Mavzu: Iqtisodiy davrlar. Ishsizlik va uning turlari Iqtisodiy sikl tushunchasi Ishsizlik tushunchasi va uning turlari



Download 60,39 Kb.
bet1/5
Sana25.09.2021
Hajmi60,39 Kb.
#184482
  1   2   3   4   5

Mavzu: Iqtisodiy davrlar. Ishsizlik va uning turlari
1. Iqtisodiy sikl tushunchasi
2. Ishsizlik tushunchasi va uning turlari
3. Tarkibiy ishsizlik
1. Iqtisodiy sikl tushunchasi
Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot tarixi iqtisodiyotning hech qachon tekis va

silliq yo'l bilan, olg'a rivojlanish yo'lidan ketmaganligini yaqqol namoyon etmoqda. Bu tarix o'zining turli bosqichlarda iqtisodiy kon'yunkturaning bir-birini davriy ravishda almashtirib turgan va almashtirib kelayotgan tanazzul yoki yuksalishni boshidan kechirib keldi. Bu o'zgarishlar makroiqtisodiy beqarorlik yoki bozor iqtisodiyoti rivojlanishining davriyligi deb ataladi.

Iqtisodiy sikllarning boshqa tasniflari ham bor. Davomiylik bo'yicha tasnif juda keng tarqalgan bo'lib, unda odatda siklik tebranishlarning uch turi alohida

ajratib ko'rsatiladi:

♦ 3,5-4 yil davom etadigan qisqa muddatli sikllar;

♦ 8—10 yil davom etadigan o'rta muddatli sikllar;

♦ 48—55 yil davom etadigan uzoq muddatli sikllar.

O'rta muddatli siklni o'rganish uchun uning asosiy bosqichlarini ajratib olish

lozim (13.1-rasmga qarang). Odatda iqtisodiy sikl to'rtta fazaga ajratiladi:

inqiroz (siklik to'lqinning trend liniyasi uzra joylashgan pasaytiruvchi



qismi - a qism);

depressiya (tushkunlik) - (siklik to'lqinning trend liniyasi ostida

joylashgan pasaytiruvchi qismi - b qism);

jonlanish (siklik to'lqinning trend liniyasi ostida joylashgan yuksaltiruvchi

qismi - s qism);

yuksalish (siklik to'lqinning trend liniyasi uzra joylashgan yuksaltiruvchi qismi - d qism).

Inqiroz - qayta ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanayotgan ishlab chiqarish mahsulotni sotish bilan bog'liq keskin muammoga duch kelgan vaziyatidir. Bozorga taqdim qilingan tovar va xizmatlar to'lovga layoqatli munosib talabni topa olmaydi. Sotilmay qolgan tovarlar tovar-moddiy zahiralarning to'planib qolishiga olib keladi, foyda kamayadi, ishlab chiqarish hajmlari

qisqaradi, investisiyalar hajmi ham qisqaradi, ishchi kuchiga bo'lgan talabning

pasayishi oqibatida ishsizlik ortadi. To'lovga layoqali talabning kamayishi bularning barchasini yanada kuchaytiradi.

Depressiya bosqichida investisiyalash mutlaqo to'xtaydi, iqtisodiyot turg'unlikka yuz tutadi.

Jonlanish bosqichida so'nishning eng quyi nuqtasidan o'tiladi va iqtisodiyotning inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadi. Ishsizlik qisqaradi, daromad va foyda o'sadi, investisiya jarayonlari boshlab yuboriladi.

Nihoyat, yuksalish bosqichida iqtisodiyot gurkirab rivojlanadi, trend ijobiy (musbat) bo'lganda ko'plab makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha inqirozdan avvalgi vaziyatdagi dastlabki darajaga nisbatan yuqoriroq nuqtalarga erishadi, yuksalishning eng yuksak nuqtasiga, iqtisodiy siklning cho'qqisiga yetib boradi, so'ng yana inqiroz bilan almashadi.



U yoki bu mamlkatning iqtisodiyoti iqtisodiy siklning qaysi bosqichida ekanligini to'g'ri baholash uchun ekspertlar bir qator iqtisodiy indikatorlardan foydalanadilar, ya'ni asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar dinamikasini baholaydilar. Qaysi ko'rsatkichlarning tanlab olinishi mazkur iqtisodiy vaziyatda iqtisodiyotning holatini nima eng yorqin xarakterlashiga bog'liq bo'ladi.

Odatda, iqtisodiy sikl indikatorlari sifatida quyidagi ko'rsatkichlar tanlab olinadi: jami ishlab chiqarish (YaIM yoki YaMM), ishsizlik darajasi, tovar-moddiy zahiralar va ishlab chiqarish omillari zahiralari, narx darajasi, pul massasining hajmi, pullarning aylanish tezligi, qisqa muddatli foiz stavkalari va hokazo.



Ishsizlik makroiqtisodiy beqarorlikning eng muhim namoyon bo'lish shakllaridan biridir, chunki uning nafaqat sof iqtisodiy, balki ijtimoiy belgilari ham bor.

Ishsizlik muammosi barcha rivojlangan mamlakatlarga u yoki bu darajada dahldor bo'lgan va bo'lib kelmoqda, ishsizlikni tartibga solish masalalari esa davlatning makroiqtisodiy siyosatidagi eng muhim muammoligicha qolmoqda.




Download 60,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish