Nazorat savollari:
Rezina materiallaming avtomobiisozlikda ishlatilishi qanday ijobiy natijalar beradi?
Rezinaning tarkibiga qanday moddalar kiradi?
Tabiiy va sun'iy kauchuklarning asosiy farqlari nimalardan iborat?
Vulkanizatsiyalash jarayonini tushuntirib bering.
Umumiy ishlarga mo'ljallangan va maxsus rezinalar qanday xos- salarga ega?
Rezinalardan yelim olish jarayoni qanday kechadi?
Rezinaning qanday turlari mavjud?
Rezinaning cho'zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi qanday?
Rezinaning qattiqligi haqida aytib bering.
Rezina materiallar xususiyatlarining harorat ta'sirida o'zgarishi qanday kechadi?
Rezinaning eskirishi haqida gapirib bering.
Rezina materialarga suyuqliklar qanday ta'sir ko'rsatadi9
BOB. LOK-BO‘YOQ MATERIALLARI VA ULAR ASOSIDAGI QOPLAMLAR
1. Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar
Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlab- gina qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalaming 85 foizdan ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xos- salariga ega bo‘ladi.
Lok-bo‘yoq materiallari detallaming yuzalarini yupqa qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok-bo‘yoq qatlami deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallami korroziyadan, yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi.
Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob be- rishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob be- rishi:
bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;
yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elas- tiklikka ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda mexanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;
imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qot- masligi zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;
qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson tiklanishi lozim;
ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi lozim.
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida sanab o‘tilgan talablaming barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabgajavob berishi darkor.
2. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilish
Bo‘yashdan oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, payvandlashda hosil bo‘lgan flus qoldiqlari, neft mahsulotlari, yog‘li dog‘lar, eski qoplam qoldiqlaridan tozalanadi.
Bu maqsadlar uchun ko‘p sondagi mexanik, kimyoviy, elektrokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan foydalaniladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin bo‘lgan detallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni yog‘sizlantirish: zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir qog‘oz yordamida ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga qoplamning birinchi qatlami - grunt beriladi (11. 1- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |