Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati reglamenti



Download 109,4 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi109,4 Kb.
#6256
Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati reglamenti.

1. Interaktiv xizmat tavsifi (pasport)

1.1. Interaktiv xizmat nomi:

Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati.

1.2. Interaktiv xizmat natijasi:

Veb-saytning ushbu interaktiv xizmat bo’limiga kirganda tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati bo’yicha ma’lumotlarni olishi, yoki murojaat qilish imkoni yaratilgan.



1.3. Interaktiv xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot va korxonalar va xizmat ko’rsatish manzili:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida Interaktiv xizmatlar xavolasida mavjud. Veb-saytdagi xavolasi : http://jizzax.uz/uz/onlineservice/tashqi-reklamani-joylashtirish-huquqi-berilganligi-togrisidagi-guvohnoma-olish-interaktiv-davlat-xizmati/



1.4. Qonuniy asosi:

  1. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi “Reklama to’g’risida”gi qonuni

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 iyundagi ““Reklama to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy va yuridik shaxslar.



1.6. Bajarilish muddati:

Ariza qabul qilingan kundan e’tiboran 40 kalendar kuni.



1.7. So’rovnomani qabul qilinganligini tasdiqlash muddati:

Murojaat va hujjatlarning nusxalari qabul qilinganligi to’g’risidagi tasdiqnoma arizachiga 24 soat muddat ichida taqdim etiladi.



2. Xizmatdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni taqdim etish.

2.1. Axborot tarkibi va xajmi:

Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish.

2.2. So’rovga asosan beriladigan axborotlar:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy-veb saytiga kirib bir lahzada ma’lumot olish hamda ariza yuborish mumkin.



2.3. Xizmat ko’rsatish joyi:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy-veb sayti orqali ma’lumotlarni olish va murojaat yuborish mumkin. Yakuniy hujjat murojaatchining istiqomat qilish manzilidagi “Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladi



2.4. Talab qilinadigan hujjat blankalari (forma):

Talab qilingan hujjatlar nusxalari Jizzax viloyat rasmiy veb-saytining interaktiv xizmatlar bo’limidagi “Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilish” interaktiv davlat xizmati bo’limida keltirilgan.



3. Xizmat ko’rsatish

3.1. Ish vaqti:

Murojaatchilar o’z murojaatlarini dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha oralig’ida Jizzax viloyati rasmiy veb-sayti orqali yuborishlari mumkin.



4. Xizmat ko’rsatish jarayoni

4.1. Zaruriy hujjatlar:

- Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami ko’rsatilgan holda ruhsat guvohnomasi berilishi to’g’risidagi ariza;

- Reklama qilinayotgan mahsulot va reklama eskizi;

- Agar mahsulot sertifikatlanishi majburiy bo’lsa, “Ozstandart” agentligi yoki sertifikatlash huquqiga ega idora tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi;

- Reklama qilinayotgan faoliyat turini litsenziyalash zarur bo’lsa, tegishli litsenziyasi;

- Tashqi reklamani joylashtirish uchun shartnomada ko’rsatilgan to’lovni to’langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.



4.2. Xizmat uchun to’lov:

Ko’rsatilayotgan reklamaning mazmuni, reklama tashuvchisining turi, joylashtirilayotgan reklamaning egallash hududiga bog’liq holda Jizzax viloyatidagi shahar va tuman hokimliklari huzuridagi Kengash qaroriga ko’ra.



4.3. Interaktiv xizmat ko’rsatish bosqichlari:

  1. Ariza va kerakli hujjatlarni topshirish – 2 ish soati;

  2. Ariza berilgan joy uchun boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’rganish – 5 ish kuni;

  3. Agar tanlangan joy bo'sh bo'lsa, reklama joyining texnik hujjati - pasportini tayyorlash va ma'sul organlar bilan kelishish xizmati uchun to'lov shartnomasi yozib beriladi -3 ish soati;

  4. Kelishuv bo’yicha to’lov – 5 ish kuni;

  5. Ishchi organ reklama joyining pasportini tayyorlaydi va uni kelishish jarayonini amalga oshiradi, ushbu jarayondan so'ng navbatdagi Komissiya majlisi muhokamasiga kiritadi – 30 ish kuni;

  6. Reklama joyining pasportlashtirish jarayoni tugallanib, tashqi reklamaning texnikaviy vositalarini o'rnatishda barcha manfaatdor tashkilotlarning roziligi olinganidan so'ng Komissiyaning ishchi organi pasportga ro'yxat raqami beradi, hamda o'rnatish ishlarini bajarish uchun Guvohnoma berish xususida qarorini beradi – 2 ish soati.

4.4. Xizmat ko’rsatish uchun ichki idoraviy jarayonlar:

Ishchi organ 40 ish kuni mobaynida murojaatchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o’rganadi va tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomani berish bo’yicha mazkur Nizom bilan belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlaydi.



4.5. Natijani olish usullari:

Shaxsan yoki pochta.



4.6. Xizmat natijasi:

Tashqi reklamani joylashtirish uchun ruhsat guvohnomasini berish tartibi to’g’risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnomalar taqdim etish.

4.6. Rad etish sabalari:

Tegishli hujjatlar taqdim etilmagan va qo’yilgan talablarga javob bermagan hollarda, jumladan:



  • Qayd etilgan barcha hujjatlar to’liq bo’lmaganda;

  • Arizachi talab etilgan qonun-qoidalarga rozi bo’lmaganda;

  • Talab etilgan formalar noto’g’ri to’ldirilganda.

5. Sifatni ta’minlash

5.1. Sifat ko’rsatkichlari:

Rasmiy veb saytdagi virtual murojaat orqali o’z baxolarini qo’yishi mumkin.



5.2. Ko’rsatilgan xizmatga oid shikoyatlar:

Xizmatdan norozi bo’lgan shaxslar, rasmiy veb-saytdagi virtual murojjat orqali o’z shikoyatlarini qoldirishlari mumkin.c:\documents and settings\user\рабочий стол\tashqi reklama.jpg
Download 109,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish