Tayyor mahsulot va uni hisobga olish vazifalari



Download 35 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi35 Kb.
#817547
Bog'liq
6.1 TAYYOR MAHSULOT VA UNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI


TAYYOR MAHSULOT VA UNI HISOBGA OLISH VAZIFALARI
REJA :
1. Tayyor mahsulot haqida tushuncha
2. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizirnida tayyor mahsulot hisobini vazifalari.
3. Tayyor mahsulot turlari.
Tayyor mahsulot deb, barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib tayyor
holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob
beradigan, korxona texnik nazorati xodimlari tomonidan qabul qilingan
mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun
bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab
chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar
kiritiladi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizirnida tayyor
mahsulot, uni ortib jo'natish va realizatsiyasi hisobi alohida o'rin tutib,
ulaming vazifalariga quyidagilar kiradi:
l. Tayyor mahsulot xarajati bilan bog'liq hamma xo'jalik operatsiyalarini
hisobda o'z vaqtida va to'g'ri aks ettirish.
2. Ombordagi zaxiralar holatini va butligini saqlash.
3- Ish va xizmatlaming bajarish hajrni, tayyor mahsulot ishlab
chiqarish bo'yicha uzluksiz nazorat o'matish, ortib jo'natilgan va
yuborilgan mahsulotlar (ish, xizmatlar) bo'yicha hujjatlami o'z vaqtida
to'g'ri rasrniylashtirish, xaridorlar bilan hisob-kitoblami aniq tashkil
etish.
4. Sotilgan mahsulotning assortimenti va hajrni bo'yicha shartnoma
mol yetkazib berish rejasining baholanishini nazorat qilish.
5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni, mahsulot ishlab
chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan (davr xarajatlari) haqiqiy
xarajatlarni o'z vaqtida aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini aniqlash.
Ushbu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir
maromda ishlashiga, ombor xo'jaligi va mahsulot sotishni to'g'ri tashkil
qilishga, hujjatlami vaqtida rasrniylashtirishga bog'liq.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan
olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblami aks ettiradi.
Ombordagi mahsulot deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov
operatsiyalaridan o'tib, texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb
qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan tovar
mahsuloti tushuniladi.
Jo'natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste'molchilarga
jo'natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to'lanmagan
yo'ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas'u1 saqlashga qabul qiliogan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga
jo'natilgan tovar mahsulot har xii sabablarga ko'ra (sifatiga ko'ra xaridoming
talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan,
ya'ni bir korxonaning o'miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari
borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay
qolgan bo'lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z
javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga
xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas'ul saqlashga qabul
qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo'shirncha ravishda ko'rgazmada
qo'yilgan tayyor mahsulotni harn kiritish mumkin. Chunki ko'rgazmada
qo'yilgan tayyor mahsulot harn korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi
kerak bo'lgan mahsulotlardir.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish