Temiz Davlat universiteti



Download 373,75 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi373,75 Kb.
#661019
Bog'liq
13-mavzu.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi


Temiz Davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
ta’lim yo’nalishi 2-kurs 120-guruh talabasi
Baratova Dilfuzaning Mikrobiologiya va
virusologiya fanidan tayyorlagan
M USTAQIL ISHI

Mavzu: O’simlik virus kasalliklarini tabiiy o‘choqlari va tiplari.


TOPSHIRDI: ______________
QABUL QILDI: ______________

Termiz - 2022


Reja:


  1. Fitopatogen viruslar.

  2. O’simlik virus kasalliklarini tabiiy o‘choqlari va tiplari.

  3. Virusli kasalliklarning o’simliklarga keltiradigan zarari.

Fitopatogen viruslar. O’simliklarni kasallantiradigan viruslar fitopatogen viruslar deb ataladi va tarkibiga PHK kirishi bilan harakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK tutuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o’simliklarga faqat shikastlangan joydan kirishidir.
Viruslar o’simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko’payadi va moddalar almashinuvini buzib, o’simliklarni kasallantiradi.
Virusli kasalliklarning belgilari juda o’ziga hos bo’lib, ko’p hollarda ularni zamburug’ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. O’simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga – mozaika va sariq kasalligiga bo’lish mumkin. Mozaika kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaikasi kuzatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo’lishi (nekroz) kuzatiladi. Barg tomirlari bo’ylab joylashgan va bargning orqa tomonidan, ayniqsa, yaxshi ko’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga hos xususiyatdir. Viruslar o’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hoqazo.
Barg plastinkasining butunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaikadan farq qiladi: mozaika rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi butunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi. Sariq tipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va funktsional faoliyati qattiq buzilishi kuzatiladi.
O’simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida bo’ladi. O’simlik viruslari o’simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko’pi tabiatda og’iz apparati sanchib-suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan (masalan, bug’doyning yo’l-yo’l mozaikasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar ham bor. Bu yuqishning kontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari noma’lum bo’lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaikasi virusi va kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin mexanikaviy yo’l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar sog’lomlarga yaqinlashganda o’tadi. SHamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga kutikula bir oz shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus zarrachalari sog’lom o’simliklarga o’tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus Sinchitrium cidobioticum zamburug’i (fikomitsetlar) orqali ham sog’lom o’simliklarga o’tishi to’g’risida ma’lumotlar paydo buldi.
Viruslar zararlangan o’simliklardan olingan urug’lar orqali ham yuqishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaikasi, loviyaning oddiy mozaikasi, pomidor mozaikasi, lyupinning qorayishi va soya mozaikasini qo’zg’atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi. Mozaika kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning ko’pchiligi urug’ bilan o’tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o’tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko’chat bilan o’tishi mumkin.

Begona o’tlar ham virus rezervatori bo’lib xizmat qilishi mumkin. Sariq tipdagi virusli ko’p kasalliklarning begona o’tlarga bog’liqligi aniqlangan.


O’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko’p jihatdan tashqi sharoitga bog’liq. Ko’pincha biror temperatura virusli kasalliklarning mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo’lishi harakteri­ga ta’sir ko’rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu esa o’z navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini topadi, kasallik belgilari harakteriga va o’simliklarning zararlanishi darajasiga ta’­sir etadi.
Tamaki temperatura mo’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozaika virusi bilan eng ko’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo’ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o’zgarishi mumkin.
Yorug’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo’lishida o’z ifodasini topishi mumkin. Odatda, sust yorug’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Natijada tamaki barglari qurib qoladi. Ba’zi virusli kasalliklarda kuzatiladigan mavsumiy rivojlanish ko’pincha yorug’lik kuchining har xilligiga bog’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga, uning asari sifatida viruslar o’simliklarga keltiradigan zararning kam-ko’pligiga ta’sir etadi.

Xulosa:
Virusli kasalliklarga qarshi kurashda oldini olish choralari asosiy ahamiyatga ega. Bunda sog’lom ko’chat va urug’ yetishtirishga va foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o’tlarda saqlanganligi uchun bu o’tlarni albatta yo’qotish kerak
O’simliklar dunyosida virus kasalliklari, masalan: lola gulining har xil tusda ochilishi, kartoshkaning kasallanishi, shaftolining sariq kasalligi qadimdan ma’lum. Virus kasalligi sababli, bir yillik va ko’p yillik o’simliklardan olinadigan hosilning kamayib ketishi yoki bu o’simliklarning tag-tugi bilan yo’qolib ketishi kabi hollarni ko’plab uchratish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
2. Boyko A. L.Ekologiya virusov rasteniy. Uchebnoe posobie dlya vuzov. Kiev:
Vыsshaya shkola. 1990.
3. A.I.Netrusova, Praktikum po mikrobiologii .Pod red.
M.:ASADEMA. 2005.
4. ZvyaginsevA.G.,I.P.Babeva,G.MZenova.Biologiya pochv.
M.:MGU 2005.
5. Rasulova T.X.,Davronov Q.D.,Jo‘raeva U.M.,Magbulova N.A. Mikrobiologik tadqiqotlar uchun uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2012 y.
6. Rasulova T.X.,Magbulova N.A.Rukovodstvo k laboratornы mrabotam pomikrobiologii.T.:2015.
Download 373,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish