Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidanyagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 17,41 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi17,41 Kb.
#197026
Bog'liq
shixi 8 s


Reja:

  1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidanyagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yagona soliq to‘loviga o‘tkazilishi

  3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidanyagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ma`lumki, 2007-yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi №-532 Qaroriga ko‘ra, savdo va umumiy ovqaglanish korxonalarini soliqqa torgish tizimi birmuncha soddalashtirilgan edi. Ya’ni, avvalgi soliqqa tortish tartibida savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun belgilangan yalpi daromad solig‘i, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Makgab talimini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan majburiy to‘lovlar o‘rniga yalpi tushumdan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi joriy etildi

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yagona soliq to‘loviga o‘tkazilishi

Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra umumiy ovqatlanish va chakana savdo tartiblari quyidagicha belgilangan: Chakana savdoning savdo obyektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor, gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam, univermag, minimarket, oziqovqatlar do‘koni, ixtisoslashtirilgan do‘konlar, palatkalar, lotoklar, avtodo‘konlar, pavilonlar, kioskalar, laryoklar. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va iste`mol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir. Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi talablar asosida mulkdor deb belgilanadigan quyidagi turlarga bo‘linadi: restoran, vagon-restoran, bar, kafe, yozgi kafe, kafeteriy, oshxona, choyxona, bufet va kichik oshxona. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbayi sifatida yagona soliq to‘lovi hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda.



Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi. Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: -o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, ularni mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; -vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; -tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish. Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat tushuniladi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo‘lgan yuridik shaxslar Soliq kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashi kerak. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktabrdan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi. Agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda joriy soliq davrining ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo‘lmasa, ular belgilangan tartibga muvofiq umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishga haqli. Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlarga javob bermasalar, ya’niasosiy faoliyat turi savdo faoliyati yoki umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo‘yicha ular kelgusi yil boshidan e’tiboran umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishi kerak, bundan soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno. Shuningdek, yuridik shaxslar, bundan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno, yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqidan mahrum bo‘lgan o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi yuzasidan belgilangan tartibda qayta hisob-kitobni amalga oshiradi
Download 17,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish