Reja:
Ahmad Tabibiy hayoti
Shoirning adabiy merosi
“Vomiq va Azro” dostoni
Tabibiy Soqiynomasi
Аhmad Tabibiy (1869-1910)
Аhmad Tabibiy — XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida faoliyat koʼrsatgan sermahsul ijod sohibi. U badiiy adabiyotning deyarli barcha turlarida ijod qildi, betakror asarlar yaratdi, ustozlari Munis, Ogahiy, Komil kabi oʼziga xos shoir, dostonnavis, tarjimon, tazkiranavis boʼlib tanildi.
Аhmad Tabibiy shaxsiyati, ijodiy merosi haqida dastlab Muhammad Yusuf Bayoniy, rus turkshunosi А. N. Samoylovich, shoirning zamondoshi Hasanmurodqori Muhammadamin Laffasiy asarlarida maʼlumot berilgan. Laffasiy yozadi: «Feruzning farmoni ilan Аhmadjon dagʼi Tabibiy taxallusi bilan sheʼr mashqin qilib, ancha abyotlar yozib, Feruzga maqbuli tabʼ boʼlib, toʼrt mujallad devon asar tabʼ qilibdur. Ikki mujallad forsiy tilida, ikki mujallad turkiy — oʼzbek tilida boʼlib, onlardan digari Feruzning farmoni bilan bir yil muddat ichra jami shuaroni tartibga solib, yozib chiqadur».
Аhmad Tabibiyning ijodiy faoliyati haqida maʼlumot, uning asarlaridan namunalar 1945 yilda tuzilgan «Oʼzbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» va Rahmat Majidiyning «Oʼzbek adabiyoti» ki-tobida ham berilgan. Bulardan tashqari, filologiya fanlari doktori M. Yunusovning «Komil Xorazmiy» (T., 1960), V. Mirzaevning «Аvaz Oʼtar oʼgʼli» (T., 1961), professor Gʼ. Karimovning «Oʼzbek adabiyoti tarixi» (uchinchi kitob, T., 1987) asarlarida ham Аhmad Tabibiy haqida qimmatli maʼlumotlar mavjud.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari Xorazm adabiy muhiti, uning namoyandalari ijodi haqida yaratilgak deyarli barcha ilmiy adabiyotlarda Аhmad Tabibiy ijodiga oid fikr va mulohazalar uchraydi.
Аhmad Tabibiy Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan. O‘zbek va fors-tojik tillarida, mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 5 devon — «Tuhfat us-sulton», «Munis ul-ushshoq», «Hayrat ul-oshiqin» (o‘zbek tilida), «Mir’ot ul-ishq», «Mazhar ul-ishtiyoq» (fors-tojik tilida) tuzgan. Ularda real hayotni, sof muhabbatni ulug‘lagan («Aylading», «Ozoridur» va b.).
Tabibiy o‘zbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Sa’diy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo G‘olib va boshqaning g‘azallariga 518 ta muxammas bog‘lagan. Xorazm shoirlari haqida «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy», «Majmuai muxammasoti ash-shuaroi Feruz Shoqiy» (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan. Unda dastavval Ogahiy g‘azallariga, so‘ng Feruz she’rlariga boglangan muxammaslar, keyin esa Feruzning «Oromijon nigorim, sarvi ravon nigorim» g‘azaliga taxmis, muxammas va musaddaslar keltirilgan. Xotima qismida esa shu to‘plamga kirgan Umidiy, Doiy va Xayoliyning vafoti haqida xabar, Bayoniyning «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy»ga yozgan taqrizi berilgan.
Tabibiy «Vomiq va Uzro» qissasining o‘zbekcha she’riy (masnaviy) variantlarini yaratgan (8100 bayt). Fuzuliyning «Haft jom» asarini fors-tojik tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. «Yetti ravza» nomli asar ham yozgan. Asarlarining bir necha qo‘lyozma va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |