9-mavzu. Elektrolit eritmalar. Tuzlarning gidrolizi.
Reja:
Elektrolitlarning suvli eritmalari.
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
Elektrolit eritmalarning xossalari, ion faollik.
Kislota, asos va tuzlarning dissotsiatsiyasi. Ionli reaksiyalar.
Tuzlarning gidrolizi.
9.1. Elektrolitlarning suvli eritmalari. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislota, asos va tuzlar misol bo’la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:
KOH = K+ + OH-; KCl = K++ Cl-; CaCl2 = Ca2+ + 2Cl-
Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi.
Elektrolit molekulalari parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit eritmalar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga qo’llashda tuzatma koeffisiyent (bu koeffisiyent Vant-Goffning izotonik koeffisiyenti deb ataladi)ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goff tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo'ladi: PCRTi. Raul qonunining tenglamasi t=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffisiyent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug’ bosimini, eritmaning muzlash temperaturasi kamayishining va eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishi xuddi shu parametrlarning nazariy xisoblab topilgan qiymatlaridan necha marta kattaligini ko’rsatadi, ya'ni
Bu yerda P1, P1, t1muz, t1kay - tajribada topilgan, P, P, tmuz, tkay nazariy xisoblab topilgan qiymatlar.
Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koeffisiyent birga teng, elektrolit eritmalari uchun hamma vaqt birdan katta.
Shved olimi S.Arrenius (1887y) elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysunmasligi orasida ichki bog'lanish bor degan xulosaga keladi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qildi. Shunday qilib, elektrolitik dissosilanish nazariyasi vujudga keldi. Lekin bu nazariya elektrolit molekulalarini ionlarga dissosilanish sababini tushuntirib berolmadi.
Bu nazariya D.I.Mendeleyevning "gidratlar" nazariyasiga asoslangan. I.A.Kablukov va V.P.Kistyakovskiylarning ishlarida o‘z rivojini topdi. Elektrolit molekulalarini parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sabab bo'ladi. Anorganik moddalarning oddiy erituvchisi bo'lgan suv juda katta solvatlash xususiyatiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o’rab olib, unda ichki bog'lanishni bo’shashtiradi, bu esa dissosilanishga olib keladi. Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo'ladi.
Ionlarga parchalanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda, masalan, suyuq ammiakda ham bo'lishi mumkin, u vaqtda dissosilanish mahsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi.
Eritmaga o’tgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog'langan bo'ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Krisstall panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashqari qutbli molekulalar ham ionlarga dissosilanadi.
Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib harakatda bo'ladi. (masalan, NaCl tuzining suvda erish prosessi).
Oddiy erituvchi suvning dielektrik o’tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi erituvchidir. Suvning dielektrik o’tkazuvchanligi 80,1 ga teng. Bu shuni ko’rsatadiki, kristallda bo'lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi eritmalarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik diomiylik efir, benzol, uglerod(IV)-sulfid kabi erituvchilarda, ya'ni dissosilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlanuvchi spirt, aseton va boshqa erituvchilarda dielektrik o‘tkazuvchanlik o'rtacha qiymatga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |