Ot so’z turkumi #9
1. Bahor keldi . Gul mavsumi boshlandi . Daraxtlarda gul , bolalarning do’ppilariga lolalar qistirilgan . Savatlarda gunafshalar . Bahor faslining zavqi boshqacha .
Mazkur mikromatnda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan ?
A) 11 ta B) 13 ta C) 10 ta D) 12 ta
2. Qaysi gaplarda ismlarning lug’aviy shakli qo’llangan ?
1) “Shirinoymi bu , eson-omonmisan ?”—xursand bo’lib ancha naridan qichqirdi Anorxon
2) Boychechak Qo’zivoyning qo’liga tegishi bilan Ilontepa tomon yugurdi
3) To’kib ko’z yoshlarin armonda ketmish , Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb
4) Qishloqda Aykadan chiroyli kuchukcha yo’q
5) Qo’zichoqlar boshlarini xurjundan chiqarib jim yotardi
A) 1,2,4 B) 1,2,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5
3. Sifat vazifasida qo’llanayotgan otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
A) kim ? nima ? B) kim ? nima ? qayer ?
C) qanday? qanaqa? D)qay holda? qay tarzda?
4. Bir asosdan tarkib topmagan otlar qanday ataladi ?
A) sodda otlar B) sodda tub otlar
C) sodda yasama otlar D) qo’shma otlar
5. Qanday otlar qarama-qarshi ma’noli asoslardan tashkil topishi mumkin ?
A) qo’shma otlar B) juft otlar
C) takroriy otlar D) qo’shma va juft otlar
6. Qaysi hukm noto’g’ri ?
A) juft ot qismlari hamisha chiziqcha bilan yoziladi
B) takroriy ot qismlari hamisha chiziqcha bilan yoziladi
C) qo’shma ot qismlari hamisha qo’shib yoziladi
D) otlar tuzilishiga ko’ra sodda , qo’shma , juft va takroriy otlarga bo’linadi
7. Qaysi gaplarda sintaktik usulda yasalgan ot mavjud ?
1) Laylakqor urib turgan bir kun edi
2) Birdan bozorboshida dod-faryod ko’tarildi
3) So’rab surishtirgan Elmurod , nihoyat , ko’pgina chiroqlar charaqlab turgan hovliga kirib keldi
4) Ustalar menga qo’lqop olib kelishni buyurgan edi
5) Qo’qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da , chelaklab yomg’ir quyadi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
8. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan ot ko’rsatilgan ?
A) Sog’liqni saqlash vazirligi
B) O’zbekiston Milliy universiteti
C) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
D) Birlashgan Millatlar Tashkiloti
9. Nurali baxshi etagi tizzadan yuroqi olacha to’n kiygan , boshida ko’k salla , og’zi to’la tilla tish . Chap qo’lida ushlab kelayotgan do’mbirasining qoshiga har xil tumorlar , munchoqlar , ipak popuklar taqilgan .
Yuqorida berilgan gapda otlarga egalik shakllari qo’shilishi natijasida nechta so’zda fonetik hodisa sodir bo’lgan ? A) 0 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta
10. Chap qo’lida ishlab kelayotgan do’mbira qoshiga har xil tumorlar , munchoqlar , ipak popuklarni taqqan . Mazkur gapda sifat vazifasida qo’llangan ot qanday sintaktik vazifadagi otga bog’langan ?
A) vositali to’ldiruvchi B) vositasiz to’ldiruvchi
C) qaratqich aniqlovchi D) sifatlovchi aniqlovchi
11. Bu qo’shiqda na iztirob bor , na azob , unda yashamoq ishtiyoqi , pok muhabbat , bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi .
Ushbu gapda nechta tafakkur bilan idrok qilinadigan ot qo’llangan ? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
12. Qaysi gapda nisbatan ko’proq shaxs oti qo’llangan ?
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek
B) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abdullatif qirq yigiti bilan ovga chiqdi
C)Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. Paxtakorning o’z kitobi bor . Bu kitob uning ko’kragida
D) Men o’qimay turib ham , boshimda shu qalpoqcham bor ekan , albatta, agronom ham , injener ham , artist ham, shoir ham bo’la olaman.
13. Sodda tub otni belgilang .
A) tulki B) turtki C) tepki D) sanchqi
14. Sodda yasama otni belgilang .
A) baqqol B) haykaltarosh C) xonanda D) g’avvos
15. Qaysi gapda vositali to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan yasama shaxs oti mavjud ?
A) Aravakash mo’mingina , muloyim , kamgap kishi
B) Qo’shiq aytganim faqatgina otamga yoqqan emish
C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi
D) Mijozlar samovarchiga choy damlab kelishni buyurdi
16. Shaxs va narsa otlari turli kelishik shakllarini olib , qanday vazifalarda qo’llanadi ?
1) qaratqich aniqlovchi 2) vositasiz to’ldiruvchi 3) vositali to’ldiruvchi 4) o’rin holi 5) payt holi
A) faqat 3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5
17. Qaysi javobda otlarning erkalash shakllari berilgan ?
1) –gina 2) –xon 3) –choq 4) –oy
A) 1,2,3 B) 2,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4
18. Otlarning qaysi lug’aviy shakli ot yasovchi qo’shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi ?
1) –cha 2) –choq 3) –chak 4) –xon 5) –loq
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4 D) 1,2,4,5
19. Qanday otlar tarkibida ot yasovchi qo’shimcha bo’lishi mumkin ?
1) sodda tub 2) sodda yasama 3) qo’shma 4) juft
A) faqat 2 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4
20.Juft ot qismlarining mustaqil holda qo’llanish-qo’llanmasligi haqida aytilgan qaysi mulohazalar to’g’ri?
1) juft ot qismlari mustaqil holda qo’llanishi mumkin
2) juft ot qismlari mustaqil holda qo’llanmasligi mumkin
3) juft otning birinchi qismi mustaqil holda qo’llanmasligi mumkin
4) juft otning ikkinchi qismi mustaqil holda qo’llanmasligi mumkin
A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 3,4 D) 1,2,3
21. Qaysi o’rin-joy oti yasovchi qo’shimcha narsa oti yasovchi qo’shimcha ham sanaladi ?
A) –zor B) –loq C) –ma D) –goh
22. Quyida berilganlardan nechtasi narsa oti yasovchi qo’shimcha sanaladi ? -q , -gich , -gi , -ki , -qi , -k
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi
23. Asl farzand merosiga posbon bo’lgay ,
Ozod elning orzulari osmon bo’lgay ,
Bobolarim ismin aytsam doston bo’lgay ,
Sen azizasan , muqaddassan , ey sajdagoh ,
O’zbekiston , ota makon , ona tuproq ! (Iqbol Mirzo) Yuqoridagi to’rtlikda qaysi kelishik shakli belgisiz qo’llangan ?
A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) qaratqich
24. Ko’plik shakli –lar qarindoshlikni bildiruvchi otlarga qo’shilib , hurmatlash ma’nosini ifodalashi uchun egalik qo’shimchalariga nisbatan qanday o’rinlashishi lozim ?
A) I , II shaxs egalik shakllaridan keyin , III shaxs egalik shaklidan oldin
B) I , II shaxs egalik shakllaridan oldin , III shaxs egalik shaklidan keyin
C) I , I , III shaxs egalik shakllaridan oldin
D) I , II , III shax egalik shakllaridan keyin
25. To’g’ri javobni toping .
A) har qanday sodda ot yasama ot sanaladi
B) har qanday qo’shma ot yasama ot sanaladi
C) har qanday juft ot yasama ot sanaladi
D) har qanday takror ot yasama ot sanaladi
26. Quyida berilgan yasama otlarning nechtasi yasama sifatdan yasalgan ?
1) to’g’riso’zlik 2) muloyimlik 3) samimiylik 4) mehnatsevarlik 5) rostgo’ylik 6) bunyodkorlik 7) yaratuvchanlik A)7 tasi B)6 tasi C)5 tasi D)4 tasi
27. Bolajonlar , unutmang : qor yog’ganda qushlar ahvoli tang bo’ladi . O’shanda siz ularga yordamlashing . Uvoq seping , in quring .
Mazkur mikromatnning necha o’rnida kelishik qo’shimchalari belgisiz qo’llangan ?
A) 3 o’rinda B) 2 o’rinda C) 2 o’rinda D) 4 o’rinda
28. Ot , sifat , son va olmosh so’z turkumlarini “nomlar” sifatida o’rgangan xalq nomi qaysi javobda berilgan ?
A) hind B) rus C) arab D) yunon
29. Shoir yengil xo’rsindi , tanburni tokchaga tirab qo’ydi . Barmog’idan noxunni chiqardi . Hovlida shabada bilan o’ynashgan daraxtlarning yengil kuyidan boshqa sado yo’q edi .
Mazkur gapda kelishik qo’shimchasini olgan otlar qanday sintaktik vazifada qo’llangan ?
1) vositasiz to’ldiruvchi 2) vositali to’ldiruvchi 3) o’rin holi 4) payt holi 5) qaratqich aniqlovchi A)1,2,3,4,5 B)1,2,3,5 C)1,2,3,4 D)2,3,5
30. Qaysi javobda otlar berilmagan ?
A) qayiq , sovut B) qalqon , dubulg’a
C) eshkak , terma D) yulg’ich , aybdor
31. Quyidagilardan qaysi birida so’zlovchi va tinglovchiga oldindan ma’lum bo’lgan narsa tushuniladi ?
1) non yemoq 2) nonni yemoq 3) nondan yemoq
A) 2 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3
32. Qaysi kelishik qo’shimchalarining qisqargan shakli o’zaro omonimlik hosil qiladi ?
A) qaratqich va tushum B) qaratqich va jo’nalish
C) tushum va o’rin-payt D) tushum va chiqish
33. Qaysi kelishikning qisqargan shakli egalik qo’shimchalaridan biri bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) qaratqich B) tushum C) jo’nalish D) o’rin-payt
34.Tilshunoslikning onomastika bo’limi nimani o’rganadi?
A) shaxs nomlarini B) joy nomlarini
C) hayvon nomlarini D) suv havzalari nomlarini
35. Fe’ldan shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang .
A)–gar, -soz B)–kor, -xon C)–gir, -paz D)–uvchi, -dak
36.Gulshanda gullarni tebratar sabo ,
Adashgan yo’lchidek daydib yurar yel .
Mazkur qo’shmisrada nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan ? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |