Sotsial taraqqiyot tushunchasi haqida Sotsial o'zgarishlar manbalari. Sotsial o'zgarishlar turlari



Download 28.29 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi28.29 Kb.
Mavzu: Sotsial taraqqiyot tushunchasi va uning turlari

Reja

Kirish

  1. Sotsial taraqqiyot tushunchasi haqida

  2. Sotsial o'zgarishlar manbalari.

  3. Sotsial o'zgarishlar turlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Ushbu mavzuda sotsiologiya fanida jamiyatning o‘zgarish (sotsial jarayon, sotsial dinamika, sotsial o'zgarish, sotsial taraqqiyot va boshq.) mexanizmlarini tahlil etish va tavsiflash uchun maxsus ibora yaratilgi haqida va sotsial jarayon (lot. processus — olg‘a siljish) — bu sotsial hodisalar va sotsial tizimlaming rivojlanish bosqichlari, holatlarining izchillik bilan almashib turishi ekanligi. Shuningdek, sotsialjarayon qandaydir natijaga erishish uchun izchil xattaharakatlaming yig‘indisini ham anglatadi. Masalan, o‘quv jarayoni o‘quv mashg'ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan almashib turishini ifodalaydi: ma’ruza — mustaqil ish — amaliy mashg‘ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta’lim olayotganlaming u yoki bu darajadagi o‘zlashtirishi hisoblanishi. Sotsial jarayonning strukturasi o‘z ichiga quyidagi unsurlarni olshi:

1) sotsial harakat subyekti (shaxs, sotsial guruh, sotsial tashkilot);

2) sotsial harakat obyekti (sotsial harakat yo‘nalgan sotsial hodisa);

3) sotsial harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar (sotsial jarayon nafaqat subyektning obyektga ta’siri, balki sotsial muhitning xususiyatlari bilan tavsiflanadi);

4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati:

5) sotsial harakat natijasi (subyektning sotsial obyektga ta’siri natijasida unda paydo bo'ladigan o'zgarishlar) haqida gap ketadi.

Sotsial taraqqiyot tushunchasi

Sotsiologiya fanida jamiyatning o‘zgarish (sotsial jarayon, sotsial dinamika, sotsial o'zgarish, sotsial taraqqiyot va boshq.) mexanizmlarini tahlil etish va tavsiflash uchun maxsus ibora yaratilgan. Sotsial jarayon (lot. processus — olg‘a siljish) — bu sotsial hodisalar va sotsial tizimlaming rivojlanish bosqichlari, holatlarining izchillik bilan almashib turishidir. Shuningdek, sotsialjarayon qandaydir natijaga erishish uchun izchil xattaharakatlaming yig‘indisini ham anglatadi. Masalan, o‘quv jarayoni o‘quv mashg'ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan almashib turishini ifodalaydi: ma’ruza — mustaqil ish — amaliy mashg‘ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta’lim olayotganlaming u yoki bu darajadagi o‘zlashtirishi hisoblanadi. Sotsial jarayonning strukturasi o‘z ichiga quyidagi unsurlarni oladi:

1) sotsial harakat subyekti (shaxs, sotsial guruh, sotsial tashkilot);

2) sotsial harakat obyekti (sotsial harakat yo‘nalgan sotsial hodisa);

3) sotsial harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar (sotsial jarayon nafaqat subyektning obyektga ta’siri, balki sotsial muhitning xususiyatlari bilan tavsiflanadi);

4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati:

5) sotsial harakat natijasi (subyektning sotsial obyektga ta’siri natijasida unda paydo bo'ladigan o'zgarishlar);

Sotsial jarayonlar turli-tumandir. Sotsial jarayonlaming turli asoslari bo‘yicha uning ko‘plab tasniflashlar shakllandi:

1) namoyon bo'lish sohalari bo‘yicha — iqtisodiy, siyosiy, ekologik va hokazo;

2) paydo bo ‘lish mexaniz/nlari bo‘yicha — o‘z-o‘zidan tabiiy ravishda, ongli ravishda, tabiiy-tarixiy;

3) boshqaruvchanlik darajasi bo'yicha — boshqariladigan,- bo‘sh boshqariladigan, boshqarib bo'lmaydigan;

4) sotsial ta’sir obyektining funksiyalari bo'yicha — funksional va disfunksional (funksionalligi buzilgan);

5) sotsial obyekt sifatiy holatining yo'nalganligi bo'yicha — progressiv (o'sib boruvchi), regressiv (orqaga ketuvchi), neytral (betaraf, o'rtada turuvchi); '

6) obyektning sifatiy o'zgarishining intensivligi (kuchayishi va tezlashishi) bo'yicha — evolyutsiyaviy (tadrijiy) va revolyutsiyaviy (inqilobiy).



Sotsial o'zgarishlar — bu qandaydir sotsial obyektning oldingi va hozirgi holati o'rtasidagi sezilarli farqlanishlar hosil qiluvchi sotsial jarayoniar natijasidir. Sotsiologiya tarixida sotsial o'zgarishlarning umumiy sabablarini aniqlashga doir ko'plab urinishlar yuz bo'lgan. Tarixiy rivojlanish texnologik rivojlanish, sotsial ixtiloflar, integratsiyalar, moslashuvlar, g'oyalar va ilohiy kuchlar ta’siri kabilar bilan bog'liq holda yuz beradi. Nazariyalaming har birida sotsial o'zgarishlarning qandaydir omili e’tiborga olinganligi uchun ham bu sohada natijalaiga erishish qiyin kechdi. Chunki, sotsial o'zgarishlami tizimli yondashuv vositasida tadqiq etish uchun aniqlangan barcha ilmiy natijalar yig'indisi va muayyan tegishli davming lahzalari ichidan eng asosiylarini ajratib olish asosida o'rganish zarur edi. Zero, har qanday sotsial o'zgarishlar aniq tarixiy kenglik-vaqtning uzluksizligi asosida sodir bo'ladi.

Sotsial o'zgarishlar manbalari.

Jamiyatning o'zgarish «mexanizmlarini» ochib berishda ularning tarix bilan yonma-yon qanday harakat qilishini o'rganish lozim. O'zgarishlarning sotsial omillari sifatida tabiiy muhit, aholining o'sishi, resurslar va qadriyatlami taqsimlashda paydo bo'ladigan ixtiloflar kabilar namoyon bo'ladi. Masalan, O. Kont jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir, degan fikrni bildirgan edi. G.Spenser evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida, uning ichki taqsimlanishida (tabaqalanishida) deb bildi. E.Dyurkgeym bu o'zgarishlami individlaming o'zaro o'xshashligi va rivojlanmaganligiga asoslangan mexanik birdamlikdan sotsial tabaqalashish va mehnat taqsimoti asosida organik birdamlikka o'tishidir, degan fikrni bildiigan edi. Boshqa taniqli olimlar jamiyatni rivojlantiruvchi kuch sifatida boshqa sotsial hodisalaming o‘rniga katta e’tibor berdi: avlodlar (X.Ortega-va-Gasset), ijodkor elitalar (G.Moska va V.Pareto), mashhur shaxslar (rus sotsiologiyasining subyektiv maktabi) va hokazo. Marksizm vakillari jamiyatni rivojlantiruchi kuchlar sifatida oqibati antagonizmga olib keladigan sinfiy kurashlardir, deb e’tirof etdi. Har bir tarixiy davrda odamlami doimiy ravishda qanoatlantirib turishi lozim bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlar mavjud bo'ladi. Bu ehtiyojlar va manfaatlar doimiy ravishda o‘zgarib boradi (aholi o‘sib boradi, ehtiyojlar oshib boradi).

Jamiyatda ehtiyojlaming oshib borish qonuniyati amal qiladi: odam birlamchi, hayotiy ehtiyojlarini qondirib bo‘lganidan keyin bilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga o‘tadi. Bu jarayonda inson hayotining og‘irlik markazi ma’naviy sohaga ko‘chib o‘tadi (jonzotlar iste’mol qilish uchun yashaydi, inson esa yashash uchun iste’mol qiladi). Hozirgi davrda doimiy ravishda o‘sib borishga moyil ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o‘tib borgan holda yanada ko‘proq mehnat qilishga to‘g‘ri keladi (masalan, qishloq xo'jaligiga oldin mashinalar kirib keldi, keyinroq esa ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlandi). Industrialdan keyingi jamiyatda odamlarning asosiy hayotiy faoliyat sohasi axborot sohasida namoyon bo‘la boshlaydi, axborot va fan rivojlanishning asosiy manbaiga aylanadi.

Sotsial o’zgarishlar turlari

Sotsial dinamika — bu jamiyat va uning sotsial strukturasining yangilanishlarga olib keladigan rivojlanishi, uning o‘zgarish va amal qilish jarayonlarining yig‘indisidir. Sotsial dinamikaning bir necha turlari mavjud — chiziqli (evolyutsiyaviy), siklli, spiralsimon.

1) Sotsial o ‘zgarishlaming chiziqli turi. Evolyutsiya (lot. evolutio — kengayish, avj olish) — tirik va jonsiz tabiatda, shuningdek sotsial tizimlarda kechadigan o‘zgarishlar jarayonlaridir; keng ma’noda — u rivojlanishning sinonimi hisoblanadi. Evolyutsiya murakkablashuvga, tabaqalashuvga, tizimni uyushtirish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tor ma’noda evolyutsiya o‘z ichiga faqat bosqichma-bosqich o‘zgarishlarni oladi (bu holatda evolyutsiya tushunchasi revolyutsiya (inqilob) tushunchasiga qarama-qarshi qo‘yiladi).

Jamiyatni tahlil etishda evolyutsiyaviy yondashuv hozirgi davrgacha qo‘llanilmoqda. T.Parsons «evolyutsiyaviy o‘zgarishlar» nazariyasini ishlab chiqib, unda evolyutsiyaga nisbatan jamiyatning strukturaviy-funksional differensiyaatsiyasi (tabaqalanishuvi) sifatida qaradi. Jamiyatning tabaqalanishi uning evolyutsiyasining muhim mezoni hisoblandi.

Mashhur sotsiolog R.Bellning fikricha, «evolyutsiyani organizm, sotsial tizim yoki har qanday boshqa tuzilmalaming o‘z ajdodlariga nisbatan ko'proq avtonom boyish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuv sari o'sish jarayoni, deb tushunmoq lozim».

2) Sotsial jarayonlaming siklli turi. Agar evolyutsiyaviy nazariyalar tarixni bosqichli darajalardan iborat, muayyan yo'nalishni ifodalaydigan jarayon sifatida tavsiflasa, siklli jarayon nazariyotchilari alohida sivilizatsiyalar muqarrar ravishda tanazzulga uchraydi, degan qarashlarga asoslandi. Ular jamiyatni muayyan tartib bo'yicha chiziqli tarixiy ko'rsatkichlar doirasiga joylashtirishga urinmaydi. Ular uning o'miga jamiyatning turli bosqichlaridagi o'sishlar va inqirozlami jamiyat bilan taqqoslab, ular ichidan o'xshashlikni topishga harakat qildi. Agar evolyutsiyaviy o'zgarishlar nazariyotchilari vakillari insoniyatga nisbatan uning uzluksiz rivojlanib borishi xususiyatidan kelib chiqib unga umid va ishonch bilan qarasa, siklizm tarafdorlari har qanday sivilizatsiya tanazzulga yuz tutadi, degan qarashlardan kelib chiqib bu jarayonga umidsizlik bilan qaradi.

Nemis olimi O.Shpengler (1880-1936) o'zining «Yevropaning tanazzuli» (1923) asarida madaniyatning xuddi odam hayotida ro'y berganidek, rivojlanish va tanazzul bosqichlaridan (paydo bo'lish, yetuklikka erishish, tanazzulga uchrash va halokat) o'tishini isbotlashga urindi. U har biri ming yilga yaqin yashagan sakkiz turdagi madaniyatni o'rganib, g'arb madaniyatining yaratilganligiga deyarli 900 yil bo'lganligini, shuning uchun ham uning tanazzulga uchrashiga yaqin qolganligini bashorat qilishga harakat qildi. Ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889-1975) o'zaro almashib turish asosidagi sivilizatsiyalaming rivojlanish qonuniyatlarini asoslash va uning prinsiplarini shakllantirishga urindi. Uning fikricha, sivilizatsiya qandaydir «da’vatlar yoki chaqiriqlar»ga javob berish oqibati sifatida vujudga keladi. Ana shunday da’vatlar jumlasiga tabiat kuchlari (og'ir iqlim) yoki insoniy omillar (urushqoq qo'shnilar) kiradi. Sivilizatsiya o'ziga qarshi turuvchi omillarning unchalik keskin bo'lmagan, ijodiy ozchilik (ziyoli elita) salbiy omillarning kuchiga yarasha kuch bilan qarshilik qilish qobiliyatiga ega bo'lsagina rivojlana oladi yoki ravnaq topishga erishadi.

3) Sotsial o'zgarishlarning spiralsimon turi. Spiralsimon model jamiyatda ro'y berayotgan ham evolyutsiyaviy, ham inqilobiy o'zgarishlarni hisobga oladi. Bu kabi o'zgarishlar marksizm asoschilari tomonidan ishlab chiqildi. Unga binoan, jamiyat rivojlanishining o'ziga xos pog'onalari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar izchillik bilan o‘zaro almashib boradi. Bunda jamiyatni o'zgartirishda evolyusiviy va inqilobiy omillarning biigalikda ta’sir qilishi e’tirof etilsada, inqiloblarga katta ustuvorlik bedldi. Jamiyatni o‘zgartirishning asosiy shakli sifatida moddiy ishlab chiqarish, sotsial inqilob kabi amaliyotlar tan olinadi. Sotsial jarayonlarning turlaridan biri — bu sotsial harakatlar bo‘lib, u — «jamiyat yoki sotsial guruhlardagi sotsial o‘zgarishlami qo'llab-quwatlash yoki ularga qarshilik qilishga qaratilgan jamoaviy xatti-harakatlaming yig'inidisidir» (R.Temer). Sotsial harakatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

1) inqilobiy harakatlar — jamiyat sotsial strukturasining kutilmagan tarzda, kuch ishlatish vositasida o‘zgarishi. Taniqli olimlar L.Edvars va K.Brinton fikricha, inqilobiy harakatlarning ko‘p uchraydigan turlariga quyidagilar kiradi: qoniqmasliklarning to‘planishi va notinchlik, paydo bo'lgan muammolaming chin mohiyatini intellektual qatlam tomonidan tushuntirib berish qobiliyatining past darajada ekanligi, harakatga kirishishga undaydigan sotsial afsonalaming paydo bo'lishi, inqilobiy portlash, boshqaruvning mo'tadillar qo'liga o'tishi, ekstremizm va terrorchilikdan hokimiyatning tinch yo'l bilan rivojlanish qoidasiga qaytish;

2) islohotlar harakati — ijtimoiy hayotning alohida tomonlarini o'zgartirishni jamiyatda radikal o'zgarishlarsiz amalga oshirishga urinish (masalan, abolitsionizm harakat sifatida qandaydir qonunni bekor qilish talabi bilan chiqadi, ekologik harakat va hokazo);

3) hayoliy harakatlar — o‘z davridan ancha oldinga o'tib ketgan va harakatning zamonga mos kelmaydigan jihatlariga asoslangan holdagi yangi sotsial tartibotni shakllantirishga urinishlar;

4) qarshilik ko'rsatish harakatlari — ortiqcha inqilobiy sotsial o'zgarishlarga nisbatan ham ijobiy, ham salbiy ko'rinishdagi qarshiliklar;

5) ekspressiv (ta’sirli, hissiyotli) harakatlar — hali sotsial muhitni o'zini modifikatsiyalamay turib, unda xulqni modifikatsiyalash (xipp, rokerlar va boshqa harakatlar).

Sotsial harakatning turlari sifatida yana diniy, yoshlar, emigrantlar, feministlar harakatlari kabilami keltirish mumkin. Sotsial harakatlar faqat muayyan vaziyatlarda vujudga keladi. Sotsial vaziyatlarga (shart-sharoitlarga) misol tariqasida sotsial harakatlami vujudga kelishi va rivojlanishiga qulaylik tug'dirib beradigan quyidagi uning turlarini keltiramiz: sotsial buzg'unchilik (anomiya, begonalashuv), sotsial qoniqmaslik (sotsial adolatsizlik, maqomiy noaniqlik) va hokazo.

Sotsiologiya tarixida jamiyatni o'zgartirishning turli-tuman mexanizmlari (modellari, shakllari) sinab ko'rilgan. Masalan, taniqli olim G. Tard taqlid qilish qonunini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, faqat «taqlid qilish» sotsial o'zgarishlarning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Lekin, jamiyatni o'zgartirishning keng tarqalgan mexanizmlarini tavsiflash uchun «inqilob» va «islohot» («evolyutsiya») tushunchalarini ko'rib chiqish lozim.

Inqilob (revolyutsiya — lot. revolution — burilish, to'ntarish) — tabiatning qandaydir hodisasi, jamiyat yoki bilish (geologiyadagi inqilob, sanoat inqilobi, ilmiy-teznika inqilobi, madaniy inqilob va hokazo) kabilaming rivojlanishidagi chuqur sifat o'zgarishlaridir. Inqilob rivojlanishdagi sifatiy sakrash va tadrijiylikning uzilishini anglatadi. Inqilob evolyutsiyadan ham, islohotdan ham katta farq qiladi. Inqilobning keng ma’nodagi tushunchasi ijtimoiy rivojlanishni tavsiflashda qo'llaniladi.

Sotsial inqilob — tarixan o'zini tugatgan davrdan zamonaviy ilg'or davrga o'tish yo'lidir; u jamiyatning barcha sotsial strukturasida yuz bergan tub sifatiy to'ntarishdir. Ijtimoiy rivojlanishda inqiloblaming o'mi masalasi o'tkir mafkuraviy kurash mavzusiga aylandi. «Inqilob sotsiologiyasi» vakillarining vajlariga binoan inqilob sotsial rivojlanishning shakli sifatida samarasiz va foydasiz bo'lib, u ulkan serxarajat hodisa bo'lishi bilan bir qatorda rivojlanishning evolyutsiyaviy shakliga har tomondan yon beradi. Marksizm asoschilari esa sotsial inqiloblami «tarix lokomotivlari», deb ataydi, inqiloblar davrini ijtimoiy taraqqiyot bilan tenglashtiradi.

Evolyutsiya va inqiloblar rivojlanish jarayonlarida bir xil tarzda - muhimlik kasb etgan hodisalar bo'lib, ular ziddiyatli birlikni hosil qiladi. Sotsial inqiloblami tavsiflashda uning ikkita xususiyati namoyon bo'ladi:

1) sotsial inqilob tadrijiylikning uzilishi sifatida, rivojlanishning keyingi sifat darajasiga o'tish sifatida, omma va inqilobiy harakat tarafdorlari bo'lgan elita ijodiyotining namoyon bo'lishi sifatida;

2) sotsial inqilob jamiyatni o'zgartirishda tezlik bilan ro'y beradigan va keng miqyosli o'zgarishlar sifatida (bunda inqilob islohotlarga qaramaqarshi qo'yiladi). Sotsial hayotda evolyutsiya va inqilob tushunchalariga «islohot» iborasi qo'shiladi.

Islohot (reforma — lot. reformare — o'zgarish, qayta o'zgarish) — mavjud sotsial strukturalar asoslarini butunlay yo'q qilvormaydigan, ijtimoiy hayotning qandaydir tomonlarini yangidan qurish, o'zgartirish demakdir. Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, islohot deganda har qanday mazmundagi yangiliklami kiritishdir. Lekin, amaliyotda islohot deganda ko'pincha, taraqqiyparvarlik, ijtimoiy hayot sohalariga yangiliklar kiritish tushuniladi.

Sotsial taraqqiyoti progress). XIX asrda aksariyat sotsiologik nazariyalar sotsial taraqqiyot konsepsiyasini rivojlantirishga urindi. Dunyodagi o'zgarishlar muayyan yo‘nalishlarda ro‘y berishiga doir tasawurlar qadimgi davrdan boshlab shakllandi. Shu bilan birga, taraqqiyotga regress (orqaga ketish, inqiroz) qarama-qarshi qo‘yildi: taraqqiyot harakatlari pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga, quyi takomillikdan ko'proq takomillashishga o‘tishni anglatadi. Taraqqiyot asosida evolyutsiya qonunlari yotishini isbot qilish uchun urinishlar bo'ldi. Taniqli sotsiolog olim G.Spenser va boshqa sotsial darvinizm tarafdorlari sotsial evolyutsiyani biologik evolyutsiyaga o‘xshashlik sifatlarini tadqiq etdi. Bunda evolyutsiya jamiyatning bir xildagi oddiy stmkturalarining turli-tuman va bir-birlariga o‘zaro bog'liq bo'lgan strukturalarga bir yo'nalish bo'ylab o'tishi sifatida talqin etildi. Jamiyat rivojlanishining asosiy qonunlari darvinizmning «yashash uchun kurash» va «ko'proq moslashganlar omon qoladi» kabi qarashlari hisoblana boshladi. Bu qonunlami erkin raqobatlar qonuniga o'xshatishga intilishlar kuchaydi. Demak, sotsial taraqqiyot ijtimoiy hayotning yanada murakkab shakllariga ko'tarilishni anglata boshladi.

Sotsial taraqqiyot sotsial o'zgarishlarning kuchayishini ifodalay boshladi: hayot tarzining yaxshilanishi, fan, texnika va ta’lim rivoji, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning o'sishi va hokazo. Lekin, ko'plab sotsial hodisalarga nisbatan taraqqiyot tushunchasini ishlatib bo'lmaydi. Chunki, ijtimoiy hayotning ba’zi hodisalari chiziqli harakat qilmaydi. Masalan, san’at, din va boshqa sotsial hodisalar doirasidagi rivojlanishning oliy namunalari bir necha minglab yillar oldin yaratilgan. Shu bilan birga, texnika va texnologiya kabi hodisalar doimiy ravishda taraqqiy etib borish xususiyatlariga egadir. Shuning uchun sotsial taraqqiyotni turli tamoyillaming uchta birligi sifatida tasawurlash (taraqqiylik, orqaga ketishlik, doira bo'ylab harakat qilish) shakllandi. Bu tamoyillardan qaysi birining (aniq sotsial hodisaga qo'llanishida) ustunlik qilishidan kelib chiqib va unga bog'liq holda uni tavsiflashga imkoniyat tug'ildi. U yoki bu hodisaning taraqqiylik yoki orqaga qaytishlik bahosi obyektiv ko'rsatkichlarga asoslanishni talab etadi. Bunda taraqqiyot mezonlari masalasiga ko'ndalang kelamiz. Masalan, sotsialistik jamiyatda insoniyat - ning taraqqiyotiga umum tarixiy mezon sifatida ishlab chiqamvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari olindi. Texnokratik nazariyalarda jamiyatning rivojlanish darajasi texnika va texnologiyaning rivojlanish mezonlari asosida o'lchanadi. Qator sotsial ta’limotlarda mezon sifatida insonning tafakkurlash darajasi, uning jamiyatdagi ahloqi, dindorligi olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar


  1. O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O`zbеkiston, 1992.

  2. Karimov I.A. O`zbеkistonda dеmokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. – T.: O`zbеkiston, 2002.

  3. Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - T.: O`zbеkiston, 1999.

  4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot -pirovard maqsadimiz. T.8. - T.: O`zbеkiston, 2000.

  5. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.: O`zbеkiston, 2001.

  6. Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O`zbеkiston, 1997.

  7. Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat-еngilmas kuch” T. “Ma'naviyat” 2008 .

  8. .Karimov I.A. “O`zbе kiston mustaqillikka erishish ostonasida” T. O`zbеkiston 2011y.


Qo`shimcha adabiyotlar:

1. Aliqoriеv N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ilmiy uslubiy yutuqlar va ilg`or tajribalar. - T., 1997.

2. Aliqoriеv N.S. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - T.: ToshDU, 1999.

3. Aliqoriеv N.S., Ubaydullaеva R. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - Bishkеk, 1999.

4. Sotsiologiya tarixi. - T.: ToshDU, 1999.

5. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. (Karimova V. tahriri ostida). - T., 2000.

6. Sotsiologiya asoslari. Ma'ruzalar matni. - T., 2000.

Xulosa

Ushbu mavzu menda sotsial munosabatlar haqida tushunchalarimni yanada oshiridi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki sotsial taraqqiyot sotsial o'zgarishlarning kuchayishini ifodalay boshlashi: hayot tarzining yaxshilanishi, fan, texnika va ta’lim rivoji, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning o'sishi va hokazolar. Hamda ko'plab sotsial hodisalarga nisbatan taraqqiyot tushunchasini ishlatib bo'lmaydi. Chunki, ijtimoiy hayotning ba’zi hodisalari chiziqli harakat qilmaydi. Masalan, san’at, din va boshqa sotsial hodisalar doirasidagi rivojlanishning oliy namunalari bir necha minglab yillar oldin yaratilgan. Shu bilan birga, texnika va texnologiya kabi hodisalar doimiy ravishda taraqqiy etib borish xususiyatlariga egadir. Shuning uchun sotsial taraqqiyotni turli tamoyillaming uchta birligi sifatida tasawurlash (taraqqiylik, orqaga ketishlik, doira bo'ylab harakat qilish) shakllandi. Bu tamoyillardan qaysi birining (aniq sotsial hodisaga qo'llanishida) ustunlik qilishidan kelib chiqib va unga bog'liq holda uni tavsiflashga imkoniyat tug'ildi. U yoki bu hodisaning taraqqiylik yoki orqaga qaytishlik bahosi obyektiv ko'rsatkichlarga asoslanishni talab etadi. Bunda taraqqiyot mezonlari masalasiga ko'ndalang kelamiz. Masalan, sotsialistik jamiyatda insoniyat - ning taraqqiyotiga umum tarixiy mezon sifatida ishlab chiqamvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari olindi. Texnokratik nazariyalarda jamiyatning rivojlanish darajasi texnika va texnologiyaning rivojlanish mezonlari asosida o'lchanadi. Qator sotsial ta’limotlarda mezon sifatida insonning tafakkurlash darajasi, uning jamiyatdagi ahloqi, dindorligini bilgan holda o’zim uchun mazmuniy xulosalar chiqardim.



Test

  1. Processus so’zining ma’nosi qaysi?

  1. olg‘a siljish

  2. orqaga siljish

  3. to’xtab qolish

  4. mustaqil ish

  1. Sotsial jarayonning strukturasi o‘z ichiga quyidagi unsurlarni to’liq keltirilgan javobni belgilang?

  1. sotsial harakat subyekti, obyekti va kechishi uchun shart-sharoitlar

  2. uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati, sotsial harakat natijasi, namoyon bo'lish sohalari bo‘yicha, paydo bo ‘lish mexaniz/nlari bo‘yicha

  3. bilmayman

  4. a va b javoblar to’g’ri

  1. O. Kont fikri qaysi bandda keltirilgan?

  1. jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir

  2. pozitiv hayot

  3. sotsial yondashuv

  4. evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida

  1. G.Spenser fikri qaysi bandda keltirilgan?

  1. jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir

  2. pozitiv hayot

  3. sotsial yondashuv

  4. evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida

  1. Sotsial dinamikaning qanday turlari mavjud?

  1. chiziqli (evolyutsiyaviy), siklli, spiralsimon

  2. mayoqsimon, siklli, spiralsimon

  3. paralleliped, siklli, spiralsimon

  4. aylana, siklli, spiralsimon

  1. «Evolyutsiyani organizm, sotsial tizim yoki har qanday boshqa tuzilmalaming o‘z ajdodlariga nisbatan ko'proq avtonom boyish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuv sari o'sish jarayoni, deb tushunmoq lozim» fikrini kim aytgan?

  1. R.Bell

  2. Dyurkgeym

  3. O.Kont

  4. M.Veber

  1. «Yevropaning tanazzuli» (1923) asar kimniki?

  1. O.Shpengler

  2. Shmelzer

  3. O.Kont

  4. Dyurkgeym

Krasvord










1

S

H

P

E

N

G

L

E

R







2

K

O

N

T




























3

T

O

Y

B

























4

S

P

E

N

S

E

R













5

D

I

N

A

M

I

K

A










6

P

R

O

C

E

S

S

U

S







7

B

E

L

L





































O





































G































8

S

I

K

L

























9

D

Y

U

R

K

G

E

Y

M




10

E

D

V

A

R

S





















  1. «Yevropaning tanazzuli» (1923) asar kimniki?

  2. Jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir fikr egasi.

  3. Ingliz tarixchisi (1889-1975) da’vatlar yoki chaqiriqlar» nomli fikr egasi?

  4. Evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida fikri egasi?

  5. Sotsial … - bu jamiyat o’zgarishi va amal qilish jarayonlar yig’indisi?

  6. Olg‘a siljish so’zini ma’nosi

  7. «Evolyutsiyani organizm, sotsial tizim yoki har qanday boshqa tuzilmalaming o‘z ajdodlariga nisbatan ko'proq avtonom boyish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuv sari o'sish jarayoni, deb tushunmoq lozim» fikrini kim aytgan?

  8. Sotsial dinamika turi

  9. Fransuz sotsiologi E. ….

  10. Inqilobiy harakatlar to’g’risi fikr yuritgan taniqli olim.


Blis savollar

  1. «Yevropaning tanazzuli» (1923) asar kimniki?

  2. Jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir fikr egasi.

  3. Ingliz tarixchisi (1889-1975) da’vatlar yoki chaqiriqlar» nomli fikr egasi?

  4. Evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida fikri egasi?

  5. Sotsial … - bu jamiyat o’zgarishi va amal qilish jarayonlar yig’indisi?

  6. Olg‘a siljish so’zini ma’nosi?

  7. «Evolyutsiyani organizm, sotsial tizim yoki har qanday boshqa tuzilmalaming o‘z ajdodlariga nisbatan ko'proq avtonom boyish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuv sari o'sish jarayoni, deb tushunmoq lozim» fikrini kim aytgan?

  8. Sotsial dinamika turilari qaysi?

  9. Fransuz mashhur sotsiolog olimi kim?

  10. Inqilobiy harakatlar to’g’risi fikr yuritgan taniqli olim.

Download 28.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим