Biologiya fani tirik bo`lgan barcha organizmlarni o`rganadigan fandir ya`ni tirik organizmlarni tuzilishi, funksiyasi, xilma-xilligi,rivojlanishi, yashash muhiti bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi. Yerda hayot paydo bo`lgandan beri organik olam doimo rivojlanib borayapti,hech qachon to`xtab qolmaydi.
Biologiya fanlar sistemasi hisoblanadi, chunki Biologiya fanining sohalari juda ko`p. Masalan: Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Gidrobiologiya, Poleontologiya, Ekologiya.
Biologiya fani tirik organizmlarning ayrim jixatlari bo`yicha ham turli fanlarga ajratiladi. Chunonchi, Anatomiya-organizmlar,Fiziologiya-funksiyani, Embriologiya-murtak rivojlanashini, Sistematika- organizmlarning sistematik guruxlarini,o`zaro qarindoshlik munosabatlarini o`rganadi.
Biologiya fanining ba`zi sohalari tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo`lgan. Masalan: Biofizika, Biokimyo fanlari shular jumlasidandir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan keng kuzatish, taqqoslash, ekperemental, modellashtirish.
BIOLOGIYA FANINING AHAMIYATI.
Insonlarning oziq-ovqati. Kiyim kechagi. O`simliklardan olinadi. Dori- darmoni. Hayvonlardan olinadi. BIOLOGIYA FANINING VAZIFASI. 1) Insonning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirish .Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun 100-120 gr oqsil iste`mol qilishi kerak.Vaholanki kunlik oqsil 50-60gr dan oshmaydi. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanilib kelinayotgan duragaylash, genetik injineriya, genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish metodlaridan foydalanish samarali natija beryapti.
2) Insonning salomatligi bilan aloqador. Olimlarning e`tirof etishicha 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi va ularning o`zgarishi bilan bog`liq.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o`rganish ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda eng xavfli xodisalardan biri tabiatning tobora kambag`allashib borayotganligidir. O`simlik va hayvon turlarining yildan –yilga kamayib ketayotganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir.
3) Hujayra strukturasi va funksiyasii o`rganish ham umumiy Biologiyaning muhim vazifasidir.
4) Biologiya fanining oldida turgan vazifalardan yana biri yovvoyi xonakilashtirilgan hayvonlar,madaniy o`simliklar genofondini saqlash vahayotga tadbiq etishdan iborat.