Mavzu :burģulash inshoatlari mantaj qilish va qurish
1. Burg’ulash minora va machtalari;
2. Burg’ulash minoralarini ko’rsatkichlari va texnik xaraktyeristikalarini ;
3. Burgulash inshootlarini montaj qilish va kochirish.
1.. Burgulash minora va machtalari.
Burgilash minoralari va machtalari quyidagilar uchun moljallangan:
- burgilash va mustahkamlash quvurlari bilan tushirish-kotarish operatsiyalarni bajarish;
- yuksizlanib burgilashda tal (osma chigir) tizimda burgilash kolonnasini saqlab turish;
- quduqdan chiqarilgan shamlarni ornatish;
-tushirish-kotarish operatsiyalarini mexanizatsiyalash vositalarini joylashtirish.
Minoralar va machtalar quyidagi foydalanish-texnik talablarga javob berishi kerak:
- burgilash jarayonida yoki avariyalarni bartaraf qilishda paydo boladigan maksimal yuklamalarda yetarlicha mustahkam va turgun bolish;
- tal blokini, elevatorni joylashtirish uchun va burgilash shamlari hamda kolonkali toplamlar bilan manevr bajarish uchun zarur balandlik zaxirasiga ega bolish;
- geologiya qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga javob berish;
- imkon qadar kichik vaznga va gabarit olchamlarga, shuningdek montaj-demontaj ishlarida tashishga qulaylikni va oddiylikni taminlaydigan konstruksiyaga ega bolish.
Minora bu foydali yuklama qabul qiluvchi kamida uchta tayanchi bolgan konstruksiya, machta esa bitta yoki ikkita shunday tayanchlari bolgan konstruksiya. Minoralar va machtalar, ularning tuzilishi va malum sharoitlarda qollash imkoniyatlari togrisida toliq tushuncha beradigan, ularning vazniga, gabarit olchamlariga va montaj-demontaj ishlarining usuliga tasir korsatadigan, fazaviy geometrik shakli boyicha tavsiflanadi. Ushbu belgisi boyicha minoralar piramidasimonlarga va minorasimonlarga (kesik piramida korinishida), machtalar esa prizmasimonga, piramidasimonga, A-simonga va langarchopliga bolinadi.
Burgi minoralari profilli prokat quvurlaridan, kam ozlashtirilgan va borish qiyin bolgan ormon hududlarida yogochdan ishlab chiqiladi. Profilli prokatga nisbatan quvurlar kattaroq siquvchi yuklamalar qabul qilishi mumkin, undan tashqari, yuk kotarish qobiliyati teng quvurli konstruksiyalar kichik vaznga ega. Metall minoralar yogochga nisbatan 8-10 barobar chidamliroq, yuk kotarish qobiliyati kattaroq, yongin jihatdan xavfsiz.
Burgi minoralari uch va tort yoqli bolishi mumkin. Tort yoqli minorasimon minoralar asosan turli chuqurlikdagi vertikal quduqlarni burgilash uchun keng qollanadi. Bu minoralar katta gabarit olchamlarga ega, sShuning uchun transportda tashishga qulay bolish uchun ular qismlarga ajraladigan boladi. Qidiruv ishlarida qollanadigan 18-26 m balandlikdagi metall minoralarning elementlari stoykalar, kamarlar, tirgovichlar va xomutlar - bir xil boladi. Stoykalar va kamarlar odatda quvurlardan, tirgovichlar ugoloklardan, quvurlardan yoki chiviqdan, xomutlar esa polat tunukadan ishlab chiqiladi.
Minoraning yoqi (6.1-rasm) kamarlar 2 bilan panellarga bolinadi. Stoykalar 1, kamarlar va tirgovichlar 3 ulangan joy tugun deyiladi, ularni ulovchi detal esa xomut 4. Pastki 6 va yuqori 7 ramalar stoykalardan iborat bolgan oyoqlar uchlariga ornatilgan boshmoqlarga mahkamlanadi. Minoraning old va orqa yoqlarida kolonkalarni toplamlarni, burgilovchi va mustahkamlovchi quvurlarni taglamalardan kotarish va quduqning ogziga tashish uchun zarur bolgan darcha-peshtoq 5 mavjud. Montaj-demontaj ishlarida kronblokni kotarish va tushirish uchun yuqori ramada montaj galtakli fonar (chiroq) 8 ornatilgan. Minoraning barcha elementlari boltlar bilan ulangan, bu zarurat bolganda kochirish vaqtida ularni qismlarga ajratish imkonini beradi.
6.1-rasm. Minora.
Balandligi va yuk kotarish qobiliyati har xil bolgan minorasimon minoralar tuzilish jihatdan bir biridan kam farq qiladi. Eng keng tarqalgani - 1600 m gacha chuqurlikdagi geologiya qidiruv quduqlarini burgilash uchun moljallangan minora VRM-24/30 (6.2-rasm). U rama-chana korinishidagi metall asosga montaj qilinadi. Minoraning oyoqlari asos bilan ikkita boshmoq va ikkita sharnirli tayanch yordamida ulanadi.
6.2-rasm. Minora.
Yuqori ramada tortta shkivli kronblok va montaj galtakli fonar ornatilgan. Yettinchi panel kamarlarida burgilovchining ikkinchi yordamchisi uchun ishchi maydoncha ornatilgan, tortinchi panel kamarlarida esa lebedka barabaniga arqon togri oralishi uchun tortuvchi galtak montaj qilingan. Ishchi maydonning darajasigacha minora otish maydonlari bolgan metall asosiy zinapoyalar bilan, yuqoriroq esa tonnel turdagi zina bilan jihozlangan.
Minora oyoqlari, uchta pastki panellar va ishchi maydon tagidagi kamarlar 102/90 mm diametrli yaxlit tortilgan quvurlardan, qolgan kamarlar esa 60/50 mm diametrli quvurlardan bajarilgan. Uchta pastki panellarning tirgovichlari 24 mm diametrli polat chiviqlardan, barcha qolganlari esa 20 mm diametrlidan ishlab chiqilgan.
Pirmidasimon uchyoqli minora uch oyoqlar (6.3-rasm) borish qiyin bolgan va kam ozlashtirilgan hududlarda chuqur bolmagan (kamdan-kam 300 m ortiq) vertikal va qiya quduqlarni burgilash uchun qollanadi, bunda seriyalab chiqariladigan machtalar va minoralarni qollash imkoni bolmaydi yoki iqtisod jihatdan foydasiz boladi. Bunday minoralar odatda quvurlardan, ormon hududlarida esa yogochdan boladi. Minoraning oyoqlari 1 yuqorida shkvoren bilan ulanadi, shkvorenga kronblok 4 osiladi. Uning pastki ilgagidan minora oyoqlariga mahkamlanadigan straxovka arqoni yoki zanjiri 5 otkaziladi. Oyoqlar qattiqlikni taminlash uchun har 2,5-3 m dan keyin maydonchalar-polati 3 mahkamlangan kamarlar bilan boglanadi. Zina 6 orqa oyoqqa mahkamlanadi yoki polatilar orasida joylashadi. Qiya quduqlar burgilanganda yuklanmagan elevatorni yonaltirish uchun nov 2 kozda tutiladi.
6.3-rasm. Piramidasimon uch yoqli minora.
Burgi machtalari har xil chuqurlikdagi quduqlarni gorizontga 90-70° qiyalik burchagi ostida burgilashda qollanadi. Minorasimon minoralarning balandligiga va yoq kotarish qobiliyatiga teng balandlikda va yoq kotarish qobiliyatida ularning metall sarfi kamroq va yechiladigan detallarining soni kamroq. Minoralar orniga machtalardan foydalanish montaj-demontaj ishlari uchun vaqt sarfini quduqni burgilash vaqtidan 8 dan 2% gacha kamaytiradi, transport va boshqa foydalanishdagi sarflarni kamaytiradi.
a) b) v)
6.4-rasm. Seksiyali burgilash machtalari
Burgilash machtalari bu asosga montaj qilingan, tutib turuvchi stvol-styerjen yoki A-simon konstruksiya. Tutib turuvchi stvol stoyka, ferma yoki ochiq turdagi yoki ochiq old yoqli (P-simon kesimli) panjarali sterjen korinishida boladi. Ochiq old yoqli machtalar qozgaluvchan aylantirgichli qurilmalarda keng qollanadi. A-simon machtalarning oyoqlari uch yoqli yoki tort yoqli fazaviy fermalar korinishida, bazan esa quvursimon kolonnalar korinishida boladi.
Baland bolmagan machtalar (12-14 m gacha) odatda qismlarga ajralmaydi, balandligi katta bolganda esa transportda tashishda olchamlarini kichraytirish uchun seksiyali boladi. Seksiyali machtalar yigma, buklama va teleskopiklarga bolinadi (6.4-rasm).
Yigma machtalar alohida yaxlit payvand seksiyalardan iborat, bu montaj-demontaj ishlarini ancha tezlashtiradi. Yigma VAS turdagi A-simon machtalar (6.4, a-rasm) neft va gaz quduqlarini burgilashda keng ishlatiladi. Machta VAS-42, masalan, 37ta ajraladigan detallardan iborat, huddi shunday balandlikdagi va yoq kotarish qobiliyatli VM-41 minorasimon minorada esa ularning soni 7 barobar koproq.
Buklama machtalarda sharnirli ulangan seksiyalar boladi, bu ularni transportda tashish uchun yigish imkonini beradi. 6.4, b-rasmda ikki seksiyali machta korsatilgan, u yuqori seksiya va podkos 1 bilan sharnirli ulangan gidrosilindr 2 bilan kotariladi va tushiriladi.
Teleskopik machtalarda (6.4, v-rasm) yuqori seksiya demontaj vaqtida pastkiga tushadi.
Geologiya qidiruv quduqlarini burgilashda asosan sterjensimon turdagi machtalar ishlatilib, ularning tutib turuvchi stvollari fazaviy panjarasimon metallokonstruksiya yoki quvursimon kolonna korinishida boladi. Panjarasimon konstruksiyali machtalarning konstruktiv sxemasi murakkabroq, ishlab chiqishdagi sermashaqqatligi esa quvursimon machtalarga kora yuqoriroq, shuning uchun oxirgi yillarda koproq quvursimon machtalar ishlatiladi.
Quvursimon burgilash machtasi MRUGU-2 (6.5-rasm) asosga 7 ornatilgan streladan 1, yontomon tayanchdan 8 va yontomon soshkalardan 4 iborat.
Strela ikki yoqli, quvursimon elementlardan payvandlangan, kesimda togri burchakli teng yonli uchburchak korinishda boladi. Uning 140 mm diametrli tutib turuvchi stvoli uchburchakning togri burchagida joylashgan, 48 mm diametrli quvurlar esa ikkita qolgan burchaklarida. Quvurlar va tutib turuvchi stvol kamarlar va tirgovichlar bilan ulangan va strelaning ikkita yonini hosil qiladi. Undan tashqari kichikroq diametrli quvurlar tonnel turdagi zinaga tosiq vazifasini bajaruvchi halqasimon kamarlar 3 bilan ulangan.
Strelaga kronblok 9 va sham qabul qilgich 2 montaj qilingan. Kronblokning konstruksiyasi ikki turli tal moslamasini qollab tushirish-kotarish opyeratsiyalarini bajarish imkonini beradi. Ikkita shkivning mavjudligi arqon lebedka barabaniga togri oralishini taminlaydi.
6.5-rasm. Quvursimon burgilash machtasi MRUGU-2.
Machta va burgilash binosi umumiy asosga rama-chana korinishida montaj qilinadi. Machtaning tayanch elementlari asos bilan sharnirli ulanishi strelani belgilangan burchak ostida egish imkonini byeradi. Uning holati stoykaning 6 va yontomon soshkalarning 4 vintli domkratlari bilan rostlanadi. Machtaning qiya holatdagi turgunligini yontomon tayanchdagi 8 vintli domkrat taminlaydi. Qiya quduqlarni burgilashda elevatorni quduq oqida ushlab turish uchun strelaga qochma karetkali yonaltiruvchi tros 5 mahkamlanadi.
Karetka payvand korpusidan 3 iborat, payvand korpusida barmoqlarda yonaltiruvchi tros va tal arqoni uchun galtaklar 1 ornatilgan. Asbob tushirilganda yoki kotarilganda karetkaning galtagi yonaltiruvchi trosdan dumalanadi, shu tufayli yuklanmagan elevator quduq oqiga parallel harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |