texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv tsexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir tsex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor tsexi, shassi tsexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
ishlab chiqarish hajmi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;
mulk shakli;
raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarishiga oqilona rahbarlik qilish mamlakat xalq xo’jaligining yanada taraqqiy etishiga va mustahkamlanishiga har doim katta ta’sir ko’rsatib keldi va kelgusida ham yetarli ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham sanoatni boshqarish masalalari doimo Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining diqqat e’tiborida bo’ladi. Natijada, sanoatni boshqarish tizimi milliy iqtisodiyot va sanoat oldida turgan vazifalarga bog’liq ravishda muttasil o’zgarib turadi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng boshqaruv tizimida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Iqtisodiyotga rahbarlikning ilmiy asoslari, ishlab chiqarishni boshqarishning tamoyillari va usullari ishlab chiqildi, boshqaruvning yani to’zilmalari, funktsiyalari, huquqlari va burchlari aniqlandi. Lekin, hali xo’jalikka rahbarlik qilish, ishlab chiqarishni boshqarishni yanada yaxshilash borasida o’z yechimini kutayotgan muammolar kam emas. SHuning uchun kelgusida sanoat ishlab chiqarishiga rahbarlik qilishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 1. Bozor iqtisodiyoti qoidalari va demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish ; 2. Boshqaruvni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustuvorligini to’la ta’minlash; 3. Xo’jalikka rahbarlik qilishda davlatning bosh islohotchi bo’lishiga to’la-tekis erishish. Bozor munosabatlariga o’tish chuqurlasha borgan sari davlatning boshqaruv tizimidagi mavqe’ini nodavlat tashkilotlari va o’z-o’zini boshqarish tizimlariga o’tkaza borish; 4. Boshqaruv jarayonlarining mustahkam huquqiy asoslarga qurilishini ta’minlash. Qonunlarning barcha boshqaruv sub’ektlari va ob’ektlari tomonidan og’ishmay bajarilishiga erishish; 5. Bozor islohotlari bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirilishini inobatga olgan holda boshqaruv tizimini ham bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |