Ruboiy vaznlari Reja


Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi



Download 98,96 Kb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi98,96 Kb.
#782375
1   2   3   4
Bog'liq
Ruboiy vaznlari

2.Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi
Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi.
Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud.
“Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki, ruboiy lug‘atlarda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi ham muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy tarona” deb yuritiladi”.
«FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar.
Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‘rtala misrasi qofiyalangan shakliga “ruboiyi musarra (“kushodu ravshan” ravshanu oshkor” deb nom beradi. Ruboiyning bu turi Alisher Navoiy asarida “ruboiya” deb ataladi.BuhaqdaNavoiy “Mezonul-avzon” asaridashundayyozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” hamderlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‘oyatra boyanda”.
Ruboiyni ta’riflash XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‘tildi.
To‘rt misra’ligina bo‘lub, 1-, 2-, 4-misra’i qofiyadosh, 3- misra’i qofiyasiz bo‘lg‘an tizmalarga ruboyi deyiladir. Ruboyi forsi(y)ga maxsus bir tizim shaklidir. Bizga forslardan kelgandir. Buning maxsus vazni bordir. Arab-fors aruzini chig‘atoychada yozg‘an Navoyi ruboiy uchun “hazaj” bahridan yigirma to‘rt vazn borligini so‘ylaydir. Biroq bu yigirtma to‘rt vazn bir-biriga shuncha yaqindirkim, Navoyining o‘zi ham, misollarini ko‘rsatganda aralashtirib yuboradir” (Fitrat)
Jumladan, Navoiy poetikasi masalalarini maxsus o‘rganish Hodi Zarifning«Ruboiy», «Lutfiy va Navoiy» nomli maqolalarida tilga olinib, shoirlirikasining g‘oyaviy-badiiy mohiyati, o‘zbek poeziyasi an’analariningNavoiy she’riyati taraqqiyotida tutgan o‘rni kabi sohalarda jiddiyfikrlar bayon qilinadi.
Bundan tashqari, A. Haytmetovning (Navoiy lirikasi) tadqiqotlarida ruboiy bilan bog‘liq fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslikdagi ruboiy janri bilan bog‘liq fikrlarni umumlashtirgan I.Haqqulov shunday ta’rif beradi “ o‘ziga xos kompozitsion qurilishga, qofiya va badiiy pritsiplarga ega, falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy mavzulardagi, hazajning mahsus vaznida yoziladigan she’r shakliga ruboiy deyiladi”.
Ruboiy janri bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda yana bir muammo mavjud. Turk adabiyotshunosi Muallim Nojiy “Ruboiy yana “tarona” va “dubaytiy” nomlari bilan atalur”,- deydi. O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ruboiy, tarona, dubaytiy bir-birigia sinonim bo‘lgan so‘zlarmi degan savol tug‘iladi.

Ruboiy mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan janrlardan biri bo‘lib, baytli sheʼrlar sirasiga kiradi. Ruboiy haqidagi dastlabki maʼlumotni mumtoz manbalardan, xususan, Shayx Аhmad Taroziyning “Funun ulbalog‘a”, Аlisher Navoiyning “Mezonul-avzon”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Аruz risolasi” (“Muxtasar”) asarlaridan olish mumkin. Eʼtiborlisi,buasarlardaruboiygaberilgantaʼriflarbir-biridan farqlanadi. “Funun ul-balog‘a” asarida Shayx Аhmad Taroziy ruboiy haqida gapirib, uning to‘rt misra bo‘lishini, avvalgi, ikkinchi va to‘rtinchi misralari o‘zaro qofiyalanishini, uchinchi misrasi ixtiyoriy bo‘lishini taʼkidlar ekan, uchinchi misrada “qofiya keltursalar”, uni “ruboiyi musarraʼ”, – deb nomlanishini aytadi. Namuna sifatida olim turkiy tilda yozilgan ikki ruboiyni keltiradi. Mazkur ruboiylar anʼanaviy hazaj bahri vaznlaridabo‘lmasdan,ramali musaddasi mahzuf vaznidadir


Bu esa o‘sha davrlarda, yaʼni ruboiy shakllanayotgan paytda uning vazni erkin bo‘lganligini yoki baʼzan turkiy shoirlar ruboiyni ramalda ham yozganligini anglatadi. “Bu holat Navoiygacha turkiy sheʼriyatda ruboiyningqatʼiyvazndabo‘lishitalabqilinmaganliginiko‘rsatadi
Аlisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida “Ruboiy vaznikim, ani “dubaytiy”va“tarona”hamderlar,hazajbahriniig“axram”va“axrab”idin istixrojqilibdurlarvaulvaznedurasruxushoyandavanazmedurbag‘oyat raboyanda”,– deb yozadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ham “Аruz risolasi” (“Muxtasar”) asarida Аlisher Navoiy fikrlarini davom ettirib, ruboiy hazaj bahrining axram va axrab shajarasi vaznlarida yozilishini taʼkidlaydi. Keyingi davr nazariy kitoblarida ham ruboiyning Аlisher Navoiy va Zahiriddin Bobur taʼkidlaganlaridek, hazaj bahrining axramvaaxrabshajarasivaznlaridayozilishiniaytishanʼanagaaylangan. Alisher Navoiy ijodida ruboiy janri keng o‘rin egallaydi. Xususan, uning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 133ta, “Nazmul-javohir” asarida esa 268 ta ruboiy mavjud Alisher Navoiy qalamiga mansub 4 ta ruboiy keltiriladi. Ularning ikkitasi “Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”)dan, ikkitasi esa “G‘aroyib ussig‘ar” devonlaridan o‘rin egallagan.
Ruboiyning yangi-yangi o‘lchov imkoniyatlaridan xabardor bo‘ladilar. Darslikda keltirilgan ruboiylarning faqat mazmuni tahlil etiladi. Ularning vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari haqida biron ma’lumot keltirilmaydi. Avvalo, o‘quvchi ruboiy matnini ifodali o‘qishi uchun uning vaznini, o‘lchovini bilishi kerak. Ruboiy vaznlari haqida o‘quvchilarga qisqacha ma’lumot berib, keyinularningmazmuninitahlilqilsamaqsadgamuvofiqbo‘laredi
maf’uvlu mafoilun mafoiylun fa’
– – V / V – V – / V – – – / –
tarzida,
2-misrasi esa hazaji musammani axrabi makfufi solimi abtar o‘lchovidayaratilgan.Taqti’yi quyidagichadir: maf’uvlumafoiylumafoiylunfa
Shuning uchun mazkur ruboiy ikki xil talaffuz qilinadi. Ruboiyning vazn xususiyatlarini jadvalda shakllantirib ko‘rsatamiz. Bu esa o‘quvchiningruboiymatninito‘g‘ritalaffuzqilishigayordamberadi.

Ruboiyda ohangni taʼminlagan hodisalardan yana biri vasl hodisasidir. Maʼlumki,vaslhodisasibuvazntalabibilanayrimyopiqhijolaroxiridagi undosh tovushni undan keyin turgan va unli tovush bilan boshlangan hijoga qo‘shib yuborish bo‘lib, natijada, o‘ta cho‘ziq hijo cho‘ziq hijoga, cho‘ziq hijo qisqa hijoga aylanadi.Ruboiyning 1-, 2-, 4-misralarida ham vazn talabi bilan vasl hodisasi yuzaga kelgan. 1-misradagi 1-ruknda qo‘llanilgan “farzand” so‘zidagi “d” undoshi undan keyin turgan “a” hijosiga,
2-misradaqo‘llanilgan“odat”so‘zidagi“t”undoshiundankeyin turgan “i” hijosiga, 4-misradagi “o‘g‘lidin” so‘zidagi “n” undoshi esa undan keyinturgan“a” hijosigaulanib,“da”,“ti”,“na”tarzidao‘qilishi lozim. Ruboiyda qo‘llanilgan muassas qofiya (odat, oyat, shioyat) esa uningta’sirchanliginioshirgan. Darslikdagi ikkinchi ruboiy insoniy fazilatlar haqida bo‘lib, “El qochsa birovdin, el yomoni bil oni” misralari bilan boshlanadi. Hazrat Alisher Navoiyning ushbu ruboiysi ham hazaj bahrining axrab shajarasi vaznlarida yaratilgan.
Mazkur ruboiy 1-, 3-, 4-misralarining birinchi rukni maf’uvlu (axrab), ikkinchi rukni mafoilun (maqbuz), uchinchi rukni mafoiylu (makfuf) bo‘lib, oxirgi rukni faal (ajabb) tarzida kеlgan. Ruknlarning nomlanishidan kеlib chiqib ruboiyning 1-, 3-, 4-misralari hazaji musammani axrabi maqbuzi makfufi ajabb (ruknlari va taqtisi:
maf’uvlu mafoilun mafoiylu faal
– – V / V – V – / V – – V / V –)
o‘lchovida yaratilgan.
Ruboiyning 2-misra vazni quyidagicha hosil qilinadi: birinchi rukn, odatdagidеk, maf’uvlu (axrab), ikkinchi va uchinchi ruknlar mafoiylu (makfuf), to‘rtinchi rukn esa faal (ajabb)dir. Demak, ikkinchi misra vazni esa hazaji musammani axrabi makfufi ajabb (ruknlari va taqtisi:
maf’uvlu mafoiylum afoiylu fa
– – V / V – – V / V – – V / V –)
hisoblanadi.Ya’ni:

tarzida o‘qiladi. Ruboiyda qo‘llanilgan yamoni, nishoni, joni kabi qofiyadosh so‘zlari musiqiylik bag‘ishlagan. She’r “Nazm ul-javohir” asarida 123-raqam ostida berilgan .
AlisherNavoiyningdarslikdagiso‘nggiruboiysi“G‘aroyibus-sig‘ar” devonida 127-raqam ostida keltirilgan Ruboiy “Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi” misralari bilan boshlanib, barcha misralari hazaji musammani axrabi makfufi solimi abtar (ruknlari va taqtiyi: maf’uvlu mafoiylu mafoiylunfa– – V / V – – V / V – – – / –) vaznida bitilgan. Ruboiyning birinchi rukni, odatdagidеk, maf’uvlu (axrab), ikkinchi rukni esa mafoiylu (makfuf), uchinchi rukni mafoiylun (solim),so‘nggiruknifa (abtar)dan iborat. Ko‘zbirla/qoshingyaxshi,/qabog‘ingyax/shi,
– – V / V – – V / V – – – / –
Yuzbirla/so‘zingyaxshi,/dudog‘ingyax/shi.
– – V / V – – V / V – – – / –
Engbirla/mengingyaxshi,/saqog‘ing yax/shi,
– – V / V – – V / V – – – / –
Bir-birnedeyin,boshdi/n+ayog‘ingyax/shi.
– – V / V – – V / V – – – / –
Ruboiyda Alisher Navoiy tavziʼ sanʼatidan ham ustalik bilan foydalanib, suyuklining “boshdin-ayog‘” go‘zal qiyofasini mohirlik bilan tasvirlagan. Demak, ruboiy vaznlarini saqlash uchun har qaysi misrani ruknlargamuvofiqholdao‘qishkifoya.O‘quvchilarning aruz nazariyasiga oidbilimlarnipuxtao‘zlashtirishiesao‘qituvchilardano‘zustidatinimsiz izlanishni talab etadi.
Robiya:
Tuyuq — bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo’lib, qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo’lgan, misra oxirida radiflar omonim so’zlardan iborat bo’lgan she’r.Tuyuq sof turkcha so’z bo’lib yechilmaydigan qilib tuymoq degan ma’noni bildiradi.A.Navoiy tuyuqni "œturk shuarosining xossasi" deb ta’kidlagan.Turkiy yozma adabiyotida dastlabki tuyuqni Yusuf Xos Hojib yaratgan.Qofiyalanishi: a-a-a-a, a-a-b-a

Ruboiy — o’zbek mumtoz adabiyotida keng qo’llanib kelingan, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan, to’rt misradan iborat ishqiy, axloqiy,siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.Forsiylarda dubaytiy deb ham atalgan.


Ruboiylar ikki xil bo’ladi:
1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy): qofiyalanishi: a-a-b-a-
2.Tarona ruboiylar(taronai ruboiy) : qofiyalanishi: a-a-a-a

Musammat — bandli she’rlar bo’lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi.Bu atama arabcha bo’lib, ipga terilgan marvarid degan ma’noni anglatadi.



Robiya:
Musallas — uch misrali band usulida yozilgan she’r.G’arbda tersina deb atashadi.Qofiyalanishi : a-b-b,v-g-g

Murabba’ — o’zaro qofiyalangan to’rt misralik band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a,v-v-v-a,"¦

Muxammas — beshlik band usulida yozilgan she’r.Muxammaslar ikki xil bo’ladi:
1.Bir shoirning o’z muxammasi (mustaqil muxammaslar)
2.Taxmis — boshqa shoirga ergashib,izdoshlik,uning g’azalidan ta’sirlanish,ilhomlanish usulida yozilgan muxammaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a

Musaddas — har bir bandi olti misradan iborat bo’lgan she’r.Musaddaslar ham ikki xil bo’ladi:


1.Mustaqil yaratilgan musaddaslar
2.Boshqa shoir tomonidan yaratilgan g’azallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a

Musabba’ — har bandi yetti misradan tashkil topgan she’r.Qofiyalanishi:


a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a

Musamman — sakkiz misrali band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi:


a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a

Mutassa’ — har bandi to’qqiz misradan iborat she’r.Qofiyalanishi:


a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a

Muashshar — har bandi o’n misradan iborat she’r shakli.Qofiyalanishi:


a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a


Robiya:
Tarkibband — har bir hajman g’azlaga teng bo’;lgan va g’azal singari qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r bo’lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra mustaqil ophangdoshlikka ega bo’ladi.

Tarje’band — qofiya tuzilishi tarkibbandnikiga o’xshash she’r shakli.Farq shundaki, tarkibbandda bandlar oxiridagi bir bayt mustaqil qofiyalansa, tarje’banddagi hamma bandlar oxirida bir xil bayt takrorlanib keladi.

Mustazod — orttirilgan degan ma’noni ifodalaydi, g’azalga monand she’r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi,oqibatda har qatori bir yarim misralik she’r hosil bo’ladi.A.Navoiy mustazodni qo’shiq deb atagan.Mustazod hazaji axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan g’azalga qo’shimcha ikki rukn orttirilgan she’r hisoblanadi.O’zbek adabiyotida Ogahiynga nisbatan "œmukammal mustazod kashfiyotchisi" degan ta’rif qo’llaniladi.Chunki u mustazoddagi yarimta misrani juftlashtirgan.

Muammo — bir bayt, ba’zan ikki-uch baytdan iborat bo’lgan, arab harflari orqali biror narsani yashirishga suyangan ta’kid yoki ishora asosida yozilgan topishmpoq-she’r.



Robiya:
Chiston — biror narsa yoki hodisaning o’ziga xos xususiyatlari, belgilarni ta’riflash orqali o’quvchilarni o’sha narsa yoki hodisani topishga undaydigan topishmoq-she’r.Adabiyotda lig’z deb ataladi.

Qasida — shohlar,amirlar,mashhur kishilar,tarixiy voqealarga bag’ishlangan maqtovli va dabdabali xarakterga ega bo’lgan she’r.Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo’lmaydi.Qasida voqelikni aks ettirish usuli,xarakteri va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:


1.Qasidai bahoriya — bahor tasviriga bag’ishlangan qasida
2.Qasidai holiya — o’z ruhiy holati ifodalangan,taqdirdan,hayotdam shikoyat qilish g’oyalari asosiy o’rin tutadigan qasida
3.Qasidai ishqiya — ishqiy mavzudagi qasida
4.Qasidai xamriya — shoirning o’z-o’zodan faxrlanishga bag’ishlangan qasida.
5.Qasidai hajviya — biror shaxs va voqea hajviga bag’ishlangan qasida.
6.Qasidai xazoniya — kuz fasliga bag’ishlangan qasida
7.Qasidai masnu’ — san’atli,ya ni bezakli qasida.Qofiyalanishi: a-a.b-a,v-a,"¦

Marsiya — biror kishining vafoti munosabati bilan g’am-alamni ifodalagan lirik she’r

Mufradot — ayrim baytlardan tuzilgan mustaqil asar,fardlar majmui.

Soqiynoma — soqiyga murohaat bilan boshlanib, lirik qahramon kechinmalarini masnaviy tarzida yoziluvchi, goho qisqa lirik,goho liro-epik poemani eslatuvchi she’rdir.

Nazira — lirikada ergashish yo’li bilan, javob va o’xshatiash tariqasida yoziladigan she’r

Shiru-shakar — ma’lum bir tartibda ikki til ishtirokida yozilgan she’r




Download 98,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish