Rezina materiallari



Download 0.51 Mb.
bet1/18
Sana30.10.2020
Hajmi0.51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

  1. BOB. REZINA MATERIALLARI

10. 1. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar

Rezina buyumlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo‘ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamli­ligi, yemirilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozir­gi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mav- jud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi.

Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo‘lib, zamo- naviy yengil avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo‘lgan detallar (yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan bo‘lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezi­na materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko‘tara oladigan MA3 markali avtomobillarning faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avto­mobillarga sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini, shu bilan birga, avtomobilning umumiy tannarxining 10-40 foizini tashkil etadi, bundan ko‘rina- diki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir.

Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab qu- yidagilardir:

  • materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori si- fatli rezinalar uchun cho‘zilishdagi solishtirmauzayish 1000 foizga yetadi);

  • yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalaming eng yaxshi navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);

  • gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkaz- masligi;

  • yuqori dielektrik xususiyatlari.

Yuqorida sanab otilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezina- li materiallardan turli-tuman rezinotexnik buyumlar: shinalar, bikir shlanglar, amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar, salniklar, muftalar, transport tasmalari ishlab chiqariladi. Kabel, otkazgich, elektromashinalar va jihozlar ishlab chiqarishda rezinalardan elek- troizolatsiyasi sifatida foydalanilishini takidlab otish lozim.

10. 2. Kauchuk ishlab chiqarish



Ilgari kauchukli osimlik shirasidan olinadigan tabiiy kauchuk (TK)dan foydalanilardi. Rezina ishlab chiqarish kopayishi bilan kauchuk yetishmay qoldi. Hozirgi paytda rezinalaming anchagina qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari hisoblangan turli sintetik kauchuklar (SK) asosida tayyorlanadi. Ammo dastlabki paytda sintetik kauchukdan olingan rezinalaming fizik-mexanik xossala­ri tabiiy kauchukdan tayyorlangan rezinanikiga qaraganda yomon edi (mustahkamligi, nisbiy chozilishi, yeyilishga va sovuqqa chi­damliligi past edi). Lekin neft-kimyo sanoatining yutuqlari tabiiy kauchukdan olingan rezinalardan ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kauchuk yuqori molekular birikma bolib, molekula mas­sasi 100-500 mingga teng (raqam molekula vodorod atomidan necha barobar ogir ekanligini korsatadi). Polimerning katta uzun molekulasi yumaloqlanishga harakat qiladi, lekin bunga moleku- lalarning ozaro tasir kuchi qarshilik korsatadi. Shuning uchun ham kauchuk juda elastik boladi.

Tabiiy kauchuk (TK) Braziliyada osadigan geveya daraxtining kauchuk tashuvchilari (shirasi)dan olinadi. Iqlim sharoitiga kora mamlakatimizda geveya daraxtini ostirish mumkin emas, boshqa tarkibdagi kauchuk tashuvchilari bolgan osimliklar ishlab chiqa- rish ahamiyatiga ega emas. Shuning uchun mamlakatimizda rezina sanoatining xomashyosi sifatida sintetik kauchuklardan foydala­niladi. SKning vatani sobiq Ittifoqdir. 1932- yilda dunyoda birin­chi marta S. V. Lebedev uslubiga asosan zavod sharoitida butadi- yenli SK sintez qilingan. Bu kauchuk uchta harf bilan markalanadi

  • СКБ. СКБ ozining sifati boyicha tabiiy kauchukdan anchagi­na yomon, shuning uchun uni boshqa SKlar siqib chiqarmoqda. 0‘tgan asming 60- yillari boshlarida stereoregulatorli butadiyenli kauchuk SKD ishlab chiqarildi. Bu kauchuklar elastikligi bo‘yicha TKlardan qolishmaydi, yeyilishga va sovuq ta’siriga chidamliligiga ko‘ra TKlardan yaxshiroq.

Stereoregulatorli SKlardan eng istiqbolligi izorenli kauchuk СКИ (masalan, CKH-3)dir. Uning formulasi, xossalari TKniki bi­lan bir xil bo‘lganligi uchun o‘rnini uning to‘la bosa oladi.

Avtomobillarning rezinali detallarini tayyorlashda monomerlar- ni polimerizatsiyalash mahsulotlaridan keng foydalaniladi.

Istiqbolli universal SKlarga butilkauchuk-izobutilenni-izopren bilan sopolimeri kiradi. Bu material avtomobil kamerlarini ishlab chiqarishdagi eng yaxshi materiallardandir (u yuqori gaz o‘tkaz- maslik xususiyatiga ega).

Hozirda 200 turdan ortiq SKlar mavjud. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasito‘g‘risidama’lumotlar 10. 1-jad- valda keltirilgan.

10. 1- jadval

Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi

Kauchuk

Asosiy xususiyatlari

Ishlatilish

sohasi

Tabiiy (TK)

Chozilishda yuqori mustahkamlik va elasliklikka ega. 60°C dan 100°C gacha harorallarda ishlatishga yaroqli

3, 6, 8, 10, 12

Butadiyenstirolli

(SKS)’

Chozilishda yuqori mustahkamlikka ega va eskirishga cliidamli. 100C gacha haro­ratda ishlatishga yaroqli. Yuqori liaro- ratdagi sovuq ta’siriga cliidamli (-75°C gacha)

11, 12, 13




Butadiyenmetil - stirolli (CKMC)




3,6, 10, 12,14

Izoprenli (СКИ)




2, 6, 8, 12, 14

Butadiyenli

(СКД)

Juda yuqori mexanik mustalikamlikka ega, yemirilish va sovuq ta’siriga chi­damli

6,8

Xlorprenli (niatrit)

Yuqori elastiklikka ega, eskirishga clii- damli. 120-130°C gaclia haroralda neft malisulotlari muhitida ishlatishga yaroqli. Xomashyosiz vulkanizatsiyalanadi

1,4, 5, 7, 9, 11

Butadiyennitrilli

(CKH)

Nairitga o‘xsliash. Issiqlik ta’siriga clii- damliligi yaxsliilangan

4, 5, 7, 9, 11, 13

Dimetilsiloksanli

(CKT)

Issiqlik ta’siriga cliidamli, 60°C dan 300°C gacha haroratlarda uzoq muddat ishlatish mumkin. Yuqori dielektirik xu- susiyatga ega. Neft mahsulotlarida tez eriydi

3

Ftorkauchuk

(СКФ)

CKTga o‘xshash, ammo neft mahsulot­larida erimaydi

4, 5

Etilenpropilenli

(СКЕП)

50°C dan 130°C gaclia haroratlarda ish­latishga yaroqii, yuqori elektroizolatsion xususiyatga ega

1


Izoh. Uchinchi ustundagi raqamlar kauchukning ishlatilish soha- sini bildiradi: 1) kabina oynalari va boshqa detallarni zichlash uchun ishlatiladi; 2) kabina eshiklari va boshqa detallarni zichlash uchun ish­latiladi; 3) havo, suv, kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalari muhi- tida ishlatishga yaroqli zichlagichlar (halqalar, qistirmalar, manjetlar va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi; 4) neft mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli zichlagichlar tayyorlashda ishlatiladi; 5) neft mah­sulotlari muhitida ishlatishga yaroqli klapan detallari tayyorlashda ishlatiladi; 6) havo, suv, amortizatorlar tayyorlashda ishlatiladi; 7) neft mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli amortizatorlar tayyorlashda ishlatiladi; 8) havo muhitida ishlatishga yaroqli kuch uzatuvchi detallar (disklar, vtulkalar, bloklar) tayyorlashda ishlatiladi; 9) neft mahsulot-

lari muhitida ishlatishga yaroqli kuch uzatuvchi detallar tayyorlashda ishlatiladi; 10) havo, suv, kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalari muhitida ishlatishga yaroqli himoya detallari (ustqo'ymalar. muftalar va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi; 11) neft mahsulotlari muhitida ishlatishga yaroqli himoya detallari tayyorlashda ishlatiladi; 12) havo, suv, kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalari muhitida ishlatishga yaroqli umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan yordamchi detallar tayyorlashda ishlatiladi; 13) shinalar tayyorlashda ishlatiladi.

10. 3. Rezina materiallar olish



Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda foydalanish che- garalangandir (yelimlar tayyorlashda, izolatsiyalovchi lentalar, zichlovchi qistirmalar tayyorlashda qo‘llaniladi). Chunki ular bir qator kamchiliklarga ega, jumladan, mustahkamligining yetarli emasligi. TKlarning mustahkamligi 1-1,5 MPa, СКБ va stirolli SKlar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning mustahkam- ligini oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar