2.Burgulash minoralarini korsatkichlari va texnik xaraktyeristikalarini tanlash.
Minoralar va machtalar asosiy parametrlariga balandlik, yuk kotaruvchi kuchi, pastki va yuqori asoslarining olchamlari (minoralar uchun), vazn, quduq qazish burchagining ozgarish diapazoni kiradi.
Minora yoki machta balandligi bu oyoqlar tayanchidan kronblok shkivlarining oqlarigacha (vertikal boyicha) bolgan masofa. Minoraning ratsional balandligi tushirish-kotarish opyeratsiyalarga ketadigan vaqt sarfini qisqartirish hisobidan burgilash ishlarining unumdorligi oshishiga yordam beradi.
Minora balandligi N aylanma burgilashda quyidagi elementlar bilan aniqlanadi (6.8, a-rasm):
N = r + l1 +l2 + l3 + l4 + lc + l5, (6.1)
bu yerda r kronblok radiusi; l1 ,l2,l3 ,l4 qayta kotarish, tal bloki, vertlyug-amortizator va elevator balandliklari; lc burgilash shami uzunligi; l5 burgilash quvurlarini burab ulash va ajratish mexanizmining asosi ustidagi belgi.
Yuk kotarish kuchi machtalar va minoralar burgilash jarayonida paydo boladigan yuklamalarni qabul qilishini belgilaydi. Yuk kotarish qobiliyati nominal va maksimal boladi.
Nominal yuk kotarish qobiliyati Qnom belgilangan songgi diametrli nominal chuqurlikdagi quduqlarni burgilashda qollanadigan, mustahkamlovchi yoki burgilash kolonnasining eng katta vaznidan ilgakdagi statik yuklamaga togri keladi.
Maksimal yuk kotaruvchi kuch Qmax burgilovchi yoki mustahkamlovchi kolonnani kotarishda qarshilik kuchini hisobga oluvchi koeffitsientga kopaytirilgan nominal yuk kotarish qobiliyatiga Qnom teng:
Qmax =kpr xQnom (6.2)
GOST 7959-74 boyicha kolonkali qurilmalarning ikkita birinchi sinflari burgilash kolonnalari uchun kpr = 2,0, keyingilari uchun esa kpr = 1,6. Neft va gazga qidiruv burgilash qurilmalarida GOST 16150-74 ga muvofiq 100 m gacha chuqurlikda kpr= 2,5, undan ortiqda esa - kpr= 1,6.
6.8-rasm. Qurilma minoralari va machtalari balandligini belgilaydigan elementlar: a aylanma burgilash; b zarb-arqonli burgilash
|
6.7-rasm. Machtaning qiya holatida kronblok surilishi sxemasi
|
Ilgakdagi kuch va tal tizimi sxemasi kronblokka yuklamani belgilaydi. Uni hisoblashda arqonning lebedkali va qozgalmas tarmoqlaridagi kuchlar teng hisoblanadi, harakatlarining yonalishlari esa ogish burchaklaridagi kichik farq natijasida foydali yujklama yonalishi bilan bir xil.
Arqonning lebedkali tarmogidagi kuch
Rl =Qmax/mηc, bo’lganligi sababli (6.3)
Kronblokka umumiy yuklama Qo quyidagilarga teng: arqonning tarmog’i qo’zg’almas bo’lgan moslama uchun
Qo =Qmax+ 2Rl = Qmax(1 + 2/ mηc); (6.4)
qo’zg’almas tarmoqsiz moslama uchun
Qo =Qmax+ Rl = Qmax(1 + 1/ mηc); (6.5)
Bu yerda m va ηc– torlar soni va tal tizimining f.i.k.
Formulalarni (6.4) va (6.5) taqqoslaganda ko’rinib turibdiki, ilgakdagi yuklama bir xil bo’lganda arqonning qozgalmas tarmogisiz talli moslamada kronblokka va minoraga (machtaga) kichikroq yuklama tasir qiladi. Biroq bu holda minora yuklanishining simmetriyasi kichikroq, shu munosabat bilan chuqur burgilashda arqonning tarmogi qozgalmas bolgan moslama olinadi.
Minora asosining olchamlari. Pastki asosning olchamlari burgilash jihozini qulay joylashtirish va xavfsizlik qoidalarida kozda tutilgan zarur zazorlar qoldirilishi bilan belgilanadi. Jihozni joylashtirish keng tarqalgan sxemasi uchun pastki asosning tomoni V (6.9-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |