20-variant
Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekiston bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari.
Mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarini mustahkamlash masalalari.
Keys topshiriq. To’lov balansi tarkibini shakllantirish
Vaziyatning mazmuni. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi bilan birga to’lov balansini tuzing va natijalarga izoh bering.
Operatsiyalar
|
Pul birlik
|
Operatsiyalar
|
Pul birlik
|
Avtomobillar eksporti
|
1,0
|
Qishloq xo’jalik mahsulotlari eksporti
|
1,0
|
Chet elda turizm xarajatlari
|
8,5
|
Avtomobillar importi
|
30,4
|
Hisob-kitob texnikasi eksport
|
15,2
|
Harbiy asbob-uskunalar eksporti
|
7,1
|
Neft importi
|
10,5
|
Chet elliklarga oltinni sotish
|
1,0
|
Davlat obligatsiyalarini sotish
|
4,0
|
Milliy korporatsiyalarning xorijiy aktsiyalarini sotish
|
2,1
|
Ushbu masalani yechish bo’yicha xulosalar shakllantiring.
1. O'zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo'naltirilgan. Bular:
- qishloq xoʻjaligi;
- xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik;
- bolalikni himoya qilish va boshlang'ich ta'limni egallashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.
YTTB O'zbekistonda o'z faoliyati yettita yo'nalishini belgiladi. Bular quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratiladi:
- moliya sektori va bank infratuzilmasi;
-kichik va o'rta korxonalar,
-bozor infratuzilmasi;
-energetika majmuasi,
- paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa tarmoq
lari;
- sayyohlik infratuzilmasi, tabuy resurslarni o'zlashtirish.
Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 mln dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, loyiha doirasida mamlakat g‘arbidagi yirik shahar markazlari, jumladan, Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlarning harakatini yo‘lga qo‘yish, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi. OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning ta’kidlashicha, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston sharoitida «ishonchli va xavfsiz transport infratuzilmasi» iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. OTBning mazkur loyihasi Xorazmni O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratish imkonini beradi. Shuningdek, turizmning pandemiyadan qayta tiklanishi hamda mamlakatni «mintaqaviy tranzit markaziga» aylanishiga xizmat qiladi.
2. Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi. Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda.
Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv oʻtkazildi
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |