1. Kompyuterlarni qanday turlarini bilasiz?Kompyuter avlodlari haqida qanday malumotga egasiz?Xozirgi kunda qo’llanilayotgan kompyuterlar qaysi avlodga taluqli?Misollar keltiring.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, amallarni bajarish tezligi va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 5 guruxga bo’lish mumkin.
Super kompyuterlar: Super EHMlar sekundiga 100 milliondan o 'n milliardgacha operatsiyani tezkor bajaruvchi qudratli ko‘p protsessorli hisoblash mashinalaridir.
— taxminan sekundiga million operatsiya (100000 MFLOPS)
tezlikda ishlovchi yuqori parallel ko'p protsessorli hisoblash tizimi;
— sig‘imi: operativ xotira 10 Gbayt; diskli xotira 1-10 T
bayt (IT bayt — 1000 Gbayt)
— razryadlilik 64; 128 bit.
Katta kompyuterlar: — ishlab chiqarish samaradorligi sekundiga million operatsiyadankam bo'lmagan;
— asosiy xotira sig'imi 64 dan 10000 M baytgacha bo'lgan;
— tashqi xotirasi 50 Gbaytdan kam bo'lmagan;
— ko'p kishi foydalanadigan ish rejimi (bir paytning o'zida
16 dan 1000 tagacha foydalanuvchiga xizmat kiladi).
Katta EHMlami samarali qo'llashning asosiy yunalishlari bu, ilmiy-texnik vazifalami hal etish, axborotni paketli bazasi bilan ishlash, hisoblash tarmoqlari va ulaming resurslarini boshqarishdir.
Kichik kompyuterlar: Kichik EHMlar (mini EHMlar) — ishonchli, uncha qimmat bo'lmagan va foydalanishda qulay kompyuterlar bo'lib,
unumdorligi sekundiga 10 mln. operatsiyagacha;
— asosiy xotira sig'imi 4-512 Mbayt;
— diskli xotira sig'imi 2-100 Gbayt;
— foydalanuvchilar soni 16-512
Shaxsiy kompyuterlar: Hozirgi kunda deyarli barcha soxalarda faoliyat yurituvchi tashkilotlar, korxonalar, o’quv yurtlari, turli muassasalarda keng tarqalgan kompyuterlar.
Notebook-bloknot kompyuterlar: Hajmi ixcham va elektr energiyasi ichiga o’rnatilgan batareya orqali taminlanadigan PC.lar
Kompyuter avlodlari.Kompyuterlar o‘zining elementlar bazalari bo'yicha avlodlarga ajratilgan.
I avlod(1945—1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron 1am- palar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallami egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab og'irlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming so‘zni(ma’lumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga URAL-1, URAL-2, BESM-1, BESM-2, M-1, M-2, M-20kabi mashinalar misoldir.
П avlod(1957—1968) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlar- dan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so'zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masala- lami yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM -608”, “BESM-6” mashinalarini misol qilib keltirish mumkin.