8-amaliy mashg'ulot:Leksemalarning ishlatilish doirasi: dialektizmlar, kasb-hunar leksikasi, jargonlar, argonlar, vulgar birliklar.
REJA:
1. Leksemalarning ishlatilish doirasi: dialektizmlar, kasb-hunar leksikasi
2.Jargonlar, argonlar, vulgar birliklar.
1-topshiriq
1.Hududiy chegaralangan so'zlarga nimalar kiradi?
Faqat ma'lum bir hudud doirasidagina qo'llanilib boshqa hududda yashovchi o'zbek tili vakillari uchun xos bo'lmagan so'zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so'zlar yoki dialektizmlar deyiladi. Masalan, eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti «narvon» (Andijon, Farg'ona, Namangan), takya «do'ppi» (Xorazm) va boshqalar.
2.Sotsial chegaralangan so'zlar qaysi xususiyatlariga ko'ra guruhga ajratilgan?
Ma'lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so'zlarga sotsial chegaralangan so'zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar doirasida qo'llaniladigan so'zlar: yakan «pul», danap «qiz bola» temiryo'l kuzatuvchilari doirasida qo'llaniladigan so'zlar: qaychi «taftishchi», kolxoz «chiptasiz yo'lovchi».
Bunday so'zlar argolar deb yuritiladi.
3.Jargonlar nima?
Jargon (frans. jargon. — safsata) — biror ijtimoiy guruhning oʻziga xos leksikasi, fonetikasi va grammatikasi bilan umum soʻzlashuv tili va mahalliy dialektlardan farq qiladigan tili. jargonlar muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi va shular manfaatiga xizmat qiladi (maye, talabalar, harbiy xizmatchilar, turli kasb, mashgʻulot egalari orasidagi Bunday jargonlarni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim.
4.argonlar haqida ma'lumot bering.
Argo (frans. argot – jargon) – ma’lum toifa kishilargagina tushunar-li so‘zlar mavjudligi bilan umumxalq ti-lidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy to-ifa, guruh (mas, dallollar, sportchilar, talabalar, o‘g‘rilar va hokazo)ga xos yasama til.
5.Vulgar birliklar qanday doiralarda qo'llaniladi?
Vulgarizm (lotin vulgaris - dag’al so ’zidan) - adabiy tilda ishlatilm aydigan dag ’al so 'zlar
va noto’g ’ri tuzilgan jum lalar. Yozuvchilar o ’z asarlaridagi ayrim qahramonlaming madaniyatsizligi va dag’alligini bo’rttirib
ko’rsatish uchun ba’zan ularning nutqida v u l g a r i z m d a n foydalanadilar.
2-Topshiriq
1.O'z shevangizda adabiy tildan farq qiluvchi 15ta so'z toping va yozing.
Ye – je;
|
Jerjong’oq – yeryong’oq
|
Yo’l- jo’l;
|
Anavi – ambu;
|
Buvi – moma;
|
Taka – echki;
|
Xolavachcha – bula;
|
Loxsha – shilpildoq;
|
Girdi – giddi;
|
Yurmoq- jurmoq;
|
Bolish – yostiq;
|
Piyova – sho’rva;
|
Takya – yostiq;
|
Kadi –qovoq;
|
Girdoli, zardoli – o’rik;
|
Pashsha - chivin
|
2.Istalgan badiiy asar matnidan sotsial chegaralangan so'zlarga 10tadan misol toping.
3.tikuvchilik, shifokorlik,kulolchilik kasbiga oid bo'lgan atamalardan 15ta toping va yozing.
drap, triko, bostan, bumazey,pambarxit, shtapel, krepjorjet, veLyur
qiyoq o‘t, guli chong‘ora, lolagul, buragul, g‘unchagul, guli zarvaraq, guli odmi, gul xayri, qo‘chqaroq, islimi zuluk, chor chashm, dumi baliq, baliq dumi, qanoti tovus, tovus qanoti, qanoti o‘rdak.
Pandimiya, bronxial astma, gematoma, animiya, ankolog, operatsiya, koma, reanimatsiya, terapevt, gipotoniya, gipertoniya.
Do'stlaringiz bilan baham: |