Shaxsiy xususiyatlaringizni bilasizmi Savollarga "Ha" yoki «Yo’q» deb javob bering



Download 224 Kb.
bet1/8
Sana26.04.2022
Hajmi224 Kb.
#581733
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shaxs xususiyatl aniqlash testi


Shaxsiy xususiyatlaringizni bilasizmi???
Savollarga "Ha” yoki «Yo’q» deb javob bering.
1. Yolg'on gapirishingiz mumkinmi? O'z nuqsonlaringizga ko'nikasizmi? O'z fikringizni oson o'zgartirasizmi?
2. O'zingiz haqingizda gapirishni yoqtirasizmi? Notanish davrada uzingizni erkin his etasizmi? Odamlarga ishonchingiz bormi?
3. Sizni maqtashlarini yoqtirasizmi? O'zingizdan xursandmisiz? Boshqalarning- kamchiligi haqida tez-tez gapirib turasizmi?
4. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazasizmi? Maqsadga erishishda qat'iyatlimisiz ? Ishda jonbozlik ko'rsatasizmi?
Test natijalarini baholash usuli. Xar bir guruh javoblarini aloxida tahlil qiling. Agar ijobiy javoblar ortiq bo'lsa, «ha» 1 ball qo'ying; kam bulsa «yo'q» 0 qo'ying. 4 ta guruh savollari uchun 4 ta sondan iborat javoblar qatori xosil bo'ladi. Javob bera turib, o'zingizni aldamaslikka harakat qiling. Shunda shaxsiy sifatlaringiz qanaqaligini bilib olasiz. Ehtimol siz uchun nimadir kutilmagan bo'lib chiqadi.
Demak siz: 1111 — serharakat, muloqotga kirishuvchan, ammo o'zini yaxshi ko'radigan va o'zgaruvchan;
1000 — e'tiqodsiz, ko'ngli ochiq emas, faolligi sust, o'ziga talabchan emas;
1001 — dangasa, odamovi, o'ziga bino qo'ygan.
1011- kamgap, o'zini yaxshi ko'ruvchi, e'tiqodi kuchli, faol.
0111 — shaxsiy qadriyatli, ishchan, odamlar bilan tez kirishadigan, ammo dimog'dor;
0110 — rostgo'y, qat'iyatli, mehribon;
0100 — tarbiyali,ayyor emas, barqaror, ammo faol emas;
0000 - sust, indamas, o'z oldiga aniq maqsad qo'yib, unga erishishga qodir emas;
1010 - faollikka intiladi, ammo hayotda muvaffaqiyatga erishishga kamsuqumlik, tortinchoqlik va erinchoqli halal beradi;
1110 — mehnatkash, ammo kurashda boshqalarga o'z o'rnini osongina berib qo'yadigan, ayyorlikni bilmaydi;
1100 — to'griso'z, kamsuqum, maqsadga erishishda haqqoniy. E'tiqodlari beqaror, ba'zan qarama-qarshi e'tiqodlari mavjud bo'ladi;
0001 — rostgo'y, ammo o'ta indamas, hayotini o'ziga ishonchsizlik va inertlik (o'z-o'ziga qo'yib berish) holati buzib turadi;
0011- ayyor va yolg'onchi, maqsadga erishishda irodali , tolmas;
0101-- yengil tabiat, sodda, dangasa va o'zini yaxshi ko'ruvchi (omadsizlikning mumtoz to'plami)
0010- qat'iyatli, mehnatkash, ammo juda indamas;


Odamlarga ishonasizmi???
Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natija-chi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur yetadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadi-yu, amalda boshqacha ish yuritishadi. Shu rostmi?


a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
b) Bo‘lib turadi (1 ball)
v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)
2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:
a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
v) Menga bu ishi yoqmasa-da, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)
3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsa-da, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?
a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Haqiqat baribir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)
4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?
a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
b) Har doim ham emas (1 ball)
v) Yo‘q, menga hech kim xalal bermasa deyman (2 ball)
5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?
a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)
6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.
a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)
7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?
a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)
8. Agar kimnidir tanqid qilsangiz-u, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:
a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)
9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?
a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)
10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi-yu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:
a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR:

0—6 ball. Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.

7—14 ball. Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.

15—20 ball. Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.

Siz janjalkashmisiz???


Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladi-yu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi. 

1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz:


a) janjalga aralashmaysiz (4 ball)
b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball)
v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball)

2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi?


a) yo‘q (4 ball)
b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball)
v) hamisha tanqid qilaman (1 ball)

3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi?


a) agar boshqalar ham meni qo‘llab-quvvatlasa, ha (4 ball)
b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball)
v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball)

4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi?


a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa, shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball)
b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball)
v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball)

5. Navbatda turibsiz-u, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz?


a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball)
b) ensam qotadi-yu, dardimni ichimga yutaman (2 ball)
v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball)

6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinayapti. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz?


a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball)
b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball)
v) tanqid qilaman (1 ball)

7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradi-yu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz?


a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldi-da! Maqtayman (4 ball)
b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball)
v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball)

8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz?


a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball)
b) ularga tanbeh beraman (2 ball)
v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball)

9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz:


a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball)
b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball)
v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball)

10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi?


a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball)
b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball)
v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball)

11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoingizni tan olarmidingiz?


a) yo‘q (4 ball)
b) albatta tan olaman (2 ball)
v) agar xatoimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball)

NATIJALAR:

30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz.

15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadi-yu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi.

10 dan 14 ballgacha. Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangiz-da, o‘z fikringizda turaverasiz.
Siz ishbilarmonmisiz???
Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo’ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha” yoki "Yo’q” tarzida javob bering. 

1. Boshlagan ishingizni har qanday to’siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?

2. Qabul qilgan fikringizda qat’iy turasizmi yoki sizni fikringizdan qaytarish osonmi?

3. Mas’uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko’rasizmi?

4. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?

5. Hech qanday rag’batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?

6. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko’rasizmi?

7. Qilayotgan ishingizning to’g’riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?

8. Birovlarning fikri va g’oyalarini tez ilg’ab olasizmi?

9. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?

10. Amaldagi soliq tizimi, hisob – kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?

11. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?

12. Marketing va moliya sohasida boshlang’ich ma’lumotlaringiz bormi?

13. Mamlakatda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?

14. Ijaraga olish uchun biror binoni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?

15. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o’zingizni moddiy ta’minlab turish imkoniyatingiz bormi?

16. Qarindoshlaringiz, do’stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko’ndira olasizmi?

17. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta’minotchi bormi?

18. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko’z ostingizga olib qo’yganmisiz?

"Yo’q” javobi ko’p bo’lsa


Tadbirkorlik sizga yot. Siz orzular va g’oyalarga boysiz. Ularning ko’pi olamshumul ahamiyatga ega. Ammo ish bularni amalga oshirishga kelganda…Yo’q-yo’q, sizga tinchgina hayol surib yotish qulay.

"Ha” va "Yo’q” javoblari teng bo’lsa


Siz tadbrikor bo’lishingiz mumkin – faqat birov bunga judayam-judayam undasa. O’zingizcha bunga intilmaysiz.qulay vaziyat, yetarlicha mablag’ va yaqinlaringiz da’vatigina sizni yaxshi tadbirkorga aylantiradi. Ish boshlashdan avval o’sha sohani yaxshi o’rganib chiqib, atrofingizga mutaxassislarni yeg’a olsangiz bo’ldi.

"Ha” javobi ko’p bo’lsa


Siz tadbirkorlik uchun zarur barcha xislatlarga egasiz. Maqsad yo’lidan og’ishmasligingiz, muvavvaqqiyatga ishonchingiz va g’ayratingiz har qanday g’oyani ro’yobga chiqarishga imkon beradi.

Siz kapitanmisiz???


Biznesda muhim xususiyatlardan biri – boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo’lishingiz kerak.

Ammo, bu qo’lingizdan keladimi? Zarur o’rinda tadbirkorlik, qat’iyat va uddaburonlik ko’rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta’rifni o’qib ko’ring.


1. Hayotimda ro’y beradigan har bir hodisaga o’zim javobgarman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
2. Agar ba’zilar menga nisbatan munosabatini o’zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo’lmas edi.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o’ylab o’tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
4. Ba’zan "omadsiz yulduz” ostida tug’ilganday bo’laman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
5. Ichkilikbozni ko’rganda, hammasiga o’zi aybdor deb o’ylayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
6. Ba’zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o’ylayman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o’zim davolanaman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bimayman – 5 ball
8. Ayollarning ko’pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o’zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o’zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko’raman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 abll
11. Biror zoddiyat tug’ilib qolgudek bo’lsa ayb izlashni o’zimdan boshlayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
12. Agar yo’limni qora mushuk kesib o’tsa, ko’chaning boshqa yuziga o’taman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
13. Inson vaziyatdan qat’iy nazar, kuchli va mustaqil bo’lishi shart deb hisoblayman.
Ha – 10 ball
Yo’q – 0 ball
Bilmayman – 5 ball
14. O’zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e’tibor bermasliklarini istayman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o’zgartirishga ko’zim yetmasa, moslashaman.
Ha – 0 ball
Yo’q – 10 ball
Bilmayman – 5 ball
49 ballgacha – Siz hayot kemasida yo’lovchisiz. Ro’y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo’lmas cho’qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz.
50-90 ball – Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo’llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g’ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo’l tutish lozimligini bilib, mas’uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz.
100-150 ball – Siz – kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo’lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o’ylaysiz. Ko’p narsani o’zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo’lingizda payo bo’lgan masalanigina ko’rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko’nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong’uligicha qoladi.
Xarakteringizni bilasizmi???
Siz quyidagi matnlarni mazmuni bilan tanishib chiqing va xarakteringizni aks ettiradigan bandlardan birini tanlang.So'ngra natijalar darchasidan xarakteringiz haqida ma`lumot oling.

1.Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim doimo tushkun holda. Menga hayot mazmunsizdek tuyuladi. Doimo uning ayanchli tomoni haqida o'ylayman. Nima yahshi, nima yomonligini ajrata olmayman. O'zimni nimadandir ayibdordik his etaman. Atrofdagilar menga shubha bilan qaraydigandek tuyuladi. Men doimo g'amgin va tushkun holdaman. Hamma narsaadn norozi bo'lib yuraman. Ishlarni sekin va shoshmasdan bajaraman. Qiyinchiliklar oldida ojiz qolaman. Ertalablari o'zimni noxush, toliqqandek his etaman. Mening hayotim hech narsaga arzimaydigan, maqsadsizdek


2.Mening kayfiyatim doimo yaxshi. Men atrofdagilar bilan munosabatlarda ochiq va xushmuolaman. Men boshqalarning ishiga, taqdiriga befarq emasman. Men odamlar bilan suhbatdan rohatlanaman. Odamlarga bajonidil yordam beraman. Ko'p va'dalar beraman, ammo ularni hammasini ham bajaravermayman. Sabr-toqatni talab qiladigan ishlarni yoqtirmayman. Ishlarim juda ko'p, ammo ularning hammasini ham vaqtida bajarishga ulgurmayman. Atrofdagilar meni fikrlarimni bajonidil tinglashlarini bilaman. Atrofdagilar meni bajonidil tinglashadilar va so'ngra jo'yali fikrlarimni o'z o'rnida foydalanidilar. Mening fikrlarimga qarshi chiqishlarini yoqtirmayman. Asablashsam, qo'pollashaman, do'q uraman va hammani ko'nglini qoldiraman. Mening ishtaham anchagina yaxshi. Men anchagina sho'xman. Mening mimikalarimga qarab aktiyorlik qobiliyati bor deb biladilar


3.Mening kayfiyatim tez-tez o'zgarib turadi. Uzoq vaqt davomida, o'zimni yaxshi his etaman, ishda muhokama yuritishni yoqtiraman. Uyqum joyida. Do'stlarim bilan uchrashishni yoqtiraman O'zim bilan bo'gliq noxush holatlarni osongina bartaraf etaman. Biroq o'zim tushunmagan holatlar kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu holat bir necha haftadan oygacha davo etishi mumkin. Natijada hammaqsiga qo'l siltab qo'yaqolaman va o'zimni taxqirlangan va azoblangandek his etaman. Hech kim bilan korishsishni xohlamayman. Bunday holatni unutish uchun yolgiz qolishni afzal hisoblayman. Kayfiyatimdagi bunday o'zgarishlar bahor va kuz faslida ko'proq uchraydi


4.Men ochiq ko'ngil, quvnoq, ammo ozgina noxushliklardan (obi-havoning o'zgarishi, noxush aytilgan so'z, noqulay qarash va boshqalar) ham ranjiydigan xarakterga egaman. Bu holat uzoq davom etmaydi. Qiziqarli yangiliklar, iliq munosabatlar meni ishlashimga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Kun davomida mening kayfiyatim har xil sabablarga ko'ra bir necha bora o'zgaradi. Nima uchun kayfiyatimni ko'tarilib tushushini o'zim ham tushunmayman. Ba'zi hollarda bolalardek bo'lib qolaman. Mening tuyg`ularimga har doim ham ishonib bo`lmaydi. SHu sabablidir ozgina ko'ngilsizliklarni qiyinchilik bilan kechiraman.


5.Men o'zimni ko'pincha horgin va toliqqandek sezaman. Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi. Ba'zi kishilarni buyruq berishlarini yoqtirmasamda, ayrimlariga esa o'zim buyruq beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan ishlash va zo`riqishlardan so`ngra o'zimni toliqqandek his etaman hamda uxlashga moyil bo'laman. Sog'lig'imdan bezovtalanaman. Qandaydir og'riqlardan azoblanaman. Ba'zan yurak o'g`rigi, ba'zan bosh o'grigidan azoblanaman. Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar diqqatimni to'plashga xalaqit qiladi. Mening ishtaham anchagina yomon. Uyqumda ham halovat yo'q. Ba'zan uyqudori qabul qilishimga to'gri keladi. Qo`rqinchli tushlar ko`raman. Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas his etaman. Ozgina ko`ngil xiraliklarda ham asabiylashib, yig`lab yuboraman. Yangi muhitga moslashishim qiyin. Menda batartiblik etishmaydi. Ishlarimda tartibsizlik hukmron.


6.Ochig`ini aytsam, men uyatchan, jur’atsiz, taassurotchan, qo`rqoq odamman. Meni maqtab gapirishganda o`zimni noqulay his etaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Odamlar orasida o`zimni noqulay sezaman. SHu bois yolg`izlikni ma’qul hisoblayman. Qorong`ulikdan qo`rqaman, kichkina sho`xliklardan ham chuchiyman. Janjallardan, bahs munozarlaradan o`zimni olib qochaman. YOki raqiblarimga yon beraman. Odamlar orasida bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli bahs-munozalarda aralashmayman. Nizolardan qochaman. YAxshisi, ularga yon berib qo`yaqolaman. Odatda tushkun kayfiyatda bo`laman. O`zimga ishonmaganligimdan doimo azoblanaman. Ko`chli va o`ziga ishonganlarga nisbatan tobedik o`zimni his etaman. Ko`pchilik ishtirok etadigan davralarda o`zimni ojizdek his etaman, qizarib ketaman va duduqlanib qolaman. Uyqum behalovat va bezovtali. Qo`rqinchli tushlar ko`raman.


7.Qo`rqoqlik, shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik mening xarakterimga xos xususiyatlardir. Qaror qabul qilishga qiynalaman. Biror narsa yuzasidan qaror qabul qilib, uni bajarishga kirishishga shubhalanaman. Menga taskin berishlarini yoqtiraman. Do`stlarning qo`llab-quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his etaman. Sog`lig`im va yaqinlarimning taqdiridan bezovtalanaman. Doimiy xavotir, bezovtalanish hayotimning mazmuniga aylanib qolgan. Men pedant, rasmiyatchiman. Menga e’tibor bilan qarasalar uyalib ketaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Tortinchoqligim va uyatchanligim tufayli amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarni bajarolmay qolaman. Hattoki, menga yaxshilik qilsalar ham qanday qilib tashakkur aytishga ham qiynalaman. Besunaqayligim va xatti-harakatlarimning dag`alligi tufayli jismoniy mehnat bilan shug`ullanishni yoqtirmayman.O`zimni tahlil etishga moyilman. Men umumiy masalalarni muhokama qilishni yoqtiraman.


8.Men odamovi va tund odamman. Tanishlarim davrasi anchagina tor. Davralarda o`z o`rnimni topa olmayman. Odamlar orasida ham o`zimni yolg`iz sezaman. Tund odam bo`lsam-da, ba’zida o`z kechinmalarimni kimlar bilandir baham ko`rishni, notanish o`zimga yoqqan kishiga dardalarimni bayon etishimni tushunmay qolaman. YAqinlarimni tashvish va quvonchlarini tushunishim qiyin. O`z navbatida ular ham meni tushunmaydilar. YAqinlarim men bilan muloqot qilish qiyinligini aytadilar. Ba’zi xatti-harakatlarimdan atrofdagilar taajjublanadilar. Mening o`z fikrlarim bo`ladi, ammo u sheriklarimnikiga mos kelmasa undan voz kechib qo`ya qolaman. Boshqalarning maslahatiga quloq solishdan ko`ra ishni o`zim bilganimdek amalga oshiraman. Ichki olamim, kechinmalarim, g`oyalarim atrofdagilar uchun tushunarsiz. Men tez-tez atrofdagilarning tabassum bilan qarashlariga beparvoman. Atrofdagilar bilan munosabatda boshqalar kam ishlatadigan so`zlardan foydalanaman.


9.Men g`oyalarni ilgari suruvchi, doimo ixtirolarimga qarshilik qiladiganlar bilan kurashuvchan, islohotlarni yoqtiradigan insonman. Insonlarni kuzatishlarim ularga nisbatan o`zimni ustunliglarimni ko`rsatishimga olib keladi. Atrofimdagi kishilar meni fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar. Men bilan fikrlari mos kelmagan kishilarni kechira olmayman. "Kim men bilan birga bo`lmasa, u mening raqibimdir” tamoyiliga asoslanib yashayman. O`zimni kamsitish uchun asoslar yo`q.. Kayfiyatim yaxshi va o`zimni quvnoq his etaman. Doimo tetik va faolman. Oldimga qo`ygan maqsadlarimga erishmasdan qo`ymayman. Agar nuqsonlarga yo`l qo`ysam ularni o`zim tuzatishga harakat qilaman. O`z aytganlarimga erish uchun har qanday usuldan foydalanaman. Tanishlarim ba’zan ularga jabr qilib qo`yayotganligimni aytadilar. Men esa bunga ularning o`zlari aybdor deb hisoblayman. Hayotda o`zimni haqligimni isbotlashga harakat qilaman va bunga erishaman.


10.SHaxsiy va ishdagi qiziqishlarimdan boshqa qiziqishlarim yo`q. Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt unutolmayman.Men batartiblikni yoqtiraman. SHuning uchun tartib-qoidalarni bilib olishga doimo intilaman. O`rnatilgan tartiblarga sinchkovlik bilan yondashishni qo`llab-quvvatlayman. Har qanday yomon xatti-harakatlarni kechirmayman. O`zim ishga batartib va aniqlikni yoqtirganim singari boshqalardan ham shuni talab etaman. Maslahat berishni burch deb bilaman. Ammo rahbarlik qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-vaqti bilan sababsiz tushkun kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda qizishib, ta’sirchan bo`lib qolaman. Meni ishlarimning batartibligi va puxtaligini boshqalarga namuna qilib ko`rsatadilar. Odamlar bilan munosabatda o`zimni o`ta kirishimli deb bilmayman, ammo hech narsaga qaramasdan ishlash noxushliklarga olib kelishini bilaman.


11.Atrofdagilarning menga beparvo munosabat o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman. Meni namuna sifatida ko`rsatayotishlarini, boshqalarning diqqat markazida bo`lishni afzal bilaman. Atrofdagilarni taajjubga solishni va hayratlantirishni yoqtiraman. Men hikoyalarni tinglovchilarga manzur qilib bayon eta olaman.Menda artistik qobiliyat bor.Atrofdagilarning menga nisbatan befarq emasligini bilaman.Men bajonidil do`stlasha olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali haqiqiy do`st topishga erishganim yo`q. Menga e’tiborli kishilarni qadrlayman. Tobim qochgan vaqtlarda meni yaxshi parvarishlashlarini xohlayman. Ishda meni boshqalarga namuna sifatida ko`rsatishlarini yoqtiraman. Atrofdagilarning e’tiboriga mos kiyinishga intilaman.


12.Men davralarni yoqtiradigan, yolg`izlikni yoqtirmaydigan insonman. Ko`pincha o`zimga nisbatan kuchli kishilarni o`zimga namuna sifatida qabul qilaman. Agar meni hech kim nazorat qilmasa yoki yordam bermasa boshlagan ishimni oxiriga etkaza olmayman. Men do`stlar davrasidagi kechalarni juda yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni ma’qul hisoblayman. Menga taqiqlangan narsalar yoqadi.Uydagilar mendan dangasa, betartib, intizomsiz deb o`pkalaydilar. Ammo bu tanqidlarga nisbatan beparvoman.Xatti-harakatlarimdan hushyortortish, pushaymon bo`lish, bu ishlarda mening aybim kam ekanligi haqida o`ylayman. Mushkul holatlarda meni qo`llab-quvvatlaydigan do`st bo`lishini va bu esa meni kam xatoga yo`l qo`yishimga olib kelishi haqida o`ylayman. Hammasi yaxshi va xursandchilik vaqtlarimda kelajagim haqida kam o`ylayman.


13.Hamma qanday yashasan shunday yashash kerak, atrofdagilardan ajralib qolish kerak emas deb hisoblayman. Ortga qolib ham ketish ham, ilgarilab ketish ham kerak emas deb bilaman. O`ziga xoslikni yoqtirmayman. Atrofdagilardek yashashni ma’qul hisoblayman. Hayotda ham ularning e’tirozlariga duch kelmaslikka harakat qilaman. Kechalari va bayramlarni yoqtiraman. O`ziga bino qo`ygan kishilarni yoqtirmayman. Telivizor ko`rishni yoqtiraman. Ko`pchilikning fikrini doimo haq va unga qarshi chiqish yaxshilikka olib kelmaydi deb hisoblayman.

Natijalar:
1.melanxolik
2.gipertim
3.stikloid
4.emotsional-labillik
5.nevrasteniya
6.senzitiv
7.psixastenik
8.shizoid
9.paranoyal
10.epiliptoid
11.isterik
12.beqaror
13.konform


Download 224 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish