T. B. M.
1. To’qimachilik tolalari deb nimaga aytiladi?
JAVOB
To’qimachilik tolalari deb malum bir uzunlikka ega bolgan eguluvchan va mustaxkam
ko’ndalang kesimini kichik hamda ip va to’qimachilik buyumlari olish uchun ishlatiladigan uzun
sirt ga aytiladi.
2. Iplarni qanday turlarini bilasiz va ularga ta’rif bering
JAVOB
*Kalava ip –tolalarni eshish va yelimlash usuli bilan biriktirish asosida olingan to’qimachilik ip
*Kashamdor ip –tuzilishi tugun va xalqalardan tuzulgan to’qimachilik ipi
*Hajimi kattalashtirilgan ip-pishitilish jarayonida issiqlik bilan qo’shimcha ishlov berish usuli
bilan solishtirma hajmi kattalashtirilgan to’qimachilik ipi
*Chinor ip – 2 va undan ortiq rangli iplar bir birga qoshib eshish asosida olingan to’qimachilik ipi
*pishitilgan ip -2 va undan ortiq tanxo iplarni bir biriga qo’shib eshish asosida olingan
to’qimachilik ip
*Sof tolali tarkibidagi ip- tarkibi 100% gacha birhil toladan tashkil topgan ip
*Chilvir ip – bir necha yuz tanho iptan tashkil topgan ip
3. Tolalar necha turga bo’linadi
JAVOB
*Tanxo tola- bo’ylamasiga shikaslanmasdan bolinmedigan to’qimachilik tolaga aytiladi
* Birikkan tola- ikki va undan ortiq tanxo tolalarni bo’ylamasiga birikishdan hosil bolgan tola
*Tabiy tola –tabiy mavjudotlardan olingan tola
*Suniy tola –tabiiy mavjudotlardan olingan qoldiqlarini kimyoviy usulda ishlov berish asosida
olingan tola
*Sintetik tola –kimyoviy korxonalarda molikulali chiqindilardan kimyoviy usulda ishlov berish
asosida olingan tola
4 Tabiy tola qanday sinflarga bo’linadi
JAVOB
1-ORGANIK
2-ANARGANIK
5. Kimyoviy tolalar qanday siniflarga bo’linadi
JAVOB
1-
ORGANIK
2-
ANARGANIK
6. Mikraskopning tuzilish va undan foydalanish tartibi
JAVOB
BMI-1 va M-10 mikroskoplar quydagi tuzilishga ega; taglik sharnir yordamida shtativga
bog’langan. Obyektivga revolver qurilmasiga joylangan bo’lib unda 3 ta yoki 4 ta uya bo’ladi.
Natijada mikraskopning kattalashtirish qiymatini xohlagan darajada o’zgartirish mumkin.
Stolchaning o’rtasi aylana shakldagi teshikdan iborat. Ko’zguga yorug’lik tushib teshik orqali
obyektivga uzatiladi. Stolchada preparat yurg’azgich qo’yilgan uni vazifasi preparatni harakatga
keltirish. Stol tagida kondensor bilan birgalikda ko’zgu va diafragma o’rnatilgan.
7. Toladan pereparat tayyorlash
JAVOB
Toladan pereparat tayyorlash uchun ostki oyna ustki oynachani toza latta bilan artib ostki
oynacha ustiga suv yoki glitsirin tomiziladi. Tomchiga kam miqdorda tola joylashtirib igna
yordamida ularni bir-biridan ajratiladi. Tolalar yaxshi nomlangan bo’lishi kerak aks holda tolalar
oynaga yaxshi yopishmaydi so’ng ustki oynachani berkitib tayyor bo’lgan preparatni mikraskop
stolchasiga joylashtiramiz va uni ko’ramiz
8. To’qimachik tolalarining tuzilishi.
JAVOB
Paxta tolasini zarabindan qaralganda naycha ko’rinishida bo’ladi. Pishgan tolalardan
naychasining devoir qalinroq bo’ladi.Naycha devoir qalinlashgan sari tolalarning pishiqligi
qayishqoqligi oshadi. Pishganlik darajasi har xil bo’lgan tolalarning sirtdagi buramalari har xil
bo’ladi.
Pishgan tolalarning ko’ndalang kesimi tasma, o’rtacha pishganlariniki esa loviya, pishgan
tolalarniki ellips yoki bazida doira ko’rinishda bo’ladi,
9.Texnik tolalar.
JAVOB: Tanho tolalar-tanho tolalarning birlashgan dastasidan iborat bo’lib ular o’zaro bir biriga
pectin va lignin moddalar bilan yopishgan bo’ladi.
10. Viskoza tolasi
Javob:uzunasiga bo’ylama chiziqlari bo’gan silindr shaklidadir. Ko’ndalang kesimning sirti
notekis qirralardan iborat.
11. Tikuvchilik iplarining savdo nomeri
Javob : tikivchilik iplarining qalinligini shartli belgisi bolib u qanchalik ingichka bolsa savdo
nomering son qiymati shuncha yuqori boladi
12. Tikuchilik iplaring eshilishidagi qisqarishi.
Javob: bir necha iplardan tashkil topgan yoki bir ipni eshish natijasida uzunligin qisqarishiga
aytiladi
13. Pishitilgan iplar yog’onligi
Javob :tikuvchilikda ishatiladigan pishitilgan iplarni umumiy chiziqli zichligini va eshishda ipning
qisqarishini aniqlash uchun KRUTKAMER KU-500 asbobidan foydalaniladi agar har xil
yo’g’onligdagi tanho iplar qo’shilsa yo’g’on ipning chiziqli zichligi ularning yig’indisga teng
=
14. Tikuchilik iplari haqiqiy diametr
JAVOB: Labarato’yada sinov yoli bilan moslamalardan aniqlanadigan diametir
15.Iplarning chiziqli zichligi
JAVOB:
=
shu formula yordamida aniqlanadi
16. To’quchilik o’rilishlari necha guruhga bolinadi
JAVOB: To’quvchilik o’rilishlari oddiy ,mayda, gulli, murakkab va yirik gulli o’rilishlarga bo’linadi
17.Oddiy o’rilish
JAVOB :oddi orilishlar guruhiga polotno sarcha satin orilishlar kiradi barcha oddi orilishlarga hos
xususiyatlar quydagilardan iborat
1-
Har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ip bilan faqt bir marotaba orilishadi
2-
Har doim tanda bo’yicha rapport arqoq bo’yicha raportga teng boladi
18. Gazlamalarning o’lcham hossalariga nimalar kiradi
JAVOB: uning qalinligi eni va uzunliklari kiradi. Gazlamalarning qalinligi iplarning yo’g’nligiga
pishitilganlik darajasiga o’rilish hiliga gazlama zichligiga pardozlash usuliga bog’liq
19. Kiyimga qo’yilgan talablar
JAVOB: Gigenik texnikaviy estetik talablar
20. Gigenik talablar- insonning sog’ligini saqlashga qaratilgan talablar
21. texnikaviy talablar – tikuvchilik matiryallarining sifatiga va kiyimlar tayorlashga qo’yiladigan
talablar
22.estetik talablar- moda bilan bo’liq talablardir
23 Bezatuvchi matiryallarga nimalar kiradi
JAVOB: tikuvchilik buyumlarini bezatitsh uchun har xil tasma JIYAK SHINUR TOKLAR kiradi Bezak
matryallari sifatida gazlama,charm,moyna,biser va boshqalar foydalanish mumkin
24. Kiyim bezaklarini biriktirish uchun ishlatiladigan materiallar?
JAVOB: Ushbu guruhga paxta , ipak, zig’ir kimyoviy tolalardan tayyorlangan g’altak iplar yelim va
yelimsimon yopishtiruvchi materiallar kiradi.
25. Kompleks tola deb-.
JAVOB: Bir necha tanho tolalarni eshilishidan hosil bo’ladi.
26. Tabiiy noorganik tolalarga nimalar kiradi?
JAVOB: Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta tolasi kirib, u tog’ birikmalaridan ishlab chiqariladi.
27.Kimyoviy tolalarga nimalar kiradi?
JAVOB:Kimyoviy tolalarga tabiiy va sintez yo’li bilan olingan yuqori molekulali birikmakarni
kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadugon tolalar kiradi.
28. Sintrtik tola-.
JAVOB: Agar tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmalarni odiy moddalarni
sintezlash yoli bilan olinsa , bunday tola sitnrtik tola deylida
29. Suniy kimyoviy tolalar ?
Javob: Selluloza va uning efirlardan olinuvchi viskoza , mis-amiyak , atsetat tolalari hamda oqsil
moddalardan olinuvchi karzein va boshqalar kiradi.
30. Noorganik kimyoviy tolalar -:
Javob : Metal va shishadan olinuvchi tolalar kiradi.
31.G’o’za va uning turlari ?
Javob: G’o’za ko’p yillik , issiqlikni yoqtiruvchi daraxsimon o’simlik.Xozirgi vaqtda g’o’zaning 4 ta
modiy va 50 dan ortiq yovvoyi turlari mavjud. G’zaning avlodi.”Gassipium” b/b , gulxoyrilar
oilasiga kiradi. Gassipium so’zi lotinchi “Gossipium” yani paxta beruvchi daraxt ma’nosini
bildiradi.
G’o’zaning turlari.Gassipium xirsutum – o’rta tolali gossipium barbadanze – uzun tolali ,
Gossipium arbareum – daraxtsimon , Gossipium xerbatsium – o’tsimon paxta O’zbekistonda
yetishtrladigon paxtani 98% o’rta tolali yani gossipium xirstum turi tashkil etadi. Gossipium
barbadanze (uzun tolali ) paxta Uzbning janubiy viloyatlarida yetiladi.
32. Chigitli paxta dastlabki ishlash jarayoni.
Javob: Quyidagi asosiy bosqichlardan iborat. Chigitli paxtani quritish va tozalash.Chigitli
paxtadan tolasini ajratish. Ajratilgan tolani tozalash, chiqitdan momiq va kalta momiq tolani
ajratish.
Momiq va ajratilgan chiqindilarni toylash.
33.Paxta tolasini kimyoviy tarkibi.
Javob: Paxta tolasi kimyoviy jihatdan deyarli sof sellyulozadan iborat. Pishgan paxta tolasining
tarkibida 95-96%sellyuloza va 4-5% turli aralashmalar moy, mum va ma’dan moddalardan
iborat.
34.Kanob, zig’ir, jun, tabiiy tabiiy ipak toshpaxta tolaalrning olinishi xususiyatlari.
Javob: Oldingi paytlarda barcha insonlar tikuvchilik buyumlarini faqatgina o’simliklardan, ya’ni
tabiiy toladan olish mumkin deb o’ylashgan.
Bunga ingichka po’stloqli tolalarga zig’ir dag’al po’stloqli tolalarga porka, jut, kanob barglaridan
olingan tolaga abaka sisal urug’idan olinadigan tolalarga paxta koyr tolalari kiradi.
35. Paxta tolasi necha xil o’simlikning botanic turidan olinadi.
Javob: 4xil o’simlikning botanik turidan olinadi.
1)
O’rta tolali g’o’za
2)
Uzun tolali g’o’za
3)
O’tsimon g’o’za
4)
Daraxtsimon g’o’za
36. Chigitli paxtaning tolasini ajratish uchun necha xil usulda ishlaydigan tola ajratish
moshinalaridan foydalaniladi.
Javob: 2 xil: 1) Arrali tola ajratgich- arrali-jin deyiladi.Bu mashinalarda o’rta tolali paxta
ishlanadi.
2)Valikli tola ajratgich valikli jin deyiladi.
37. Tikuvchilik tolalarining sinflanishi.
TO’QIMACHILIK TOLALARI.
Tabiiy
Kimyoviy
Organik Noorganik
Organik Noorganik
O’simliklardan olinuvchi
Hayvonlardan olinuvchi
38.Gazlama assartimentlari ishlatilishiga va tarkibiga qarab qaysi guruhlarga bo’linadi.
Javob: Gazlama assartimentlari ishlatilishiga va tarkibiga qarab ip gazlamali jun, shoyi, zig’ir
tolali, plashlik, paltobop, kimyoviy tolali yoki tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmasidan tashkil
topgan guruhlarga bo’linadi.
39. Tikuvchilik materialshunosligi fanining rivojlanishi va axamiyati nimadan iborat?
Javob: Tikuvchilik materialshunosligi fani mustaqil va maxsus fan bo’lib u kimyo, riyoziyot, fizika
va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq. Bu fan tikuv buyumlari texnologiyasi, ularni
kanstruksiyalash, konfeksiyalash va boshqa fanlarni o’rganganda talabalarga katta yordam
beradi,
Bu fan faqatgina gazlamalarning tuzilishi bilan chegaralanibgina qolmay balkim ularni tayyorlash
jarayoni va tikuvchilik buyularini eksplatatsiyalari vaqtida unga ta’sir qiluvchi omillarni ham
o’rganadi,
40. Tikuvchilik materialshunosligi fanining fundamental fanlar bilan bog’liqligi?
Javob: T.M fani kimyo, riyoziyot, fizika boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq.
41. To’qimachilik m/ligi xalq xo’jaligida ishlatilishi.
Javob: To’qimachilik m/ligi sanoati aholini sifatli va bejirim kiyim-kechak b/n taminlashi lozim.
T.B ishlab chiqarishni ko’paytirish va kengaytirish to’qimachilik sanoatining rivojlanishiga
bog’liq, chunki asosiy tikuvchilik materiallari bo’mish ip gazlama, jun, ipak, va zig’ir tolali
gazlamalarni ana shu sanoat yetkazib beradi.
42. Dolgunets zig’irining pishib yetilish davri necha bosqichdan iborat?
JAVOB: 4 bosqichdan iborat,
1)
Yashillik bosqich
2)
Dastlabki sarg’ayish bosqichi
3)
So’nggi sarg’ayish bosqichi
4)
To’la pishilib yetilish bosqichi
1chi bosqichda to’la ingichka egiluvchan va mayin bo’ladi.
2 , 3-davrida zig’ir poyasining yotishi dastlabki sarg’ayib pishish davridan boshlanadi. Bu davrda
uning eng yuqori qismidagi barglari ham sariq rangda bo’ladi.
43. Tolalarning tuzilishi:
Javob: Ularning pishganlik darajasiga bog’liq. Pishmagan paxta tolasi yassi, tasmasimon, yupqa
devorli bo’ladi va o’rtasida keng quvuri bor. Tolalar pishgani sari devorlariga sellyuloza yotiladi
va devorlar qalinlashadi va quvuri torayadi.
Pishgan paxta tolasi bo’ylama ko’rinishi sipirallsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Eng
pishgan tola esa silindrik shaklda bo’ladi.
44.Dolgunets zig’ir poyasi haqida malumot.
Javob: Ingichka balandligi 60-90 sm, yo’g’onligi 0,8-1,4 mm va 5 mm, 91 tagacha urug’lik ko’sagi
bo’ladi. Bu zig’ir poyasi asosan tola uchun o’stirib, poyasidan 20-25% miqdorda tikuvchilik
sanoatida ishlatiluvchi tola olinadi. U asosan Rassiya Federasiyasida, Belarus va boltiqbo’yi
respublikalarida yetishtiriladi.
45.Mejeukok zig’ir poyasi.
Javob: Asosan o’zining xususiyatlariga ko’ra dolgunets va kudryash zig’ir poyalari oralig’idadir.
Ularni asosan yog’ olish uchun va qisman tola olish uchun o’stiriladi.
46.???
47. Dag’al poyali tolalar.
Javob: Kanob jut va boshqalarning boshlang’ich ishlov berilish o’z ichiga zig’irga ishlov
berishkabi bir xil, biroq bunda ularning tuzilishi va xususiyatlari etiborga olinadi. Bu o’simlik
poyalari bo’yiga bir necha mustahkamlik va qayishqoqlikka ega, odatda 2 va undan ortiq
po’stloq qavatdan iborat.
48. Texnik tola.
Javob: Dasta holidagi tolalarga aytiladi. 1 ta texnik tola tarkibida 10-40 tagacha tanho tolalar
bo’lishi mumkin.
49. Tosh paxta tolasi.
Javob: Tabiiy ma’danlardan olinuvchi tola.
Tosh paxta tolasi elektr izolyatsiyalash xususiyatiga ega, Ma’danlar xonada, Zimbabve Janubiy
Afrika Ural tog’
larida va qisman Qozog’istonda topiladi. Olingan ma’danlar bir necha marta maydalangandan
keyin alohida-alohida tolalarga bo’linadi.
50. Paxta tolasining tuzilishi va xususiyatlari.
Javob: Paxta tolali bo’shlig’ining bir tomoni ochiq bo’ladi.Paxta tolasining kimyoviy tarkibi sof
sillyulozadan iborat. Pishgan paxta tolasining tarkibi 95-96%sellyuloza va 4-5% turli aralashmali
moddalaridan iborat. Sirtqi qatlami kutikula deb ataladi.
51. Zig’irning bialogik tuzilishi va haqida izoh.
Javob: Zig’ir o’simliklardan olinadigan ingichka po’stloqli lub tolali b/b, bir yillik zig’ir o’simligi
po’stlog’idan olinadi.
Zig’irdan juda chiroyli va yupqa gazlamalar olinadi.
52. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarishning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot.
Javob:Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish amalda 19-asr oxiri 20-asr boshlarida boshlangan.
Kimyoviy tolalarning paydo bo’lishi asosan tikuvchilik sanoati uchun qo’shimcha xom ashyoni
olish va belgilangan xuxusiyatdagi tikuvchilik tolalarini yaratish istagi bilan belgilanadi.
Sellyutoza asosidagi 1) kimyoviy tolalar viskozali, atsetatli, mis-amiyakli va ularning boshqa
shakllari ularning ishlab chiqarilish xususiyatlari va tuzilishi xususiyatlardan kelib chiqqan holda
tikuvchilik mahsulotlardan turlicha qo’llanila boshlandi.
53. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish bosqichlari haqida.
Javob: 1) Tolalarni olish uchun xom ashyoni tayyorlash.
2) Yigiruvchi eritmasini tayyorlash. 3) Tolalarni shakllantirish.
Suniiy tolalarni ishlab chiqarishdaxom ashyo sifatida paxtadan yoki daraxtlardan ajratilgan
sellyuloza xamda ba’zi bir oqsil moddalar ishlatiladi.
54. Kimyoviy tolalarning xususiyatlari.
Javob: Kimyoviy tolalarning tuzilishi va xossalari ularni tashkil qiluvchi yuqori molekulyar
brikmalar ishlab chiqarish va modifikatsiyasi b/n belgilanadi.
Kimyoviy tola ishlab chiqarish uchun ancha kam mexnat sarf qilinadi va kam vaqt ichida ko’p
mahsulot tayyorlash mumkin.
55. Tolalarni pardozlash va tikuvchilikda ishlov berishga tayyorlash.
Javob: Tola olish mashinasidan chiqayotgan tola o’zi bilan chuktirish vannasining
komponentlarini olib ketadi. Shuning uchun tola olish mashinasida, agregatida liniyasida yoki
alohida olib pardozlanadi,yani yuviladi, yog’lanada, oxorlanadi, quritiladi va keyingi ishlovlarga
beriladi yoki toylanadi. Viskoza tolalarini pardozlash jarayoni bir oz murakkabdir. Pardozlash
jarayonlarini jadallashtirish maqsadida tolalar qatlami har bir ishlovdan so’ng siqiladi.
56. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish bosqichlari.
Javob: 53 bilan bir xil.
57. Viskoza eritmasidan ip yigirish haqida.
Javob: Viskoza eritmasidan 3 xil usul b/n ip yigiriladi. Bobina, sentrifuga va uzluksiz.
Tayyor bo’lgan viskoza eritmasi R=3-5 atmosfera bosimida fil’era orqali cho’ktiruvchi vannaga
tushadi.Vannada tuzlar va sulfat kislotasi bo’ladi. Eritmadan sillyuloza ip holatda bobinaga
o’raladi.Sentrifuga usulida iplarga qo’shimcha eshish beriladi. Uzluksiz usulda esa viskoza ip
mashinaning o’zida pardozlanadi.
58. Atsetat tolasining olinishi. Tuzilishi va xususiyati.
Javob: Atsetat tolasining tuzilishi viskoza tolaning tuzilishiga o’xshaydi, lekin unda chuqurroq
bo’ladi. Bu toladan tayyorlangan mahsulotlar g’ijimlanadi. Atsetat iplarining pishiqligining
qoniqarsizligi, ishqalanishga chidamsizligi, elektrlanishining yuqoriligi ulardan ichki kiyimlar
tayyorlashda bir muncha qiyinchilik tug’diradi.
59. Mis-ammiak tolasining xususiyatlari.
Javob: Mis-ammiak tolasi iplarni olishda xom ashyo sifatida atsetilsellyuloza paxta
sellyulozasida yoki tarkibida sellyulozasidan yoki tarkibida a-sellyulozasi 96% dankam
bo’lmagan yog’och sellyulozasidan foydalaniladi.
60. Oqsil tolalarining olinishi tuzilishi va xususiyati.
???
Do'stlaringiz bilan baham: |