Sanoat tamoq tuilmasi va uni belgilovchi omillar
Sanoat tarmoqlari to’zilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o’rtasidagi
ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab
olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr
ichidagi to’zilmaviy o’zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini
ifodalaydi. Tarmoq to’zilmasini ifodalovchi ko’rsatkichlar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
-mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog’i;
-tarmoq rivojining sur’ati;
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy
hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog’i
ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yo’zaga kelgan mutanosibliklar va ularning
o’zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir
qator omillar ta’sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq to’zilmasini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi:
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta
joriy etish;
-material va yoqilg’i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish,
kooperativlashtirish darajasi;
-sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari;
-aholining moddiy va madaniy darajasi o’sishi;
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o’zlashtirish darajasi;
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rni va boshqa mamlakatlar
bilan iqtisodiy hamkorligi.
Sanoat tarmoq to’zilmasi o’zgarishiga eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi
omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi
mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar
va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq.
Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga
va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozliq
asbobsozliq radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan
rivojlanadi.
Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xom ashyo,
materiallar, yoqilg’i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish
xarakterini o’zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo’lgan xom ashyo, material
yarim-fabrikatlar va yoqilg’i ishlab chiqaradigan tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga
mahsulot yetkazib berish ko’lamini kengaytirishlari natijasida xalq xo’jaligining
boshqa tarmoqlar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan,
sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to’qimachilik sanoatida
bir so’mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada,
mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo’jaligi,
sanoatning qazib oluvchi tarmog’i bilan ishlov beruvchi tarmog’i o’rtasidagi nisbat
o’zgaradi.
Sanoat to’zilmasining o’zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy
shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash juda katta
ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko’payishi tarmoq
taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi
oshishiga olib keladi. Mahalliylashtirish zamonaviy talablarga javob beruvchi,
raqobatdosh va import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish xajmini
oshirish, asossiz import xajmini qisqartirish, yangi ish o’rinlarini yaratish kabi
masalalarni hal etadi. Diversifikatsiyalash esa korxona va tarmoqlarning faoliyat
sohalarini o’zgartirish va kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni
ko’paytirish va ularning xilma-xilligini ta’minlaydi. Mustaqillik davrida ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash tufayli mashinasozlikda butlovchi buyumlar sanoati,
asbob-uskuna sanoati, asbobsozliq elektronika va boshqa sohalar tashkil topdi.
Aholining moddiy farovonligining o’sishi ham sanoat tarmoqlari
to’zilmasining o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ta’siri ostida engil va
oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti
o’zgaradi, shuningdeq madaniy-maishiy buyumlar - mebel, televizor,
mo’zlatkichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinasi, mototsikl, velosiped, sport
anjomlarini ishlab chiqaradigan maxsus tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalari
tashkil topadi.
Sanoat tarmoqlari to’zilmasiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan yana
biri - mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida respublika sanoatining tarmoq to’zilmasida muhim
o’zgarishlar ro’y berdi. Buni 12-jadval ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |