Ruboiy vaznlari Reja



Download 98,96 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi98,96 Kb.
#782375
1   2   3   4
Bog'liq
Ruboiy vaznlari

RUBOIY VAZNLARI
Sharq adabiyotining keng tarqalgan an’anaviy janrlaridan biri - ruboiylar ham hazaj bahrida yoziladi. Ularning vaznlarini aniqlash boshqa janrdagi she'riy asarlarga qaraganda murakkabroq. Buning sababi shundaki, ruboiylarda faqat tarmoq ruknlar ishtirok etadi, boz ustiga, boshqa she’riy asarlarda barcha misralar ko'pincha bir yoki ikki vaznda yozilsa, ruboiylarda har bir misra alohida vaznda bitillshi, ya’ni to'rt misra to'rt xil vaznda kelishi ham mumkin. Ammo ruboiy vaznlarini aniqlashning yengil tomonlari ham mavjud. Gap shundaki, Sharq adabiyotidagi barcha ruboiylarda qo’llanadigan ruknlar o'ntagina bo'lib, barchasi mafoiylunning solim va tarmoq ruknlaridir.
1. Mafoiylun - solim V -----------
2. Mafoiylu - makfuf V - -V
3. Mafoilun - maqbuz V - V-
4.Mafulu - axrab - - V
5. Mafulun - axram
6. Foilun - ashtar - V –
7. Faal - ajabb V
8. Faul - ahtam V
9. Fo'- azall
10. Fa'-abtar Sharq adabiyotidagi barcha ruboiylar ishtirok etuvchi ruknlar jihatidan ikki guruhga: axrab va axram guruhlariga bo'linadi. Axrab guruhiga kiradigan ruboiylar albatta mafoiylunning axrab tarmoq rukni - mafuluga teng rukndan, axram guruhiga kiradigan ruboiylar esa mafoiylunning axram tarmoq rukni - mafulunga teng rukndan boshlanadi. Har ikki guruhdagi ruboiylaming ruknlari faqat birinchi yoki ikkinchi jadvalda ko'rsatilgan tarzda bo'lishi mumkin. Birinchi jadvalga diqqat qilinsa, bu guruhdagi ruboiylar mafuluga teng rukndan boshlanlshini, ikkinchi ruknlari esa mafoiylun, mafoilun va mafoiyludan birigina bo'lishi mumkinligini ko'ramiz. Ikkinchi rukn mafoiylu yoki mafoilun bo'lsa, uchinchi rukn mafoiylun yoki mafoiylu ruknlaridan biri bo'ladi. Agar Ikkinchi rukn mafoiylun bo'lsa, uchinchi rukn mafulun yoki mafuludan biri bo'ladi. To'rtinchi ruknlar esa bir bo'g'inli fa’ yoki fo’, ikki bo’g’inli faal yoki faul tarmoq ruknlaridan biriga teng. E’tibor bersangiz, uchinchi rukn tarkibida uchta cho'ziq bo'g'in mavjud bo'lganida to'rtinchi rukn fo’ yoki fa’ dan biri bo'lishi, uchinchi rukn tarkibida Ikki cho'ziq bo'g'in bo'lganida to'rtinchi rukni faal yoki faul bo'lishi mumkinligini ko'rish qiyin emas.
Ruboiy ruknlarini, uning bahrini aniqlash uchun har qaysi ruknning sxemasini belgilab olish va ana shu sxemaga muvofiq ruknlaming paradigmasini tuzish lozim. Masalan, quyidagi ruboiyning vaznini aniqlaylik:
G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizi! gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo'lmas emish.
(Navoiy)
Paradigma ruknlarining nomini aniqlab, har bir misraning vaznini belgilash qiyin emas. Masalan, birinchi misradagi maf’ulu axrab, mafoilun - maqbuz, mafoiylu - makfuf, faal - ajabb, demak, bu misraning vazni hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufl ajabb bo'ladi. Ruboiyning ikkinchi. to'rtinchi misralari ham xuddi shu vaznda ekanini aniqlash qiyin emas. Uchinchi misra esa boshqacha vaznda. Uning uchinchi rukni mafoiylun, ya'ni solim, to'rtinchisi esa fa’ - abtar. Shunga ko'ra, uchinchi misraning vazni hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi abtar bo'ladi.


Download 98,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish