Tahlil asoslari



Download 396,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.04.2022
Hajmi396,61 Kb.
#564123
Bog'liq
1-мавзу



I –MAVZU FANNING UMUMIY MOHIYATI. “TAHLIL ASOSLARI” FAN 
SIFATIDA. BADIIY TAHLILNING TAMOYILLARI 
REJA:
1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti. 
2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati.
3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining taraqqiyot istiqbollari.
Tayanch tushunchalar:
Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh, 
Ta’vil, Tafsir, Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar, 
Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. I. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent:“SHarq”nashriyot-matbaa 
kontserni bosh tahririyati. 1999 yil 
2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti, 2001yil 
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil 
"Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional 
darajada ishlashga urgatish omilidir. Dunyoning kupgina universitetlari, 


shuningdek
, MDHning Rossiya ,Qozogiston, Ukraina singari mamlakatlardagi 
universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy tahlil" yoki 
"Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan xabarsizlik 
yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz 
qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan 
orkadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm 
imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik 
interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini 
uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm 
egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar tomonidan 
turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq adabiyotshunoslik ilmida azaldan 
muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, Navoiy,Bobur singari 
mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. 
San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning 
boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma'naviyatini 
shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan vositadir. Goyat ko’p o’lchovli murakkab 
butunlik bo’lmish badiiy adabiyot o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib 
olingandagina ta'sirchan estetik-ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, 
anglanmagan go’zallik ma'naviyatga ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham 
adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy 
ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni 
tahlillash yullarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol 
shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil 
bo’lmagan joyda badiiy matn o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, 
ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, 
aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, 
balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, 
xolos. Natijada, adabiyot o’q’itish quruq nasihat, yalangoch aqidaparastlik, 
siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O’zbekiston adabiy 
ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan 


barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning 
hamma joyida ham talabalarga 
yalangoch haqiqatlar
, zerikarli aqidalar, sinfiy 
kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar 
singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy 
so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib 
quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat 
uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy yo’qotish bo’lmagani holda, biror 
ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni uzlashtirmaganligi chinakam fojiadir. 
Mamlakatimiz o’rta maktablarida tahsil ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini 
yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib beroladi. 
"Tugri burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga 
teng" ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur 
haqiqat hisoblanadi. Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, 
na jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur 
haqiqatni bilish o’quvchi ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor 
teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning 
mohiyati uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning:
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't, 
Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't.
matla'li, yoki: 
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas. 
tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va 
mantiqiy qudratidanxabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot 
ham boshqacharoq bo'lib qolishianiq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida, 
uning tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har 
satridan insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar 


o'quvchi 
tuyg'ularida 
o'zgarish 
yasashini 
inkor 
etib 
bo'ladimi:
Olti oykim, she'r yozmayman, 
yuragim zada
,  
Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad. 
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat. 
Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug',
Nimanidir qidiraman nondan azizroq. 
Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug',
Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq. 
...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. 
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim. 
...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini
Inson uchun ming otashda kuyar edim men. 
O, qanchalar sevar edim inson zotini,
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men. 
Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin,
O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar. 
Men insonni bir insonday sevardim, lekin


Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar... 
Haqiqiy 
badiiyat, 
anglangan 
va 
anglatilgan 
go'zallik 
kitobxonning 
ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs 
sifatida shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat 
hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy 
vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob 
bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda 
yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson 
tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu 
xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani 
tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. 
Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi 
ahamiyati anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson 
ma'naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi 
o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo 
bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari 
o'quv 
rejalariga kiritilib
, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham 
badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh 
mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim. 
Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab 
chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda 
bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari 
filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga 
muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining 
o'zbek filologik ta'limidagi xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida 
o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy 
asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday 
janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan 


kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha, 
adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy 
nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni 
oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni barkamol shaxsni shakllantirishga 
erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy 
adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma'naviyatini kambag'allashtirish 
davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega 
bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni 
ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil 
va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga 
solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar adabiyot bo’yicha ijobiy baho 
olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam 
tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma 
turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga 
"yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil 
mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi 
u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas! 
Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan 
ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta'lim 
muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz 
shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz 
o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini qo’yayotgan 
ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi 
shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri, 
siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma'no payqalmay 
qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun 
ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab 
kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar 
butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani 
yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni 


yengil-elpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni 
haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabko’rlik)ga, didsizlikka olib boradi. Estetik 
shabko’rlik, didsizlik kishini ma'naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib 
keladi. Adabiy 
asarni tahlil qila olmagan
, binobarin, undan ta'sirlana bilmagan 
kishi ma'naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo’ladi. Chunki bunday 
kishiga uzgani his etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik 
illatlari xuruj qilish imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga 
oshirish oddiy didaktik yumush emas, balki o’ta muhim ma'naviy tadbir hamdir. 
"Badiiy tahlil asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugullanmaydigan o’z 
predmeti mavjud. Ya'ni uzbek filologik ta'lim tizimida mavjud bulgan birorta fan 
bevosita badiiy matnni tahlil kilish yullarini urgatish bilan shugullanmaydi."Badiiy 
tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil 
bo’lmagan joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan 
filolog uzgaodamning ma'naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi. 
Holbuki, filologlar millat ahlima'naviyatini shakllantirishga mas'ul bo’lgan kasb 
egalaridirlar. Jamiyat a'zolari hayotida badiiyadabiyotning baland martabadaligi
ta'lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan 
ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma'naviiy- axloqiy qadriyatlar ham shu 
yunalishdagi muayyan tajribalarni uzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba har 
bir odamning uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari 
holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuygulari junbushga kelganligi sababini 
tushunish kishida xuddi usha qahramonlarniki singari sezimlarning shakllanishiga 
sabab bo’ladi."Badiiy tahlil asoslari" fanining o’ziga xos tadqiqot metodlari ham 
mavjuddir. Chunonchi,komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, 
umumlashtirish, shartlilik, psixologikasoslanganlik singari metodlar mazkur fanga 
doir xulosalarni chiqarishda qullaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot 
metodlari fanning boshqa sohalarini tadqiq etishda boshqachayusinda ishlatiladi. 
Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohidafanligini 
ta'minlaydi.


Mavzuni 
mustahkamlash 
uchun 
nazorat 
savollari
:
1. Tahlil va talqin tushunchalariga izoh bering?
2. “Badiiy tahlil asoslari” fani manbalari nimalardan iborat? 
3. Badiiy matn turlari haqida so’z yuriting?
4. Fan predmeti, funktsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
5. “Badiiy tahlil asoslari” fanininig boshqa fanlar bilan aloqasi to’grisida fikr 
yuriting?
6. Hermenevtika fanining yo’nalishlari haqida ma’lumot bering? 
7. Qadimgi Sharq va Garb talqin fanlari haqida ma’lumot bering?

Download 396,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish