Kirish
Chorvachilikni intensiv rivojlantirish uchun hayvonlarni saqlashda, ulardan olinadigan mahsulotlarni oshirishda mexanizasiya va avtomatizasiyani keng joriy qilib, ish unumdorligini oshirishga qaratilishi zarur. Keyingi yillarda viloyat va tumanlarda ixtisoslashgan chorvachilik fermer xo'jaliklari, parranda fermalari tashkil qilinmokda.
Hayvon va parrandalar saqlanadigan binolar sanitariya - gigiena talablariga javob bersa, yaxshi parvarish qilinsa, tuyimli ozuqalar bilan boqilsa ulardan olinadigan mahsulot ko'payadi va yuqumli kasalliklarga nisbatan organizmni chidamliligi oshadi. Hayvonlar sovuq yoki juda issiq, nam, qorong'i, iflos, ventilyasiyasi yomon tor binolarda saqlansa mahsuldorligi kamayib ketadi, mahsulotga nisbatan beriladigan ozuqa ko'p sarf bo'ladi hamda tuberkulez, paratif, qichima, pnevmoniya, temiratki, kolienterit va boshqa kasalliklar ko'paya boradi.
Shuning uchun molxonalarni qurishda texnologiyani loyihalash me'yorlarida quyidagilarga e'tibor beriladi:
Ferma ma'lum uchastkaga joylashtirilishi hamda obodonlashtirishga muljallanishi kerak. Ko'kalamzorlashtirish, atrofni urash, qo'shimcha binolarni joylashtirish, yayrash maydonlarini jihozlash hamda dezobarer, dezomat, vetsan kuzatuv punktini jihozlash kuzda to'tiladi. Molxonaning loyihasi chizilganda va uni qurganda issiq bo'lishini ta'minlash kerak.
Gigienik me'yor bo'yicha mikroiqlim kursatgichlarini ta'minlash muhim ahamiyatga ega bo'lib, molxonaning ichki jihozlanishi hayvonlar uchun qulay bo'lishi kerak. Ventilyasiya, isitish, yoritish, sog'ish, ozuqa tarqatish va gungni chiqarish kabi ishlarni mexanizasiyalashni joriy qilish.
Talabga javob beradigan molxonalarni qurishda zooveterinariya mutaxassislari boshqa rahbarlar bilan birga loyihalarni kurib chiqishlari va qanday bajarilayotganligini nazorat qilib borishlari kerak.
Yopiq molxonalardagi mikroiqlim fizik faktorlar kompleksiga (harorat, namlik, havoning harakati, quyosh radiasiyasi, atmosfera bosimi, yorug'lik va ionizasiya), havodagi gazlar tarkibiga (O2, SO2, NH3, N2Ѕ) va mexanik aralashmalarga (chang va mikroorganizmlar) qarab o'zgarib turadi. Binodagi mikroiqlimning hosil bo'lishiga qator hodisalar sabab bo'ladi. Ya'ni mahalliy iqlim, tusiqlarni issiqlik va namlik o'tkazuvchanligi, havo almashish yoki ventilyasiya, isitish, kanalizasiya va yoritish hamda hayvonlarni mahsuldorligi va ularni saqlash kun tartibi va boshqalar.
Olimlar fikriga kura qurilgan molxonalardagi mikroiqlim talabga javob bermaydi. Natijada xo'jaliklar yilning hamma fasli davomida chorvachilik mahsulotlarini ko'p miqdorda yo'qotadi, kasallik ko'payadi, yosh mollar nobud bo'ladi. Bundan tashqari harorat va namlikni qoniqarsiz bo'lishi hayvon binolaridan foydalanish muddatini kamaytiradi. Mikroiqlimning qoniqarsiz bo'lishiga asosiy sabab bino to'siqlarini issiqlikni saqlashining yomonligi (devor, Pol, eshik, deraza), havo almashishini buzilishi, kanalizasiyani yomon ishlashi va vaqtida tozalab turilmaslik yoki antisanitatariya holatidir.
Ferma uchun joyni zooveterinariya mutaxassislari ishtirokidagi komissiya tanlaydi. Yangi ferma va komplekslarni loyixalash va ko'rish hamda kayta ko'rishda belgilangan norma va qoidalarga amal kilinadi. Loyixani o'rganish va kuyilgan vazifalarni bajarishda zooveterinariya mutaxassislari faol katnashishlari zarur. Avvalo, tanlangan loyixa joyning iqlim sharoitiga, noxiyaning tabiiy iktisodiy sharoitiga to'g'ri kelish kelmasligini aniqlash kerak.
Butun territoriyani yaxlit devor bilan (balandligi 1,8 m) aylantirib, ferma atrofini kuklamzorlashtirish, sanitariya tekshirish (san-propusknik) punktnini jixozlash, kirish yo'llariga dezbarer ko'rish, ozuqa tsexlarini joylashtirish, ozuqa saqlash omborlarini ko'rish va boshqalar.
Fermalarning territoriyasini kamida 1,8 m balandlikda devor (taxta, plita, beton, gisht, paxsa) bilan uralib, 3-5 kator daraxtlar bilan ko'klamzorlashtiriladi. Daraxt ekilgan joylarda yoz paytlari ochik doylarda nisbatan xarorat 2-3 grudusga, xavodagi mikroorganizmlar soni 50-60% ga kamayadi.
Fermalarga kirish yo'llariga doimiy qilib usti yopiq dezobarer kilinadi, uning uzunligi 9 m, kengligi yo'l yoki darvoza kengligida va chuqurligi 30 sm gacha bo'ladi
Chorvachilik binolarini ko'rishda xarorat va namlik rejimini saqlash va ta'minlash hayvonlarning sog'ligini va ularning maxsuldorligini oshirish garovidir. Bino qismlarini (devor, Shift, Pol, ustini yopish) issiqlik saqlash xususiyati hayvonlarni normal xaroratdagi xavo bilan ta'minlaydi va organizmning issiqlik xolatini belgilaydi.
Bino to'siqlarining namlik rejimi xam katta axamiyatga ega. Chorvachilik binolarida to'siqlarni namlikdan saqlash ishlari kuzda tutilmaydi. Shuning uchun ular tomchi-suyuk va bug'simon namliklarni yutuvchi xisoblanadi.
Chorvachilik binolarida yuqori issiqlik-texnik sifatli konstruktsiyali to'siqlarni ishlatish gigiena va iktisodiy tomondan juda axamiyatlidir va u uzini to'lik oklaydi. Optimal xarorat va namlik rejimini saqlashda kurilishda sifatli issiqlik-texnik materiallarni ishlatish muxim rol uynaydi. .
Fermalar va alohida chorva binolari qurishda joy tanlashda zoovetmutaxassislar ishtirokida komissiya saylanadi. Joy tanlashda eng asosiysi bo'lib, fermani suv, elektroenergiya bilan ta'minlash, ozuqa keltirish va mahsulot chiqarish yo'llarini qulayligiga alohida e'tibor berilishi kerak. Binoni qurishda shu erning iqlim sharoitiga, hayvonlarni bosh soniga qaraladi. Tanlangan joy veterinariya - sanitariya jihatdan xavfsiz bo'lishi, tuproq tuzilishi quruq va yutuvchan bo'lishi, shamol esish yo'liga qaralishi kerak. Er osti suvi poydevordan kamida bir metr chuqurlikda bo'lishi kerak. Ferma territoriyasi tekis yoki sal qiya bo'lsa yomg'ir – qor suvlari yig'ilmasdan oqib ketadi. Bundan tashqari quyosh nurlariga qaratilishi, qum, qorlarni uchib kelishidan tusilishi hamda aholi yashaydigan joylarni pastki tomonida qurilishi kerak.
Ferma va yaylov o'rtasidan temir yo'l, katta tosh yo'llar, jarliklar, anhorlar o'tmasligi kerak. Ferma uchun joy tanlashda sanitariya oralig'iga e'tibor berilsin. Masalan: qoramolchilik, chuchqachilik, otchilik, qo'ychilik fermasi oralig'i kamida 150 m, parrandachilik 200 m, quyonchilik va mo'ynachilik 1500 m, ixtisoslashtirilgan sanoat komplekslari 1500 m, parradachilik fabrikalari – 1000 m. Sut va boshqa mahsulot xonalari – 1500 m, ozuqa omborxonalari – 300 m, mineral o'g'it va yadroximikatlar – 300 m va yo'llardan 300 m, biotermik chuqurlardan 1000 m va hokazo bo'lishi kerak. Ferma loyihalanganda va alohida binolar qurilganda texnika xavfsizligi yong'in va sanitariya qoidalariga zid bo'lmasa asosiy binolar poydevoriga va yoniga zich qilib qo'shimcha binolar qurilsa ancha yaxshi bo'ladi.
Qanday yo'nalishdagi qoramolchilik fermasi bo'lmasin, ularning xar birida ishlab chiqarishda foydalaniladigan va yordamchi binolar mavjud, ular ishlab chiqarish jarayonlari orqali bir butun, yaxlit tizimga Birlashgan. Korxona yopiq tsikl tizimida ishlaydi. Sigirlarni sog'ish uchun, suxostoy, solti suvay, bo'g'oz sigirlar uchun, tug'riqxona (tug'ishdan avval, tug'ish, tug'riqdan keyingi davrlar uchun, buzoqlar sektsiyalar ajratiladi), razdoy uchun aloxida binolar kerak bo'ladi. Bulardan tashqari sut sog'ish bloki yoki bo'limi, sigirlarni sun'iy qochirish uchun punkt, dezinfektsiya bloki bilan birga vet-sanitariya o'tkazgichi (propusknik), yuqumsiz kasalliklarga chalingan xayvonlarni davolash uchun stasionar, veterinariya shifoxonasi, maishiy, xizmat xonalari, go'ng saqlanadigan joy, suv tozalash inshootlari, suv oladigan, suvni tarmoqqa uzatadigan inshootlar, qozonxona, em xashak saroyi, omuxta em saqlash ombori, tarozixona va boshqa ob'ektlar bo'lishi ko'zda tutiladi.
Chorvachilik korxonasini binolarni ajratilgan er maydonida joylashtirish va arxitekturaviy rejasi echimi binolarni bir biriga mutanosib joylashtirish masalasini va epizootiyaga qarishi kurash masalasini o'zida mujassmlashtirish kerak.Shu sababga ko'ra chorvachilik korxonasi xududi 4 ta kichik xududga bo'linadi:
1. Ishlab chiqarish binolari
2. Yordamchi binolar,
3. Em xashak saqlash
4. Go'ng saqlash uchun mo'ljallangan xududlar
Bu xududlar bir biridan devor bilan ajratib o'rab olinishi kerak.
Parrandaxona qurish.
Parrandaxanada 2500 bosh tuxum tug'adigan naslli ona tovuqlar saqlanadi. Ularning tirik massasi 2,5 kg. dan. Parrandaxonaning ichki harorati +160S, tashqi harorat – 3,50 S, atmosfera bosimi 745 mm simob ustuniga teng. Nisbiy namlik 70%, ventilyasiya trubasining balandligi 4 m, parrandaxonada 2 dona eshik (o'lchami 2x3 m), 10 dona deraza (1,2x1,5m). Havo kirituvchi kanalning o'lchami (0,3 x 0,3 m), havo chiqaruvchi trubaning o'lchami (0,6 x 0,6 m), eshik va derazalar bir qavatli. 1 kg tirik vazn uchun 1,1-1,4 m2, demak 2,5 kg tovuqlar, shuning uchun 1 m3 ga 3,5 donadan tovuq to'g'ri keladi. 2500:3,5=714 m3 hajmli parrandaxona kerak bo'ladi. Shuning uchun parrandaxonaning o'lchamlarini uzunligi 30 m, eni 9,52 m, balandligi 2,5 m, deb olsak shunda kerakli hamdagi parrandaxona qurish mumkin. Parrandaxona Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qurilgan. Pishgan g'isht, taxta, shifti qamish, loy, chadoqli shifer qoplami.
Havodagi karbonat angdrid miqdoriga qarab bino havosining sun'iy ventilyasiyasini hisoblash.
Karbonat angidrid gazi: SO2 - rangsiz, hidsiz va achchiq ta'mli gazdir. Atmosferada 0,03-0,04% ya'ni 1 l havoda 0,3 - 0,4 ml bo'ladi. SO2 gazi asosan erdan, vulkanlar portlashidan, yonish prosessidan, oksidlanish va chirishdan, odamlar, hayvonlar va kechasi o'simliklar nafas olishidan paydo bo'ladi. SO2 ni ajralishi shuncha ko'p bo'lgan bilan, o'simliklarni yutishi natijasida atmosferada uning miqdori oshmaydi. Hayvon binolarida ventilyasiya yaxshi bo'lsa, me'yorda saqlansa, vaqtida tozalatib turilsa SO2 gazi atmosferadagi foizidan 2 barobar oshishi mumkin. Agar shu sharoitlar bo'lmasa 20-30 barobar oshib ketadi ya'ni 0,5-1% ga etadi.
SO2 gazi nafas olishda, markazni qitiqlashda katta fiziologik rol uynaydi. Ammo hayvon binolari havosida SO2 gazi ko'payib ketsa ularning sog'ligiga va mahsuldorligiga zarar etkazadi. Bunday vaqtlarda organizm harorati pasayadi, to'qimalarda kislota ko'payib natijada shish bo'ladi va suyaklarni emirilish hollari yuz beradi. Havoda to 0,5% gacha SO2 ko'paysa nafas olish tezlashadi. Agar 4 – 5% ga etsa shilliq pardalarni qitiqlaydi (verx.Dix.po'tyom), keyin esa nafas olish va puls tezlashadi, hayvonni sulishi, appetitni pasayishi va oriqlash hollari yuz beradi. SO2 gazi yana kupaysa kislorod etishmasligidan asfiksiya bo'ladi. Qishki paytlarda uzoqvaqt davomida hayvonlar 1% ortiq SO2 gazi bo'lgan havodan nafas olib borsa zaharlanadi. Hayvon binolarida SO2 gazini miqdori bo'lishi kerak 0,25 – 0,3%, sermahsul hayvonlar binosida esa 0,15 – 0,20% dan oshmasligi kerak.
Fermaning umumiy ko'rinish rejasi.
1 – Vetsanpropusknik 7 – suv ta'minoti
2 – hodimlarni dam olish xonasi 8 – so'yish punkti
3 – hojatxona 9 – inkubatoriya
4 – ozuqa tsexlari 10 – veterinariya davolash joyi
5 – parrandaxona 11 – go'ngxona
6 – ishlab chiqarish binosi
Chorvachilik binolari o'lchamlari va bino ichidagi mollar turadigan joylarning rejalashtirilishi, qo'shimcha binolar va ularning o'lchamlari.
Bino asosi. Chorvachilik kurilishlarining asosi bo'lib, tabiiy tuproq - er xisoblanadi. U mustaxkam, bir xil tarkibli, quruq emirilmaydigan bo'lishi va bino tagi chukishi 2-3 sm dan oshmasligi kerak.
Poydevor. Binoning er osti qismi bo'lib, uning xamma qismlarini kutaradi. Poydevor namlik, past xaroratlar ta'sirida emirilmaydi, mustaxkam va uzoq muddatga chidaydigan bo'lishi kerak.
Devor. Bu binolarning asosiy tusigi bo'lib, u bino ustini kutarib turadi. U molxonalarni tashqi muxit ta'sirlaridan saqlaydi, bino ichida xarorat va namlik rejimini hamda oynalar orqali tabiiy yoruglik bilan ta'minlaydi. Devor etarli darajada mustaxkam, yonginga chidamli, urtacha ogirlikda va arzonrok bo'lishi kerak.
Shift. Binolarning chordog'ini bino ichidan ajratadigan qismi bo'lib, ma'lum darajada molxonalarni issiq tutadi, xarorat va namlik rejimini normada saqlashga yordam beradi.
Pol. Chorva binolarining sanitariya-gigiena xolatini va mikro-iqlimini saqlash polning qaysi materialdan qilinganligiga ko'pincha bog'liq bo'ladi pollarni ko'rishda sanitariya-gigiena talablari bo'yicha juda mustaxkam, yaxlit, tekis, issiqlikni kam o'tkazadigan, namlikni yutmaydigan, dezinfektsiya qilishga qulay va dezinfektsiya dorilariga chidamli bo'lishi kerak.
Tom usti. Molxonalarni yomg'irdan va sovib yoki isib ketishdan tom saqlaydi. Tom usti suv o'tkazmaydigan, mustaxkam, engil, yong'inga xavfli bo'lmaydigan bo'lishi zarur.
Tashqi darvoza. Hayvonlarning kirish – chiqishiga, ozuqalarni kiritishga, go'ng chiqarishga, xizmat qiladi, shuningdek binolarda issiqlik saqlash uchun tashqi to'siq xam xisoblanadi. Chorvachilik binolari oynalar orqali tabiiy yoruglik va elektr chiroklari orqali sun'iy yorug'lik bilan ta'minlanadi.
Oyna. Oynasiz binolar oynali binolarga nisbatan ancha afzalliklarga ega: kurilish osonlashadi va arzonlashadi, ventilyasiya qilish osonlashadi.
Tabiiy ventilyasiya. Binolardagi hayvonning chikishi va tashkaridan kirishi, ichki va tashqi xaroratning farkiga, tashqi va ichki xavoning xajmini bir xil zichligiga hamda xavo xarakatining kuchi va yo'nalishiga bog'liq.
Mexanik ventilyasiyalar. Yirik chorvachilik binolarda va parrandachilik fabrikalarda o'rnatiladi. Chorvachilik kurilishlarida tabiiy ventilyasiyalar va mexanik ventilyasiyalar ishlatiladi. Tabiiy ventilyasiya xavosi molxonalarga kanallar orqali (teshik) kirib, ular devorning yuqori qismida, Shift tagida joylashtiriladi. Sigirlar, g'unajinlar, otlar hamda kuylar uchun kurilgan binolarda ko'pincha tabiiy qo'zg'atuvchi ventilyasiya sistemalari o'rnatiladi.
Xayvonlarni tarozida tortish joylarini, veterinariya –davolash yoki emlash joylarini kurish va jixozlashga bo'lgan talablar.
Chorvachilik qorxonalari va davlat veterinariya tarmog'idagi veterinariya – sanitariya binolari.
Hayvonlar o'liklarini yig'ib olish va ularni utilizasiya qilinishi
Chorvachilik qorxonalaridagi umumiy zoogigienik va veterinariya – sanitariya tadbirlari
Oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfektsiya, dezodorasiya, dezinsektsiya, deratizasiya
Chorvachilik qorxonalarida ishlovchi xodimlarning shaxsiy mexnat gigienasi
Veterinariya - sanitariya kuzatuv punkti - kompleks qurilma bo'lib, sanitariya va dezinfektsiya bo'limlariga bo'linadi. Veterinariya - sanitariya kuzatuv punkti chorvachilik fermasi va parranda fabrikalarida bo'lishi kerak. Avtotransportlarni zararsizlantirish ya'ni dezinfektsiya qilish uchun kirish darvozasida betonlangan dezobarer qilinadi; uzunligi kamida 9 m, eni darvoza kengligida va chuqurligi kamida 30 sm bo'ladi. Qish paytida eritmaning muzlab qolmasligi uchun ichidan par yoki issiq suv o'tib turadigan truba o'tkaziladi. Dezobarer ustiga soyabon qilinadi.
Sanitariya so'yish punkti - bu erda kasal mollar suyiladi, o'lganlari yoriladi va puchak qilinadi. Bu katta fermalarda va parrandaxonalarda quriladi. Unda suyish xonasi 15-20 m2 va 10 m2 lik vaqtincha go'shtni saqlash xonasi bo'ladi. O'TIL qilish bo'limida 15 m2 lik yorish va 20 m2 puchak qilish xonasi bo'ladi.
Hayvon o'liklarini zararsizlantirish - o'lgan hayvon o'liklari har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblar manbai hisoblanadi. Shuning uchun o'liklar kuyidagiusullar bilan zararsizlantiriladi. 1. Maxsus qabristonlarda zararsizlantirish - bu qabriston aholi yashaydigan punktlardan 1,5 km uzoklikda baland joylarga quriladi. 2. Ko'ydirish usuli – zooantroponoz kasalliklar uchragan paytda qullaniladi. 3. Chiqindi zavodlarida zararsizlantirish – hayvon o'liklari xo'jaliklardan maxsus avtomashinalarda olib kelinib, zavodda yuqori harorat va bosimda qayta ishlash natijasida ulardan hayvonlar uchun ozuqa - suyak uni, go'sht va suyak uni tayyorlanadi. 4. Bekker quduqlari yoki biotermik usul – bu quduqlar fermadan kamida 2 km uzoqlikda 10-12 m chuqurlikda qilinib diametri 3 m, devorlari suv o'tkazmaydigan materialdan qilinadi. Usti ikki qatorli qopqoq bilan yopilib, atrofi 2 metrlik devor bilan uraladi.
Dezinfektsiya - kasallik tarqatuvchi mikroblarga qarshi kurash chora tadbirlaridir. Bu profilaktik, majburiy va yakuniy turlarga bo'linadi. Dezinfektsiyadan oldin molxona mexanik tozalanadi. Agar yuqumli kasallik bilan kasallangan mol turgan bo'lsa 10-15 % lik ishqor bilan hullab, keyin ishga kirishiladi. Profilaktik dezinfektsiya ko'z va bahorda o'tkaziladi. Majburiy dezinfektsiya yuqumli kasalliklar tarqalganda har kuni to kasallik yo'qolguncha o'tkaziladi. Yakuniy dezinfektsiya xo'jalikdan karantin olib tashlansa qilinadi. Dezinfektsiya qilish uchun maxsus apparatlar DUK – maxsus mashina bo'lib 1000 l eritma oladi, VMOK – Koryakovning mexanizasiyalashgan vetpurkagichi, dush ustanovkalari va gidropultlar qo'llaniladi. Dezinfektsiya uchun har xil ximiyaviy moddalar ishlatiladi. Virus tarqatuvchi kasallik bo'lsa 3-5 % li kon va NaOH, formalin spora hosil qiluvchi mikroblarga qarshi, kuydirgi kasalligida 2-5 % li sulfat fenol kislota aralashmasi va mishyak karbol aralashmasi, 5 % li kreolin va tozalangan karbol kislotasi va boshqalar ishlatiladi.
Dezinsektsiya – hasharotlarga qarshi kurash choralaridir. Hashoratlarni o'ldirish uchun 1-3 % li xlorofos, neosidol, ektomin, karate va maxsus hid tarqatuvchi malhamlar ishlatiladi.
Deratizasiya – kemiruvchilarga qarshi kurash chora tadbirlaridir. Deratizasiya mexanik, biologik va kimyoviy usullarda o'tkaziladi. Mexanik deratizasiyada qopqonlar qo'llanilsa, biologik usulda faqat kemiruvchilarga xos bo'lgan mikroblar yuqtiriladi. Kimyoviy deratizasiyada esa – baktokumarin, zookumarin kabi maxsus moddalar ishlatiladi.
Davlat veterinariya xizmatining tashkiliy tuzilmalari. Respublikada qishloq va suv xo'jaligi vazirligi qoshidagi davlat bosh veterinariya boshqarmasi, viloyatlarda viloyat veterinariya bo'limi,tumanlarda veterinariya bo'limlari, uchastka veterinariya bo'limlari, zooveterinariya punktlari, tumanlar yoki tumanlararo veterinariya laboratoriyalari, bozorlarda veterinariya – sanitariya ekspertiza laboratoriyalari davlat veterinariya xizmatini amalga oshiradi.
Chorvachilik qorxonalarida yirik qoramolchilik, qo'ychilik, cho'chqachilik qorxonasida , yirik parrandachilik qorxonasida agar bosh soni 100 mingdan ko'p bo'lsa veterinariya laboratoriyalari qurilib berilishi kerak. Bu laboratoriya so'yish sanitariya punkti yonida joylashadi, diagnostik tekshirishlar, ozuqalarni sanitariya nazorati, profilaktik va davolash ishlari va veterinariya sanitariya nazorati ishlarini amalga oshiradi.
Xamma tipdagi chorvachilik qorxonalarida izolyator bo'lishi shart. Izolyatorda kasallangan va yuqumli kasallikbilan og'rigan deb gumon qilingan hayvonlar saqlanadi.
Karantin bo'limida yangi sotib olib keltirilgan hayvonlar 1 oylik muddatda ushlab turiladi.
So'yish sanitariya punkti majburan so'yish, o'liklarni yorib ko'rish va utilizasiya qilish uchun foydalaniladi.
Hayvonlar terisini yuvish, cho'miltirish binosi.
Chorvachilik qorxonasiga kirish joyidagi dezbarer, dezkovrik
Vetsanpropusknik.
Yig'ishtirib olinmagan xar qanday hayvonning o'ligi tuproq, xavo va suvni ifloslantirib zararlaydi, insonlar uchun xafvli bo'lgan infektsion kasalliklarni tarqatish manbasiga aylanadi. Yirik ch. qorxonalarida o'lgan hayvon murdasini tashish uchun metall yashiklar (2,5x2,0x1,0) tayyorlanadi. Hayvon murdalari kuydirilishi, biotermik chuqurlarga tashlanishi, util. zavodga yuborilishi, ko'milishi mumkin.
Chorvachilik qorxonalaridagi umumiy zoogigienik va veterinariya-sanitariya chora tadbirlari. Chorvachilik qorxonalarida kasalliklarni kelib chiqishini oldini oladigan insonlar va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan kasalliklarni odamlarga yuqishidan saqlaydigan, yuqori sifatli chorvachilik maxsulotlari olishga qaratilgan chora tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutiladi. Yuqori sanitariya madaniyati bu-chorvachilik qorxonalari loyixalash, qurilish va ekspluatasiya qilinishida,texnologik uskunalarni ishlatishda,sut sog'ish apparatlaridan, idishlar va transportdan foydalanishda veterinariya sanitariya talablarining bajarilishidir.
Xayvonlarni kasal bo'lmasligi uchun ularni saqlash va parvarishlash, oziqlantirishning zogigienik normativlariga, texnologik normalariga amal qilinishi shart, binolarda tegishlicha mikroiqlim saqlanib, xududning sanitariya tozaligi saqlanishi shart.Ozuqalar, em xashaklar muntazam sifati bo'yicha, xayvonlarni oziqlantirilishi ularning fiziologik, maxsulot ishlab chiqarish extiyojlariga muvoq kelayotganligi nazorat qilinadi. Xayvonlarga edirish uchun faqat sifatli ozuqalar ishlatiladi, mog'orlagan, achigan, sasigan, tuproq aralashgan, qizigan, rangi o'zgargan ozuqalar berilishi ta'qiqlanadi. Oxurlar, ozuqalantirish maydonchalari, ozuqa tarqatgichlar, sug'orgichlar muntazam toza xolda saqlanadi.Xar kuni ozuqa qoldiqlaridan tozalanib, kerak bo'lsa toza suv bilan yuviladi.
Bir oyda kamida bir marotaba fermada muntazam tozalikni saqlash uchun sanitariya kuni o'tkaziladi. Bu kunda xamma binolar, xudud, binolar atrofi mexanik tozalanadi, natijada ozuqa qoldiqlari , go'ng, axlat, siydik bilan ifloslangan tuproqning ustki qatlamida to'planib qolgan mikroorganizmlardan xalos bo'linadi. Oxurlar, ozuqa vaqtincha saqlanib turiladigan maydonchalar, sug'rogichlar, suv idishlari tozalanadi. Poldagi chuqurchalar, devorlardagi, shiftlardagi yoriqlar suvab tekislanadi, qaynoq suv, kul eritmasi bilan yuviladi, oxak eritmasi bilan xam oqlanadi, xam dezinfektsiya qilinadi. Jami go'ng ferma territoriyasidlan go'ng saqlanadigan joyga tashib olib chiqib ketiladi.
Yoz paytlarida va qish vaqtlarida isitiladigan binolarda xayvonlarning kuchli ifloslangan joylari yuviladi, quruq latta bilan artiladi. Ayniqsa sut sog'ish zallari, sut saqlanadigan, sovitiladigan zallarga , sun'iy qochirish punktlari joylashgan binolarga ko'proq e'tibor beriladi va bu binolarda ideal tozalik bo'lishiga erishiladi. Yoz mavsumida pashsha, so'na va boshqa xashorotlarni ko'payishiga yo'l qo'ymaslik uchun dezinsektsiya tadbirlari muntazam o'tkaziladi. Maboda sichqon va kalamushlar paydo bo'lsa ularni qirib yo'qotish choralari ko'riladi.
Texnologik tsiklga muvofiq barcha binolar "yoki xammasi band, yoki xammasi bo'sh" printsipm asosida ishlatiladi. Bir texnologik jarayon tugagandan so'ng bo'shagan bino tozalanadi va dezinfektsiya qilinadi. Bino kamida 3-5 kun o'tgach keyingi partiya xayvonlari bilan to'ldiriladi.
SO2 gazi bo'yicha sun'iy ventilyasiyani hisoblash qo'yidagi formulada aniqlanadi.
Lm3 = bir soatda almashinadigan ventilyasiya havosini miqdori, m3/s
K = molxonadagi jami hayvonlar tomonidan bir soatda ajratilgan SO2 gazining miqdori (l/s). Qiymati hayvonlarni tirik vazni va mahsuldorligiga qarab jadvaldan olinadi. (9 - jadval).
S1 = 1 m3 molxona havosidagi SO2 gazining miqdori, 2,5 l. ga teng.
S2 = 1m3 atmosfera havosidagi SO2 gazining normasi, 0,3 l. ga teng.
Ventilyasiya havosini hajmini hisoblash paytida hayvonlarning, turi, tirik og'irligi, mahsuldorligi va yoshi e'tiborga olinadi. Agar bu ko'rsatkichlar jadvalga to'g'ri kelmasa interpolyasiya formulasidan foydalaniladi.
Hisoblash:
K = ni topish.
a) 1 bosh 2,5 kg.lik tovuq 1 soatda 2 l SO2 ajratadi.
Jami: 2500 ∙ 2 = 5000 l/s ajratadi.
K = 5000 l/s
S1 = 2,5 l/s,
S2 = 0,3 l/s
Hisoblash tartibi.
1. Bir soatda almashadigan ventilyasiya havosining hajmi topiladi.
2. Bir soatda 1 bosh hayvonga to'g'ri keladigan toza havo miqdori aniqlanadi. L m3 : p (hayvonlar bosh soni )
L m3 : p = 2273:2500=0,9
3. Bir soatda havoning almashinish soni topiladi.
L m3 : A m3 ( 30 m x 9,52 m x 2,5 m )
L m3 : A m3 = 2273:714 = 3,2
4. Havo chikaruvchi trubalarning umumiy yuzasi topiladi.
V - ventilyasiya trubalari ichidagi havoning harakat tezligi, qiymati ichki va tashqi xaroratlar farqi va ventilyasiya trubasining balandligiga qarab ( 6 – jadvaldan ) topiladi.
t - 1 soatning sekunddagi ifodasi ya'ni 3600 sekund
5. Havo chiqaruvchi ventilyasiya trubalarining soni topiladi. Buning uchun ventilyasiya trubalarining umumiy yuzasi bir dona ventilyasiya trubasining yuzasiga (0,6x0,6) bo'linadi.
X : 0 = 0,51 m2 : 0,36 m2 =1,4 yoki 2 dona
6. Havo kirituvchi kanallarning umumiy yuzasi topiladi. Bu havo chiqaruvchi ventilyasiya trubalar yuzasining 70 - 90 % iga to'g'ri keladi.
X = X1 ( 70 - 90 % ) ya'ni
0,51 m2 - 100%
X1 - 90%
7. Havo kirituvchi kanallarning soni topiladi. Buning uchun havo kirituvchi kanallarning umumiy yuzasi bir dona kirituvchi kanalning yuzasiga (0,15x0,15) bo'linadi.
X1 = 01
X1 = 0,46 m2 01 = 0,0225 m2
X1 : 01 = 0,46 m2 : 0,0225 m2 = 20 dona.
Chorvachilik binosining sun'iy ventiyasiyasini namlik bilan hisoblash.
Hayvon binolari havosidagi namlik. Atmosfera havosi namligiga qaraganda ko'p bo'ladi, qarib 10 – 15% ga. Bino havosidagi namlik esa poldan, oxurdan, avtosug'orgich va boshqalardan o'tadi. Umumiy namlikni ko'p qismi qarib, to 75% i hayvon terisidan, og'iz bushlig'idan va nafas olish havosidan ajraladi.
Mutloq namlik yuqoriga qarab shiftga qarab ortadi, nisbiy namlik esa polga qarab ortadi. Defisit tuyinganlik havo haroratini ortishiga qarab o'sadi. Defisit tuyinganlik o'sishi bilan bug'lanish tezlashadi. Hayvon binolarida defisit tuyinganlik 0,4 – 4,5 g/m3 bo'lishi kerak. Mutloq namlik va shudring nuqtasini yuqori bo'lishi va havo haroratini past bo'lishi natijasida suv bug'lari mayda tuman tomchilariga o'tadi. Havodagi suv bug'lari hayvon organizmidagi issiqlikni boshqarilishiga va issiqlikni berishga ta'sir qiladi ya'ni tanadan namlikni ajralishi harorat, namlik, havoning harakati va hayvonning holatiga bog'liq. Nisbiy namlikning ko'payishi (85 % dan yuqori) organizmga yomon ta'sir qiladi.
Havoda namlikni ortishi va suv bug'lariga tuyinishi issiqlikni ajralishini qiyinlashtiradi. Hayvonlarni issiq va zax binoda saqlansa ularda modda almashish tormozlanadi, ishtaxasi pasayadi, loxas bo'ladi, mahsuldorligi va yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamliligi pasayadi. Nam havoning issiqlik yutuvchanligi quruq havoga nisbatan 10 barobar ortiq bo'ladi. Shu nam havo hayvon terisidagi issiqlikni o'ziga tortib oladi, organizmni sovitadi va shamollash kasalligi duchor bo'ladi. Kuzda, qish va erta bahorda hayvonlar sovuq va zax binolarda saqlansa rinit, bronxit, o'pka shamollash, sigirlar mastiti , yoshlarda ichak – qorin kasalliklari, muskul revmatizmi va boshqa kasallarga chalinadi.
Namlik bo'yicha su'niy ventilyasiya qo'yidagi formula bilan hisoblanadi.
L m3/c - bir soatda almashadigan ventilyasiya havosi hajmi, m3/c
Q - molxonadagi jami hayvonlar tomonidan 1 soatda ajratilayotgan namlik miqdori (g/s). Qiymati hayvonlarning tirik vazni va maxsuldorligiga qarab jadvaldan olinadi. (9 jadval)
10(25)% - poldan kutarilayotgan qo'shimcha namlik, cho'chqalar uchun 25% boshqa hayvonlar uchun 10%. Qiymati jami hayvonlar tomonidan 1 soatda ajratilayotgan namlikning 10 (25) % iga to'g'ri keladi.
q1 - nisbiy namlikni normada saqlash uchun zarur bo'lgan mutloq namlik. Qiymati molxonaning ichki harorati va nisbiy namligiga qarab maksimal namlik jadvali (1 jadval) bo'yicha aniqlanadi.
q2 - tashqi atmasfera havosining mutloq namligi. Qiymati qish oylarini mutloq namligini o'rtacha ko'rsatgichiga teng bo'lib jadvaldan olinadi. (12 jadval)
Hisoblash:
Q = ni ya'ni - 1 soatda molxonadagi jami hayvonlar tomonidan ajratilgan namlikni topish.
a) 1 bosh 2,5 kg. lik tovuq 1 soatda 5,8 g/s namlik ajratadi.
Jami: 2500 ∙5,8 = 14500 g/s ajratadi.
Q = 14500 g/s namlik ajratgan.
10 % - ni ya'ni poldan ko'tarilayotgan qo'shimcha namlikni topish.
14500 g/s - 100%
X - 10%
q1 -ni ya'ni molxona ichidagi mutloq namlikni topish.
maksimal namlik +160sda - 13,54 g/m3 ga teng,
nisbiy namlik esa - 70%.
13,54 g/m3 - 100%
q1 - 70%
q2 - ni ya'ni tashqi atmosfera havosining mutloq namligini topish.
Andijon viloyati = 3,24
Hisoblash tartibi.
1. Bir soatda almashinadigan ventilyasiya havosining hajmi topiladi.
2. Bir soatda 1 bosh hayvonga tug'ri keladigan toza havo miqdori aniqlanadi. L m3 : p (hayvonlar bosh soni )
L m3 : p = 2548 m3 : 2500 = 1,02 m3
3. Bir soatda havoning almashinish soni topiladi. Buning uchun 1 soatda almashinadigan ventilyasiya havosining hajmi molxonaning hajmiga bo'linadi.
L m3 : Am3 (molxonaning hajmi)
L m3 : Am3 = 2548 : (30 ∙ 9,5 ∙ 2,5) = 2548 m 3 ∙ 714 m 3 = 3,6 marta
4. Havo chiqaruvchi ventilyasiya trubalarining umumiy kundalang kesim yuzasi topiladi.
5. Havo chiqaruvchi trubalarning soni topiladi. buning uchun havo chiqaruvchi trubalarning umumiy yuzasi bir dona trubaning (0,6x0,6) yuzasiga bo'linadi.
X : 0 X : o = 0,58 m2 : 0,36 m2 = 1,6 yoki 2 dona.
6. Havo kirituvchi kanallarning umumiy yuzasi topiladi. Bu chiqaruvchi ventilyasiya trubalar umumiy yuzasining 70 - 90 % iga to'g'ri keladi.
X = X1 ( 70 - 90 % )
0,58 m2 - 100%
X1 - 90%
7. Havo kirituvchi kanallarning sonini topish. Buning uchun umumiy yuzasi bir dona kirituvchi kanalning (0,0225x0,0225) yuzasiga bo'linadi.
X1 = 01
X1 = 0,52 m2 01 = 0,0225 m2
X1 = 01 = 0,52 m2 : 0,0225 m2 = 23 dona
Xavoning eng sovuq paytlarida (yanvar oyi uchun) bino ichidagi issiqlik balansini xisoblash, binolarning issiqlik balansi manfiy bo'lgan xolatda ko'riladigan qo'shimcha choralar.
Chorvachilik binolaridagi issiqlik balansini hisoblash.
Molxonalarda normal harorat va namlik rejimini saqlash uchun issiqlik balansi isitilmaydigan molxonalar uchun qish mavsumida qo'yidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
QJ = ∆t · (L · 0,24 + ( K F ) + wb
QJ - molxonadagi jami hayvonlar tomonidan 1 soatda ajratilayotgan erkin issiqlik miqdori kkal/s. Hayvonlarni tirik massasi va mahsuldorligi bo'yicha jadvaldan topiladi. (9 jadval)
∆t = ichki va tashqi haroratlar farqi.
L = 1 soatda almashadigan ventilyasiya havosining miqdori, kg
0,24 = 1 kg havoni 10S ga isitish uchun sarflanadigan issiqlik, kkal
F = tusiqlarning yuzasi, m2
K = tusiqlarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsenti, qurilish materiallarining turiga qarab (110 - 111 betlar, 10 - 11 jadval) olinadi.
( = Tusiqlarning umumiy issiqlik o'tkazuvchanligi, qiymati K x F ga tengdir
Wb = poldan kutarilayotgan qo'shimcha namlikni isitish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori, kkal.1gr. namlikni 10S ga isitish uchun 0,595 kkal issiqlik sarflanadi.
Issiqlik balansi qo'yidagi tartibda aniqlanadi:
I. Hosil bo'layotgan issiqlik.
QJ - topiladi. QJ = molxonadagi jami hayvonlar tomonidan 1 soatda ajratilayotgan erkin issiqlik miqdori hayvonlarning tirik vazni va mahsuldorligi bo'yicha jadvaldan topiladi. (9 jadval)
II. Sarflanayotgan issiqlik topiladi.
1. Qvent = ∆t ∙ (L ∙ 0,24) = ventilasiya havosini isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
2. Qto's = ∆t ∙ (( K F) = molxonadagi tusiqlarni isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
3. Qnam = wb ∙ 0,595 = poldan kutarilgan qushimcha namlikni isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
4. Hosil bo'layotgan va sarflanayotgan issiqlik orasidagi farq topiladi.
5. Molxonadagi nulevoy balans aniqlanadi.
6. Molxonaning ichki harorati aniqlanadi.
7. Molxonadagi nisbiy namlik topiladi.
Misol. Namlik bo'yicha sun'iy ventilasiyani hisoblash mavzusida ishlangan misol miteriallaridan foydalanamiz.
I. Hosil bo'layotgan issiqlik topiladi.
QJ = ni topish
a) 1 bosh 2,5 kg. lik tovuq 1 soatda 7,9 g/s issiqlik ajratadi.
Jami: 2500 ∙ 7,9 = 19750 kkal/s
QJ = 19750 kkal/s
II. Sarflanayotgan issiqlik miqdori topiladi:
1) Qvent = ∆t ∙ (L ∙ 0,24) = ventilasiya havosini isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
∆t = ichki va tashqi haroratlar farqi +160S - ( - 3,50 S) = 19,50=200
L m3 = 2548 m3/c
1m3 havo – 3,50 S, 745 mm simob ustunida - 1,286 kg og'irlikka ega.
Shuning uchun 2548 m3 ∙ 1,286 kg = 3276 kg. ga teng bo'ladi. Shu havoni 10S ga isitish uchun 3276 kg ∙ 0,24 kkal = 786,4 kkal issiqlik sarflanadi. So'ngra jami havo miqdori haroratlar farqigacha isitiladi ya'ni 786,4 kkal ∙ 20 = 15728 kkal issiqlik ventilyasiya havosini isitish uchun sarflanar ekan.
Qvent = ∆t ∙ (Lx0,24) = 20 ∙ (2548 ∙ 0,24) = 20 ∙ 786,4 = 15728 kkal/s sarflanadi.
2) Qto's = ∆t∙(( K F) = molxonadagi tusiqlarni isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi. Buning uchun binodagi tusiqlarning yuzasi aniqlanadi.
a) Polning yuzasi X = 30 ∙ 9,5 = 285 m2
b) Shift X = 30 ∙ 9,5 = 285 m2
v) deraza X = (1,2 ∙ 1,5) ∙ 10 = 1,8 ∙ 10 = 18 m2
g) eshik X = ( 2 ∙ 3) ∙ 2 = 6 ∙ 2 = 12 m2
D) umumiy devor X um = (30 ∙ 2 + 9,5 ∙ 2) ∙ 2,5 = 197,5 m2
Sof devor yuzasi Xsof devor = Xumum - (Xe - xD) = 197,5 m2 – (18 m2 + 12 m2) = 197,5 – 30 = 167,5 m2
Tusiqning
nomi
Tusiqning
yuzasi, m2
Tusiqning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffisienti, K
Tusiqning umumiy
issiqlik
o'tkazuvchanligi, (
Pol
285
0,04
10,32
Shift
285
0,39
111,15
Deraza
18
5
90
Eshik
12
4
48
Sof devor
167,5
0,70
117,25
13 %
-
-
33,2
Hammasi
-
-
409,9
O'zbekiston sharoitida qishning sovuq paytlarida eshik, deraza va sof devorning issiqlik o'tkazuvchanligi 13% ga ko'payadi.
255,25 kkal/s - 100%
X - 13%
Shunday qilib, jami tusiqlarni issiqlik o'tkazuvchanligi 13% bilan birgalikda 10,32 + 111,15 + 255,25 + 33,2 = 409,9 kkal/s. ga tengdir.
Molxonadagi jami tusiqlarni isitish uchun qo'yidagi miqdorda issiqlik sarflanadi. Qto's = ∆t ∙ (( K F) = 20 ∙ 409,9 = 8198 kkal/s.
3. Qnam = wb ∙ 0,595 = poldan kutarilgan qushimcha namlikni isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
Poldan kutarilayotgan qo'shimcha namlik - 10 % = 1450 g/soatga teng
Qnam = wb ∙ 0,595 = 1450 g/s ∙ 0,595 = 862,8 kkal/s issiqlik sarflangan.
4. Hosil bo'layotgan va sarflanayotgan issiqlik orasidagi farq topiladi. Bu farq zoogigienik me'yorda 10 % dan oshmasligi kerak.
Dq = Qj - (Qvent + Qto's + Qnam) = 19750 - (15728 + 8198 +862,8 ) =
= 19750 – 24788,8 = - 5038,8 kkal/soat.
5. Molxonadagi nulevoy balans aniqlanadi. Bunda qo'yidagi formuladan foydalaniladi.
ºC
6. Molxonaning ichki harorati aniqlanadi.
Tichki0s =∆tnul0 - Ttashqi0 = 15,80 S – 3,50 S = 12,30 S.
Demak molxonaning ichki harorati +160S emas. balkim +12,30 S ga teng ekan. Bu paytda binodagi nisbiy namlik biroz ko'payib ketadi.
7. Molxonadagi nisbiy namlik qo'yidagicha topiladi.
Normativ bo'yicha nisbiy namlik 70 %dan oshmasligi kerak.
Xulosa.
Biz bajarayotgan misolimizda issiqlik balansi manfiy bo'lib, defisit issiqlik – 5038,8 kkal/soatga teng keldi. Shuning uchun etishmaydigan issiqlikni ta'minlash maqsadida molxonada utkaziladigan choralarni ayting. Ba'zi holatlarda kaloriferdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Masalan: 1 kVt elektr energiyasi 860 kkal issiqlik beradi. Shunga asosan defisit issiqlikni qoplash uchun 5038,8 : 860 = 5,86 kVt/s energiya sarflash talab qilinadi.
Biz quvvati 3 kVt/soatlik 2 dona kalorifer o'rnatishimiz zarur ekan. Shu paytda molxona ichidagi harorat va namlikni me'yorida saqlashimiz mumkin.
Go'ngxonalarning qurilishi va ulardan foydalanish yo'llari.
Go'ng – kimmatli organik o'g'it bo'lib, tarkibida hayvonlarning tezagi, tushamalar, siydik va suv bo'ladi go'ngni tarkibi va sifati hayvonlarni turiga, ozuqa, tushama, yigishtirish usuli va uni saqlashga bog'liq. Hayvonlarni saqlash va go'ngini yigishtirish sistemasiga karab go'nglar kattik, suyultirilgan va suyuk bo'ladi. Qattiq go'ngni namligi 70-75%, yarim suyuq 80-90%, suyultirilgani 90-95%, suyug'iniki 95-98% bo'ladi. Molxona iqlimini ifloslantirmaslik uchun go'ng va siydiklar tez-tez tozalanib turilishi zarur. Mollarni go'ngini tozalash og'ir ishlar qatoriga kirib, har xil usullardan foydalaniladi. Kichik fermalarda vagonchalar yordamida gungxonagacha olib boriladi. Keyingi yillarda go'ngni transportyorlar yordamida chiqarish keng joriy qilindi. Bular molxona polidan past qilib siydik ariqchasi o'rnatiladi. Bunda sudraluvchi (TS-1, TSN-2, TSN-3, AO, TSN-9, ob) va shtangali transporterlar (TSH-30-A, TSHPN-4, SHTU va boshqalar) ishlatilib molxonadan tashqariga chiqariladi va transport vositalari bilan olib ketiladi. Pnevmatik usulda ham go'nglar chiqariladi. To'shamasiz va suyultirilgan go'ng transportyorlar yordamida yig'uvchi qozonga keltiriladi, keyin kompressor yordamida 4 - 5 ATM. bosimda o'tkazuvchi trubalar orqali go'ngxonalarga etkiziladi. Yoriq polli molxonalarda go'ng yoriqlar orqali Pol tagidagi chuqurlarga tushadi va yil davomida 1-2 marta tozalanadi. Qalin almashtirilmaydigan to'shamali molxonalardan gung yiliga 1-2 marta bo'ldozer DT-54 yordamida chiqariladi. Bundan tashqari molxonalardagi go'nglar suv bilan ham tozalandi. To'g'ridan-to'g'ri yuvish, ariqchalarga yig'ish, ariqchalarni yuvish va o'zicha oqish usullaridan foydalaniladi. Suyuq go'nglarni zararsizlantirishda aholi yashash joylaridan uzokroq joy tanlanadi va 6-8 oy, cho'chqaniki esa 12-14 oy saqlanadi. Go'ng formaldegid yordamida yoki +130°S gacha isitish yo'li bilan zarasizlantiriladi. Go'nglarni 2 xil usulda aerob va anaerob usulda saqlanadi. Anaerob sovuq usul - bu usulda go'ng yaxshilab uyulada va doimo nam saqlanadi. Anaerob bakteriyalar ta'sirida achish jarayoni borib, go'ngni harorati +250 - 30°S ga etadi. Ikkinchi issiq usulda avvalo go'ng 70 – 90 sm qalinlikda tashlanib 4 - 7 kun saqlanadi. Bunda aerob bakteriyalar ishtirokida kuchli achish jarayoni bo'lib harorati +600 - 70°S ga ko'tariladi. Natijada ko'pgina mikroblar, gelmintlarni tuxumi nobud bo'ladi. 5-7 kundan keyin go'ng uyulib, zichlanadi va havo kirish to'xtaydi. Bu usulda ko'pgina quruq moddalar yo'qolsada, gungni sanitariya tomonidan sifati yaxshilanadi.
Go'ngni hisoblash va go'ngxona qurish.
Fermadan chiqayotgan go'ngni 2 xil: Limmerman va Pereturin usuli bilan hisoblanadi.
Limmerman usulida hisob quyidagi formuladan foydalanib bajariladi.
XE
X – 1 tonna vazndagi hayvonlarning bir sutkada ajratgan tezagi, kg
– 1 tonna vazndagi hayvon bir sutkada 24 kg quruq ozuqa bilan ovqatlansa, shundan 50 % i tezak bo'lib chiqadi (ya'ni 2 ga bo'lamiz), kg
n – 1 tonna tirik vazndagihayvonlarga solinadigan to'shama miqdori, kg
4 – koeffisient
1 m3 hajmdagi go'ngning og'irligi har xil bo'lishiga ham e'tibor berishimiz kerak: yangi go'ng 300-400 kg, zichlangan go'ng – 700 kg, yarim chirigan go'ng – 800 kg, to'liq chirigan go'ng – 900 kg bo'ladi.
Hisoblash:
Tovuqlar 2500 ∙ 2,5 = 6250 ya'ni 6,25 tonna
1.
1 tonna tirik vazndagi hayvonlar 1 sutkada 60 kg tezak ajratadi. 60 kg – 0,06 tonna bo'ladi.
2. Demak, bizning hayvonlar jami 6,25 ∙ 0,06 = 0,375 sutkasiga 0,375 kg go'ng ajratadi.
3. Bir yilda esa jami hayvonlar
0,375 ∙ 365 = 136,9 shuncha go'ng ajratadi.
4. 1 m3 hajmdagi go'ngning og'irligi har xil bo'lishiga ham e'tibor berishimiz kerak: yangi go'ng 300-400 kg, zichlangan go'ng – 700 kg, yarim chirigan go'ng – 800 kg, to'liq chirigan go'ng – 900 kg bo'ladi.
Agar go'ng yangi go'ng bo'lsa, 1 m3 – 400 kg li bo'ladi.
1 m3 – 400 kg yoki 0,4 t
x – 136,9
Go'ng saqlanadigan chuqurlikning o'lchovlarini go'ng miqdoriga qarab istalgancha olishimiz mumkin.
Go'ngxona chuqurligi 1 m, tag qismi eni 4 m, ustki qismi eni 5 m go'ngning balandligi ustki enining yarmidan oshib ketmasligi kerak. Go'ngxona go'ngi bilan ikkita geometrik shaklga, ya'ni trapesiyaga va usti esa uchburchakga o'xshaydi.
5. Trapesiyaning yuzini topamiz.
6. Uchburchakning yuzini topamiz.
Demak, umumiy yuza 4,5 + 5 = 9,5
7. 342,3 m3 hajmli go'ng uchun go'ngxonaning uzunligini topamiz.
342,3 : 9,5 = 36
18 metrlik 2 ta go'ngxona quramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |