Тekshirdi: Toshkent-2021 Mavzu: Tender tushunchasi. Reja: Tender savdolarining mohiyati va uning turlari



Download 25,11 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2022
Hajmi25,11 Kb.
#323849
  1   2   3
Bog'liq
B I 51 2 Guruh Maxkamov Umid Davlat Xaridi fanidan Mustaqil ishi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VА O`RТА МАХSUS ТА`LIМ VAZIRLIGI

ТОSHKENТ МОLIYA INSTITUTI

Bank ishi yo`nalishi 51-2 guruh talabasi Maxkamov Umidjonning”



Davlat haridi fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Tender tushunchasi.

Bajardi: Maxkamov Umid

Тekshirdi:

Toshkent-2021

Mavzu: Tender tushunchasi.

Reja:

1. Tender savdolarining mohiyati va uning turlari

2. Tenderni tashkil etish va o’tkazish tartibi

3. Tender ishtirokchilari tomonidan takliflarning berilishi, ularni ochish, ko‘rib chiqish va baholash tartibi

1. Tender savdolarining mohiyati va uning turlari

Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari bo‘yicha g‘olib deb topiladi. Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga ma’lum qiladi. Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Tender vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

-g‘olibni aniqlash mezonlari tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham o‘z ichiga oladi;

-tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi.

Byudjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etishi kerak.

Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Davlat xaridini tender o‘tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida etti nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi, komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritilishi shart.

Tender savdolari - dunyo amaliyotida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid etishning asosiy instrumenti sifatida qaraladi. Savdolarni tashkil etishning tartibi va shartlari umumqabul qilingan xalqaro me’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinib turiladi. Ushbu qoidalar yirik xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, donorlik agentliklari tomonidan xarid etish jarayonlarida yaqqol nomoyon bo’ladi. Bundan tashqari, tenderlar orqali tovarlar va xizmatlarni xarid etish usullari har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, soha me’yorlari va boshqa majburiy, tavsiya etiladigan hujjatlar bilan begilab beriladi. Tender savdosidan ko’zlangan asosiy maqsad, tovarlar va xizmatlarni past baholarda va optimal sifat ko’rsatkichlari asosida sotib olishdan iborat. Bundan ko’rinib turibdiki, tender savdolarida g’olibni aniqlovchi asosiy omil – nomzod taqdim etgan taklifda sifat va baho ko’rsatkichning nisbati hisoblanadi. Ammo, ushbu ikki ko’rsatkichning nisbati sovdo predmetidan (tovarlar yoki xizmatlar) va ayrim olingan savdolarni o’tkazishda ishlatiladigan tender hujjatlari yo’riqnomalaridan kelib chiqib, turlicha bo’lishi mumkin. Tender savdolarining, yoki o’zbek tilidagi nashrlarda uchraydigan “tanlov” asosida tashkil etiladigan savdolarning bir-nechta turlari mavjud.

Savdolar ishtirokchilarga ko’ra (ochiq, yopiq va boshqalar), ishtirok etishga ruxsat berilishiga ko’ra (kvalifikatsion tanlov asosida yoki ushbusiz), geografik belgilariga ko’ra (xalqaro, milliy, mahalliy), tanlab olish jarayoniga ko’ra (oddiy, soddalashtirilgan) va boshqalar. Shuningdek, savdolarning klassifikatsiyasining yana bir turi bu – uning predmetiga qarab, masalan, tovarlar etkazib berish uchun, bajariladigan ishlar va xizmatlar ko’rsatish uchun kabi turilarga bo’linadi. Mazkur klassifikatsiya quyidagilarni nazarda tutadi:

Tovarlar etkazib berish uchun savdolar –davlat va xususiy sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda ishlatiladi. Savdoning predmeti bo’lib, asbob-uskunalarni ishlab chiqish, tayyorlash, etkazib berish, montaj va uni ishga tushirish, shuningdek etkazib berilgan tovarlarni keyingi ekspluatatsiyasi bilan bog’liq qo’shimcha vazifalar, masalan, texnik xizmat ko’rsatish, remont, personalni o’qitish va sotuvdan keyingi xarajatlar. Bunda, savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va mol etkazib beruvchidan iborat.

Bajariladigan ishlar uchun savdolar – pudrat savdolari sifatida ma’lum bo’lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda pudratchilarni yollash hamda kerakli xizmatlarni bajarish, masalan, kafolat muddati davomida ob’ektni ta’mirlab borish, personalni ekspluatatsiya xizmatlariga o’qitish va boshqalardan iborat.

Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va pudratchilardan iborat. Xizmatlar ko’rsatish uchun savdolar – texnik-iqtisodiy, ekologik va turli ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlarni sifatini nazorat etish, ma’lum tadqiqotlarni amalga oshirish kabilar uchun injener, yuridik, moliya-iqtisodiy va boshqa xizmatlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va maslahatchilardan iborat. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, savdolar turli xil tusga ega. Sanab o’tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida o’ziga xos tender va shartnoma hujjatlari mavjud bo’lib, uning tarkibi va ma’nosi, yirik xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa hamjamiyati komissiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, me’eriy va uslubiy ko’rsatmalari bilan muvofiqlashgan.

Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin va ko‘pi bilan qirq besh kun oldin maxsus axborot portaliga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.

Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:

- tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;

- tender o‘tkaziladigan joy manzili;

- tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;

- davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun

bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor

shaxsining yoki boshqa xodimlarining nomi, lavozimi va manzili;

- tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish uchun so‘rov berish shakli;

- takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;

- tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.

Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.

Tender hujjatlari maxsus axborot portaliga tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.

Tender hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:

-tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;

-shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;

-tenderda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda taqdim etilishi kerakligi bo‘yicha talab;

-tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi to‘g‘risidagi axborot;

-tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;

-texnik topshiriq;

-Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.

Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun g‘olib xarid qilish tartib-taomili shartlariga ko‘ra alohida-alohida aniqlanadi.

Tender hujjatlariga uning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi. Davlat buyurtmachisi tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Tovarni (ishni, xizmatni) o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat tender hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.

Tender ishtirokchisi tender o‘tkazish uchun e’londa belgilangan shaklda davlat buyurtmachisiga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Mazkur so‘rov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar mazkur so‘rov davlat buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan bo‘lsa, tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni belgilangan shaklda yuborishi shart. Tender hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartirmasligi kerak.

Tender hujjatlarida davlat buyurtmachisi tender ishtirokchilarining takliflarida xarid qilish tartib-taomillarining barcha ob’ektlari bo‘yicha taklif bo‘lishi kerakligini nazarda tutishi mumkin. Bunday holda faqat bitta ijrochi tender g‘olibi bo‘lishi mumkin, agar taklifda tenderning barcha tovarlari (ishlari, xizmatlari) bo‘yicha axborot bo‘lmasa, taklif tegishli emas deb topiladi.

Tender hujjatlarining ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.




Download 25,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish