Reja: Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar tizimi Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va



Download 87 Kb.
bet1/6
Sana18.05.2023
Hajmi87 Kb.
#940512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharo


Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar
Reja:



  1. Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar

  2. Uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq ma’naviy muhit

  3. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar tizimi

Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar
Uyushgan jinoyatchilik o‘ziga xos harakatchan aloqalar bilan bog‘- langan shakli va turlariga, ichki «oila rishtalariga ega bo‘lish» va ushbu tizimning rivojlanishi uchun o‘ziga xos tijorat (biznes) hamda turli faoliyat yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash asosida jinoiy faoliyat yuritadi. Uyushgan jinoyatchilikning jinoiy yo‘l bilan olgan foydasi ayni paytda yangi daromadlar olishga sarf qilinadi. Uyushgan jinoyatchilik aynan shu tariqa o‘zining xavfsizligini ta’minlashga qodir va jamiyatni paro- kandalikka olib keluvchi hamda moddiy jihatdan katta zarar keltiruvchi tizimga ega.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish uchun esa birinchi galda uning sabab va sharoitlarini bilish katta ahamiyatga ega. Mavjud huquqiy va maxsus adabiyotlar hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotidan ma’lum bo‘ldiki, uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqishida muayyan sabab va sharoitlar mavjud. Ijtimoiy munosa- batlarda jinoiy bo‘lmagan munosabatlarning jinoyatga sabab bo‘lishi mum­kinligini oldindan ko‘ra bilmaslik va ilmiy bashorat etilmasligi, ijtimoiy hayot talablaridan chetga chiqishlarni avvaldan aniqlashga chora ko‘rmaslik va qarshi kurash olib bormaslik uyushgan jinoyatchilikka yo‘l ochadi.
Ta’kidlash joizki, jinoyatchilik jamiyatda yuzaga keladigan salbiy ijtimoiy holatdir, shu bois, uning o‘ziga xos jihati, qonuniyatlari, shakllanish mantig‘i mavjud. Jinoyatchilikka qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmas ekan, u o‘zini keltirib chiqargan sharoitga, jumladan iqtisodiyotga, ijtimoiy vaziyatlarga, siyosatga, jamiyatning ma’naviy yashash tarziga moslashadi, eng xavflisi, jinoyatchilik ijtimoiy chekinishlarga ta’sir etadi va ularning yanada kengayishiga imkon beradi.
Uyushgan jinoyatchilik jinoyatchilikning ijtimoiy sharoitdagi nomaqbul vaziyatlar bilan o‘zaro bog‘lanish oqibatidir. Ushbu holat uyushgan jinoyat­chilikni atroflicha tahlil etish uchun olib boriladigan tadqiqot ishlarida e’tiborga olinishni taqozo etadi.
Avvalgi boblarda ko‘rib chiqilganidek, mulk bilan bog‘liq muno- sabatlarda yuzaga keladigan ayrim holatlar, jumladan mulk bilan bog‘liq masalalarning yetarlicha hal etilmaganligi, davlat mulkini tasarruf qilishda beriladigan vakolatlarning aniq belgilanmaganligi (masalan, davlat vakolat­lari va mulkka egalik qiluvchi turli yuridik shaxslar faoliyatida) kabilar ham uyushgan jinoyatchilikning shakllanishiga ta’sir etadi.
Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi bilan bog‘liq yana bir holat, moliya va aholining pul daromadlari hamda shunga yarasha tovar mahsulot- larining o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligi, tovar va xizmat ko‘rsatish sohalarida pul taqchilligining yuzaga kelishi va avj olishi; bir xil bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish va tijorat sohalarida haq to‘lashdagi farqning mavjudligidir.
Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishida ijtimoiy yo‘nalishdagi salbiy omillar alohida o‘rin tutadi. Bular ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi farqning yuzaga kelishi, daromadlarning taqsim- lanishida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarning yuzaga kelishi va buning oqibatida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, yetarlicha va kam ta’minlangan guruhlarning shakllanishi kabilar. Jamiyatda yuzaga keladigan bu kabi guruhlarning mavjudligi, birinchidan, o‘ziga xos daromad olish va kam miqdorda xarajat qilish bilan uzviy bog‘liqligida bo‘lsa, ikkinchidan, iq- tisodiyotda adolatli taqsimot prinsipining buzilishi bilan aloqadordir.
Ba’zi shaxslarning moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlanganligiga sabab ularning ish joylarida turli moddiy boyliklarga yaqindan bog‘liqliklaridir. Hech shubha yo‘qki, moddiy boyliklarning aholining muayyan qismi ixtiyoriga o‘tib qolishi juda xavfli holatlarga olib keladi, chunki bu adolat mezonining buzilishi bo‘lib, shu orqali ijtimoiy mehnat faoliyatining mohiyati va mehnat faoliyatiga nisbatan jamiyatdagi ijobiy qarashlarga salbiy ta’sir etadi. Ya’ni, «yaxshi yashash uchun faqat qonunni buzish lozim» degan fikrni keltirib chiqaradi hamda aynan moddiy boyliklarga ega bo‘lish uchun ayrim mansabdor shaxslarga pora berishga intilish, qonun ustunligi- ning buzilishi va davlat siyosatiga ishonchsizlikni, umuman jamiyatda ijtimoiy vaziyatni og‘irlashtirishga olib keladi.
Aholi ayrim toifasining moddiy jihatdan kam ta’minlanganligi esa, ularning ijtimoiy muhofazasi yo‘qligi va ish haqining kamligi bilan uzviy bog‘liqligidir. Bu kabi fuqarolarning ko‘pchiligini doimiy ishga ega bo‘lma- ganlar tashkil etadi. Eng achinarli tomoni, bu kabi shaxslarning ba’zilari ichkilikbozlik yo‘liga kiradilar va ijtimoiy foydali mehnatga bo‘yin egmaydilar.
Bu shaxslarning o‘ziga xos salbiy muhitga tushib qolishlarini aslo oqlab bo‘lmaydi, ammo jamiyat ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari, voyaga yetmagan go‘daklarning sog‘lom kamol topishlari va yashashlari uchun imkon yaratishi hamda ularning kriminogen muhitga bog‘lanib qolishlarining oldini olish choralarini ta’minlamog‘i lozimligini unutmaslik zarur. Uyush­gan jinoyatchilik o‘z jinoiy faoliyatlari chegarasini giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘lar kontrabandasi hisobiga kengaytirishini ham ko‘rish mumkin va bunda ular chet mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan uyushgan guruhlar tajribalariga tayanadi.
Bayon etilganlarga asosan, jinoiy tarzda shakllanadigan jinoyatchilik shakllarining yuzaga kelishiga olib keluvchi quyidagi ijtimoiy salbiy sharoit- larning mavjudligini ko‘rish mumkin:
-ta’minot va taqsimot munosabatlaridagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi;
-jamiyatdagi mavjud ijtimoiy va ma’naviy qarashlarning susayishi; -uyushgan jinoyatchilikning jamiyat uchun xavfliligi va uning oqi- batlariga to‘g‘ri baho berilmasligi;
-huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikning sifat o‘zgarishini inobatga olmagan holda faoliyat ko‘rsatishlari kabilar.
Ta’minot va taqsimot munosabatlaridagi mavjud qarama-qarshiliklar asosan o‘ziga xos tengsizlik kabi xavfli ko‘rinishlar orqali shakllanadi va bunda ayrim fuqarolar turli yo‘llar bilan jamiyat ne’matlariga erishadilar va haqiqiy mehnatkash fuqarolar hisobiga kun ko‘radilar.
Binobarin, adolatsiz tarzda va sun’iy ravishda yuzaga keladigan moddiy jihatdan tengsizlik bir qator ijtimoiy salbiy holatlarni keltirib chiqarishdagi asosiy sababdir. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy va ma’naviy qarashlarning susayishi esa jamiyat a’zolari shakllanadigan oiladagi tarbiyani susaytiradi va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan qarashlarga zid xulqni yuzaga keltiradi. Bu esa ayni paytda jinoyat olamining jisman yasharishiga imkon yaratadi.
Ta’kidlash joizki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning uyushgan jinoyatchilikni yetarlicha baholamasligi oqibatida jinoyatchilikka qarshi kurashda yuzakichilik kabi illat shakllanishi mumkin, natijada talab darajasidagi boshqaruv jarayonini tashkil etishda noto‘g‘ri xulosa chiqariladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida jinoyatchilikning sifat o‘zgarishini inobatga olmagan holda eskicha usullar asosida ishning tashkil etilishi birinchi galda quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
-yuqori malakali xodimlar safining kamayishi, huquqni muhofaza qilish organlarida, shu jumladan ichki ishlar organlarida ham jinoyatchilikka qarshi kurash tajribalarining yangi avlodga o‘tib borishi prinsipini ta’minlashdagi uzilishlar;
-jinoyatchilikni o‘ziga kasb qilib olganlar yuzaga keltirgan kriminogen holatlarni to‘g‘ri baholash uchun zarur bo‘lgan axborot-tahlil bazalarining yo‘qligi;
-operativ xizmat sohasini haddan tashqari markazlashtirishga e’tibor qaratish va natijada ichki ishlar organlarining turli xizmat sohalari faoliyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning buzilishiga olib kelishi.
Sanab o‘tilganlar asosan tashkiliy-boshqaruv ishlarida yo‘l qo‘yil- masligini talab etsa, siyosiy jihatdan jamiyatda yuzaga keladigan byu- rokratizm, mahalliychilik, ma’muriyatchilik va nozarur hollarda oshkoralikni cheklash kabilar uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga yo‘l ochadi. Eng achinarlisi, uyushgan jinoyatchilik faoliyatini siyosiy jihatdan qo‘llash, ya’ni jinoyatchilarga madad berish, moliyaviy ta’minlash, shuningdek sobiq Ittifoq davlatlariga kirgan va hozirgi kunda mustaqil ayrim davlatlar va boshqa chet davlatlarning hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan millatchilik ruhidagi jinoiy oqimlarga atroflicha yordam berish kabi siyosiy o‘yinlar ham kuzatilmoqda.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish