9.4. Kislota, asos va tuzlarning dissotsiatsiyasi. Ionli reaksiyalar. Suvdagi eritmalarida elektrolit bo`lgan kislotalar, asoslar va tuzlarning elektrolitik dissotsiyatsiyasi nuqtai-nazaridan ko`rib chiqaylik.
Kislotalarning xossalari faqat eritmalarda va nuqul suvli eritmalarda namoyon bo`ladi, masalan, suvsiz HCl yoki suvsiz H2SO4 lar yoki ularning benzoldagi eritmalari umuman kislotalik xossalarni namoyon qilmaydi. Suvli eritmalarda kislotalar dissotsiyatsiyalanadilar va vodorod hamda kislota qoldig`i anionlarini hosil qiladi.
Shuning uchun bunday eritmalarning xossalari butun molekulalarga emas balki, alohida ionlarga bog`liq bo`ladi. Demak kislotalarga beriladigan xossalar asosan Н+ ionlariga bog`liq bo`ladi, eritmada Н+ ionlarining yo`qolishi bilan kislotalik xossa ham yo`qoladi.
Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai-nazaridan kislotalar suvdagi eritmalarida faqat bir turdagi kationlar - Н+ ionlarini hosil qilib dissotsiyalanadigan elektrolitlardir.
Kislotalarning dissotsiyalanish harakteri va dissotsiyalanish darajasi uning kuchiga va negiziga bog`liq bo`ladi. Kuchli bir negizli kislotalar qaytmas jarayon bilan dissotsiyalanadilar:
HCIO4 → H+ + CIO-4 HJ → H++I- Kuchli ko`p negizli kislotalar bosqichli dissotsiyalanadilar, bunda 1-chi bosqich qaytmas, qolganlari qaytar bo`ladi:
H2SO4 → H+ + HSO-4 HSO-4 ↔ H+ + SO-24 Kuchsiz bir negizli va ko`p negizli kislotalar faqat qaytar jarayon bilan bilan dissotsiyalanadilar:
Dissotsiyalanishdagi bosqichlar soni kislota negiziga teng bo`ladi. Dissotsiya konstantasi bir bosqichda ikkinchisiga o`tganda keskin kamayadi. Bu eritmada birinchi bosqichda bo`lgan ionlargina ko`p bo`lishini bildiradi.
Hamma asoslar uchun umumiy bo`lgan ularning eritmalarida OH-(gidroksil) ionlarning bo`lishidir, ishqorlik xossasini tashuvchi bo`lib OH- (gidroksil) ioni xizmat qiladi. Eng kuchli ishqorlar I-guruh ishqoriy metallarning gidroksidlari bo`lib, masalan o`yuvchi natriy va o`yuvchi kaliyning 0,1 normal eritmalarida αg=90 % гача бўлади. Ko`pchilik asoslar kuchsiz elektrolitlardir.
Demak, elektrolitik dissotsilanish nuqtai-nazaridan asoslar eritmalarida faqat bir turdagi anionlar - OH-(gidroksil gruppa) ionlarining hosil qilib dissotsiyalanidigan elektrolitlardir. Asoslarning dissotsiyalanish harakteri va dissotsiyalanish uning kuchi va kislotaliligiga (asosliligiga) bog`liq bo`ladi. Asos tarkibidagi gidroksil gruppalarning soni (nOH-) ayni asosning kislotaliligi deyiladi. Agar asos tarkibida bitta OH- gruppasi bo`lsa bir asosli, agar ikkita (2ОН-)bo`lsa ikki asosli deyiladi va h.k.
Kuchli bir yoki ikki asosli asoslar faqat bir bosqichda qaytmas dissotsiyalanadi:
Kuchsiz bir va ko`p kislotali (asosli) asoslar qaytar va bosqichli dissotsiyalanadilar, bosqichlar soni asosning kislotaliligiga bog`liq bo`ladi.
Amfoter asoslar bir vaqtning o`zida ham kislota tipi ham asos tipi bo`yich dissotsiyalanadilar
Tuzlar suvda eriganda musbat Н+ ionlaridan tashqari boshqa musbat ionlar, hamda manfiy ОН- ionlaridan tashqari boshqa manfiy ionlar hosil qilib dissotsilanadigan elektrolitlardir.
Nordon tuzlar – suvdagi eritmalarida metal kationi va kislota qoldig`i anionidan tashqari Н+ kationi ham hosil qilib dissotsiyalanadigan elektrolitlardir. Nordon tuzlar bosqichli dissotsiyalanadi, birinchi bosqich qaytmas, qolgan bosqichlar qaytar bo`ladi:
Asosli tuzlar – suvdagi eritmasida metall kationi va kislota qoldig`i anionidan tashqari ОН- gidroksil ionini ham hosil qilib dissotsiyalanadigan elektrolitlardir:
Birinch bosqich qaytmas, qolgan bosqichlari qaytar bo`ladi.