Sensor nuqsonli bolalar. Ko'Rishda nuqsoni bo'lgan bolalar. Eshitishda nuqsoni bor bolalar. Psixik rivojlanishi sust bolalar. Karakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar. Oligofren bolalar. Og'Ir nutqiy nuqsonli bolalar



Download 1,09 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#828077
Bog'liq
SENSOR NUQSONLI BOLALAR. KO\'RISHDA NUQSONI BO\'LGAN BOLALAR. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR. PSIXIK RIVOJLANISHI SUST BOLALAR. KARAKAT-TAYANCH A\'ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR. OLIGOFREN BOLALAR. OG\'IR NUTQIY NUQSONLI BOLALAR.

SENSOR NUQSONLI BOLALAR. KO'RISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR. ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR. PSIXIK RIVOJLANISHI SUST BOLALAR. KARAKAT-TAYANCH A'ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR. OLIGOFREN BOLALAR. OG'IR NUTQIY NUQSONLI BOLALAR. MUJASSAM NUQSONLI BOLALAR.


Reja:
1. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar
2. Psixik rivojlanishi sust bolalar.
3. Og'ir nutqiy nuqsonli bolalar
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoqyaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differensiatsiyalash: total ko‘zi ojiz; yorug‘likni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiqli ko‘rishga ega ko‘zi ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi. Bu tendensiyalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va kuchini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korreksiyalash mashg‘ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi. Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: 1.Total ko‘rlar - ko‘rish o‘tkirligi 0. 2.Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0, 05 gacha. Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlashtiradilar.
Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir 22 bolalar saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin. Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha turga bo‘linadi
1.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 05dan 0, 1 gacha 2.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 1dan 0, 2 gacha 3.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 2 dan yuqori 0, 4 gacha. Ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo‘lishi ham mumkin. (Ko‘rish o‘tkirligi 0,1 bo‘lgan bolalar).
Bularning barchasi o‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texnik va optik vositalar yordamida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ko‘ruv idrokini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi ilmiy ta’limotlarni o‘rganuvchi fan tiflopedagogika fani hisoblanadi . Ko‘rishning zaiflashuvi sabablari:
1.Albinizm – odamlarning terida, ko‘zda, sochda rangning (pigmentning) bo‘lmasligi bilan tug‘ilish. Ularda rangsiz teri va juda yorqin oq-sariq soch bo‘lishi mumkin (odatiy yetnik gruppalardan tashqari). Albinism ko‘ruv faoliyatiga ta’sir qiladi.
2.Katarakta -bu ko‘z linzalarining xiralashuvi oqibatida yorqin ko‘rishni qiyinlashtiradi. Katarakta ko‘p hollarda bir necha sabablar bilan bog‘liq. Ko‘p bolalar katarakta bilan tug‘iladi. Katarakta ko‘zdagi qizarishlar, shishlar va boshqa ko‘z kasalliklaridan bo‘lishi mumkin. Bunda bolaning ko‘zi odatdagidan kichikroq bo‘ladi. Homiladorlik davridagi infeksiyalar ham kataraktaga sabab bo‘lishi mumkin.
3.Diabetga aloqador ko‘z kasalligi. Ko‘p davlatlarda ko‘rish zaiflashuvining asosiy sababchisi sifatida ko‘rsatiladi. Bundan glaukoma, katarakta diabetik retionapiya kelib chiqishi mumkin.
4.Glaukoma – ko‘ruv nervi miyaga ma’lumotni beradi. U shikastlanganda ko‘zda bosim oshadi.
Ko‘zlarning to‘g‘ri ishlashi ularning shaklini ushlab qolishi sog‘lom bo‘lishi uchun bosim 23 ma’lum miqdorda bo‘lishi kerak.
Bosim juda yuqori bo‘lsa bolada quyosh yoki yorqin nurlarda noqulaylik kuzatilishi, bolada g‘ilaylik bo‘lishi (bolaning ko‘zlari turli tomonga qarashi) yoki “dangasa ko‘z” (bir ko‘zning boshqasiga qaraganda kuchsizligi)ning bo‘lishi va ko‘z yoshlanishi mumkin.
5. Daryo ko‘rlik. Daryo bo‘yida yashaydigan qora pashsha tomonidan yuqadigan, ko‘zlarning hamma ichki to‘qimalari zararlanib, qon ketish, qizarish, shish va boshqa yakuniy asoratlar bo‘lsa ko‘rlikka olib keladi.
Ta’siriga uchragan kishilarning 99% Afrikada, 1%i Yaman, Meksika, Gvatemala, Ekvador, Kolumbiya, Venusuellada yashaydi. Astigmatism bilan yoki astigmatizmsiz keladigan miopiyalar (yaqindan ko‘rish) gipermetropiyalar (uzoqdan ko‘rish) kiradi 6.Pigmentli retinet retinetli kasallik. Birinchi belgisi, yerta bolalikda salbiy ta’sir bilan ro‘y beradi.
Qorong‘ida kuchsiz ko‘radi va ko‘rish maydoni torayishni boshlaydi. Pigmentli retinit turmushda va oilaviy hayotda uchraydigan eng odatiy ko‘z kasalligidir. 7.Traxoma. Chivinlar orqali yuqadigan kasallik.
Bunda ko‘zdan infeksiya ajralib chiqadi. Bir necha yillardan keyin infeksiya takrorlanadi, ko‘zning ichida chandiqlar bo‘lishi, qovoqlar og‘rishi, ko‘zi ojizlikka ham olib kelishi mumkin.
Maxsus ta’lim – tarbiya jarayonida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart sharoitlar yaratish.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart sharoitlar yaratish.
Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish