9-sinf Kimyo
O‘zbekistonda metallurgiya.
Cho‘yan ishlab chiqarish
Tayyorladi: Toshkent shahar Uchtepa tuman 229-maktab kimyo fani o‘qituvchisi
Narbayeva Feruza Kurolovna
Quyidagi reaksiyalarni davom ettiring - Fe + N2 …
- Fe + S …
- Fe + C …
- Fe + Cl2 …
- Fe + H2O + O2 …
- Fe + H2SO4 …
- Fe + CuSO4 …
- FeCl3 + NaOH …
Bu qiziq! - Cho‘yan birinchi bo‘lib eramizdan avvalgi
VI asrlarda Xitoyda olingan. - Malakali oshpazlar asosan
cho‘yandan qilingan oshxona idishlarini ishlatishadi. - Cho‘yandan mashinasozlikda,
santexnik buyumlar, trubalar, isitish quvirlari, vannalar tayyorlashda keng foydalaniladi. Bu qiziq! Biz biladigan temir yo‘l relslari XVI asrlarda yog‘ochdan qilingan. Ular shaxtalardan rudalar tashishda ishlatilgan. XVIII asrga kelib bu relslar cho‘yandan tayyorlana boshlandi. Endi bu relslarda nafaqat yuk, balki odamlar ham tashilgan. XIX asrga kelib esa bu yo‘llar temirga o‘zgartirildi. Chunki og‘ir porovozlarga cho‘yan yo‘llar bardosh bermay qolgan edi. O‘zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan Bekobodda joylashgan
Bekobodning xaritadagi o‘rnini toping
Cho‘yan
Cho‘yan tarkibi, asosan, temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlari – domnalarda suyuqlantirib
olinadi.
Domna pechi Domna pechlari o‘tga chidamli g‘ishtlardan qurilgan, balandligi 27-31 m gacha bo‘ladigan minoralardir.
Domna pechi
27-31m
Xomashyo: - FeO – temir (II) - oksidi
- Fe2O3 – temir (III) - oksidi
- Fe3O4 – temir qo‘sh oksidi
- C - koks
- CaCO3 – ohaktosh
- SiO2 - qum
Flyus
Temir rudasi
Cho‘yanning olinishi Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks - C, flyus beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar – maxsus teshiklar orqali 600–800 °C gacha qizdirilgan havo (ko‘pincha toza kislorod) purkaladi. Cho‘yanning olinishi Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil bo‘ladi. Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishi va cho‘yan suyuqlantirishning tezlashini ta’minlaydi. Domnada koks zarur haroratni va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi CO olish uchun xizmat qiladi.
CO
Cho‘yanning olinishi
C + O2 → CO2
CO2 + C → 2CO
Koksning bir qismi yonib, CO2 hosil
bo‘ladi
1
Yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib
CO ga aylanadi
2
Domnadagi kimyoviy jarayonlar
3Fe2O3 + CO → 2Fe3O4 + CO2 (450 - 500 °C)
Fe3O4 + CO → 3FeO +CO2 (500 - 700 °C)
FeO + CO → Fe + CO2
CaCO3 → CaO + CO2
CaO + SiO2 → CaSiO3
CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi.
3
Rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqlanuvchan, yengil moddalar – shlak hosil qiladi.
4
(700 - 800 °C)
Gornda ikki suyuq qatlam – yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil bo‘ladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda maxsus tirqishlar orqali domna pechidan
chiqarib turiladi.
shlak
cho‘yan
Gorn
CH4 + 2O2→ CO2 + 2H2O
CO2 + C → 2CO
H2O + C → H2 + CO
Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi.
Tabiiy gazni bu jarayonga qo‘shish bilan koks sarfi
10-20 % ga kamaytiriladi.
- Domnalarda olingan cho‘yan 2 - 4,5 foiz C va oz miqdorlarda Si, Mn, S, P tutadi.
- Cho‘yan temirdan qattiq, mo‘rt bo‘ladi, bolg‘alanmaydi.
- Quyma va to‘yingan cho‘yanlar farqlanadi.
Cho‘yanning xossalari
Cho‘yanning xossalari
- Quyma (kulrang) cho‘yandan buyumlar tayyorlanadi.
- To‘yingan (oq) cho‘yandan po‘lat olinadi.
- Legirlangan cho‘yan tarkibida Cr, Ni, Si va Mn lar bo‘ladi.
Cho‘yan olish uchun nimalar xomashyo hisoblanadi?
Cho‘yan ishlab chiqarishdagi domna pechida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida tushuntiring.
Cho‘yandan tayyorlangan ayrim buyumlarni qanday boshqa arzonroq zamonaviy xomashyolardan tayyorlash mumkin? Ularning qanday afzallilklari bor?
Uyga vazifa
1
2
3
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |