Somatik hujayralar yadrosini ishlatib, hayvon klonlarini yaratish birinchi marta yaqingagina olamdan o’tgan Dolli ismli qo’yni yaratilishi bilan 1977-yilda Vilmut boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan namoyish etilgan edi. Vilmut hamkasblari bilan sut bezi hujayrasining yadrosini qo’yni enukleirlangan tuxum hujayrasiga transplanktatsiya qilgan edilar.
Neyman va boshqalar (1998-yil) yetilgan urug’ni terisi va mushagidan olingan fibroblastlar yadrosi bilan klonlangan embrionlardan ikkita buzoqcha olishga erishdilar. Ammo klonlangan embrionlarni blastositlargacha rivojlanish faolligi juda ham past (3-8%) ekanligi aniqlangan.
Banteng (yovvoyi qo’tos) larni klonlash. 2004-yilda bantenglar juftligi klonlash yo’li bilan dunyoga keltirildi. Bantenglar Janubiy Osiyoda yashovchi yovvoyi qo’toslar bo’lib, ularni 20 yil oldin yashagan hayvonlarning hujayrasidan klonlashgan. Ikkita banteng San-Diyegononig ,,muzlatilgan hayvonot bog’ida’’ klonlandi. Bantengni klonlash jarayoni quyidagicha bo’lgan. bantengning genetik materiali xonaki sigirlarning bo’sh tuxum hujayrasiga kiritilgan. 16 ta homiladan faqat iktasi dunyaga kelgan.
Imperatorqiziishtoni Oxirgi marta imperator qizil ishtoni 1958-yida Meksikada uchragan. O’sha vaqtdan beri ornitologlar bu populyatsiyaning izlarini topishga urinib ko’rdilar. Ammo bu izlanishlar samarasiz ketdi. 10 yillar oldin bu qushning tirikligi haqida xabarlar paydo bo’ldi. Lekin bu mish-mishlar tasdiqlanmadi. Ammo muzeyda o’sha qushning qotirilgan maketlari bor. Darvin muzeyining ishchisi Igor Fadeyevning aytishicha agar shu maketlardan DNK olish jarayonini o’tkazsak, imperator qizil ishtononining tirik nusxasini qayta tiklash mumkin. Dunyoning turli muzeylarida hozirgi kunda 10 ta imperator qizil ishtononining maketlari bor.
Dront 2006-yil iyunda gollandiyalik olimlar Mavriki orolida dront qushining saqlanib qolgan suyaklarini topgan. Dront bu VII asrga kelib butunlay qirilib ketgan, uchmaydigan qushlardan biri. Hozirda bu mo’jizaviy qushni klonlash orqali qayta tiklashga umid bor.
Gigant qushlarni klonlash. Qirilib ketgan gigant qushlarni klonlashga dastlab shubha bilan qarashgan. Bu qushlarning suyaklaridan olingan genetik materiali shunaqa buzilganki, hatto hozirgi texnologiyalar bilan ham klonlashni amalga oshirib bo’lmaydi. Bu ishlardan maqsad Madagaskar epiornisi (fil qush) va yangi zelandiyalik tuyaqush Moani qayta tiklash bo’lgan. DNK namunalari muzeylarda saqlangan fragmentlardan olingan. Lekin olimlar kerak bo’lgan uzunlikdagi DNKni topa olishmadi va shuning klonlash jarayoni amalga oshirishga imkon bo’lmadi. Lekin ba’zi olimlarning aytishicha kelgusi yillarda shunday yangi texnologiyalar ishlab chiqariladiki, bu texnologiyalar yordamida nobud bo’lgan DNK bo’lakchalarini qayta tiklash mumkin bo’ladi. Bu tiklangan bo’lakchalar esa qarindosh bo’lgan turlarning DNKasiga ,,tikib’’ kiritildi.
Mamontlarni klonlash
Yapon va rus olimlari yura davri filmlaridagidek tadqiqot yuritib, nasli tugab ketgan mamontlarni klonlashtirish ishlarini boshlashdi. Sibirdagi mamont muzeyi tadqiqotchilari va Yaponiya Kinki universiteti olimlari shu yil avgust oyida topilgan mamontga oid suyaklardan klonlash ishlarini olib borishni maqsad qilishdi. Besh yil davom etadigan tatqiqotlarda juda yaxshi saqlangan suyak iligi ichidagi hujayralarga Afrika filining urug’i qo’shib, embrion hosil qilishni rejalashtirmoqdalar. Olimlarning fikricha, imkoniyat juda oz, lekin ular bu ishni uddasidan chiqishga ishonmoqda. Dolli qo’yini klonlashtirgan olimlar nasli tugagan hayvonlarni ham klonlashtirish mumkinligini aytishgan.
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi.
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi.
Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi.
Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi.
Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi.
Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi.
Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi.
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi.
1997-yil shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi.
Shotlandiyaning Roslin universiteti olimlari erishgan natijalarning J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilar
Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi.
Ma’lumki, normal hujayralar judasekin bo‘linib ko‘payadi va ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday muammolar o‘z yechimini topmagan edi.
1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi.
Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofi q har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu texnologiyani hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra muhandisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar:
Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor?
Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz?
Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz?