• Основные стратегические варианты



Download 97 Kb.
bet1/4
Sana19.09.2021
Hajmi97 Kb.
#178991
  1   2   3   4

1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingning o‘rnini tavsiflab shunday deydi: «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg‘i, balki kema komandasidir»1.

Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo‘lishi, sotish shakllari rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan o‘zaro harakati bilan bog‘lanadi.

Marketing elementlari XIX-asrning o‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni turli natural ayirboshlash shakllari paydo bo‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatining dastlabki elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.

1902-yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.

1948-yildan boshlab marketing tovar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo‘naltirilgan xo ‘jalik faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko‘rina boshladi.

Marketing tushunchasi bozor sohasining har qanday faoliyati bilan bog‘liq, shu bois marketing so‘zining tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. market–bozor, ing–faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).

Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‘nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifining ko‘p turlari mavjud. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha, ya’ni marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o‘ylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovar va xizmatlar ko‘rsatish harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarning maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi»2.

Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyavskiy shunday degan: «Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir»1. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarning xohish va ehtiyojini tovar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir»2.

Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iborat.

Talab bilan taklifning o‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon o‘z navbatida muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kabi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi.

Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Quyidagi rasmda marketingning asosiy kategoriyalari berilgan(1.1-rasm).


Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish