspluatatsiyasi boshlanadi. Lizing beruvchiga esa mulkning qiymatini to‘lash yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish vazifasi yuklatiladi.

  4. Mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar bilan bog‘liq xatarlar ijara va lizingda turlicha talqin qilinadi. Ijara shartnomasida ijara beruvchi mulkdan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan barcha kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi oldida javobgardir.

Shartnoma bo‘yicha lizing beruvchi foydalanuvchi oldida mulkdagi kamchiliklar yuzasidan javob bermaydi, hamda lizing obektidan foydalanish jarayonida fuqarolar sog‘ligiga, shu jumladan, mulkdan foydalanuvchining boshqa mulkiga va uchinchi shaxslarning mulkiga zarar yetkazilishi masalasida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bunday javobgarlik lizing beruvchi tomonidan sotuvchi yoki lizing obyekti aniqlanganda, uning ixtisosligini, hamda shu mulkning sotuvchisini tanlash paytida ishtirok etgan chog‘da, lizing oluvchiga zarar yetkazilgan taqdirdagina belgilanadi.

Lizing beruvchi ma’suliyatining bunday cheklanishi shundan iboratki, lizing oluvchi sotuvchini o‘zi tanlab, javobgarlikni lizing beruvchidan talab qila olmaydi.

Shuningdek, shartnoma muddati tugagunga qadar lizing beruvchi lizing obektida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar uchun javob berish majburiyatidan ham ozod bo‘ladi. Ushbu majburiyat sotuvchi zimmasida bo‘ladi, shu sababli lizing oluvchi yuzaga kelgan nuqsonlar bo‘yicha bevosita sotuvchiga murojaat qiladi.

5. Lizing bitimi bo‘yicha, lizing obektiga mulk huquqi lizing beruvchida bo‘lsa-da, shartnoma davomida lizing oluvchi unga egalik qilish bilan bog‘liq bir qator majburiyatlarni o‘ziga oladi (texnik xizmat ko‘rsatish, tasodifan nobud bo‘lishi). Mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki buzilishi qaltisliklari lizing oluvchiga o‘tganligi sababli, u lizing beruvchi oldida pulni qaytarish bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarishi zarur bo‘ladi. SHu sababli lizing obekti tomonlarning aybisiz nobud bo‘lgan taqdirda, lizing oluvchi, ijara munosabatlaridan farqli o‘laroq, shartnomada ko‘rsatilganidek lizing munosabatlarini belgilovchi, lizing muddati tugagunga qadar lizing to‘lovlarini to‘lab borishi yoki shartnomada belgilangan umumiy qiymatini qoplashi zarurdir.

Lizingda qaltisliklarning bunday taqsimlanishi, ijaradan farqli ravishda asoslangandir, chunki lizing beruvchi lizing oluvchining talabiga binoan lizing obektini sotib oladi.

Ijarada hamma qaltisliklar ijaraga beruvchi zimmasida bo‘ladi va mol-mulk ijaraga beruvchining aybisiz nobud bo‘ladigan bo‘lsa, u shartnomaning bekor qilinishini talab etishi mumkin. Natijada majburiyatlar tugashi bilan ijara to‘lovlarini to‘lash majburiyatlari ham to‘xtatiladi.

6. Lizing oluvchining istagi bo‘yicha yoki lizing shartlari lizing oluvchi tomonidan buzilgan holda yoki shartnoma lizing beruvchining talabi asosida muddatidan avval bekor qilingan taqdirda, lizing oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan lizing to‘lovlarini to‘liq to‘laydi, ba’zi hollarda esa, qo‘shimcha qilingan sarf xarajatlarni ham qoplaydi.




Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik