Ruboiy vaznlari Reja



Download 98,96 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi98,96 Kb.
#782375
  1   2   3   4
Bog'liq
Ruboiy vaznlari
3-mavzu

Ruboiy vaznlari

Reja:


  1. Ruboiy haqida

  2. Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi

  3. Ruboiy vaznlari


1.Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. R. qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas:Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.
Bobur. Ikkinchi xil R. da toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida).
Mas:Andin berikim qoshimda yorim yoʻqtur, Hijronda juz nolai zorim yoʻqtur. Dasht uzra quyun kabi qarorim yoʻqtur, Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur.
Navoiy. R.dagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.
R. shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Dastlabki R.larni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin alQavomiy (12-asr) arab, fors va turkiy tillarida R. yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar R.ning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan. Navoiy R.larida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiyaxloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. 19-asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar R.ning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar R. yozganlar. Biroq ularning baʼzilari R. vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi.

Download 98,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti