Sog‘lom avlod uchun



Download 71,79 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2021
Hajmi71,79 Kb.
#119229
  1   2
Bog'liq
20 30.01.2014




PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga va respublikada sog‘lom avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan vazifalarni hal etishda faol ishtirok etishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek 2014-yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining (keyingi o‘rinlarda Fond deb ataladi) eng muhim vazifalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sog‘lom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish;

davlatning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishni tashkil qilish;

aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo, ko‘p bolali oilalar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar va bolalar uylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami ko‘rsatish;

perinatal markazlar, skrining-markazlar, reabilitatsiya markazlari, tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish;

profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, oldini olish va ular profilaktikasi ishlari, onkologiya muassasalari, silga qarshi xizmatlar va boshqa xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;

ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish;

davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash bo‘yicha faol ish olib borish.

2. Quyidagilarga:

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Vasiylik kengashi tarkibiga 1-ilovaga muvofiq;

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining tashkiliy tuzilmasiga, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining xodimlarining cheklangan soni 21 nafar bo‘lgan Boshqaruvi tuzilmasiga va uning hududiy filiallari tuzilmasiga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.

3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Fondning asosiy pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;

xorijiy va xalqaro tashkilotlarning, xorijiy davlatlarning grantlari;

Fondning, shuningdek Fond oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida uning tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Fond Boshqaruvi apparati va uning hududiy filiallari ta’minoti Fondning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorining amal qilishi Fondning bepul foydalanish huquqi bilan tasarrufidagi davlat mulkiga tatbiq etilmaydi.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Fondning ustavidagi vazifalarini hal etishda uning hududiy filiallariga doimiy ravishda samarali ko‘maklashsinlar.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, Yoshlar ittifoqiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga va boshqa nodavlat, notijorat tashkilotlariga Fondning ustavdagi vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashda Fond bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish tavsiya etilsin.



(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)

6. Fondning va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan:

Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining shtatdagi xodimlari sonini sakkiz nafargacha yetkazish to‘g‘risidagi;

ambulatoriya-poliklinika muassasalarining uchastka vrachlari va tibbiy hamshiralari uchun amalda bo‘lgan uzluksiz ish staji muddati uchun ustamalar belgilash tartibi Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tibbiyot xodimlariga tatbiq etish to‘g‘risidagi;

Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining qishloq joylarga boradigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini to‘lash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fondning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari ta’minotiga qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin va sog‘liqni saqlash muassasalari ta’minoti uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida har yili Fondga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.I. Ikramov va E.I. Basitxanova zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2014-yil 30-yanvar,

20-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


1-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Vasiylik kengashi

TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.



Basitxanova E.I.



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi

Qo‘chqorov J.A.



Moliya vazirining o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

Alimov A.V.



Sog‘liqni saqlash vaziri

Inoyatov U.I.



Xalq ta’limi vaziri

Xodjimatov M.M.



Madaniyat va sport ishlari vaziri

Xaitov A.A.



Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri

Xadjayev A.D.



O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

Alimov B.X.



“O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisining o‘rinbosari

Yuldashev F.M.



“GM-Uzbekistan” YoAJning bosh direktori

Karimov U.D.



“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktorining o‘rinbosari

Aripov K.T.



“Asaka” DATB boshqaruvi raisi

Obidjonov J.O.



“O‘zsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

Xusanov N.B.



O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

Axmedov A.A.



Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

Quranbayev Q.Q.



O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 996-modda)

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


2-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining

tashkiliy tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga
3-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi

TUZILMASI



Xodimlarning cheklangan soni (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 21 nafar.

* Tibbiy-ijtimoiy markazning ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari xodimlarining ta’minoti Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


4-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi hududiy filialining

TUZILMASI



Izohlar: Toshkent shahri bo‘yicha hududiy filiallarga yuklangan funksiyalarni Fond Boshqaruvi bajaradi.

Xodimlarning cheklangan soni (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 5 nafar.

* Ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari xodimlari ta’minoti Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


5-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi (keyingi o‘rinlarda Fond deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-apreldagi PQ-596-son qarori bilan tashkil etilgan.

2. Fond jamoat fondi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Fond xo‘jalik mustaqilligi asosida ish ko‘radi, o‘z mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. O‘z nomidan mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarni sotib oladi, tegishli majburiyatlarni bajaradi.

3. Fond o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va Fond ustaviga muvofiq amalga oshiradi.

4. Fond yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan unga istalgan shaklda mablag‘ qo‘shish uchun ochiqdir.

5. Fond faoliyati xayriya tusiga ega. Uning mablag‘lari, tushish manbalaridan qat’i nazar, ustav vazifalari va maqsadlariga erishish uchun sarflanadi.

6. Fondning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi, 15.

II. Fondning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari

7. Davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish, sog‘lom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqiy yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori ma’lumotli, jismoniy sog‘lom, barkamol shaxsni shakllantirish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish Fond faoliyatining maqsadi hisoblanadi.

8. Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari hisoblanadi:

jamoatchilik va davlat tuzilmalarining jahon tajribasini hisobga olgan holda sog‘lom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish;

davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash bo‘yicha faol ish olib borish;

davlatning ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashga, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishni tashkil qilish;

respublikaning butun hududida bola tug‘ish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha aholini o‘qitishga yo‘naltirilgan kompleks ijtimoiy va tashviqot-targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish yo‘li bilan jamoatchilik ongida to‘laqonli, barkamol va sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun yuksak mas’uliyatni shakllantirishga ko‘maklashish;

aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo, ko‘p bolali oilalar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar va bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami ko‘rsatish;

yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni, shuningdek aholining kam ta’minlangan toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularning moddiy ahvolini yaxshilash;

perinatal markazlar, skrining-markazlar, reabilitatsiya markazlari, tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish;

profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilishning ishonchliligini oshirish, nogironlikni reabilitatsiya qilish, oldini olish va uning profilaktikasi ishlari, onkologiya muassasalari, silga qarshi xizmatlar va boshqa xizmatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;

kasalliklar, nogironlik profilaktikasi va fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish, fuqarolarga ma’naviy-psixologik yordam ko‘rsatish;

ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifat, shuningdek shaxsning ma’naviy kamol topishi sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish;

ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish.

9. Fond o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

tibbiyot, ovqatlanish, ekologiya hamda ona va bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar sohasida yangi texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalarni yaratish va joriy etish;

ona va bola sog‘lig‘i hayot faoliyatining huquqiy, ma’naviy-odob-axloq, ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirishga ko‘maklashish.

III. Fondning huquq va majburiyatlari

10. Faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan vazifalari va yo‘nalishlarini ta’minlash uchun Fond qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish;

keng tushuntirish ishlari olib borish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ham pul mablag‘lari shaklidagi, ham adabiyot va san’at asarlari, ilmiy va amaliy ishlanmalar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa moddiy boyliklar shaklidagi xayriya ehsonlarini jalb etish;

davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;

kreditlar olish;

o‘z ustav vazifalarini bajarish uchun tashkilotlar tashkil etish;

innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;

yuridik va jismoniy shaxslarga injiniring, maslahat, axborot xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish;

noshirlik, axborot, madaniy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;

ko‘rgazmalar, yarmarka-sotuvlar, telemarafonlar, konsertlar va boshqa tomosha tadbirlari o‘tkazish;

Fondning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlovlar o‘tkazish va mukofotlar ta’sis etish;

Fondning maqsadlari va vazifalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

Fond maqsadlarini ta’minlash uchun tibbiyot uskunalari va anjomlari, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishni moliyalashtirish;

belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga kirish hamda amaliy aloqalar o‘rnatish.

Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11. Fond quyidagilarga majbur:

davlatning ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;

Fond tomonidan safarbar etiladigan moliyaviy mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;

Fondning hududiy filiallari, Fond huzurida tashkil etilgan tashkilotlar faoliyati va o‘tkaziladigan barcha tadbirlarga aniq maqsadni ko‘zlab rahbarlik qilish va ularni muntazam nazorat qilishni ta’minlash.

Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

IV. Fondning boshqaruv organlari

12. Vasiylik kengashi Fondning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Fondning Vasiylik kengashi majlisi bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruriyat bo‘lganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.

Fond Vasiylik kengashining majlisini o‘tkazish uchun kvorum kengash a’zolari sonining kamida sakson foizini tashkil etishi kerak.

Fond Vasiylik kengashining majlisida qarorlar unda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

13. Fond Vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga va Fond ustaviga, Fond Vasiylik kengashining qarorlariga muvofiqligini nazorat qilish;

Fond ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash;

Fond Boshqaruvini va Taftish komissiyasini shakllantirish;

Fondning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanishni nazorat qilish;

Fond budjetini tasdiqlash;

Fondning yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini, shu jumladan uning faoliyati to‘g‘risida Fond Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash;

Fond faoliyatini tekshirish uchun auditorlik tashkilotini navbatdan tashqari jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Fond Boshqaruvining Fondning ustav maqsadlari va vazifalariga zid bo‘lgan qarorlari bajarilishini to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish;

Fondni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Fond Vasiylik kengashining vakolatlariga tegishli bo‘lgan masalalar Fondning Boshqaruvi va Taftish komissiyasining hal etishi uchun berilishi mumkin emas.

Fondning Vasiylik kengashi Fondning boshqa organlaridan Fond faoliyatiga tegishli hujjatlarni talab qilish va olishga haqlidir.

Fond Vasiylik kengashining qarorlari Boshqaruv va Fondning boshqa organlari, uning xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

Fond Vasiylik kengashining a’zolari bir vaqtning o‘zida Fond Boshqaruvi va Taftish komissiyalari a’zosi bo‘la olmaydilar.

14. Fond faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va Fond Vasiylik kengashi qarorlarini bajarish Fondning Vasiylik kengashi tomonidan saylanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladigan Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi. Fond Boshqaruvi tarkibi Fondning Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladi.

15. Vasiylik kengashi bir yilda bir marta joriy yilning 20-martigacha oldingi yil uchun Fond faoliyati to‘g‘risida Fond Boshqaruvining hisobotini eshitishi va tasdiqlashi shart.

16. Fond Boshqaruvi raisi:

Fond va uning hududiy organlarining joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

Fond tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi;

Fond Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Fond xodimlarining shtat jadvalini va ularning ish haqi miqdorini belgilaydi;

davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Fond manfaatlarini ifodalaydi;

Fond va uning hududiy filiallari xodimlarining funksional vazifalarini hamda ular mehnatiga haq to‘lash qoidalarini tasdiqlaydi;

Fondning Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda chet elda vakolatxonalar ochadi va filiallar tashkil etadi hamda ularning faoliyatini nazorat qiladi;

maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi.

17. Fondning hududiy filiallari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining tavsiyalari bo‘yicha Fond Boshqaruvining raisi tomonidan tayinlanadilar.

18. Fond Boshqaruvi va uning hududiy filiallari ta’minoti Fondning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Lavozim maoshlarini belgilashda Fond xodimlariga Yagona tarif setkasi bo‘yicha quyidagi tarif razryadlari qo‘llaniladi:


Download 71,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish