Reja: nutq uslublari



Download 24,73 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi24,73 Kb.
#700739
Bog'liq
SULTAN


MAVZU: ADABIY TIL VA SO’ZLASHUV TILI


REJA:

  1. NUTQ USLUBLARI

  2. ADABIY TIL

  3. SO’ZLASHUV TILI





Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U.
2.
Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii oʻtaydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi munosa-bat alohida muammoni tashkil etadi (qarang Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazar-dan umumlashtirish shunchalik murakka-blashadi. Hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlar (mas, Italiya, Indoneziya va boshqalar)da she-valar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda.Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bogʻlanadi. Ammo bu bogʻlanish bir tomonlama. Chunki til us-lubiyatlarining oʻzi Adabiy til koʻrinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat boʻladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mum-kin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma’lum shaklda birikishi va vazifasining oʻziga xosligi bir uslubning ik-kinchi uslubdan farqini belgilaydi.Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) oʻzbek Adabiy til rivojini ta’minlovchi muhim voqea boʻldi. Oʻzbek Adabiy til i turli xalqlar Adabiy til i rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda (yana qarang Oʻzbek adabiy tili).


3.
Soʻzlashuv tili — ogʻzaki adabiy til turlaridan biri; kundalik turmushdagi aloqaaralashuv uchun xizmat qiladi, muomala va taʼsir koʻrsatish vazifasini bajaradi. Milliy aloqaaralashuv vositasi sifatida millatning shakllanish davrida vujudga keladi. St. adabiy tilning yashash, amal qilish shakli sifatida uning asosiy belgilariga (laxjalardan ustun turish, barqarorlik, meʼyoriylik, qoʻllanish sohasining kengligi) ega boʻladi. Soʻzlashuv tilitarixiy kategoriya. Soʻzlashuv tilining turli milliy. tillardagi tarixi uning ogʻzaki shaklda mavjud boʻlganligi tufayli manbalarda qayd etilmagan.
St. bir qator oʻziga xos belgilari bilan, jumladan, oldindan oʻylash va til materialini oldindan tanlab olishning boʻlmasligi, nutqiy aloqaning suhbatdoshlar orasida bevosita boʻlishi, nutq jarayonining erkinligi, rasmiylikdan holi boʻlishi va sh. k. bilan ajralib turadi. Tilning barcha sohalari (fonetika, morfologiya, leksika va boshqalar) boʻyicha ham Soʻzlashuv tili ning alohida xususiyatlari bor. Mas, fonetika boʻyicha bu narsa oʻziga xos talaffuzda koʻrinsa, leksikada uning oʻziga xos soʻzlarga (argolar, jargonlar, dialektizmlar va boshqalarga) egaligida namoyon boʻladi. Soʻzlashuv tili xizmat koʻrsatadigan aloqaaralashuv jarayonida nafaqat sof lisoniy vositalarning oʻzi, balki qoʻl va yuz bilan qilinadigan imoishoralarning ham katta ahamiyati bor: bunday imoishoralar soʻzlovchi nutqining yanada aniq va taʼsirchan boʻlishini taʼminlaydi, pauza yoki ayrim soʻzlar va fikrlar oʻrnini bosadi. Soʻzlashuv tili unsurlari badiiy adabiyotda ham, uning taʼsirchanligini oshirish, mahalliy koloritni koʻrsatish maqsadida ham keng qoʻllanadi.
Download 24,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish