Sahnalashtirilgan rolli o'yin. Mavzu: "Onamning kuni" Maqsad



Download 16,56 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi16,56 Kb.
#75336
Bog'liq
Onamning kuni


Sahnalashtirilgan rolli o'yin.

Mavzu: "Onamning kuni"

Maqsad: Bolalarga ota- ona eng qadrli inson ekanligini tushuntirish. Ona dunyodagi eng aziz, eng yaqin, eng mo'tabar zot ekanligini tushuntirish.

Ta'limiy: Bolalarga sahnalashtirilgan rolli o'yinlar orqali ahloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni tetiklashtirilgan o'yinlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, rivojlantirish va qo'llab quvvatlash.

Tarbiyaviy: Bolalar o'yin jarayonida tengdoshlari bilan hamkorlikda, ahillikda bo'lishini tarbiyalash. Bolalarga ona aziz inson ekanligini tudhuntirish. Onani hurmat qilishga, uni qadrlashga o'rgatish. Ona chaqirganda "labbay" , "xo'p bo'ladi" kabi so'zlarni aytishga o'rgatish.



Mashg'ulotning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, xonamiz derazasida chiroyli gul ochilibdi!. Qaranglar, gullar qaysi fasllarda ochiladi? -Ha, esimga tushdi. Gullar kuz faslida ochiladi to'g'rimi bolajonlar?

Bolalar: Yo'q opajon! O'gan mashg'ulotimizda siz gullar bahor faslida ochiladi degandingiz.

Tarbiyachi: Ha bolajonlar! Men sizlarni zehningizni sinab ko'rish maqsadida ataylab shunday chalg'itish maqsadida so'ragan edim.

Demak o'tgan mashg'ulotimizda o'rgatganlarim yodingizda saqlanib qolgan ekan.

-Aytingchi bolajonlar, hozir o'lkamizda qaysi fasl?

Bolalar: Bahor fasli.

Tarbiyachi: To'g'ri bolajonlar. Hozir o'lkamizda bahor fasli hukm surmoqda. Bahor fasli o'lkamizga kirib kelishi bilan dala-dashtlarda chuchmomalar, boychechaklar, turli o't-o'lanlar zamindan bosh ko'tarib, unib chiqadilar va chiroyli bo'lib gullab o'zlaridan tabiatga muattar ifor taratadilar.

Bolajonlar, hozir bahor faslining birinchi oyi, mart oyidir. aytingchi bolajonlar, mart oyida yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi?



Bolalar: 8-mart onajonlar bayrami, Navro'z umumxalq bayrami.

Tarbiyachi: To'g'ri bolajonlar mart oyida yurtimizda 8-mart onajonlar bayrami, Navro'z umumxalq bayramlari keng nishonlanadi.

Keling bolajonlar bugun sizlar bilan 8-mart "Halqaro xotin-qizlar kuni" bayrami to'g'risida mashg'ulot o'tamiz.

Bu bayramda barcha bolajonlar o'z opa singillarini hamda mehribon oyijonlarini chiroyli sovg'alar hamda shirin so'zlari bilan tabriklaydilar. Aytingchi bolajonlar, sizlar ham oyilaringizni yaxshi ko'rasizlarmi?

Bolalar: -Ha.

( Shu vaqt bolalardan biri yig'lab o'tiradi. Tarbiyachi undan sababini so'raydi)

Tarbiyachi: Umidjon senga nima bo'ldi? nega yig'lab o'tiribsan?

Umidjon: Men ertalab onamni xafa qilib qo'ydim, shunga yig'layabman.

Bolalar: Voy Umidjon oyijoningni qanday qilib xafa qilib qo'yding?

Umidjon: Men ertalab oyijonimning eng yoqtirgan gullarini ataylab sindirgandim. Oyijonim mendan xafa bo'lib qoldilar.

Tarbiyachi: Umidjon, sen judayam noto'g'ri ish qilibsan. Ham oyijoningni xafa qilibsan, ham gulni nobud qilibsan.

Bolajonlar Umidjonga oyijonisidan kechirim so'rab, yarashib oliga yordam beramizmi?



Bolalar: Ha.

Tarbiyachi: Ularga qanday yordam berishimiz mumkin?

Bolalar: Xonamiz derazasidagi ochilib turgan gulni Umidjonning oyisiga sovg'a qilaylik.

Tarbiyachi: Unday bo'lsa Derazamiz tokchasida ochilib turgan gulning o'rniga boshqa gul ekib, ochilib turgan gulni Umidjonning oyisiga sovg'a qilamiz. Umidjon ham oyijonisidan kechirim so'raydi . To'g'rimi Umidjon?

Umidjon: Ha, endi oyijonimni hecham xafa qilmayman.

(Shu payt xonaga Umidjonning oyisi kirib keladi. Bolalar salomlashgach tarbiyachi uni mashg'ulot mehmoni bo'lishga taklif qiladi va ochilib turgan gulni unga bolalar qarsaklari ostida sovg'a qiladi)



Umidjonning oyisi: Bolajonlarim sizlarga katta rahmat. Men judayam sovg'angizdan xursand bo'ldim.

Umidjon: Oyijon meni kechiring! endi sizni hecham xafa qilmayman. gullaringizni ham sindirmayman.

Tarbiyachi: Opajon bolalar siz uchun ajoyib she'rlar tayyorlashgan.

1-bola: Ukam yotganda doim,

Alla aytadi oyim.

Qo'shiqlari muloyim,

Uxlab qolsin alla-yo.



2-bola: Oftobday kulib ona,

Qiziga oppog'im der.

Qizi oynaga qarab,

Uyatdan bosadi ter.



Tarbiyachi: Ofarin bo;ajonlar! Sizlarning she'rlaringizni eshitib, Umidjonning oyisi xursand bo'ldi.

Endi bolajonlar hammamiz markazlarga bo'linib, onajonlarimiz uchun chiroyli gul gul rasmini chizib, rangli qog'ozlardan qirqib, gul hosil qilib bo'yaymiz.



(3-4 ta bola tarbiyachi bilan birgalikda tabiat markazigaborib, tuvakka gul ekishadi. Tarbiyachi va umidjonning oyisi ularni kuzatib turishadi. )
Download 16,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish