Reja dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari



Download 49,14 Kb.
bet1/9
Sana10.07.2022
Hajmi49,14 Kb.
#767653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-ma'ruza Dinlararo (1)


DINLARARO MUNOSABATLARNING GLOBALLASHUVI


REJA
1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari.
2. O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘ratasidagi munosabatning asosiy tamoyillari
3. Jahon dinlari haqida umumiy ma’lumot.
4. Globallashuv sharoitida diniy soha rivojining xususiyatlari
5. Globallashuv sharoitida dunyo diniy manzarasining o‘zgarib borish xususiyatlari
6. Diniy va umuminsoniy qadriyatlarning ta’sirlashuvi.


Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari. Har qanday din kishilarning e’tiqodiga tayanadi. E’tiqod so‘zi arabcha bo‘lib «e’taqada» so‘zidan olingan, mazmuni ishonch, komil ishonch demakdir. Insonning o‘z oldida turgan maqsad va g‘oyalarning haq ekanligiga ishonishi. Din ham kishilar e’tiqodining bir ko‘rinishi sanaladi.
Din – arabcha so‘z bo‘lib, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, yo‘l tutish, e’tiqod qilish kabi keng ma’nolarni bildiradi. Qur’oni karimda ham «Din» turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, dinda bir tomondan Allohning mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiy bandalarini (gunohkorlarni) jazolashi, tadbir qilishi mavjud. Ikkinchi tomondan dinda bandaning bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi (gunoh ishlardan saqlanishi), Alloh ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, e’tiqod qilishi kabilar bor. Bulardan esa din Alloh bilan bandalari orasida bo‘lishi kerak bo‘lgan aloqalarning to‘plami ekanligi kelib chiqadi.
Din to‘g‘risidagi diniy ta’limotlarda dinning kelib chiqishi va rivojlanishi ilohiyot nuqtai nazaridan izohlanib kelinadi. Jumladan, Alloh o‘zi yaratgan insonning tabiatini bilganidan va uning o‘zi yaratgan bu dunyoda qanday yashab o‘tishi uchun eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatib, unga dinlarni yuborib turgan. Inson jamiyati sodda bo‘lgan davrda Alloh din hukmlarini ham sodda qilgan. U insoniyatni asta-sekin tarbiyalab o‘stira borib ilohiy dinni ham mukammalashtira borgan. Bir dinning vazifasi bitgandan so‘ng uning hukmini bekor qilib, o‘rniga hukmlari mukammalroq bo‘lgan keyingi dinni yuborgan. O‘zi yuborgan yangi dindan oldingi dinni esa amaldan qoldirgan. Insoniyat kamoliga yetganda Alloh islom dinini – oxirgi, mukammal va boqiy din qilib yuborgan. Diniy adabiyotlarda dinlarni ilohiy-samoviy va sohta dinlarga bo‘lib ko‘rsatiladi. Alloh tomonidan insonlar ichidan payg‘ambar tanlab olib, u orqali diniy ta’limotlar bandalariga yetkazilgan bo‘lsa, bunday dinlar ilohiy bo‘ladi. Hozirgi kunda yahudiylik (iudaizm), nasroniylik (xristianlik) va islom ilohiy dinlar hisoblanadi. Qolgan dinlar odamlar tomonidan yaratilgan sohta, qalbaki dinlar deb qaraladi.
Shunday qilib diniy nuqtai nazarga ko‘ra din – ilohiy, g‘ayri tabiiy kuchlarga, xudoga, payg‘ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblardagi bayonlarga, ohiratga, butun yaxshi va yomonlik, ezgulik va yovuzlik yaratganning irodasi bilan bo‘lishiga ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir.
Din – insonning muqaddas ilohiy kuch – Xudo mavjudligiga asoslangan ongli dunyoqarashi, hissiyoti, e’tiqod qilish va hatti-harakatlar majmuidir.
Qisqacha aytganda din – bu inson irodasidan yuqori turuvchi zotga iymon (ishonch) keltirish, kuchga e’tiqod qilish demakdir.
Ilmiy dinshunoslik nuqtai nazaridan din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan tabiatdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to‘g‘ri», «haqiqiy» hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan qarash, ta’limotdir.

Download 49,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish