1-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
1
- Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. Dongdor tadbirkorlar. Yangi iqtisodiy sharoitda respublikada tadbirkorlikning rivojlanishi. Chet elda tadbirkorlik.
2
- Rivojlangan davlatlarda kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda davlatning roli. Amerika, Yaponiya, Evropa biznesining o‘ziga xos tomonlari va ulardan mamlakatimiz tadbirkorligini rivojlantirishda oqilona foydalanish.
3
- Tadbirkorlikning tushunchasi, asosiy tamoyillari. Tadbirkorlik muhiti, uning tarkibi. Tadbirkor bilan yollanma ishchilar, tadbirkorlar bilan iste'molchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tartibga solish.
4
- Tadbirkorlik vazifalari va modeli. Respublikada, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. Dongdor tadbirkorlar. - Tadbirkorlik – ishbilarmonlik faolligini yuritish, amalga oshirish san'atidir.
- Tadbirkorlik bu fikrlash jarayonidir.
- Tadbirkorlik Oliy ta'lim tizimida mutaxassislik sifatida, fan sifatida yaqindagina paydo bo‘ldi. Bu fan AQShda 1970 yillarda ilk bor fan sifatida o‘qitish boshlangan bo‘lsa, O‘zbekistonda tadbirkorlik asoslari mustaqillikdan keyingi dastlabki yillardanoq iqtisodiyot yo‘nalishida mutaxasislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlarida fan sifatida o‘qitila boshlandi.
- Tadbirkorlik fanining predmeti sifatida muayan ishbilarmonlik muxitida iqtisodiy munosabatlarning faol sub'ekti bo‘lmish insonning o‘z –o‘zini tashkil etish usullari va tamoillari yotadi.
Ishbilarmon kishining o‘z-o‘zini tashkil etish – bu muayan tovar, maxsulot, xizmatlar ishlab chiqaruvchisi tamonidan mukammal, yaxlit ish qilish jarayonida ifoda etuvchi ketma – ket, o‘zaro mantiqan bog‘langan xatti – xarakatlar majmuini amalga oshirishni nazarda tutadi. - Ishbilarmon kishining o‘z-o‘zini tashkil etish – bu muayan tovar, maxsulot, xizmatlar ishlab chiqaruvchisi tamonidan mukammal, yaxlit ish qilish jarayonida ifoda etuvchi ketma – ket, o‘zaro mantiqan bog‘langan xatti – xarakatlar majmuini amalga oshirishni nazarda tutadi.
- Tadbirkorlik – bu yangilikka intilish, qandaydir bir yangi ishni boshqarishga qaror qilish, biror axamiyatli narsani yaratishga intilishdir.
- Mashxur iqtisodchi Y.Shumpeterning fikricha, “Tadbirkor bo‘lish – bu boshqalar qilayotgan ishni qilmaslik va qilganda ham anashu ishni boshqalarnikidek qilmaslikdir”.
- Bugungi kunda dunyoda tadbirkorlikning umumqabul qilingan tarifi mavjud emas. AQShlik olim, prof.Robert Xizrich tadbirkorlikka shunday deb tarif beradi: “ Tadbirkorlik – bu qiymatga ega bo‘lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayonidir. Tadbirkor esa shu narsani yaratish uchun o‘zining bor vaqti va kuchini sarflaydigan, o‘z zimmasiga moliyaviy, ruxiy, ijtimoiy ma'suliyatni oluvchi, o‘z ishining natijasi sifatida katta mukofot oluvchi insondir. ”
Do'stlaringiz bilan baham: |