Tarmoq texnologiyalari Maxammadiyev Nortoyning diplom ishi taqdimoti
Reja: 1…….………………………….Kirish 2..……..…………Nazariy qism 3…..……….Texnologik qism 4..……..………Jixozlash qism 5….………………Iqtisodiy qism 6…….…Mexnat muxofazasi 7…..…..………………………..Xulosa
Kirish
Tarmoqlar yil sayin har bir firma, kompaniya, ishlab chiqarish korxonasi va o‘quv muassasalari uchun zarur, sifatli ish dastgohi bo‘lib bormoqda. Apparat va dasturiy vositalarni rivojlanishi, mukammaligi va shu bilan bir qatorda ko‘rinishidangina soddaligi, ko‘pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o‘z kuchlari bilan o‘rnata oladigan darajaga keltirilgan. Ayniqsa Windows operatsion tizimining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid qilishdan ozod qiladi.
Ammo har bir tarmoq bilan ishlovchi yoki tanishishni xohlagan foydalanuvchi mavjud adabiyotlardan qoniqa olmasligi mumkin. Chunki adabiyotlarning aksariyati ko‘plab masalalarni bir ish doirasida qamrab olishga harakat qilgan. Men bu ishimda mahalliy tarmoqlar bo‘yicha mavjud adabiyotlarni va shuningdek, adabiyotlar bo`limida keltirilgan adabiyotlarni tahlil qilib, mahalliy tarmoqlardan foydalanish va yig‘ish masalalari to‘liq yoritilgan adabiyotlardan foydalandim.
Bu bitiruv-malakaviy ishim doirasida men tarmoqlarning o‘rni va vazi- fasidan tortib, uning topologiyasi, protokollari, uskunalari, qurilmalari va axborot uzatish muhitlari, loyihalashtirish, qurish haqida batafsil ma’lumotlar berishga harakat qildim. Bundan tashqari standart ko‘p ishlatiladigan va taniqli tarmoqlar hamda ularning uskunalari va qurilmalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.
Ushbu bitiruv-malakaviy ishim o‘rta maxsus, kasb-hunar kolleji talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, matn chizmalar bilan boyitilgan va tarmoq uskunalarini yig‘ish jarayonidagi muhim muhandislik va tarmoqni qurish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Komp’yuter tarmoqlarining o‘rni va vazifasi
Axborotni bir komp’yuterdan ikkinchi komp’yuterga uza- tish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanila- yotgan komp’yuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha komp’yuter yordamida hal qilish imkoni- yatlarini beradi. Bundan tashqari har bir komp’yuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va komp’yuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida komp’yuterdan komp’yuterga o‘tkazishdan tortib, to butun dunyo komp’yuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan komp’yuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlar- ning texnik ko‘rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |