Tarix– millat ko’zgusi



Download 64 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi64 Kb.
#214376
Bog'liq
Tarix– millat ko’zgusi


Tarix– millat ko’zgusi
Eski qo’lyozma – tarix. Ma’daniy, adabiy, iqtisodiy, siyosiy tarix. Tarix - faxr, shon-sharaf, orzu, istiqbol, umid. Tarix – manba, poydevor. Tarix – donishmand ota. U farzandlarini munosib yashashga, qodir hayot kechirishga o’rgatadi.

Bizning eski qo’lyozmalarimiz ota-bobolarimizga yo’ldosh, taqdirdosh, safdosh. Ular ham ta’qib qilindi, ko’mildi, osildi, turmalarga tashlandi. “Sibir” qilindi. Ular ham “Bosmachi” bo’ldi, “Quloq” bo’ldi, xalq dushmanlari bo’ldi, xoinlar bo’ldi, millatchi bo’ldi.

Qishlog’imiz keksalaridan bir voqeani eshitib qoldim. Ancha yil ilgari dunyodan o’tgan Nur boboning tashlamdiq hovlisi buzildi. Bir hujra buzilayotganda og’zi suvab tashlangan katta tokcha chiqdi-ichi to’la kitob. Yangi uy-joy tekislayotgan Nur boboning yaqin qarindoshi Hasan aka shoshib qoldi. Hoynahoy bu kitoblarni bobo rahmatlik og’ir yillarida yo’q qilib tashlashga ko’zi qiymay yashirgan. Aslida ham shunday. Nur bobo Buxoro madrasasida o’qigan edi…

Hasan aka bu kitoblarni o’qiy desa-savodi yo’q. Qishlogidagi yakka-yu yolg’iz mullanikiga yo’l oldi. Uyga olib kelib, bir qo’y so’ydi, uch-to’rt oqsoqolni uning yoniga chaqirdi. Mulla ellikdan oshiq kitobning u yoq-bu yog’ini ko’rgan, ochib ko’rib o’qigan bo’ldi. Nihoyat, “Bu kitoblar “Tojiki” ekan (forscha ekan demoqchi bo’lsa kerak), ularni suvga oqizib yuborsa savob bo’ladi”,-deb fotiha qildi…

Va ne-ne savdolarni boshlaridan kechirib, bizning dorilomon kunlariga yetib kelga kitoblar shu tariqa katta soyda-suvga oqizildi.

Ha, bu voqea siz bilan biz yashab turgan mana shu kecha-kunduzda ro’y berdi. Kitoblar jaholat qurbonlari bo’ldi. Esiz, ular qanday qanday kitoblar ekan? Qancha-qancha kitoblarning bizgacha faqat nomlarigina yetib kelgan. Balki ular shu kitoblarning orasida bo’lgandir?... Ehtimol, ularda butun bir tarix yotgandir?... Ehtimol, ularda noma’lum olimning ixtiro sharxlari, noma’lum shoirning she’rlari bo’lgandir?...

Bu voqea-jaholat bir kichkina qishloqda ro’y berdi. Bunday qishloqlar son mingta. Ishonchim komilki, saqlanib qolgan qo’lyozmalar hali ko’p.

Tarixni O’tkir Hoshimov shunday ta’riflaydi:

O’qib ko’rdilar-

Yoqmadi.


Qayta yozdilar

O’z holiga qaytdi.

Yoqib tashladilar

Tag’in o’z holiga qaytdi.

Bu kitob-Tarix edi.

Yurtimiz tarixida katta istilolar davri: Spitamen, Iskandar boshlab kelga yunonlarga qarshi so’ngi qoni qolguncha kurashdi. Qutayba boshliq arab lashkarlarini hayratga solib, qullikdan fano, erkin afzal ko’rgan Muqanna olovda yondi, dushmani Chingizxonni ham yoqavayron qilib, o’z onasi, xotini , bola-chaqasi, kanizaklarini daryoga cho’ktirib-Vatanni-ozodlikni Arshi-a’lo ga chiqarib, (Qaysi xalq tarixida bunday voqea bor?) Jaloliddin yurti-erki uchun o’z jonini fido qildi. Mog’ullar bilan bo’lgan jangda yana bir ulug’ zot-Najmiddin Kubro Vatan tig’ini quchib, Sohibi jannat bo’ldi. Temur Malik bevaqt hayotdan ko’z yummasligi mumkin edi, yo’q, uni Vatan tuprog’i chorladi. Dushman to’la yutrga qaytdi-oxirgi nafasini Vatan havosidan oldi! Yo, rabbiy! Buyuk Amir Temur Vatanga ko’z olaytirgan g’animlarga qasos uchun yaratilgandek…

Termiz, buyuk muhaddis Termiziy ziyoratgohi yonida bugungi Afg’oniston yerlariga tikilaman. Uning qayeridadir, ya’ni Hirotda jannatmakon bobom Alisher Navoiy hoki-turobi bor.

Tarix nima? Tarix-“istoriya” degan yunoncha so’zning arabcha aytilishi bo’lib, uzoq-yaqin o’tmishda sodir bo’lgan “Tadqiqot”, “Voqealar bayoni” degan ma’noni bildiradi. Odamzod yashagan eng


qadimgi davrda yozuv bo’lmagan. Ammo eng qadimgi davr kishilari izsiz yo’qolib ketmaganlar. Yer yuzining har joyida bu davrga oid ochiq manzilgoh, g’or, makon, chayla, qishloq, qabr va qabristonlarning, shuningdek, sug’orish inshootlarining qoldiqlari saqlanib qolgan. Tog’lik joylarda esa har turli rasm, tasvir va belgilar ham uchraydi. Bu rasmlarning bir qismi oamzod yashagan eng qadimgi davrga oiddir. Bu ko’hna manzil-makon, qabr, rasm va boshqa buyumlar-qadimiy obidalar-yodgorliklar hisoblanadi.bu yodgorliklar kovlab ochilgandaularning madaniy qatlamlaridan har turli mehnat qurollari, ro’zg’or buyumlari, taqinchoqlar, ziynat buyumlari, spool idish va ularning parchalari, shuningdek uy-joylarning qoldiqlari topilgan. Topilgan buyumlarning bari ashyoviy manbalar deb ataladi.

eng qadimgi odamlar tarixini ularga tegishli ashyoviy manbalar asosida o’rganuvchi fan arxeologiya deyiladi. Arxeologiya-yunoncha so’z bo’lib, arxeos, qadimiy, logos-fan ya’ni qadimiylikni o’rganadigan fan. Shu soha bilan shug’ullanuvchilar esa-arxeologlar – qadimshunoslar deb ataladi. Qadimshunos olimlar ibtidoiy yodgorliklar bilan bir qatorda qadimgi davr yodgorliklarini ham o’rganadilar. Eng qadimgi odamzod yashagan davr tarixini o’rganishda qadimshunoslik fanining ahamiyati juda kattadir.



Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov o’zining qator asarlarida yoshlarga murojaat qilib, o’lkamiz va jahon xalqlari tarixini qunt va sabot bilan o’rganishga undaydi. Darhaqiqat, o’tmishni o’rganmay turib, porloq kelajak qurib bo’lmaydi. Shu tufayli o’tmishni o’rganish yoshlar oldidagi eng muhim vazifadir.

Tarix o’tmishning ko’zgusi,

kelajakning ustozidir

(Usmon Azimning “O’zlik” kitobidan foydalanildi.”Sharq” nashriyoti-matbaa konserni bosh tahririyati Toshkent-1999.)
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish