Termiz davlat universiteti
O’zbek filologiyasi fakulteti
o’zbek tili yo’nalishi sirtqi ta’lim
201-guruh talabasi
Abdisalomova Shoiraning
O’zbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Sakkokiy hayoti va ijodi
Mavzu: Sakkokiy hayoti va ijodi
Reja:
1.
XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan nomdor shoir Sakkokiy.
2.
Sakkokiyning ijodi.
3.
Sakkokiy g’azal va qasidasi.
XV asr birinchi yarmida yashab ijod
etgan nomdor shoirlardan biri –
Sakkokiyning
hayoti
va
adabiy
faoliyati haqida juda oz ma’lumot
saqlanib qolgan. Sakkokiyning o’z
devoni, Alisher Navoiyning “Majolis
un-nafois” va “Xutbai davovin”
asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning
“Funun ul-balog’a”si uning yashagan
davri, adabiy faoliyati va XV asr
adabiy hayotida tutgan o’rni xususida
birmuncha ma’lumot beradi. Shayx
Ahmad Taroziy shoirni “Majma’ ul
aql”, “Zahir ul mutaaxxirin”, deb
ulug’lasa; Yaqiniy o’zining “O’q va
yoy” munozarasida Sakkokiyni “turk
(o’zbek)
shoirlarining
mujtahidi
(g’ayratlisi
yoki
yangilik
yaratuvchisi)”, deb ta`riflaydi.
Sakkokiy – shoirning taxallusi bo’lib, uning asl ismi ma’lum emas. Sakkokiy so’zi
“sakkok” (pichoqcha) so’zidan olingan bo’lib, “iy” shaxs oti yasovchi qo’shimchasi
bilan “pichoqcha yasovchi” degan ma’noni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand
oilada tug’ilgan bo’lishi mumkin.
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asari sirasida o’zbek adabiyoti yangi
shoirlarning nomlari, asarlari bilan boyib, ko’pgina ilmiy muammolar o’zining
yechimini topdi. Ushbu asar orqali biz qo’limizdagi qo’lyozmalarda bo’lmagan
Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishishga muyassar bo’ldik. Yana
bir muhim tomoni shundaki, mazkur asarda Sakkokiy “Sayroniy” nisbasi bilan tilga
olingan.
Biz tadqiqotlar jarayonida bu so’zning ma’nosini izohlash uchun bir nechta
manbalarni qaradik. Bu so’zga yaqin “kezish”, “aylanish” ma’nosini bildiradigan
“sayr” so’zidan boshqa so’zni topa olmadik.
Sakkokiy qasidalaridan to’rttasi Mirzo Ulug’bekning ishonchli amirlaridan biri,
o’sha davrdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud bo’lgan Sabron viloyati hokimi
Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, Ergash Rustamov
Sakkokiyni ma’lum davr uning saroyida yashagan deb ma’lumot beradi. Qasidalardan
birida shoir mamduhga qarata, “boyqushlar uyi bo’lgan xarob Turkiston sizning
muborak himmatingizdan bog’i Eramga aylandi”, deb, yana bir qasidasida “Turkiston
eli o’z xojasini topdi”, deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, shoirni iztirobga
solganligi, uni obod etgan amir shoir tomonidan madh etilishi shunchaki bir tasodif
emasga o’xshaydi. Chunki, bu baytlarni yurti taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni
o’z ko’zlari bilan ko’rgan kishigina yozishi mumkin.
Biz “Funun ul-balog’a”ning Abduqodir Hayitmetov nashrga tayyorlagan varianti
bilan kifoyalandik, mulohazalarni bayon etishda ham shu variantga tayanamiz.
“Sayroniy” so’zi arab alifbosida – ﻰﻧﺍﺭﻳﺳ shaklida yozilsa, “Sabroniy” so’zi – ﻰﻧﺍﺭﺑﺳ
shaklida yoziladi. Ya’ni, “yoy” va “be” harflarining bitta nuqta hisobiga farqlanishini
hisobga olsak, bu so’z qo’lyozmada noto’g’ri yozilganligi (ya’ni, bir nuqta tushib
qolganligi) oqibatida, “Sayroniy”ga “aylanib qolgan” bo’lishi mumkin. Demak, shoir
nafaqat Sabronda ma’lum vaqt yashagan, balki shu yerda tug’ilgan va shuning uchun
ham Sabroniy nisbasi bilan atalgan.
Sakkokiy devonida 810 hijriy, ramazon oyining qadr kechasi – milodiy 1407,
yanvar` oyida Amir Temurning nabirasi podshoh Xalil Sultonga (1405-1409)
bag’ishlab yozilgan bir qasida bo’lib, unda:
Tarixqa sakkiz yuz dog’i o’n erdiyu qadr axshomi,
Bir oy tug’uldi dunyoda kim mamlakatda xon erur, – degan bayt bor.
Qasida janri, birmuncha, og’ir, shoirdan mas’uliyat talab etadigan janr bo’lganligi
bois, adabiyotshunoslar ushbu qasidani Sakkokiy ma’lum ijodiy tajriba to’plagan
chog’ida, chamasi, o’ttiz yoshlarida yozgan degan fikrni bildirishadi. Bizningcha ham
shunday, balki yoshi undan ham o’tganda yozgandir.
Shoirning Xalil Sulton va Mirzo Ulug’beklarga bag’ishlagan qasidalarining badiiy
jihatdan pishiqligi mazkur temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillarda Sakkokiy
ijodining rivoj topganligini anglatadi. Uning Mirzo Ulug’bekka bag’ishlangan bir
qasidasidagi:
Falak qadro! Maning xud yo’q hunardo fazlim, asrosang,
Va lekin piri ojizman, mani tangri uchun asro –
baytiga nazar solsak, Mirzo Ulug’bek hukmronlik qilgan davrda shoirning yoshi
ancha ulug’ bo’lganligini (“piri ojiz”), shunday go’zal qasidalar bag’ishlagan Mirzo
Ulug’bekning fojiali o’limi to’g’risida biror narsa yozmaganligini, shoir 1449 yilgacha
vafot etgan deya taxmin qilish mumkin.
Sakkokiyning ijodi, xususan, Mirzo Ulug’bek podshohlik qilgan davrda (1409-
1449) kamol topdi. Ma’lumki, bu davrda Samarqand poytaxt sifatida barcha ilm va
adabiyot ahlini o’zida jamlagan edi. Sakkokiy shular jumlasidan bo’lib,
g’azalnavislikda san’atkorlik mahoratini yaxshi egallab, o’zbek qasidachiligining
asoschilaridan biri bo’ldi.
Bizgacha Sakkokiy qasidalari va g’azallari jamlangan devonining ikkita noto’liq,
deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan nusxa)
2079, O’zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
(1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko’chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida
saqlanayotgan nusxalari yetib kelgan.
Taniqli tilshunos olim Ergash Umarov tomonidan shoir devonining AQSH
Blumington shahridagi Indiana universitetida saqlanayotgan yana bir nusxasi
fotokopiyasi O’zbekistonga olib kelinganligi va u Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot institutiga topshirilganligi to’g’risida ma’lumotga egamiz, xolos. Afsuski, bu
fotonusxani topishning iloji bo’lmadi.
Sakkokiy XV asrda yashagan qasidago’y shoirlar orasida bizgacha eng ko’p
qasidalari yetib kelgan shoir bo’lib, Navoiy negadir uning qasidachilikdagi o’rni, yoki
qasidalari borasida hech narsa demagan.
Sakkokiy devonida 1 hamd, 1 na’t va 11 madh qasida mavjud. Madh qasidalarning
bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, to’rttasi Ulug’bek Mirzoga, 1
tasi Shohrux Sultonga (ammo, bu qasida devonda “Ulug’bek mirzo madhi” sarlavhasi
bilan berilgan), to’rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt
yoki 814 misrani tashkil etadi.
1958 yilda Qavomiddin Munirov tomonidan nashrga tayyorlangan shoirning
“Tanlangan asarlari”da 56 ta g’azal, “O’zbek adabiyoti bo’stoni” seriyasida nashr
etilgan “Hayot vasfi” kitobida 55 g’azal, har ikki nashrda ham “Keldi” radifli qasidasi
kiritilgan. Toshkent qo’lyozma nusxasida ham, Britaniya muzeyi qo’lyozma nusxasida
ham 57 tadan g’azal mavjud. (“Mevlana Sakkaki divani”da Toshkent qo’lyozma
nusxasining 41-42 betlari nima uchundir berilmay, 52 ta g’azal sanalgan.)
Devonlarda g’azallar “Kunilarmen” radifli biror sabab bilan matla’si tushib qolgan
g’azal bilan boshlanib, “Ey labung eglik ko’ngullarning davou marhami” misrasi bilan
boshlanuvchi g’azal bilan tugaydi. Devonda jami 2 ta “nun”, 15 ta “hoyi havvaz”, 40
ta “yoy” harflari bilan tugallanuvchi, jami 57 g’azal mavjud.
Toshkent qo’lyozma nusxasida Britaniya muzeyi nusxasidan farqli ravishda
“Sochingdin nofa doim kin ichinda”, deb boshlanuvchi g’azalning so’nggi 2 bayti, “Ey
bodi sabo, bizdin ayit yor qoshinda”, deb boshlanuvchi g’azalning so’nggi to’rt bayti
yo’q.
Toshkent qo’lyozma nusxasi chiroyli va tushunarli xatda yozilgan. Qo’lyozmaning
o’zida xatolar mavjudligidan u juda ko’p marta ko’chirilgan nusxaga o’xshaydi. Ba’zi
o’rinlarda so’zlarni faqat ma’nosidangina anglash mumkin. Devonning 54-(so’nggi)
betidagi ma’lumotga ko’ra, Sakkokiyning shu devonini Shoislom kotib Fitratning
qo’lida bo’lgan qalam nusxadan ko’chirgan.
Devondagi g’azallardan tashqari, bir qator boshqa manbalarda Sakkokiyga nisbat
berilgan g’azallar, baytlar mavjud. Ularning soni 10dan ziyod bo’lib, jumladan,
“Mevlana Sakkaki divani”da Sulaymoniya kutubxonasi, Ayosofiya bo’limida 4757
raqam ostida saqlanuvchi bir majmuadagi Sakkokiy taxallusi bilan yozilgan 3 ta g’azal
matni keltirilgan. Ular “Ey zulfi zanjirim biror devonalarni yod qil…”, “Ey mening
ko’nglumni zulfitek parishon aylagan…”, “Ey orazi bargi gulu vey qomati sarvi
suman…” matla’lari bilan boshlanadi. Demak, shoirning devondagi 57, yuqoridagi
majmuadagi 3 g’azali bilan jami 60 ta to’liq g’azali yetib kelgan.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da Sakkokiyga nisbat
qilinadigan devonga kiritilmagan quyidagi matla’ni:
Ne nozu bu ne shevadur, ey jodu ko’zluk sho’xshang,
Kabki dariy, tovusda yo’q, albatta, bu raftoru rang.
Do'stlaringiz bilan baham: |